Hududiy rivojlanish nazariyalari


Download 21.61 Kb.
Sana18.06.2020
Hajmi21.61 Kb.
#119952
Bog'liq
yakuniy nazorat


Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Iqtisodiyot fakulteti Mintaqaviy iqtisodiyot yo’nalishi 1-bosqich talabasi Egambergenov Asadbek Hududiy rivojlanish nazariyalari fanidan Yakuniy nazorat ishi.

Xeksher-Olin nazariyasining mazmun-mohiyati, kamchilik va ustunlik tomonlari.

A. Smit, D. Rikardo va Dj. S. Mill nazariyalarida xalqaro savdoda mamlakatning o‘rnini aniqlash uchun faqat bitta ishlab chiqarish omili bor deb faraz qilingan. Bu nazariyalarda mamlakatning xalqaro savdoda egallashi mumkin bo‘lgan o‘rni ulardagi mehnat unumdorligi bilan belgilangan. Shu sababli bu olimlarning ishla- rini davom ettirganlar xalqaro savdoni bir nechta ishlab chiqarish omillari mavjud- ligida tahlil qilishga harakat qilishgan.

Shved iqtisodchilari E. Xeksher va B. Olin o‘z tahlillarida ishlab chiqarishning ikki omilini — kapital va mehnat omilini ko‘rib chiqdilar. Ularning ta’kidlashi- cha, ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganlik darajasiga ko‘ra mamlakatlar- ni quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:


  1. Mehnat omiliga boy mamlakatlar — bu mamlakatlarda mehnat resurslari ko‘p va arzon bo‘ladi. Ularga misol qilib Xitoy va 0‘zbekiston kabi mamlakatlarni keltirish mumkin.

  2. Kapital omiliga boy mamlakatlar — bu mamlakatlarda kapital katta hajmlar- da jamlangan bo‘ladi, ammo mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi pastroq bo‘ladi. Shu sababli bu mamlakatlarda real ish haqi darajasi yuqori bo‘- ladi va mehnat resurslarining kapital bilan ta’minlanganlik darajasi yuqori bo‘- ladi. Ularga misol tariqasida AQSh va Germaniya kabi mamlakatlarni keltirish mumkin.

Bundan tashqari, tovarlarini ham ikki guruhga bo‘lish mumkin:

  1. Mehnat sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan tovarlar — bu turdagi tovarlarni ishlab chi- qarishda kapitaldan ko‘ra mehnat resurslari ko‘proq talab qilinadi. Bu turdagi tovarlarga misol qilib qishloq xo‘jalik mahsulotlarini keltirish mumkin.

  2. Kapital sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan tovarlar — bu turdagi tovarlarni ishlab chiqarishda mehnat resurslaridan ko‘ra kapital ko‘proq talab qilinadi. Bu tur­dagi tovarlarga misol sifatida qayta ishlash sanoati mahsulotlarini keltirish mumkin.

Xeksher-Olinning ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi — mamlakat qay- si ishlab chiqarish omili bilan nisbatan yaxshi ta’minlangan bo‘lsa, shu omilni nis- batan ko‘proq talab qiluvchi tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashishi va uni eksport qilishi kerak.

Demak, Xeksher-Olin nazariyasiga binoan AQSh bilan Xitoy o‘zaro savdo alo- qalariga kirishsa, AQSh kapital omiliga boy mamlakat sifatida qayta ishlash sanoa­ti mahsulotlarini eksport qiladi va Xitoydan mehnat sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini import qiladi.

Ushbu nazariya XX asrda ko‘plab mamlakatlarning tashqi savdo siyosatining asosini tashkil qilishiga qaramasdan unda ko‘plab kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan- Xususan, Xeksher-Olin nazariyasida mamlakatlarning vaqt o‘tishi bilan ishlab chi­qarish resurslari bilan ta’minlanganligi ham o‘zgarishi inobatga olinmagan. Bun­dan tashqari, bir ishlab chiqarish omilining o‘rniga boshqasini qo‘llash mumkinligi va shu sababli kapitalga boy mamlakatlar ham mehnat sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan tovarlarni eksport qilishi mumkinligi inobatga olinmagan.Ushbu nazariya ko‘p marotaba katta hajmdagi statistik ma’lumotlar asosida turli mamlakatlarga ta`lluqli tovar va ishlab chiqarish omillari bo‘yicha empirik sinovlardan o‘tdi. Ushbu sinovlardan eng mashhurini AQSh da 1953-yilda V. Leontyev o‘tkazdi.

V. Leontyev bir qancha empirik sinovlar o‘tkazish yo‘li bilan Xeksher-Olin tomonidan ishlab chiqilgan nazariyaning shartlari amaliyotda qo‘llanilmasligini isbotladi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng AQSh ni boshqa mamlakatlar bilan qiyo- siy taqqoslanganda, o‘rtacha ish haqi darajasi eng yuqori mamlakat va kapitalga boy davlatlardan sanalardi. Shu sababli mamlakat Xeksher-Olin nazariyasiga muvofiq, kapital sig‘imkorligi yuqori mahsulotlarni eksport qilishi lozim edi. V. Leontyev ushbu gipotezani tekshirish maqsadida 1 mln. dollarlik eksport va shuncha miqdor- dagi import mahsulotlariga raqobatbardosh tovarlarni ishlab chiqarish uchun qan­cha kapital va ishchi kuchi sarf etilishini hisoblab chiqdi. U har bir ishlab chiqa­rish sohasi bo‘yicha tovar birligi uchun sarf etiladigan kapital va mehnatni hisobla- di. Bunda u faqatgina avtomashina kabi tayyor mahsulotlar bilan chegaralanib qol- may, balki yarimtayyor mahsulotlar (rezina, po‘lat, oyna kabilar) uchun ketadigan kapital va ishchi kuchini ham hisoblab chiqdi.

So‘ngra AQSh ning 1947-yildagi eksport tarkibidan kelib chiqqan holda 1 mln. dollarlik eksport tovarlarini ishlab chiqarishga ketadigan kapital va mehnatning o'zaro nisbatini aniqladi. AQSh ning o‘sha yildagi importi tarkibidan mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan tovarlarni ayirib tashladi va bevosita import mahsulotlar- ning o‘mini bosa oladigan Amerika tovarlarini ishlab chiqarish uchun sarf etiladi­gan kapital va mehnat nisbatini hisoblab chiqdi. Aslida u Amerika importi birligi- ga sarf etiladigan kapital va mehnat (KJL) im hamda eksport birligiga sarf etiladi­gan kapital va mehnat (KJL) x nisbatini solishtirdi.

«Leontyev statistikasi» nomini olgan ushbu nisbatga muvofiq, agar mamlakat­da kapital va mehnat sarfi nisbati ((K/L)im):(K/L)x<1 bo‘lsa, mamlakat kapitalga boy hisoblanadi.

Agar bu nisbat ((K/L)im):(K/L)x>1 bo‘lsa, mamlakatda mehnat resurslari ko‘p

hisoblanadi. Leontyev Xeksher-Olin nazariyasiga muvofiq Amerika eksport tovarlari importning o‘rnini bosa oladigan tovarlarga qaraganda ko‘proq kapi­tal talab etilishini kutgan edi. Ammo kutilgan natija aksincha bo‘lib chiqdi: Amerika importining kapital sig‘imkorligi eksportga nisbatan 30 %ga yuqori ekan, demak, AQSh kutilganidek kapitalga boy mamlakat emas, balki aksin­cha, mehnatga boy mamlakat ekanligi kelib chiqmoqda, bu amaldagi tasavvurga umuman to‘g‘ri kelmaydi.

Leontyev statistik ma’lumotlarga Ikkinchi jahon urushi o‘z ta’sirini ko‘rsatgan bolishi mumkin deb hisoblab, 1951-yilda ushbu hisob-kitobni yana takrorladi. Ame­rika importi bu safar ham eksportga qaraganda kapital sig‘imkorligi yuqori ekan- ligini ko‘rsatdi (bu safar 6 %ga xolos).

Leontyevning davomchilari 1962-yilda ushbu hisob-kitobni takrorladilar. Ammo yana kutilgan natija olinmadi. Bu safargi hisob-kitoblarga muvofiq AQSh impor­tining kapital sig‘imkorligi 27 %ga eksportning kapital sig‘imkorligidan yuqori chiqdi.

Leontyev modeli boshqa mamlakatlar uchun ham qo’llanildi. Ammo natija doimo Xeksher-Olin nazariyasini inkor etardi. Misol uchun, 1950-yillarda mehnat resurslariga boy, deb hisoblangan Yaponiya kapital sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan tovarlarni eksport qilgan ekan.

Leontyev modeli asosida amalga oshirilgan hisob-kitoblar Xeksher-Olin naza- riyasini inkor etganligi uchun ushbu tadqiqotlar natijasi iqtisodchi olimlar tomoni- dan «Leontyev paradoksi» deb nomlandi.

Leontyev paradoksi — Xeksher-OIinning ishlab chiqarish omillari nis- bati nazariyasi amaliyotda o‘z tasdigMni topmagan: mehnat resursiga boy mamlakatlar kapital sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan tovarlarni eksport qila­di, kapitalga boy mamlakatlar esa mehnat sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan tovar­larni eksport qiladi.

Keyinchalik Leontyev paradoksi atrofida qizg‘in tortishuvlar boshlanib ketdi. Tortishuvlar Xeksher-Olin nazariyasining to‘g‘riligini isbotlashga qaratildi:



  • Ishchi kuchini malakali va malakasiz ishchilar guruhiga bo‘lish hamda har bir guruhning eksport tovarlarni ishlab chiqarish xarajatlaridagi ulushini hisoblash zarur. Amerikalik olim D. Kising 1966-yilda e’lon qilgan tadqiqotlarida ishchi kuchini malakasiga ko‘ra 8 xil kategoriyaga bo‘ladi. Shu orqali AQSh da yuqori malakali ishchilarning ortiqchaligi va malakasiz ishchilarning esa yetishmasli- gini isbotladi. Shuning uchun AQSh yuqori malakali ishchilar mehnatini talab etuvchi mahsulotlarni eksport qiladi. Malakali kadrlarni tayyorlashga ketadi- gan xarajatlarni kapital sarflar sifatida baholash mumkin deydi. Bu esa mala­kali ishchilar yordamida ishlab chiqarilgan tovarlarning kapital sig‘imkorligi yuqori deb hisoblashga asos bo‘ladi.

  • AQSh importida qazib chiqarish sanoati mahsulotlarining ulushi yuqoridir. Bu mahsulotlarni qazib chiqarish katta miqdordagi kapital xarajatlarni talab qiladi. 0‘z navbatida, bu mahsulotlardan eksportga yo‘naltirilgan tarmoqlarda keng foydalaniladi va shu sababli AQSh ning eksport tarmoqlarida ham kapital sig‘imkorligi yuqori bo‘ladi, deb hisoblash mumkin. Amerikalik olim Dj. Xar- tigen V. Leontyev hisob-kitoblarini o‘sha davr uchun takrorladi va kapital ko‘p talab qiluvchi xomashyoga bog‘liq tarmoqlarni e’tiborga olmadi. Natijada para- doks yo‘qoldi va Xeksher-Olin nazariyasi o‘z isbotini topdi.

  • V. Leontyev o‘z tadqiqotlarida AQSh hukumatining ichki tarmoqlarni tashqi raqobatdan himoya qilishga yo‘naltirilgan iqtisodiy siyosatini e’tiborga olma- gan. 1971-yilda amerikalik olim R. Beldvi tomonidan amalga oshirilgan qayta hisob-kitoblarda tashqi savdo siyosati xususiyatlari inobatga olingan va V. Leon­tyev paradoksining samarasini 5 %ga qisqartirishga erishilgan.

> V. Leontyev tadqiqotlarida AQSh aholisining didi inobatga olinmagan. Ameri- kaliklar kapital sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan tovarlarni xush ko‘rishadi va o‘z- larida ko‘p bo‘lishiga qaramasdan xorijdan bunday tovarlarni sotib olishadi. Aholi didining xalqaro savdoga ta’siri Xeksher-Olin nazariyasida o‘rganilma- gan va shu sababli bunday sharoitda xalqaro savdoni boshqa modellar orqa­li o‘rganish zarur.

ba’zi tovarlarni ishlab chiqarishda omillarning bir-birining o‘rnini bosish dara- jasi yuqori bo‘ladi. Bunday sharoitda bitta tovarni ishlab chiqarish kapitalga boy mamlakatlarda ko‘proq kapital talab qilishiga, mehnat resurslariga boy mam- lakatlarda esa ko‘proq mehnat resurslarini talab qilishiga olib keladi. Masalan, AQSh da sholi yetishtirish ilg‘or texnologiya yordamida amalga oshirilganligi bois, bu tovar AQSh da kapital sig‘imkorligi yuqori tovarlar guruhiga kiradi, Vyetnamda esa sholi ishlab chiqarish, asosan, mehnat resurslaridan foyda- lanishga asoslanganligi uchun sholi yuqori mehnat sig‘imkorligiga ega bo‘ladj- Chunki, Vyetnamda sholi, asosan, arzon qo‘l mehnati yordamida yetishtiriladi.



Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi o‘zining barcha kamchiliklanga qaramay, hozirgi kunga qadar xalqaro savdoning rivojlanishini tushuntirib beruv- chi eng ilg‘or nazariyalardan biri sanaladi
Download 21.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling