Hisoblash tizimlarining arxitekturasi


Download 1.46 Mb.
Sana20.05.2020
Hajmi1.46 Mb.
#108078
Bog'liq
3-Maruza

HISOBLASH TIZIMLARINING ARXITEKTURASI

  • MIRZAXALILOV S.S.

HISOBLASH TIZIMLARINING ARXITEKTURASI

  • Reja:
  • Ko‘p mashinali va ko‘p protsessorli hisoblash tizimlari.
  • Parallel, assotsiativ va oqimli xisoblash tizimlari.
  • Klasterli ishlov berish tizimlari va superkompyuterlar.

Arxitektura

  • Arxitektura - protsessorlar, xotira tizimi, grafik va ovoz tizimlari, kompyuter shinalari to'plami, kiritish/ chiqarishni tashkil qilish, kompyuter buyruqlari tizimi, apparat tuzilishi, ma'lumotlarni qayta ishlash, boshqarish va aloqalarni o'z ichiga olgan kompyuterni tashkil etish tushunchasi.

Kompyuterning tarkibiy tashkil etilishi

  • Strukturaviy tasniflash hisoblash tizimlarining texnik vositalarini qurish usulini aks ettiradi, ya'ni apparat tarkibi va ularning o'zaro bog'liqligi.
  • Ko'rib chiqilayotgan xususiyatga ko'ra, kompyuter tizimlari ikki sinfga bo'linadi: Yo’naltirilgan va Taqsimlangan.

Ko‘p mashinali hisoblash tizimlari

  • Ko‘p mashinali hisoblash tizimi – LAN tarmog’ida bitta tizim ichida bir nechta kompyuterlarning o’zaro bog’lanib birga ishlashi tushiniladi. Markaziy dasturiy ta’minot orqali har bir kompyuterga vazifa rejalashtiriladi, yuklanadi va nazorat qilinadi.
  • Bunday tizimlardan maqsad og’ir vazifalarni bajarish uchun yuqori ishlash ko’rsatgichiga erish, ortiqcha xarajatni oldini olish, yoqori tezlikda erishish va x.k.

Ko‘p mashinali va ko‘p protsessorli hisoblash tizimlari

Ko‘p mashinali va ko‘p protsessorli hisoblash tizimlari

Ko‘p protsessorli hisoblash tizimlari

  • Ko‘p processorli hisoblash tizimi – ikki yoki undan ko’p bo’lgan markaziy boshqaruv blogi (CPU)dan tashkil topgan bitta kompyuter tizimi tushuniladi. Ikki xil turdagi ko‘p processorli hisoblash tizimlar mavjud: umumiy xotirali va taqsimlangan xotirali.

Umumiy xotirali ko‘p protsessorli hisoblash tizimlari

  • Umumiy xotirali ko'p protsessor - turli xil oqimlarni bajaradigan bir nechta mustaqil protsessorlardan tashkil topgan kompyuter tizimi. Bunda umumiy xotiraning manzil maydoni bo’linadi va bir-birlari bilan xotira orqali aloqa qiladilar.

Taqsimlangan xotirali ko‘p protsessorli hisoblash tizimlari

  • Taqsimlangan xotirali ko‘p protsessorli hisoblash tizimlarning har bir protsessorida o’zining maxaliy xotirasi bo’ladi va bu xotira faqat shu protsesor uchun ajratilgan bo’ladi.

Ko‘p protsessorli hisoblash tizimlari

  • Protsessorlar xabar uzatish bilan aloqa tarmog’i orqali bir biri bilan ma’lumot almashadi. Ushbu maqsadda dasturlarda “xabar yuborish” va “xabarni qabul qilish” ko’rsatmalaridan foydalaniladi. Aloqa bo’yicha ko’rsatmalar aloqa kanallari deb nomlangan maxsus elementlarning identifikatori yordamida xabarlarni yuboradi va qabul qiladi.
  • Prosetsorlar o’rtasida aloqa kanallari serially yoki parallel bo’ladi.

Parallel ishlov berish

  • Parallel ishlov berish – umumiy vazifani alohida qismlarini bajarish uchun ikki yoki undan ko’p protsessor bilan ishlashni usuli. Bunda ko’p protsessorlar orasida bitta vazifani turli qismlarga bo’lish orqali dasturni ishga tushirish vaqtini kamaytiradi.

Assotsiativ ishlov berish

  • Assotsiativ ishlov berish – ham parallel hisoblash modeli ham dasturlash modeli bo’lib, xotira adresiga qaraganda ma'lumotlar uchun parallel dasturlashdan foydalanishni va xotirada ma'lumotlarni tarkibini qidirish qobiliyatini o'z ichiga oladi.

Oqimli ishlov berish/ hisoblash

  • Oqimli ishlov berish/ hisoblash – real vaqt rejimida ko’plab manbalardan keladigan bir nechta ma’lumotlar oqimini tahlil qilish uchun yuqori ko’rsatgichli kompyuter tizimlarda foydalaniladi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling