Hujjat kuchini yo‘qotgan " "


Download 490.76 Kb.
bet1/252
Sana18.09.2022
Hajmi490.76 Kb.
#810945
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   252
Bog'liq
New Microsoft Word Document
temp, ON topshiriq 4, Kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati, Kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati, fizikadan sirojiddin akaniki, Tarmoq protokollari, 3- Mustaqil ish, klaviaturada iwlash, МФ-51 гурух 4- курс Амалиёт 1111, 3-Mustaqil ish (1), Kasbga yo’naltirish omillari va kasblarning psixologik tasnifi, Mehnat faoliyati motivlari., 6 qism otlar, 3.Манбашунослик




Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 08.01.2020




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSI
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-136-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonuni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi O‘RQ-601-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotganligi sababli mazkur Kodeks ham o‘z kuchini yo‘qotgan.
LexUZ sharhi
Mazkur Kodeks O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2019-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-599-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
UMUMIY QISM
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
1-bob. Asosiy qoidalar
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Ushbu Kodeks soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni belgilash, joriy etish, hisoblab chiqarish hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga (bundan buyon matnda budjet deb yuritiladi) va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lash bilan bog‘liq munosabatlarni, shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
2-modda. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 1-bandining birinchi xatboshisi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar ushbu Kodeks bilan belgilanadi, o‘zgartiriladi yoki bekor qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 23-moddasi.
Soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Kodeks qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak. Normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, ushbu Kodeks qoidalari qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni 3, 16-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 1.1-bandi.
Soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjat quyidagi hollarda ushbu Kodeksga muvofiq emas deb topiladi, agar hujjat:
1) ushbu Kodeksga muvofiq bunday hujjatni qabul qilish huquqiga ega bo‘lmagan organ tomonidan qabul qilingan bo‘lsa yoki normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda qabul qilingan bo‘lsa;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 3 va 4-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunining 12 — 21, 25-26-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti”ning III — V-bo‘limlari, “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari” (ro‘yxat raqami 2565, 28.02.2014-y.).
2) soliq munosabatlari subyektlarining huquqlarini bekor qilsa yoki cheklasa, soliq munosabatlari subyektlarining ushbu Kodeksda belgilangan majburiyatlarining mazmunini, ular harakatlarining asoslari, shartlari, ketma-ketligi yoki tartibini o‘zgartirsa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 31—33-moddalari.
3) ushbu Kodeks bilan taqiqlangan harakatlarga ruxsat bersa yoki yo‘l qo‘ysa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 6-moddasining ikkinchi qismi, 8-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari, 9-moddasining ikkinchi qismi, 67-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlari, 71-moddasiningoltinchi va yettinchi qismlari, 80-moddasining o‘n birinchi qismi, 89-moddasining to‘rtinchi qismi, 91-moddasining uchinchi, sakkizinchi va o‘n birinchi qismlari, 92-moddasining sakkizinchi qismi, 95-moddasining uchinchi, to‘rtinchiqismlari, 99-moddasining uchinchi qismi hamda 105-moddasining birinchi qismi.
4) ushbu Kodeksda belgilangan tushunchalar mazmunini o‘zgartirgan yoki bu tushunchalar ushbu Kodeksda qo‘llanilganidan boshqacha ma’noda qo‘llanilgan bo‘lsa.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 12—22-moddari, 221–moddasining birinchi qismi, 222–moddasining birinchi qismi.
Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan holatlardan loaqal bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda, soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Kodeksga muvofiq emas deb topiladi.
Ushbu Kodeksga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ yoki uning yuqori turuvchi organlari mazkur hujjatni bekor qilishga yoki unga zarur o‘zgartishlar kiritishga haqli. Bu organlar ushbu Kodeksga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatni bekor qilishni yoki unga zarur o‘zgartishlar kiritishni rad etgan taqdirda, bu hujjat sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 12-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 178 — 183-moddalari.

Download 490.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling