Hududlarni barqaror rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish


Download 32.97 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi32.97 Kb.
#1518306
Bog'liq
MAQOLA


HUDUDLARNI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Bugun jamiyatda raqamli texnologiyalarning ahamiyati tobora ortmoqda. Ularning keng joriy qilinishi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari ekspertlar fikricha, kelgusi 3 yilda iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali dunyodagi 22 foiz ish o‘rni axborot texnologiyalari yordamida yaratiladi.
Eng asosiy vazifa “Raqamli O‘zbekiston–2030” konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish bo‘lib, u o‘z ichiga barcha soha va tarmoqlarni qamrab olgan. Bunday yirik loyihani amalga oshirish mamlakatimiz iqtisodiyotining to‘liq hamda kompleks o‘zgarishiga, raqobatbardoshlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Shu yil 28-aprel kuni Prezidentimizning “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2023- yilga borib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 baravar va ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravar oshirish hamda ularning eksportini 100 million AQSh dollariga yetkazish nazarda tutilgan.
Shu bilan birga, 2020–2022 yillarda elektron hukumat, telekommunikatsiyalar, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini yanada rivojlantirish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida hamda qishloq va suv xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha 268 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Bugungi kunda soha mutaxassislariga sharoit yaratish, IT tadbirkorlikni, ayniqsa, AKT sohasida startap loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu maqsadda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki barpo etildi. Ayni paytda to‘rt ming nafar mutaxassis faoliyat yuritayotgan 392 ta tashkilot IT-parkning rezidentlari hisoblanadi.
Mazkur parkda zarur infratuzilma, shu jumladan, zamonaviy laboratoriyalar, kovorking markazi hamda ofis maydonlari mavjud. Texnopark rezidentlariga moliyaviy, marketing, yuridik va boshqa konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi. Yana bir muhim jihat shundaki, rezidentlar uchun moliyaviy imtiyozlar ham belgilangan.
Bunday muvaffaqiyatli tajriba yurtimizning boshqa hududlarida ham texnoparklarni ochishga turtki bo‘ldi. 2020–2024 yillarda mamlakatimizning 14 ta hududida, birinchi navbatda, Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida, shu jumladan, Toshkent shahridagi al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab huzurida IT-park tashkil qilinadi.
IT-parkning hududiy filiallarini tashkil etish bo‘yicha joylardagi mahalliy hokimliklar bilan qo‘shma qarorlar imzolanib, har bir loyiha bo‘yicha bajariladigan vazifalar tarmoq jadvallari tasdiqlandi.
Andijon (“Digital city” texnoparki), Farg‘ona (IT-park Marg‘ilon filiali) Sirdaryo (IT-park Guliston filiali) viloyatlarida foydalanishga topshirilib, Andijon filialida 10 ta rezident va Marg‘ilon filialida 7 ta rezident faoliyat yuritmoqda.
Shulardan biri 30 iyun kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining Guliston filiali ochildi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, mahaliy dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar sonini ko‘paytirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat idoralariga qiymati 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan shartnomalarni IT-park rezidentlari o‘rtasida tanlov asosida imzolash huquqi berilgani iste’dodli yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi, ularni yangi-yangi g‘oyalarga ruhlantiradi.
Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining davlat organlari bilan kontaktsiz aloqa shakllarini yanada rivojlantirish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishlab chiqildi (https://my.gov.uz). Bugungi kunda Yagona portal orqali 176 tadan ortiq elektron davlat xizmati taqdim etilmoqda.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 26 ta yangi xizmatlar ishga tushirilib, umumiy xizmatlar soni 200 tadan oshadi.
Yil boshidan beri 1,4 mln. ta elektron xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,1 foizga oshgan.
Hukumat organlari va aholi o‘rtasida samarali qayta muloqot tizimi o‘rnatilishi eng yorqin misollaridan biri sifatida ishga tushgan “Mening fikrim” Jamoaviy murojaatlar portalini ko‘rsatish mumkin. Hozirgi kunda mazkur veb-portalga 3,6 mingdan ortiq murojaatnoma kelib tushdi, 25,2 mingdan ortiq taklif va izohlar chop etildi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 26 ta yangi xizmatlar ishga tushirilib, umumiy xizmatlar soni 200 tadan oshadi.
Yil boshidan beri 1,4 mln. ta elektron xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,1 foizga oshgan.
2019 yil oktyabr oyida universitetda Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkilotining (JICA) 1,6 million AQSh dollar miqdoridagi texnik granti hisobiga zamonaviy o‘quv media markazi ochildi. Media markazda videokontentni tasvirga olish va ishlab chiqarish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
Mazkur davr mobaynida xalqaro aloqalarni rivojlantirish yo‘lida Toshkent shahridagi Inha Universiteti ham samarali ish olib bordi. 2019 yil mart oyida universitetda O‘zbekistonda biznes tahlilchilarni tayyorlash birinchi “ASPEX BI SCHOOL” maktabi ochildi.
Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi tashkil etilib, yangi ish o‘rinlari yaratildi. Bundan tashqari, Toshkent shahridagi Amiti Universiteti tashkil etildi.
Jahon tajribasi ko‘rsatmoqdaki, axborot texnologiyalari sohasidagi yuksak maqsadlarga zamonaviy dasturchilar tayyorlash jarayonini jadallashtirish orqali erishish mumkin. Shuning uchun mavjud bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida “Bir million dasturchi” loyihasi ishga tushirilgan.
Bugungi kunda “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida mashg‘ulotlar uzbekcoders.uz o‘quv portali orqali olib borilmoqda. Unda talab eng yuqori to‘rtta mutaxassislik bo‘yicha bepul videokurslar, jumladan, ma’lumotlarni tahlil qilish, android ilovalar, veb-ilovalar va dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish bo‘yicha darslar o‘zbek tilida subtitrlar bilan taqdim etilgan.
Keng jamoatchilikni raqamli bilimlarni o‘zlashtirish va axborot texnologiyalari sohasidagi yangi mutaxassisliklarni o‘rganishga jalb qilish maqsadida vazirligimiz tomonidan “Bir million dasturchi” loyihasida yoshlar ishtirokini kengaytirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, uzbekcoders.uz portali orqali 2020/2021 o‘quv yilida 2,1 mingdan ortiq maktabning 47 mingdan ziyod o‘quvchisini, 44 ta oliy ta’lim muassasasining 54 mingdan ortiq talabasini o‘qitish rejalashtirilgan.
Shuningdek, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida tegishli yo‘nalishlarning mutaxassislik fanlari hamda umumta’lim maktablarining informatika fani dasturlariga “Bir million dasturchi” loyihasi doirasidagi dasturlash yo‘nalishlari mavzularini kiritish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Shu maqsadda yurtimiz bo‘ylab aholi va yoshlar uchun raqamli texnologiya o‘quv markazlari tashkil qilingan. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan barcha hududlarda raqamli texnologiyalar bo‘yicha kamida 100 ta o‘quv markazini ochish rejalashtirilmoqda. Bu dargohlarda dasturlash asoslari, elektron savdo va grafikli dizayn kabi yo‘nalishlar bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yiladi.
Muhim yangiliklardan yana biri, endi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi IT-parkning tumanlardagi filiallari tomonidan har bir tuman va shaharda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi. Mamlakatimizdagi 200 dan ortiq shahar va tumanda bittadan maktab tanlab olinib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga ixtisoslashtiriladi.
Ma'lumot uchun artificial intelligence, ya'ni, sun'iy aql- informatikaning alohida sohasi bo'lib, kompyuter yoki mashinaning inson ongidagi imkoniyatlarga taqlid qilishi, codda qilib aytganda, sun'iy aql kompyuterlarni odam kabi o'ylash va yechim topishga yo'naltirilgan texnologiya hisoblanadi. Big Data — salmoqli ma'lumot atamasi kuniga 100 gigabaytdan ko'p ma'lumot tushadigan oqimlarga nisbatan qo'llanib kelingan. Keyinchalik ma'lumotlarning keskin ko'payishi oqibatida bu tushuncha yanada keng qamrov kasb eta boshladi. Ushbu atama odatda terabayt, ekzabayt va petabaytlar darajasidagi katta hajmdagi ma'lumotlarga nisbatan qo'llaniladi.
Bugungi kunda soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlash, sohadagi firibgarliklari va ma'lumotlarni saqlash, qayta ishlash, tahlil qilishning hozirgi holatida milliy hamda xalqaro darajada bir muncha muammolar mavjud. Misol uchun, Soliq, Adliya Tarmoqlari (Tax Justice Network) tashkilotining 2020-yilgi hisobotida soliq firibgarligi va soliq to'lashdan bo'yin tovlash natijasida butun dunyo davlatlari yiliga 427 milliard AQSH dollari miqdorida ziyon ko'rishmoqda. Birgina AQSHning o'zi har yili soliq to'lashdan bo'yin tovlash tufayli 188,8 milliard dollar yo'qotadi, Xitoy va Yaponiyaning bu boradagi yillik zararlari tegishli ravishda 66,8 va 46,9 milliard dollarni tashkil etyapti.
SHu bois Prezidentimizning 2021-yil 17-fevraldagi “Sun'iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida’’gi qarorida ham “Raqamli O'zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq, soliq sohasida ham yuridik shaxslarning soliq tushumlarini tahlil qilish, soliq to'lovlaridagi tafovutlarni aniqlashda sun'iy intellekt texnologiyalarini qo'llashga alohida ahamiyat qaratilgan.
Hozirgi kunda ko'plab mamlakatlar sog'liqni saqlash, transport, mudofaa va milliy xavfsizlik kabi ko'plab sohalarda sun'iy intellekt afzalliklaridan foydalanib kelmoqda. PricewaterhouseCoopers (PwC) konsalting kompaniyasi tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, global sun'iy aql 2030-yilga kelib jahon iqtisodiyotiga 15,7 milliard trillion AQSH dollarimiqdorida hissa qo'shishi kutilmoqda. Bu jahon yalpi ichki mahsulotini 26 foizga o'sishiga olib keladi.
Xorijda sun'iy intellekt texnologiyasini o'z soliq tizimida qo'llayotgan mamlakatlar soni yildan yilga ortib bormoqda. Jumladan, Daniya 2018-yilda soliq to'lashdan bo'yin tovlash natijasida qariyb 325 million AQSH dollari zarar ko'rgan. Mamlakat hukumati sun'iy aql vositalarini o'z soliq tizimiga tatbiq etishi natijasida soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlashning har 100 holatidan 85 tasini muvaffaqiyatli aniqladi. SHuningdek Hindiston hukumati soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlash bilan kurashish va soxta firmalarni aniqlash uchun sun'iy aql vositasidan foydalanishga kirishgan etakchi mamlakatlar qatorida turadi.
Raqamli texnologiyalar taraqqiy etgan asrda eng muhum omil bu ma'lumotlar hisoblanadi. Ularni to'plab, o'rganishlar asosida xulosalar chiqarishda Big Data texnologiyasining ahamiyati katta. Undan qo'pincha salmoqli ma'lumotlarning prognozli tahlillariga yoki ma'lumotlardan qiymat chiqarib olishning boshqa usullariga murojaat qilishda ham foydalaniladi. Big Data texnologiyalaridan olinadigan daromadlar yildan yilga o'sib bormoqda. U 2019-yilda 189,1 milliard dollarni tashkil etgan bo'lsa, 2022-yilda 274,3 milliard dollarga etishi kutilmoqda. AQSH, Avstraliya kabi mamlakatlarda katta hajmli ma'lumotlar texnologiyalarini rivojlantirish va moliyalashtirish bo'yicha maxsus davlat dasturlari ishlab chiqilgan.
Prezidentimizning “Sun'iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida’’gi qaroriga ko'ra, joriy yilning 1-martidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining tashkil qilinishi “Raqamli O'zbekiston – 2030” strategiyasini har tomonlama amalga oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni tashkil qilish hamda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimida sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish; mazkur yo'nalishda fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni olib borishdagi ahamiyati katta bo'ladi.
Nazarimizda, shu bilan birgalikda, raqamli texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanishi va sohaning malakali mutaxasislarga ehtiyojini oshishi oliy ta'lim muassasalarida “Soliq va raqamli texnologiyalar” bo'yicha alohida o'quv yo'nalishini tashkil etilishni taqozo etmoqda. Bu eng avvalo, tizimning salohiyatli kadrlar bilan ta'minlanishiga yanada keng yo'l ochadi.
Jahon tajribasi ko'rsatib turibdiki, sun'iy aql va Big Data texnologiyalari nainki soliq idoralari ishini jadalashtirishga, shu bilan birga, “elektron hukumat” faoliyati samaradorligining oshishini hamda mamlakatda “raqamli iqtisodiyot”ning rivojlanishiga va eng muhimi, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga ham yordam beradi.
Download 32.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling