Hujjatlarda ish yuritish tili va uslubi 1-reja ►


Download 231.18 Kb.
Sana10.07.2020
Hajmi231.18 Kb.
#123461
Bog'liq
1-amaliyot


Hujjatlarda ish yuritish tili va uslubi
1-reja ►

Hujjatchilik tilining o‘ziga xos uslubi, mazmuniy to‘liqlikdan iborat zaruriy sifatlar, o‘ziga xos so‘z qo‘llash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali ta’min etiladi. Hujjatlar o‘ziga xos uslubga ega. Hujjatda ot va fe’lga tegishli so‘zlar ko‘proq qo‘llaniladi. Sintaktik xususiyatidan kelib chiqib asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi.Hujjatlar tilida turg‘unlashgan, qoliplashgan so‘z birikmalaridan ko‘proq foydalaniladi. Masalan, buyruqda quyidagicha qoliplashgan tuzilmalar qo‘llanishi mumkin:

1) “. . . so‘m maosh bilan . . . lavozimiga tayinlansin”; 2) “. . . o‘z xohishiga ko‘ra . . . lavozimidan bo‘shatilsin”; 3) “. . . boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan . . . lavozimidan bo‘shatilsin”; 4) “. . . ga . . . dagi faol va samarali ishtiroki uchun tashakkur e’lon qilinsin”; 5) “. . . ga o‘z bo‘limida intizomni bo‘shashtirib yuborganligi uchun hayfsan e’lon qilinsin” va h.k.
1.Tuzilish o‘rniga ko‘ra ichki va tashqi hujjatlar farqlanadi:
Ichki hujjat – muassasa yoki korxonani o‘zida tuzi-ladigan va shu korxona ichida foyda-laniladigan hujjatlardir. Bularga xo-dimning shaxsiy vara-qasi, majlis bayonnomasi, ichki buyruq va boshqalar kiradi.

Yoki xizmat yozishmalarida mana bunday qoliplashgan so‘zlardan foydalanish mumkin:.

1) “Sizga . . .ni ma’lum qilamiz”;“Sizga . . .ni bildiramiz”; “Sizga . . .ni eslatamiz”;2) “. . . yordam tariqasida . . .”, “. . . munosabat bilan . . . ”, “. . . qaroriga muvofiq ravishda . . .”3) “. . . ga zavod ma’muriyati qarshi emas”; “. . . ga zavod kafolat beradi” va h.k.

O`zbek tilidagi hujjatchilik takomillashaborgani sari, bunday qoliplashgan birikmalar ham ko`payib, mukammalashib boradi. Buning natijasida hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirishishi ham bir qadar yengillashadi. Anashu qoliplashgan birikmalarning ishtirokiga ko`ra, hujjatchilar “hujjatlar yozilmaydi, balki tuziladi” deydilar.




Tashqi hujjat – korxonaga, boshqa tash-kilot va ayrim shaxslardan keladigan hujjatlardir. Bularga taklifnoma, ishonchnoma, yo‘riqnoma, kafolatxati, tavsiyanoma va boshqalar kiradi.

Hujjat turlari va xususiyatlari
1-reja ►

Hujjatshunoslikda hujjatlar bir necha jihatlarga ko‘ra tasnif qilinadi. Tasnifnomada mutlaqo bir xil guruhlantirish mavjud bo‘lmasa-da, har qalay ularni bir qadar yagonalashgan holda guruhlantirish mumkin. Hujjatshunoslikdagi ana shu an’anaga ko‘ra ish yuritishdagi hujjatlar quyidagicha tasniflanadi:




2.Mazmuniga ko‘ra sodda vamurakkabhujjatlar farqlanadi:

Sodda hujjat – bir masalani o‘z ichiga oladigan hujjatdir. Bulargaariza, e’lon, tilxat, kafolatxativa boshqalar kiradi.

3.Mazmun bayonining shakli jihatidan xususiy, namunaviy, qoliplihujjatlar farqlanadi.




Xususiy hujjatlar – tashkilotlarda matnning o‘ziga xosligi, betakrorligi, mazmun bayoni erkin bo‘ladigan hujjatlardir. Bularga xizmat, so‘rov, iltimos, javob, kafolat, axborot xatlarivaboshqalarkiradi.



Qolipli hujjatlar – odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladigan hujjatlardir. Butur hujjatlarga nisbatan ko‘pincha «yozmoq» emas, balki «to‘ldirmoq» so‘zi ishlatiladi. Bularga ish haqi yoki yashash joyi haqidagi ma’lumotnomalar, mehnatga layoqatsizlik varaqasi, ayrim dalolatnomalar, xizmat safari guvohnomalari va boshqalar kiradi.

javob, kafolat, axborot xatlarivaboshqalarkiradi.

Namunaviy hujjatlar – boshqaruvning muayyan bir vaziyatlari bilan bog‘liq, bir-biriga o‘ xshash va ko‘p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladigan hujjatlardir. Bularga tavsiyanoma, ariza, e’lon, taklifnoma va boshqalar kiradi.

javob, kafolat, axborot xatlarivaboshqalarkiradi.

Murakkab hujjat – bir necha masalani o‘z ichiga olgan hujjatdir. Bularga shartnomalar ma’lumotnoma, rejalashtirilgan hisobot hujjatlari va boshqalar kiradi.

4.Tegishlilik jihatiga ko‘ra xizmat (rasmiy) va shaxsiy hujjatlar farqlanadi:




Shaxsiy hujjat– yakka shaxs tomonidan yoziladigan, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladigan hujjatlardir. Bularga shaxsiy ariza, shikoyat va boshqalar kiradi.

Xizmat (rasmiy) hujjatlari – tayyorlanishiga ko‘ra tashkilot yoki mansabdor shaxslarga tegishli hujjatlardir. Bularga ishga qabul qilish buyruqlari va boshqalar kiradi.javob, kafolat, axborot xatlarivaboshqalarkiradi.

Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi ham benihoya katta. Bu jihatiga ko‘ra hujjatlar quyidagicha tavsiflanadi:



Aksar hujjatlar dastlab qoralama nusxada tayyorlanadi, bu hujjat tayyorlovchining qo‘lyozma yoki mashinalangan dastlabki nusxasidir. Bu nusxa tuzatilib, qayta ko‘chirilishi mumkin. Qoralama hujjat huquqiy kuchga ega emas.

Hujjat qat’iy belgilangan rekvizitlar tarkibiga ega bo‘lishi, ularning joylashish va rasmiylashtirish tartiblari 6,38-90 GOST ga muvofiq kelishi kerak. Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlar (rekvizitlar)ning belgilangan majmuiga va ularning barqarorlashgan joylashish tartibiga ega.

Ma’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeyiga ko‘ra hujjatlar hozirgi kunda asosan, quyidagicha tasniflanadi:




Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi.

Guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, qoida, ustav, shartnomalar ana shunday hujjatlar turiga kiradi.

Shartnomada tomonlar bajarishi lozim bo‘lgan shartlar va boshqa majburiyatlar ko`rsatiladi. Ba’zi shartnomalarda olingan majburiyatni bajarmaslik natijasida keltiriladigan zararni to`lash tadbirlari ham belgilanadi. Tomonlar shartnomaning barcha moddalari bo`yicha bir bitimga kelganlaridan keyin shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Shartnomalaro‘z mazmunigako‘rajudaxilma-xil ko‘rinishgaega: mahsulot yetkazib berish haqida, qishloq xo`jalik mahsulotlarini davlat yo`li bilan xarid qilish haqida, mulkiy (moddiy) javobgarlik haqida, bino va inshootlar ko`rilishi haqida, turar joy ijarasi haqida, uy-joy yoki transport vositalarini oldi-sotdi, hadya qilish, almashtirish, mol-mulkni ijaraga olish, qarz berish haqida va boshqalar. Muassasalar o`rtasida keng tarqalgan shartnoma turlariga mol (tovar) yetkazibberish, pudrat, imoratlarijarasi, asbob-uskunalarni o`rnatish haqidagi shartnomalarni ko`rsatish mumkin. Har qanday shartnoma o`z mazmuni va shakliga ko`ra qonunga muvofiq bo`lishi kerak. Bu qoidaning buzilishi shartnomaning qonuniy kuchini yo`qqa chiqaradi va uni shu ahvolda tuzgan yoki tuzishga yo`l qo`yganman sabdor shaxslarni javobgarlikka olib keladi. Shartnomalar og`zaki, yozma usulda tuzilishi hamda notarial idoralar tomonidan tasdiqlangan tarzda ham bo`lishi mumkin. Shartnomaning ayrim turlari, chunonchi, imoratlarnioldi-sotdi shartnomasi tegishli davlat idoralarida qayd qilinishi zarur. Keyingi holat faqat qonunda belgilangan taqdirda qo`llanadi.
Farmoyish - muassasa ma’muriyati, shuningdek, bo‘limlarning rahbarlari to-monidan amaliy ma-salalar yu-zasidan qabul qili-nadigan huj-jatdir. Odatda far-moyishlar amal qilish muddati cheklangan bo‘lib, bo‘-limlarning tor doira-siga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo‘ladi. Far-moyish mat-ni xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topa-di faqat uning asos (kirish) qismida “BUYURAMAN” so‘zi o‘rniga “TAVSIYA ETAMAN”, “RUXSAT BERAMAN” kabi iboralar ishlatiladi.

Shartnoma - ikki yoki undan ortiq tomonning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini belgilash, o‘zgartirish yoki to`xtatish yo`lidagi kelishuvidir. Boshqacha qilib aytganda, shartnoma tomonlarning biron-bir munosabatlar o`rnatish haqidagi kelishuvi (bitimi)ni qayd etuvchi va munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatdir. Shartnoma to‘g‘risidagi umumiy qoidalar O`zbekistan Respublikasining Fuqarolikkodeksi (353-385-moddalar)dabayonetilgan. Shartnoma davlat yoki nodavlat, jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, shuningdek, fuqarolar o‘rtasida tuzilishi mumkin.Shartnoma munosabatlari muassasa bilan ayrim shaxs yoki shaxslar o`rtasida o`rnatilayotgan bo‘lsa, bunda tuzilaja khujjat aksar hollarda mehnat bitimi deb ataladi.

Shartnoma muassasalarga tegishli bo`lganda, tomonlarim zolagunga qadar, unda muayyan muassasa hisobchisi va adliya maslahatchisining rozilik belgisi(vizasi) bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Tomonlar mazkur hujjatning barcha bob va qismlari bo`yicha kelishi bolib, uni tegishli ravishda rasmiylashtirganidan keyingina shartnoma tuzilgan hisoblanadi.


Buyruq - mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa asosiy va kundalik masalalarni hal qilish maqsadida qo‘llaniladi. Buyruq uchun qog`oz (blanka)lar A4 hajmli (310*297) qog‘ozga tayyorlanadi. Mohiyat – e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo‘linadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlar Shaxsiy tarkibiga oid.Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo‘limlari faoliyatini tartibga solishda qo‘llaniladi. Ularda, odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan ko‘rsatma hujjatlar xodimlarga yetkaziladi, bularning ijrosi yuzasidan aniq tadbir-choralar belgilanadi, mas’ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi. Buyruq vositasida rahbar tashkilotning ishlab chiqarish, rejalashtirish, hisobot, moliyalashtirish, kredit ajratish, mahsulot sotish faoliyati, tashqi iqtisodiy faoliyati, tashkilot tuzilmasini takomillashtirish va ishlarni tashkil etish hamda boshqa masalalar bo‘yicha amaliy ish yuritiladi.

Ichki mehnat tartiboti qoidalari, mukofotlash nizomi va shu kabilarni tasdiqlash bilan bog‘liq me’yoriy buyruqlar ham asosiy faoliyatga oid buyruqlar sirasiga kiradi. Buyruqqa tegishli imzolar qo‘yilib, u blankaga ko‘chirilgach, tashkilot rahbari uni imzolaydi. Rahbar imzolagan buyruq ish yuritish bo‘yicha mas’ul xodim tomonidan tegishli daftarga qayd etiladi. Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asoslovchi (kirish) qismida buyruqdan maqsad, shart-sharoit, sabablar ko‘rsatiladi, asos qilib olinayotgan buyruqqa havola qilinadi (nomi, raqami, sanasi yoziladi). Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan, bosh harflar bilan yoziladi “BUYURAMAN” so‘zi bilan boshlanadi. Shu so‘zdan so‘ng ikki nuqta qo‘yilib yangi satrda farmoyishlar beriladi. Farmoyishlarda odatda kim qanday vazifani, qaysi muddatda bajarilishi ko‘rsatiladi. Buyruqning farmoyish qismi oxirida buyruqni nazorat qilish kimga yuklatilganligi ham qayd qilib qo‘yiladi.



Ma’lumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi.Ular ish yuritish jarayonida ayniqsa ko‘p ishlatiladi. Bu guruhga ariza, bayonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma tavsifnoma, tafsiyanoma, taklifnoma, tarjimai hol, tushuntirish xati, e’lon, hisobot kabi hujjatlarni o‘z ichiga oladi.


Dalolatnoma- muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq biron bir bo‘lib o‘tgan (sodir bo‘lgan) voqea, hodisa, ish harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjatdir. Dalolatnoma tuzishdan asosiy maqsad sodir bo‘lgan voqea hodisalar yoki mavjud holatni qonuniy-huquqiy jihatdan isbotlash yoki tasdiqlashdir. Dalolatnoma deyarli barcha hollarda pul mablag‘lari va moddiy boyliklarga bog‘liq tuziladi, binobarin, u ko‘proq tadbirkorlik, moliya – xo‘jalik faoliyatida, hisob- kitob, oldi –sotdi va savdo sohalarida keng qo‘llanadi. Dalolatnomalar voqea – hodisalarni haqqoniy aks ettirish maqsadida bir necha shaxslar yoki maxsus vakolatli yakka shaxs (taftishchi, nazoratchi) tomonidan tuziladi.
Download 231.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling