Hám texnologik kartasın islep shıgıw. Ishdan maqsad
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
4-амелий.Печенье ушын калип жасау
4-A’meliy jumis. Pecheniye ushın qálip jasaw temasınıń sabaq islenbesi hám texnologik kartasın islep shıgıw. Ishdan maqsad: Pecheniy uchun qolip tayyorlashda foydalaniladigan asboblar, buyum tayyorlash va texnologik xaritasini ishlashni o’rgatish. Har qanday buyumni yasash uchun uning tegishli chizmasi va texnologik jarayonning asosini tashkil qiladigan texnologik xaritasi bo‘lishi shart. Texnologik jarayon deganda, umuman, ishlab chiqarish jarayonining bir qismi tushuniladiki, unda zagotovkani tayyor detalga (buyumga) aylantiriladi. Texnologik jarayon, o‘z navbatida, texnologik mehnat operatsiyalariga bo‘linadi. Har bir texnologik operatsiya texnologik jarayonning tugal bir qismi bo‘lib, ularda bir ish o‘rnida va asbobni almashtirmay, masalan, kesish, egovlash, parmalash, parchinlash, kavsharlash kabi biror ish bajariladi. Shuningdek, texnologik operatsiya ham texnologik jarayonning yanada kichik elementlariga, texnologik o‘tishlarga bo‘linadi. Bular texnologik operatsiyaning tugal qismlaridan iborat bo‘lib, foydalaniladigan asbobning va ishlov beriladigan sirtning doimo bir xilligi bilan xarakterlanadi. Masalan, sirtni egovlash, ichki qiyshiq chiziqli sirtni egovlash, tashqi qiyshiq chiziqli sirtni egovlash va hokazo. Texnologik jarayonning yuqorida aytilgan har bir elementini bajarish tegishli mehnat usullaridan foydalanishni taqozo etadi. mehnat usullari o‘quvchining ish o‘rnidagi turish holati, asboblarni ushlashi va bajaradigan mehnat harakatlari bilan bog‘liqdir. Texnologik xaritalarni tuzish va ulardan foydalanish o‘quvchilarning ijodiy faolligini oshiradi, texnik tafakkurini rivojlantiradi va mustaqil ishlarni o‘rganishiga yordam beradi. Bundan tashqari, texnologik xaritalarni tuzishda buyumning namunasiga yoki chizmasiga qarab, uning murakkab konstruksiyasini ishlab chiqish; buyum uchun zagotovka tanlash va uning o‘lchamlarini aniqlash; texnologik operatsiya va o‘tishlarni hamda ularni bajarish tartibini belgilash; asboblar, uskuna va moslamalarni tanlash kabi muhim ishlarni bajara oladi. Tuzilgan texnologik xaritalar bo‘yicha rejalashtirilgan buyumning hamma detallarini yasashingiz va ularni yig‘ishni bajarishingiz mumkin. Metall listga o‘tkazish uchun tunuka quti o‘lchamlarini o‘lchab chiqing. Qutining qisqa yon tomoni 30x40 mm, uzun yon tomoni 30x60 mm, ostki tomoni esa 40x160 mm. Qutining yoyilmasini chizish uchun yupqa list (tunuka)ning umumiy o‘lchami 100x120 mm kattalikda olingan. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling