Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarining asosiy yo‘nalishlari (institutsionalizm). Reja


Download 21.95 Kb.
bet1/2
Sana28.05.2022
Hajmi21.95 Kb.
#721299
  1   2
Bog'liq
Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarining asosiy yo‘nalishlari (institutsionalizm).
Хорижий тилларни ўрганиш қарор, LinguaskillPracticeMaterials.docx, RQL Mustaqil ish, Obyektibka Lotin, 444444, Cаховат хисобот 2020 й, Кенжаев Ислом Тайёр, Xizmatlarni pozitsiyalash va marketingi. Ish unumdorligi va servis korxonasi ishini baholash, Hujayra va uning tuzilishi, Axborotlarni o’lchov birliklari, Mehmonxona xo‘jaligida xizmatlar sifatini boshqarishning metodologik asoslari, onlayn ommabop1, Presentation (13), Questionnaires&Interviews.dayclass

Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarining asosiy yo‘nalishlari (institutsionalizm).


Reja:

1. Iqtisodiy fanda sotsial-institutsional yo‘nalish.


2. T.Veblen – institutsionalizm asoschisi.
3. J.K.Gelbreyt «Yangi industrial jamiyat konsepsiyasi».
4. Iqtisodiy o‘sish bosqichlari
5. Monetarizm konsepsiyasi.


Institutsionalizm yo‘nalishi.
Ijtimoiy-institutsional yo‘nalishning boshlanishi X1X asrning oxirlariga to‘g‘ri keladi va XX asr 20-30 yillarida AQSH da keng tarqalgan.
Iqtisodiy ta’limotlardagi institutsionalizm yo‘nalishi AQShda 20-asrning 20-30yillarida keng tarqaldi. Bu yo‘nalish nomi lotincha «instituto» - urf-odat, ko‘rsatma, muassasa so‘zidan olingan va kapitalizmning imperializm bosqichiga o‘tishi bilan bog‘liq ravishda ro‘y berdi (sanoat va moliya monopoliyalari, korxonalarning yiriklashuvi va b.). Institutsionalistlar moddiy omillar bilan birga ruhiy, ma’naviy, huquqiy va boshqa omillarni iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi deb hisobladilar.
Yo‘nalish vakillarining fikricha institutlar jamiyat rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchlari bo‘lib xizmat qiladi. Ob’ektiv iqtisodiy qonunlar tan olinmaydi. Xususiy mulk, soliq, pul, kredit, foyda va savdo kabi iqtisodiy kategoriyalar jamiyat ruhining paydo bo‘lishi shakli hisoblanadi.
Bu yo‘nalishdagilar ma’lum guruhlarning odat, an’analari, yurish-turishi, o‘ylash usullari, huquqiy-ahloqiy va boshqa ko‘rinishlar evolyutsiyasini tadqiq qiladilar.
Institutsionalizm evolyutsiyasi uch davrga bo‘linadi.
1. Eski negativ maktab (20-30 yillar) - T.Veblen (1857-1920), J.R.Kommons (1862-1945), U.Mitchell (1874-1948), J.Gobson (1858-1940), U.Gamilton g‘oyalarida namoyon bo‘ldi. Iqtisodiy jarayonlar turli tushunchalar asosida bayon qilinadi. Masalan, Veblen iqtisodiy jarayonlarni ruhshunoslik, biologiya va antropologiya bilan bog‘laydi. Kommons - ruhshunoslik huquqini , Mitchell - antropologiya va matematika hisob-kitoblarini ustun qo‘yadi.
2. Kechki institutsionalizm (1 jahon urushidan keyin) J.M.Klarkning «Iqtisodiy institutlar va insonlar farovonligi» asarlarida, G.A.Berlining «Mulksiz hokimiyat» va «XX asr kapitalistik inqilobi» asarlarida, G.Minzning aksionerlar soni ortishi, kapital mulkning kapital funksiyadan ajralish jarayoni haqidagi maqolalarida qayd etilgan.
3. Neoinstitutsionalizm 60-70 yillardagi ijtimoy institutsional yo‘nalish. Amerikalik nazariyotchi L.Lou, shvesiyalik iqtisodchi G.Myurdal tomonidan ishlab chiqarilgan. J.K.Gelbreyt va R.Xeylbroner tomonidan rivojlantirilgan. Iqtisodiy jarayonlar rivoji industriya va texnokratiya rolining o‘sishi bilan bog‘liq qaraladi. Ijtimoy hayotga asoslanib, iqtisodiy jarayonlar borishi tushuntiriladi.
Birinchi davrdagi iqtisodiy g‘oyalar uch oqimga bo‘linadi.
1.Ijtimoiy-psixologik (T.Veblen).
2.Ijtimoiy-huquqiy (Jon R.Kommons).
3.Emperik yoki kon’yuktura-statistik (U.Mitchell).
Institutsional g‘oyalar evolyutsiyasining birinchi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarini uchta asosiy oqimlarga ajratish mumkin.
Institutsionalizmning vatani AQSH, uning asoschisi Torsten Veblen (1857-1929) hisoblanadi. Zamonaviy institutsionalizm yo‘nalishining dastlabki ko‘rinishlari T.Veblenning «Bekorchilar sinfi nazariyasi» (1899) asarida izohlab berilgan.
Bu asarda u kapital egalarini bekorchilar sinfiga kiritadi. Kapital egalarini faqat o‘z kapitallariga keladigan foyda qiziqtiradi, ular o‘z kapitallarini ishlab chiqarishga ko‘ymaydilar, balki faqatgina kreditga beradilar. Ularning daromad manbai real sektor emas, balki moliya sohasida aylanib turuvchi qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi. Ishchilar va ishlab chiqarishni tashkil etuvchilarni unumli sinfga kiritadi.
Shuningdek, u mavjud tuzumni isloh va modernizatsiya qilishga intiladi, jamiyatda ilmiy-texnika inqilobini kuchaytirish, hokimiyatni texnik intelligensiya qo‘liga berish bilan hal etishni taklif qiladi. T.Veblen Yangi jamiyat qurishni va unda texnika-texnologiya ahamiyatini ustun qo‘yadi.
2. Jon Kennet Gelbreyt (1909 yilda tug‘ilgan) o‘zining «Yangi industrial jamiyat» (1967) nomli asosiy asarini iqtisodiyotda «texnostruktura»ning tahlili va roliga bag‘ishlandi. Texnostruktura deganda, J.K.Gelbreyt fikriga ko‘ra, texnologiyalar bo‘yicha olimlarni, konstruktorlarni, mutaxassislarni o‘z ichiga oluvchi jamiyat qatlamlari, boshqaruv, moliya va umuman olganda, yirik korporatsiyalarning normal ishlashini ta’minlash uchun kerak bo‘lgan barcha narsalar tushuniladi.
Zamonaviy korporatsiyalarda real iqtisodiy hokimiyat kapital egalari va menedjerlarga emas, balki texnologik bilim egalari – texnostrukturaga tegishli bo‘ladi. Chunki zamonaviy jamiyatda eng noyob resurs – bu axborot, Fan-texnika (yer va kapital emas) hisoblanadi. Shuning uchun real hokimiyat texnostruktura qo‘lida. Insonning jamiyatdagi o‘rni, mavqei va nufuzi endi uning mulkiy boyligidan ko‘ra malakasi va bilim darajasiga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi.
U shuningdek mayda va o‘rta tadbirkorlarni, uy-joy quruvchilarni, tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchilarni, qishloq xo‘jaligi va san’atda ish bilan band bo‘lganlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashini talab qilib chiqdi. Bu esa ishlab chiqarish va xususiy investitsiyalarning barqarorlashuviga olib keladi. Davlatning aralashuvi inflyatsiyani to‘xtatish uchun ham zarur.



Download 21.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling