Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi


Download 288.33 Kb.
Sana16.12.2020
Hajmi288.33 Kb.
#168103
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word (3)


REJA:

  1. Jismoniy tarbiyada axborot ta’minoti

  2. Hisoblash texnikasining rivojlanishi

  3. Hisoblash texnikasining avlodlarga bo’linishi

2. HISOBLASH TEXNIKASINING RIVOJLANISH TARIXI.
Hisoblash texnikasivositalari,dasturlash va matematik taʼminot tillarining rivojlanib va takomillashib borishi bilan kompьyuterlar, maʼlumotlarga ishlov berishning avtomatlashgan tizimlari taraqqiyotning bir necha bosqichlarini bosib oʼtdi. Ilk boskichlarda kompьyuterlar raqamli vazifalarni yechishda juda ogʼir hisoblash ishlarini odam oʼrniga bajargan. Bu holda katta xajmdagi xotira talab etilmagan, foydalaniladigan dasturlash tillari esa rakamli maʼlumotlar bilan ishlashga va muhandislik hisob-kitoblarini bajarishga moʼljallangan. Uchinchi va toʼrtinchi avlod kompyuterlarining paydo boʼlishi, simvolli axborotlarga ishlov berishga moʼljallangan kuchli operatsion tizimlarning va dasturlash tillarining ishlab chikilishi xisoblash texnikasi vositalaridan foydalanishning yangi yoʼllarini ochib berdi. Kompьyuterlar asosida turli axborot vazifalarini yechish va foydalanuvchilarga axborot xizmati koʼrsatishga moʼljallangan АISTlar yaratila boshlandi. Ushbu tizimlarning oʼziga xos xususiyati shundan iboratki, har bir АIST oʼz axborot fondiga ega va bu axborot fondidan foydalanadigan tor doiradagi amaliy masalalarni xal qilishga yoʼnaltirilgan. Yaratiladigan maʼlumotlar toʼplamlari amaliy dasturlarda bayon etiladi va fakat shu dasturlar bilangina foydalanilishi mumkin. Boshqa foydalanuvchilar va ilovalar bu maʼlumotlardan oʼz maqsadlari yoʼlida foydalanish imkoniyatiga ega emaslar. Xozirgi vaqtda inson hayotini kompyuterlarsiz tassavur etib bo`lmaydi. Kompyuter ish yuritishni osonlashtiradi, yangi xujjatlar va xar xil matnlarni tez va sifatli tayyorlash,tarmoqlar orqali axborotlar bilan almashish, murakkab xisob kitoblarni tezkor bajarish va ishlab chiqarish jarayonini modellashtirish imkoniyatini beradi. Shuning uchun xar bir inson u qaysi soha mutaxassisi bo`lmasin axborot texnologiyalar bo`yicha etarli darajada bilim va ko`nikmaga ega bo`lishi lozim. Odamzot paydo bo`lgandan keyin dastlabki hisoblash vositasi bo`lib odamlarning barmoqlari xizmat qilgan. Ammo ular yordamida faqat sanash ishlarni bajarishgan (sabab barmoqlar soni cheklangan). Shuning uchun asta sekin sun`iy hisoblash vositalari vujudga kela boshlagan. Ulardan birinchilari bo`lib toshlar va tayoqchalar bo`lgan. So`ngra abak (grek, misrlik, rimlik, xitoylik suan-pan va yaponlarning soroban), Neper tayokchalari, rus schyotlari vujudga kelgan



Ammo odamzod, mukammalroq mexanik mashinani - yordamchini (robotni) yaratish orzusi bilan yashab kelgan edi. 1623 yilda nemis olimi Vilgelm Shikard (1592-1636) tomonidan ixtiro qilingan mexanik moslama mexanik hisoblash mashinalar davrini boshladi. Ammo Shikard mashinasi xam aslida birinchi bo`lmagan, chunki buyuk italiyalik rassom, olim va matematik Leonardo da Vinchining nashr etilmagan qo`lyozmasida 13 ta raqamli sonlarni qo`shish va ayirish amallarni bajaruvchi mexanik moslamaning chizmasi topilgan. Shuni aytish lozimki Leonardo da Vinchi xamda Vilgelm Shikard moslamalari hayotda qo`llanilmay qolib ketgan. Mexanik hisoblash mashinalarni yaratilish tarixining dastlabki sahifalaridan biri frantsuz faylasufi, yozuvchisi, matematigi va fizigi Bleyz Paskal (1623-1662) nomi bilan bog`liq. U 1642 yilda birinchi jamlovchi (qo`shish va ayirish) mashinani yaratdi. 1673 yilda esa boshqa olim nemis Gotfrid Vilgelm Leybnits (1646-1716) 4-arifmetik amalni bajaruvchi mashinani yaratdi. XIX asrdan boshlab bu mashinalarga o`xshash mashinalar juda ko`p turlari yaratilgan. 1820 yilda Sharl de Kolmar tomonidan birinchi kalkulyator - ARIFMOMETR yaratildi.
Download 288.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling