Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi. Darsning maqsadi


Download 171.63 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.10.2019
Hajmi171.63 Kb.

Mavzu: Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi. 

Darsning maqsadi: 

О'quvchilarni    hisobash  texnikasi  taraqqiyot  davrlari  va  ЕНМ 

avlodlari davrlari haqida tanishtirish. 

Asosiy tushunchalar: 

Hisoblash texnikasi taraqqiyot davrlari. ЕНМ avlodlari.  



Dars  jihozi:  Kompyuterlar  bilan  jihozlangan  xona,  prosessor, 

klaviatura,  monitor,  operativ  xotira,  doimiy  xotira  (vinchester), 

printer,  sichqoncha,  faks  modem,  Multimedia  vositalari, 

disketalar, kompakt disklar va turli ko’rgazmali rasmlar   



Mavzuni boshlashga hozirlik: 

Dars  boshlanishidan  oldin  o’qituvchi  Informatika  va  hisoЫash 

texnikasi  asoslari  darsligi  va  plakatlarni    tayyorlab  qo'yadi  va 

kompyuterlarni  ishga  hozirlaydi.  Mavjud  elektron  darslik  va 

elektron  qo'1lanmalarni  kompyuterga  yuklab,  ishchi  holatga 

keltiradi. 



Darsning tashkiliy qismi. O’quvchilar bilan salomlashib 

ularning darsga tayyorgarligi kuzatiladi, uy vazifalari 

tekshiriladi, informatika daftarlari qanday yuritilatganligi nazorat 

qilinadi. O’qituvchi o’quvchilarni guruhlarga ajratadi. Guruhlar 

nomlanadi:  

1. 


“Mexanik mashinalargacha bo’lgan davr” guruhi  

2. 

“Mexanik mashinalar davri” guruhi. 



3. 

“Elektromexanik mashinalar davri” guruhi 



4. 

“Elektron hisoblash mashinalari davri guruhi. 

(Ko’zda tutilgan maqsad: o’quvchilarning  hisoblash texnikasi 

davrlarini eslab qolishlariga erishish) 

Guruhlarga ajralish vaqtida o’quvchilar o’qituvchi tomonidan 

tayyorlangan “hisoblash texnikasi vositalari” (rasmlardan 

qirqilgan shakllar) dan birini olishadi. Masalan, tosh rasmi, 

mexanik mashina rasmi, elektromexanik mashina rasmi, elektron 

hisoblash mashinasi rasmlaridan birini olgan o’quvchi 

guruhlarga borib joylashadi. Guruhlardagi o’quvchilar 

mutanosibligini ta’minlash maqsadida bir xil rasmlar soni teng 

bo’lishi  lozim.  



O’qituvchi o’quvchilarni guruhlarga bo’lib ularga  shunday 

topshiriqlarni beradi: 



1. 

O’z guruhingizga ta’rif bering (badiiy, sahnali, hazil 

mutoyiba va hokazo shakllarda) 

2. 

O’z guruhlari bilan boshqa guruhlar o’rtasidagi farq 

nimadan iboratligini tushuntirish 

3. 

Shu davrdagi hisoblash texnikasi bilan tanishtirish 

4. 

Boshqa guruh a’zolariga bag’ishlangan tilaklarni 

bildirish 

O’qituvchi berilgan topshiriqlarni bajarish uchun 

o’quvchilarga vaqt ajratadi va ularni taqdimot qoidalari bilan 

tanishtiradi, o’quvchilarning tayyorlanishlari uchun sharoit 

yaratadi. 

Guruhlar tayyorgarlikni boshlaydilar. 

1-guruh. 

„Hisoblash  texnikasi"  deganda  axborotni  qayta  ishlash  bilan 

bog'1iq masalalarni hal etishni  osonlashtirish va tezlatish uchun 

qo'llaniladigan texnik vosita, ya’ni  hisoblash mashinalari hamda 

matematik  vositalar,  usullar  hamda  qoidalar  majmuyi 

tushuniladi.  

Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixi bir necha davrni o’z ichiga 

oladi. Bizning guruhimiz shulardan birinchisi, mexanik 

mashinalar davri deb ataladi. 

Hisoblash qurilmalari tarixi bir necha asrni o'z ichiga 

oladi.  Bu  tarixning  eng  salmoqli  voqealari 

quyidagilardir: 

Dastlabki  tabiiy  hisoblash  vositasi  bu  –  odam  barmoqlaridir. 

Sun’iy  hisoblash  vositalari  sifatida  toshlar,  moshlar 

va no’xatlardan foydalanishgan. 

Eramizning 500- yillari. 

Сho`t  (abak)  -  ipga  tortilgan  toshchalardan 

tuzilgan qurilma ixtiro qilindi. 

Xorazmda  783-  yilda  tug'ilgan  buyuk  astronom, 

matematik  va  geograf  Muhammad  ibn  Muso  a1-



Xorazmiy  dunyoga  keldi.  А1Xorazmiy  qalamiga 

mansub 20 dan ortiq asarlarning faqat 10 tasigina bizgacha yetib 

kelgan.  


1614- yi1. Shotlandiyalik  Jon Neper logarifmni ixtiro qildi. Кo’p 

o’tmay  R. Bissakar logarifmik chizg`ich yaratdi. 

2-guruh.  Bizning  guruh  mexanik  mashinalar  davri  deb  ataladi. 

Bu  davrda  hisoblash  texnikasida  katta  o’zgarishlar  davri  bo’ldi 

desak xato qilmagan bo’lamiz.  

Tarixiy voqealardan eng buyugi: 



1642-  yi1.  Fransuz  olimi  Blez    Paskal  mexanik 

qurilma  -  arifmetik  mashina  yasashga  kirishdi. 

Bu  qurilma  oddiy  arifmetik  amallarni  bajarar  va 

sonlarni „eslab" qolardi. 

Qurilma 1645 yil ishga tushdi. Kishilar hisoblash 

ishlarini  mashina  bajarishga  o’tganidan  lol 

qolishdi.  Podsho  bunday  mashinadan  ko’plab 

ishlab  chiqarish  uchun  Blez  paskalga  patent  berdi,  lekin  o’sha 

vaqtdagi og’ir davr bu mashinadan 50 ta yasalishiga sabab bo’ldi 

xolos. 


3-guruh.  Elektromexanik  mashinalar  davri.  Elektr  tokining 

paydo  bo’lishi  bilan  mexanik  mashinalar  deyarli  hammasi 

elektrlashtirildi.  Natijada  elektromexanik  mashinalar  davri 

boshlandi.   

 1804- yi1. Fransuz muhandisi Jakkar 

avtomatik 

to'quv 

dastgohlarini 



boshqarish  maqsadida  perfokarta 

ixtiro qildi. 



 

 

1834-yil.  Angliyalik  olim  Charlz  Bebbidj  ma'lumotlarni  kiritish 

va  chiqarish,  sonlarni  eslab  qoluvchi,  arifmetik  amallarni  bajara 

oladigan  va  mashinaning  ishlashini  boshqaradigan  qurilmalarni 

o’z  ichiga  olgan  analitik  mashina  loyihasini  yaratdi.  Loyiha 

amalga oshirilmay qoldi. 

1876-  yi1.  Angliyalik  muhandis  Aleksandr  Bell  hozirgi  vaqtda 

juda ommalashib ketgan telefonni ixtiro qildi. 



1890-  yi1.  Amerikalik  muhandis  German  Xollerit  tomonidan 

perfokartaga  kiritilgan  ma'lumotlarni  elektr  toki  yordamida 

„o'qiy"  oladigan  statistik  tabulator  yaratildi.  О'sha  paytda 


tabulator yordamida AQSH aholisini ro'yxatga olish bilan bog'liq 

ma'lumotlar qayta ishlangan. 



1897- yi1. Angliyalik fizik J. Tomson elektron nurli trubka ixtiro 

qildi. 


1901- yi1. Italiyalik fizik Gulelmo Markoni Yevropa va Amerika 

orasida radioaloqa o'rnatdi. 



1904-1906- yillar. Elektron diod va triod ishlab chiqarildi. 

1936-  yi1.  А.  Tyuring  va  Е.  Post  bir-birlaridan  xabardor 

bo'lmagan  holda  abstrakt  elektron  hisoblash  mashinasi 

konsepsiyasini  ilgari  surdilar.  Ular  algoritmlash 

imkoni  bo'lgan  ixtiyoriy  masalani  avtomatlar 

yordamida yechish mumkinligini isbotlab berdilar. 

1938-  yil.  Nemis  muhandisi  Konrad  Suze  birinchi 

mexanik kompyuterni yasadi. 

4-guruh.  Bizning  guruh  nomi  elektron  hisoblash 

mashinalari  davri  hisoblanadi.  Bu  davr  elektron  lampali 

kompyuterlar  bilan boshlangan  

 

1946-  yil.  Amerikalik  J.  Ekkert  va  J. 



Mouchli 

„Eniak"(Electт~onic 

Numerical  Integrator  and  Computer) 

nomli  birinchi  elektron  raqamli 

kompyuter yasadilar. Unga 20 mingta 

elektron lampa va 

1,5 mingta rele ishlatildi. U „Mark -1" dan ming barobar tezroq 

ishlab,  sekundiga  300  ta  ko'paytirish  va  5000  ta  qo'shish 

amallarini bajarar edi. 

1948-  yi1.  Amerikaning  Bell  Laboratories 

firmasida  fiziklar  -  Uilyam  Shokli,  Uolter 

Bratteyn  va  Jon  Bardin  tomonidan  tranzistor  

yaratishdi. Buning uchun ular Nobel mukofotiga 

sazovor bo'lishdi.  

1955-1959- 

yillar. 


Rossiya 

olimlari 

A.A.Lyapunov,  S.S.Kamlnin,  E.Z.Lyubāmskly, 

A.P.Yershov, L.N.Korolyov, V.M.Kurochkin, M.P.Shura-Bura va 

boshqalar  „dastuт°lovchi  dasturlar"  -  hozlrgi  translyatorlarnlng 


ajdodini  yaratishdi.  V.V.Martflnyuk  belgilв  kodlash  tizimā  - 

dasturlarni  tuzish  va  tahrir  qilishni  tezlashtiruVChi  vosita 

yaratdi. 

1955-1959  yillar.  Dasturlash  nazariyasi  (A.A.Lyapunov, 

Yu.LYanov,  A.A.Markov,  L.A.Kalujin) va sonli yechish usullari 

nazariyasiga  (V.M.Glushkoe,  A.A.Saпnarskly,  A.N.Tlзconov) 

asos solindi. Fikrlash mexanizmi va genetik  jarayonlar sxemasi, 

tibbiy  kasa11ik1arni  tashxis  qilish  algoritmlari  modellashtirildi 

(A.A.Lyapunov, B.V.Gnedenko, N.1цi.Amosov, A.G.Ivaxnenko, 

Y.A.Kovalevskiy va boshqalar). 

1957-  yil.  Arnerikaning  NCR  frmasi  tomonidan  birinchi 

tranzistorli kompyuter yaratildi. 

 

Dars  yakuni  :  o’qituvchi  darsni  yakunlar  ekan,  o’quvchilarga 



murojaat qilib quyidagi savoillarni beradi 

1.  Bir – birlaringdan nimani bilib oldingiz ? 

2.  Qanday savollar va muammolar hal qilindi ? 

3.  Har bir kishi o’zi uchun qanday xulosa chiqardi ? 

4.  Demak biz qanday guruhmiz ? 

 

Dars yakuni : darsda aktiv qatnashgan o’quvchilar baholanadi. 



Dars yakunlanadi. 

 

Download 171.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling