Hosil bayrami ssenariysi kuz – Mexrjon Bayrami Ertaligi Ssenariysi


Download 1.29 Mb.
bet1/6
Sana09.01.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1085083
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mehrjon bayrami senariysi




Muzrabot tuman
44-maktab boshlang`ich sinf o`qituvchisi RAHIMOVA DILBAR JUMAQULOVNAning

HOSIL BAYRAMI


SSENARIYSI

HOSIL BAYRAMI


SSENARIYSI
Kuz – Mexrjon Bayrami Ertaligi Ssenariysi.
Zal bayramona bezatilgan sho‘x musiqa ostida bolalar zalga kirib
o‘z joylarini egallaydilar.


Jarchi: Odamlaru odamlar, bog‘da bitgan bodomlar,
Eshitmadim demanglar, eshitganlar jilmanglar.
G‘ir – g‘ir shamol yelibdi, shir – shir barglar tushibdi.
Chak – chak yomg‘ir yog‘ibdi, o‘lkamga kuz kelibdi .
Exe....... xe....... xe........ xe...........yeeee ...........


Boshlovchi: Assalom xalqimning mirishkorlari,
Assalom xalqimning qahramonlari,
Assalom xalqimning dehqon- paxtakori,
Assalom davramiz mehmonlari.
Bolajonlar assalom, do‘stlar assalom.
Bugun sizga ta’zim hamda ehtirom !


Bolalar “Oltin kuz“ qo‘shig‘ini kuylab beradilar .


Bola : Paxtakor otaxonlar, ulkan xirmon muborak,
Dovrug‘ingiz bo‘ldi doston,sharafu-shon muborak !


Bola : Endi katta to‘ylar bo‘lar, aziz inson muborak,
Sizga yurak olqishlarim, bobo dehqon muborak !


Bola : Bog‘bonlru – dehqonlar, mirishkor paxtakorlar,
Hosilni yig‘ib – terib, keldilar mehmon bo‘lib.
Bu mehrjon bayrami, hursand qilar hammani !


Bola : Quyosh mehribon bo‘lsin , omborlar donga to‘lsin.
Dehqonning baxti kulsin, hosil bayram muborak !


Bola : El tashvishin tashasin, har kun palov oshasin.
Dehqon bobom yashasin, hosil bayram muborak !


Qizlar “Atlas ko‘ylak”raqsini ijro etib beradilar .


Boshlovchi : Kuzimizning go‘zalligin, siz bolalar ko‘rganmisiz ?
Tokdan husayni, yerdan qirqma , shoxdan behi uzganmisiz?
Uzum uzib,sharbat suzib, shinniga o‘t yoqqanmisiz?
Gala – gala, shoda – shoda, duv – duv yong‘oq qoqqanmisiz ?

Bularni ham qo‘yavering, dalamizga chiqqanmisiz?


Paxtazordan uyum – uyum , oq oltinni terganmisiz ?

/ Musiqa ostida davraga KUZ fasli, o‘zining yordamchilari: shamol, yomg‘irla-


ri bilan kirib keladi ./


Kuz : Men kuzman sizlarga oltin kosada,
Sharbat ola keldim, bol ola keldim .
Savat – savat qilib, shirin mevalar,
Omborlar liq to‘la , don ola keldim .
Keng vodiylar to‘la, dalalar to‘la,
Paxta ola keldim, shon ola keldim .



Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling