Hozir ham Respublika jurnallarida asarlarim tez-tez e’lon qilinib turadi


Download 13.99 Kb.
Sana02.05.2023
Hajmi13.99 Kb.
#1422726
Bog'liq
tekst


Ular Muyatdinova Dariyha oltin medal, Xalmuratova Amangul kumush medal, Mambetniyazov Abdisayit kumush medal bilan bitirdi. Hozir ular oliy ma’lumotli kadrlar, elimizga xizmat qilmoqda. Yana men qoraqalpoq tili va adabiyoti fanidan dars bergan o’quvchilarim, ilg’or shogirdlarim: Reymov Marat oltin medal, Tajibaeva Baxitgul kumush medal bilan maktabni bitirib, o’zlarining tanlagan kasbi bo’yicha o’qib, oliy ma’lumotli kadrlar bo’lib yetishdi. Undan boshqa ko’plab o’quvchilarimga o’z fanimdan repetitorlik qildim.
Boshlang’ich sinfning o’qish kitobiga tarbiyaviy xarakterga ega hikoyalarim kiritildi.
1988-1989-yil rus tili va adabiyoti bo’yicha ixtisoslashtirilgan maktab internatga chaqirilib, ishga qabul qilindim. Ushbu maktab-internat 1994-yildan boshlab yopilib, shu yilning 23-avgust kunidan Respublika litset-internatga aylantirilib qayta ochildi. Shu joyda nafaqaga chiqqancha vanafaqaga chiqqandan keyin 2009-yilgacha ishladim. Bir necha marotaba yoshlarni tarbiyalashdagi yutuqlarim uchun Xalq ta’limi vazirligi va litsey-internati tarafidan “Tashakkurnoma” lar bilan taqdirlandim. 2004-yili o’quvchim Qalbaeva Dilora Respublika olimpiadasida yuqori o’rinni olib, QDU talabasi bo’ldi. Qoraqalpoq tili va adabiyoti fakultetiga yana bir o’quvchim Abatova Guljamila Respublika olipiadasida 1-o’rinni olib, o’qishga kirdi. Men ularni kun-u tun demay, bor kuchim bilan tayyorlaganman. O’quvchilarimning yutuqlarini o’z yutuqlarim deb bilib, quvonib yuraverganman. Bir oylik miqdordagi pul va maqtov yorliqdan boshqa hech narsa olmaganman.
Nafaqaga chiqqanimdan keyin ham men o’zim o’qitgan va boshqa o’quvchilarga repetitorlik qilib keldim.
Men nafaqadagi ijodkorman, yozuvchiman. Mening 1982-yili birinchi kitobim “Olisdagi otlar” qissa va hikoyalarim “Qoraqalpaqstan” bosmaxonasida chiqarildi. Undan keyin ham “Amudaryo” jurnalining mukofotini olishga muyassar bo’ldim.
Hozir ham Respublika jurnallarida asarlarim tez-tez e’lon qilinib turadi.
2022-yili “Bul – muhabbat edi” qissa va hikoyalar to’plamim “Avangard” bosmaxonasida chiqarildi. Hozir shu nomdagi qissam “Ziyo-nur” jurnalida ikkinchi marta chiqarilyabti.
Yaqinda “Gullerding bir danasi” nomidagi uchinchi kitobim “Avangard” bosmaxonasida 300-bet atrofida chiqdi. To’rtinchi kitobim “Guzgi marafon” nomi bilan chiqarishga tayyor turibdi.
Men o’zimni ta’lim fidoyisi bo’lishga bag’ishlaganman. Maktabda tayyorlagan bir qancha shogirdlarim namunali ishladi. Ulardan Dosimbetova Uldawlet, Narimbetova Ayjamal, Jangabaev Lepesbay, Shinibekova Shiniguller mening so’nggi shogirdlarim. Mening o’zim haqimda unutganlarim bo’lsa, uni xalq biladi.
Atabaeva Nurjan Jangabaevna

O’zim va oilaviy sharoitim haqida.


Men Atabaeva Narjan Jangabaevna 1951-yili Qo’ng’irot tumanining (hozirgi Qangliko’l tumani) Sverdlov nomidagi ovul fuqarolar yi’ginining Besko’pir ovulida tug’liganman. Ma’lumotim oliy, nafaqadagi ijodkor, o’qituvchiman. To’rt kitobdan iborat nasriy asarlarning muallifiman.
Turmush o’rtog’im Izbaekanov Jiyenbay 1949-yili Sho’manay tumaninng Sho’manay qishlog’ida tug’ilgan. Respublika Berdaq nomidagi mukofotining laureati. Qoraqalpog’iston va O’zbekiston Xalq shoiri (hozirda insult bo’lib, nogiron bo’lib qolgan).
Katta qizim Izbaekanova Feruza Jiyenbaevna 1971-yil. Oilali. To’rtko’l tumanida qoraqalpoq tili va adabiyoti fanidan o’qituvchi.
O’g’lim Izbaekanov Rasul Jiyenbaevich 1973-yil. Shifokor-urolog. Q. Xalmuratov nomidagi shifoxonada ishlaydi. Oilali. Besh nafar farzandi bor.
Qizim Izbaekanova Tumaris Jiyenbaevna. 1976-yil. Shifokor-pediator. Hozir Ibn Sino nomidagi med-texnikumda o’qituvchi. Oilali.
Qizim Izbaekanova Eleanora Jiyenbaevna. 1987-yil. 15-sonli ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan maktabda ingliz tili fanidan o’qituvchi.
Nukus shahridagi Kunxo’ja ko’chasi №58 uyda erim, o’g’lim, kelinim va nevaralarim bilan birga turaman.

19-aprel 2023-yil


Atabaeva Narjan Jangabaevna.
Download 13.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling