Hisobotlarni chop etish parametrlari bilan tanishib chiqish. Distinct, where, between va in operatorlari


Download 1.85 Mb.
Sana17.05.2022
Hajmi1.85 Mb.
#677247
Bog'liq
3 TAJRIBA ISHI Hisobotlarni chop etish parametrlari bilan tanishibMa\'lumotlar
Rtsyknsteatrky, Reja Kichik nashriyot tizimlari, Reja Kichik nashriyot tizimlari, 5-sinf uchun test, zakovat uchun maxsus, zakovat uchun maxsus, OBOD QISHLOQ, fuqorolik jamiyati, lexicology, 14 innovatsion, 1276 5 - mavzu ped mah, Русча вариант, qisasi rabguziy ziyouz com, 2 5303358194704189156, elektron darsliklarning asosij khossa

TAJRIBA ISHI № 3:
HISOBOTLARNI CHOP ETISH PARAMETRLARI BILAN TANISHIB CHIQISH. DISTINCT, WHERE, BETWEEN VA IN OPERATORLARI.
Ishdan ko`zlangan maqsad. Talabalarga baza yaratishda DISTINCT operatorining vazifalari va ishlatilishi, WHERE operatorining vazifalari va ishlatilishi, BETWEEN operatorining vazifalari va ishlatilishi, IN operatorining vazifalari va ishlatilishini o`rgatishdan iborat.
Topshiriqlar:
Yuqoridagi operatorlardan foydalangan holda baza yarating.
DISTINCT – operator MB tarkibidagi jadval tarkibidan biz uchun kerak bo’lgan maydonlarnigina tanlab olish uchun xizmat qiluvchi operatordir. Operatorning kod oynasida tahrirlanishi quyidagicha:
SELECT distinct`maydon nomi` FROM `jadval nomi`
Masalan: MB tarkibidagi ichimliknoma jadvalidan bitta maydonni tanlab ekranga chiqarib ko’ramiz.
Jadvalning asosiy ko’rinishi:

Masalani bajarish uchun SQL maydoniga quyidagi kodni kiritamiz:


SELECT distinct`ichimlik_nomi` FROM `ichimliknoma`
Endi quyidagi natijaga guvohi bo’lamiz:


WHERE – operatori jadvalning birorta maydonidagi qiymatlari bilan ishlaydi. Operatorning SQL asosidagi tuzilishi:
SELECT * FROM `jadval nomi` WHERE `maydon nomi` malum > maydon qiymati
Masalan: Restoranda 4 ta o’rinli joy buyurtma berganlarni chiqarish uchun WHERE operatoridan foydalanamiz.
Jadvalning asosiy ko’rinishi:

Natija olish uchun quyidagi SQL kodni kiritamiz:


SELECT * FROM `restaran` WHERE `O'rindiq_soni`=4
Natija quyidagi jadvalda namoyon bo’lgan:

BETWEEN – operatori ma’lum bir oraliqdagi ma’lumotlarni izlash uchun ishlatiladi. Ushbu operatorning SQL tuzilishi quyidagicha:
SELECT * FROM `jadval nomi` WHERE `maydon nomi` between 1-qiymat and 2-qiymat
Masalan: Taomnoma jadvalidan ma’lum bir summalar orasidagi taomlar va narxini izlashni amalda qo’llab ko’ramiz.
Jadvalning asosiy ko’rinishi:

Natija olish uchun quyidagi SQL kodni SQL maydoniga kiritamiz:


SELECT * FROM `taomnoma` WHERE `Taom_narxi` between 5000 and 25000
Natija quydagiga teng:

Ko’rib turganingizdek so’rov faqat 5 000 va 25 000 oraliqdagi narxli taomlarning jadvalini chiqarib berdi.


IN – istalgan jadval ichidan ma’lumot izlab topish uchun xizmat qiladi. Operatorning tahrirlanishi:
SELECT concat(`maydon1`,' ',`maydon2`) as umumiy FROM jadval nomi WHERE `maydon nomi` IN ('ma’lumot1','ma’lumot2','ma’lumot3')
Masalan: taomnomadan shashlik va mantini izlaymiz:
Jadvalning to’la ko’rinishi:

SQL kodi quyidagicha:


SELECT concat (`Taom_nomi`,' ',`Taom_narxi`) as umumiy FROM taomnoma WHERE `Taom_nomi` IN ('manti','shashlik')
Odatda bu so’rov juda katta MB tarkibida yaxshi ish beradi natijani ko’rish uchun yuqoridagi kodni SQL maydoniga kiritamiz va OK tugmasini bosamiz hamda quyidagi natijaga ega bo’lamiz:


Ushbu operatorlar haqida qisqacha ma’lumotga ega bo’lgan bo’lsangiz ularni kichik MB tarkibida bo’lsa ham qo’llab ko’rish maqsadga muvofiq sanaladi. DISTINCT, WHERE, BETWEEN va IN operatorlarining umumiy vazifalari shundan iborat.
Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling