Hujjat 25. 07. 2017 sanasi holatiga Amaldagi versiyaga o‘tish [okoz: 1


IV. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA KELISh VA UNDAN KETISh HUQUQIDAGI


Download 182.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/20
Sana07.11.2021
Hajmi182.37 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
IV. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA KELISh VA UNDAN KETISh HUQUQIDAGI

ChEKLAShLAR

19. Xorijiy fuqaroning O‘zbekiston Respublikasiga kelishi quyidagi hollarda rad etilishi

mumkin:

a)  milliy  xavfsizlik  yoki  jamoat  tartibini  muhofaza  qilishni  ta’minlash  manfaatlari

yo‘lida;

b) agar bu O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va boshqa shaxslarning huquqlarini va

qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun zarur bo‘lsa;

Oldingi tahrirga qarang.

(19-bandning  “v”  kichik  bandi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2012-yil  7-

avgustdagi 236-son qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

v) agar shaxs chet el terrorchi, ekstremist va boshqa jinoiy tashkilotlarning faoliyatiga

aloqador bo‘lsa;

(19-bandning  “g”  kichik  bandi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2012-yil  7-

avgustdagi 236-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

g) agar shaxs o‘zi haqida qasddan soxta ma’lumotlar bergan bo‘lsa yoki zarur hujjatlarni

taqdim etmagan bo‘lsa;

(19-bandning  “d”  kichik  bandi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2012-yil  7-

avgustdagi 236-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

d)  agar  shaxs  ilgari  xorijiy  shaxslarning  O‘zbekiston  Respublikasiga  kelish-ketish

tartibini hamda bu yerda bo‘lish qoidalarini, O‘zbekiston Respublikasining bojxona, valyuta va

boshqa qonunchiligini buzganligi aniqlangan bo‘lsa;



(19-bandning  “e”  kichik  bandi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2012-yil  7-

avgustdagi 236-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

e) agar shaxs kasal bo‘lsa yoki uning salomatligi jamiyat xavfsizligi va sog‘lomligiga xavf

tug‘dirsa hamda ushbu kasallik O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan

tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan bo‘lsa.



(19-bandning  “j”  kichik  bandi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2012-yil  7-

avgustdagi 236-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Ushbu  qaror  bilan  tasdiqlangan  Xorijiy  fuqarolarning  va  fuqaroligi  bo‘lmagan

shaxslarning  O‘zbekiston  Respublikasida  bo‘lishlari  qoidalarining  40-bandiga  muvofiq  xorijiy



fuqaroga  nisbatan  O‘zbekiston  Respublikasiga  kelish  cheklangan  bo‘lsa,  unga  O‘zbekiston

Respublikasiga kelishi rad etiladi.



(19-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2012-yil  7-avgustdagi  236-sonli  qarori

asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)

Keyingi tahrirga qarang.

20.  Xorijiy  fuqaroning  O‘zbekiston  Respublikasidan  ketishiga  quyidagi  hollarda  ruxsat

berilmaydi:

a) agar uning ketishi davlat xavfsizligini ta’minlash manfaatlariga zid bo‘lsa — ketishga

to‘sqinlik qiluvchi holatlarning amal qilish muddati tugagungacha;

b)  agar  shaxsga  nisbatan  uning  doimiy  yashash  uchun  chet  elga  ketishiga  to‘sqinlik

qiluvchi  shartnoma,  kontrakt  majburiyatlari  amalda  bo‘lsa  —  ushbu  majburiyatlar

to‘xtatilgunga qadar;

v) agar shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa — ish oxiriga yetkazilgunga qadar

yoki uning yuzasidan sud qarori qabul qilingunga qadar;

g) agar shaxs jinoyat sodir etganligi uchun jazoga hukm qilingan bo‘lsa — jazoni o‘tab

bo‘lgungacha yoki jazodan ozod etilmaguncha;

d)  agar  shaxs  unga  sud  tomonidan  yuklangan  majburiyatlarni  bajarishdan  bosh

tortayotgan bo‘lsa — majburiyatlarni to‘liq bajarib bo‘lgunga qadar;

e) agar shaxs o‘zi haqida qasddan soxta ma’lumotlar bergan bo‘lsa;

j)  agar  sudda  shaxsga  nisbatan  fuqarolik  da’vosi  qo‘zg‘atilgan  bo‘lsa  —  sud  tomonidan

qaror qabul qilinib va u ijro etilgunga qadar.


Download 182.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling