Hozirgi dunyoda falsafaning ahamiyati


Download 14.38 Kb.
Sana18.09.2020
Hajmi14.38 Kb.
#130295
Bog'liq
falsafa


Hozirgi dunyoda falsafaning ahamiyati. Bugungi kunda, tezliklar va yuksak texnologiyalar asrida falsafa kerakmi, u eskirgani yo‘qmi? Uzluksiz axborot oqimi va surunkali vaqt tanqisligi sharoitida muayyan bilim falsafani siqib chiqarmaydimi? Bunday savollar mutlaqo o‘rinlidir, lekin ularga javobni hayotning o‘zi beradi, u hozirgi zamon odami oldiga ko‘p sonli, shu jumladan ilgari hyech qachon mavjud bo‘lmagan, butunlay yangi falsafiy muammolarni qo‘yadi.

Jahon hamjamiyati III ming yillikning boshlanishini, biosfera holati va yerda hayotning davom etishi uchun o‘z javobgarligini tobora teranroq anglagan holda qarshi oldi. Ayni shu sababli insonning barkamol rivojlanishi, odamlar, xalqlar o‘rtasida, shuningdek jamiyat va tabiat o‘rtasida insoniy, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini o‘rnatish masalalari azaliy falsafiy mavzular bilan bir qatorda falsafiy tadqiqotlarda birinchi o‘ringa chiqmoqda. Shu munosabat bilan faylasuflar avvalo yer yuzida ta'limning holati va rivojlanish darajasidan qattiq tashvishda ekanliklarini bildirmoqdalar. Ko‘pgina faylasuflar fikriga ko‘ra, hozirgi muammolarning aksariyati zamirida aynan qoniqarsiz ta'lim va lozim darajadagi tarbiyaning yo‘qligi yotadi. Bu muammolarni yechishda falsafa ham o‘z rolini o‘ynashi lozim.

5. falsafada (muayyan fanlardan farqli o‘laroq) yagona til va yagona tizim mavjud emas. Bu yerda fikrlar rang-barangligi me'yor sanaladi. Fanda esa monizm hukm suradi, chunki hyech bo‘lmasa fanning u yoki bu muayyan sohasidagi asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi (til)ga nisbatan yondashuvlar birligi albatta mavjud bo‘ladi

6. Hozirgi davrda inson va insoniyat, ular taqdirining mushtarakligi,


insonning istiqboli, fan va texnika yutuqlaridan barcha insoniyat
manfaati yo‘lida oqilona foydalanish har qanday urushning oldini olish,
tabiatni muhofaza etish, ocharchilikning oldini olish, insoniyatni, uning
madaniyatini saqlab qolish, jamiyat taraqqiyotini oldindan ko‘ra bilish
va shu kabi masalalar ham falsafaning dolzarb muammolari
Download 14.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling