Hozirgi fan texnika inqilobi biz uchun ulkan kashfiyotlar eshigini ochdi


Download 17.23 Kb.
bet1/2
Sana20.01.2022
Hajmi17.23 Kb.
#411925
  1   2
Bog'liq
maqola
Bola organizmining rivojlanishi. Akseleratsiya., Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning yurak qon-tomir tizimining yosh hususiyatlari va kasalliklari, Bosh miya yarim sharining po’stloq qismi, uning tuzilishi., Ko’rish va eshitish analizatorlarning faoliyati, kasalliklari va ularning buzilishini oldini olish, Astronomiya fanining predmeti va asosiy vazifalari, 9 39-dars, FTIZATRIYA, maktab delo beti, 6, ЛЕКСИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ СЛОВА И ЕГО СТРУКТУРА, ПАРИЖ ПАТРИКА МОДИАНО, yo'riqli xarita 3, yo'riqli xarita 3, mustaqil vazifa 2

Hozirgi fan texnika inqilobi biz uchun ulkan kashfiyotlar eshigini ochdi. Chunonchi,bir moddadan turli fizik- kimyoviy usullar orqali bir necha yangi modda olish, yoki bir necha ta’biy birikmaydigan moddalarga tu’rli tasir o’tkazish natijasida yaxlit bir jism yaratish imkoniyatini bermoqda.Bu esa o’z navbatida bizning hayotimizda biz uchun yengillik yaratadigan, bizni talablarimizni qondiradigan yangicha strukturadagi maxsulotlardan foydalanish imkoniyatidir. Bunday ixtrolar sanoatda, ishlab chiqarishda ham ancha vaqtdan buyon yechim izlanayotgan masalalarga barxam berdi.

Shu kungacha qattiq jisim tarkibini, xossalarini o’zgartirish uchun boshqa modda ta’sir etirish,termik ishlov berish kabi usullardan keng foydalanilga. Hozirda esa qattiq jismga mexanik kuch, yorugʻlik, elektr va magnit maydon va h.k.ning taʼsiri orqali qattiq jismning tuzilishi atomlar orasidagi taʼsir kuchiga bogʻliqligini inobatga olib atomlararo masofaga ta’sir etib bu bilan atomlararo ta’sir kuchini o’zgartirib qattiq jismning kristall tuzilishini va xossalarini tubdan oʻzgartirish mumkin. Tashqi bosim tufayli atomga toʻgʻri keladigan hajm atomning odatdagi hajmidan kichik boʻlib qolganda atomlar oʻz indivialligini yoʻqotadi va modda oʻta siqilgan elektronyadroviy plazmaga aylanadi. Bu o’zgarishlar bizga moddalardan kengroq foydalanish imkoni demakdir.

Hech kimga sir emaski hozirgi qurulishimizni asosiy materialiga aylangan beton konstruksiyalariga talab yuqoriligi uning ustida tinmay izlanishga, xossalarini yaxshilash maqsadida uning tarkibiga turli qo’shimchalar kiritish, tarkibidagi zararli bo’lgan moddalarni kamaytirishga va bu uchun turli tajribalarni amalga oshirishni taqazo etmoqda. Yuqoridagi nazariyalar asosida tarkibida kremniy elementi bo’lgan metallurgiya chiqindisini mexanik usul yordamida kristal strukturasiga ta’sir o’tkazib qurulish sanoati xususan yuqori mustaxkam beton olishda qo’llash mumkin bo’gan mexanik faollashgan metallurgiya chiqindisini hosil qilish ham shu tajribalar jumlasidandir.

Rivojlangan davlatlarda mikroto’ldirgichli betonlarni sovuqbardoshligini, zichlikni oshirish, kapillyar g‘ovaklilikni kamaytirish sement toshining strukturasini shakllantirish orqali amalga oshirilmoqda. Ilg’or davlatlarda olib borilgan tadqiqotlar yuqori mustahkam va o‘ta sifatli betonlarni olishning eng maqbul va oddiy usuli kimyoviy modifikator va mineral mikroto‘ldirgichlar asosidagi yuqori samarali modifikator qo‘shimchalardan foydalanish usuli ekanligini ko‘rsatdi. Hozirgi vaqtda o‘ta yuqori sifatli betonlarni ishlab chiqarish uchun nonotexnologiyalar asosida olingan yuqori super va giperstiklovchi ta’sirga ega kimyoviy modifikatorlar-polikarboksilat, melamin, naftalin, efirlari asosidagi moddalar qo‘llanilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda yuqori mustaxkamli beton olish uchun kimyoviy modifikatorlar va mineral mikroto‘ldirgichlar bilan bir qatorda, M500 va undan yuqori markali sementlardan foydalaniladi. O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasida kiritilayotgan ko’lab invistitsiyalar yuqori texnologiyali beton olishning keng ko‘lamda rivojlanishiga sharoit yaratmoqda. Lekin, O’zbekistonda yuqori markali sementlar keng ko’lamda ishlab chiqarilmagani sababli yuqori markali sementdan turli modifikatorlar orqali o’ta yuqori mustaxkam beton ishlab chiqarishni cheklanmoqda. Yuqoridagi sabab tufayli, bugungi kunda davlatimiz zavodlarida ommaviy ravishda ishlab chiqarilayotgan M400 portlandsementili beton konstruksiyalar qurilishimizning asosini egallagan. Shu sababli, hozirgi qurilishimizning talabi M400 markali sement asosida o‘ta yuqori sifatli beton olish masalasini tadqiq qilishni taqazo etmoqda.

Rirovjlangan davlatlar qatori jadal rivojlanayotgan davlatimizda ham qurilish sanoatida hususan zamonaviy va ommaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish, ularni sifatini oshirish va har tomonlama muqobillashtirish borasida tadqiqot ishlari, shuningdek barpo etilayotgan bino va inshootlarning ishonchliligini oshirish masalalarida muhim natijalarga erishmoqda.
Ammo, erishilayotgan natijalarga qaramay o’ta mustaxkam sifatli beton olishda texnik-iqtisodiy samaradorlikka erishish muhim vazifa bo’lib kelmoqda.Ushbu vazifalarni amalga oshirishning muhim tadqiqot yo’li bo’lib super va giper plastifikatorlar (SP) va metallurgiya chiqindisi (MCh) asosidagi modifikatorlardan foydalangan holda sement toshidan yuqori sifatli konstruksiya va buyumlar ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish hisoblanadi.

Izlanishdan maqsad mexanik faollashtirilgan MCh va samarali SP larni kompleks qo‘llash yo‘li bilan M400 portlandsementi asosida ekspluatatsion xossalari yaxshilangan yuqori mustahkam mikroto‘ldirgichli maydadonador beton olishdan iborat.

Mikroto‘ldirgichli maydadonador beton sistemasida modifikatsiyalovchi qo‘shimchalarini qo‘llash bo‘yicha qo‘shimchalardan foydalanib I.P. Aleksandrin, V.I. Solomatov, I.N. Axverdov, Y.M. Bajenov, V.G. Batrakov va boshqa mashhur xorijiy olimlar asos solishgan. O‘zbekiston Respublikasida turli yillarda E.U. Kasimov, M.K. Taxirov, N.A. Samigov, A.I. Adilxodjaev, B.B. Xasanov, U.A. Gaziev, N.X. Talipov, A.A. Tulaganov va boshqalar muhim natijalarga erishganlar. Avval o‘tkazilgan tadqiqotlarda o‘ta yuqori sifatli betonlarni loyihalash va sement tizimining texnologik va fizik-mexanik xossalariga modifikatorlar va mineral mikroto‘ldirgichlarning ta’sir etish mexanizmlari bog‘liqligini o‘rganish keng yoritilgan. Ammo temir oksidiga ko‘p bo‘lgan metallurgiya chiqindilari sement bog‘lovchisi xossalariga ta’siri to‘liq o‘rganilmagan.

Izlanishning amaliy ahamiyatiqurilish jarayonlarida o’ta mustaxkam maydadonador beton ishlab chiqarish amaliy jixatdan bosqichma-bosqich ishlar tizimini yo‘lga qo‘yish, har bir bosqich uchun oddiylikdan murakkablik tomon amaliy ishlarni joriy etish, yangi modifikatorlar va texnologiyalarni tadbiq etish, sinovdan o‘tkazish va samarali amalga oshirishga xizmat qilganligi bilan tavsiflanadi.

Ishning borishi uchun tarkibida kremni elementi bo’lgan metallurgiya chiqindisidan sharli tegirmon orqali sement donadorligiga yaqin fraksiyani tayyorlab olamiz. Bu fraksiyalardan foydalangan holda bir nechta tajriba o’tkazamiz va xossalari bo’yicha sementdan tayyorlangan etallonga solishtramiz.

………………………………………………

Sementning hossalarini yanada yaxshilagan fraksiyamizni keyigi bosqichda qorishma tarkibidagi miqdor ulushini ortirib quydagi grafiklar asosida eng optimal ulishini aniqlaymiz.

…………………………………………………

Yuqoridagi tajribalarimiz asosida mikroto‘ldirgichli maydadonador beton (MMB) hossalariga metallurgiya chiqindisi va modefikator ta’sirini o’rganamiz.buning uchun quydagi jadvalda ko’rsatilgan tarkibli MMB tayyorlaymiz va uni hossalarini turli tajribalar orqali aniqlaymiz.






Download 17.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling