Hisoboti termiz Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida o‘tkazilgan ishlab chiqarish amaliyoti yuzasidan hisobot. R e j a


Download 20.55 Kb.
bet1/5
Sana05.01.2022
Hajmi20.55 Kb.
#209686
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mirzobek ishlab chiqarish



Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya talim yonalishi

B-217 guruh talabasi Odinayev Mirzobekning Ishlab chiqarish amaliyoti yuzasidan yozgan.

HISOBOTI

Termiz

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida o‘tkazilgan ishlab chiqarish amaliyoti yuzasidan hisobot.




R E J A.

I. Kirish qism.

II. Asosiy qism

1) Amaliyot o‘tkazilgan muassasalar haqida ma‘lumot.

2) Pandemiya davrida ishlab chiqarish va sanitariya-epidemiologiya markazlarining faoliyati.

3) Ishlab chiqarish amaliyoti davrida yuritilgan hujjatlar va rejalar. Ularning bo‘lgusi faoliyatimdagi roli.

III. Xulosa.

I. Kirish qism.

2020-yil dunyo bo‘yicha insoniyat uchun qiyin sinov bo‘lib keldi va bu haliham davom etmoqda. Dunyo bo‘yicha barcha millatlar lug‘atida birinchi o‘rinlarni pandemiya va koronavirus so‘zlari egallab turdi. Bir qarashda oson aytiladigan bu so‘zlar dunyo hamjamiyatiga og‘ir asoratlarni olib keldi. Dunyo bo‘yicha pandemiya boshlanganidan beri bo‘lgan kunlik yuztaga ham bormaydigan kasallanish holatlari Har kuni dunyo bo‘yicha millionlab kasallanish va minglab o‘lim holatlari kuzatilishigacha olib kelganiga tarix guvoh bo‘ldi. Bu holat hamma davlatlarga salbiy ta‘sir ko‘rsatdi. Barcha sohalarning ortga ketishiga sabab bo‘ldi. Dunyo bo‘yicha bir necha oyga xalqaro va mahalliy tadbirlar, sport musobaqalari, uchrashuvlarni to‘xtatib qo‘yishiga omil bo‘lib xizmat qildi.

Bizning yurtimizda ham barcha sohalarda sezilarli iz qoldirdi. Bir misol ta‘lim tizimida ham qilingan ishlar bunga yaqqol misoldir.

Karantin munosabati bilan 2020-yil mart oyining birinchi yarmida barcha talabalar onlayn ta‘limga o‘tkazildi.Biz 3-kursni onlayn ravishda tugatdik hamda 4-kursni ham onlayn tarzda boshladik va bizning ishlab chiqarish amliyotimiz ham boshlandi.

Ishlab chiqarish amaliyoti – o'quv jarayonining nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy ko'nikma va o'quv hosil qilish, o'quv rejalari va fanlar dasturlarning ma'lum mavzulari bo'yicha materiallar to'plash uchun o'tkaziladigan amaliyot turidir;

Ishlab chiqarish amaliyoti o'quv, ishlab chiqarish, pedagogik va bitiruv ishlab chiqarishviy ishi (magistrlik dissertasiyasi) oldi amaliyotlari turlariga bo'linadi. 

Ishlab chiqarish amaliyoti - talabalar tomonidan muayyan maxsus fanlar turkumini o'rganish jarayonida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish, bevosita korxona, muassasa, tashkilotda ishlab chiqarish jarayoni va uning texnologiyalari bilan tanishtirish, mutaxassislik bo'yicha ko'nikma va ishlab chiqarishlarni takomillashtirish, shuningdek kurs ishlari, bitiruv ishlab chiqarishviy ishlarini bajarish uchun materiallarni yig'ish, jarayonni takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlashdan iborat.

Ishlab chiqarish amaliyoti OTMning qabul qiluvchi tashkilotlar bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalari asosida tashkil qilinadi.

Ishlab chiqarish amaliyotining maqsad va vazifalari. Nazariy ta'lim berish jarayonida talabalarning olingan bilimlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish, olinadigan mutaxassislik bo'yicha zarur layoqatga, ko'nikmalarga va amaliy ish tajribasiga ega bo'lishini ta'minlash ishlab chiqarish amaliyotining maqsadi hisoblanadi.

Shu munosabat bilan bizning pedagogik va ishlab chiqarish amaliyotimiz bir vaqtda boshlandi.Shuningdek pedagogik amaliyot rahbarimiz ishlab chiqarish amaliyotiga ham rahbar etib tayinlandi. Bizga tegishli muassasalar ishi bilan tanishish topshirildi.




Download 20.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling