Hukumat boshqaruv siyosatining aholining turmush tarzi indeksiga ta’siri


Download 23.47 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi23.47 Kb.
#217328
Bog'liq
Tezis


Hukumat boshqaruv siyosatining aholining turmush tarzi indeksiga ta’siri

Ko’plab mamlakatlar singari O’zbekistonda ham hukumat aholining yashash sharoitlari va ularga keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan chora tadbirlar va zaruriy ishlar ko’lamini kengaytirmoqda, ayniqsa buning yaqqol isbotini so’nggi yillardagi aholining ijtimoiy, iqtisodiy hayotidagi o’zgarishlar misolida ko’rmoqdamiz.

Hozirgi global iqtisodiy-pandemik inqiroz sharoitida iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlash, joylardagi mavjud muammolarni manzilli hal etish, aholining yordamga muhtoj qatlamini amaliy jihatdan qo’llab quvvatlash hukumatimizning ustuvor vazifalaridan ekanligi ma’lum.

Biroq shuni qayd etish joizki, ba’zi holatlarda to’satdan chiqarilgan qarorlar, aniqroq aytadigan bo’lsak, ayrim mahsulotlarga bo’lgan QQS ning oshirilishi, yoqilg’i narxlarining o’zgarib turishi, telekomunikatsiya vositalariga bo’lgan boj solig’ining o’zgarishi, shuningdek, qishloq aholisining katta qismining shaharga ko’chib kelishi, yer-mulk munosabatlaridagi muammolar oqibatida fuqarolarning yashash tarzi bir qadar o’zgarmoqda va biz buni matematik jihatdan tahlil qilishga urindik.

O’rganish jarayoniga turtki bergan jihat shundaki, manbaalarda keltiriladigan statistik ma’lumotlar qanchalik haqiqatga yaqinligini sof matematik metodlar bilan o’rganish hozircha yurtimizda keng qo’llanilmaydi. Va shuni qayd etish lozim, ushbu metod aholi turmush tarzini aniqlovchi yagona aniq metod emas. Model ko’ra, aholining turmush tarzi ko’rsatkichi oilalardan o’tkazilgan so’rovnomalar natijalariga tayangan holda, ushbu ko’rsatkich miqdorini oilaning oylik daromadi,oilaning jamiyatdagi pozitsiyasi,oila a’zolari soni,oilaning xarajatlariga bog’liq va u quyidagi ko’rinishda bo’ladi:

(1)

S-oilaning turmush darajasi ko’rsatkichi(%)

I-oilaning bir oylik daromadi.

F-oila a’zolari soni.

T-oilaning jamiyatdagi pozitsiyasi.

E-oilaning oylik xarajatlari miqdori.



- o’zgarmas sonlar.

– hukumat parametri.

Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, oilalarda o’tkazilgan so’rovnomalar natijalariga ko’ra o’zgarmas ning qiymatlarini eng kichik kvadratlar usuli yordamida, tenglamalar sistemasini yechish orqali aniqlashimiz mumkin.Dastlabki holatda, hukumatning ta’sirini hisobga olmagan holda, ya’ni ayrim tovarlar narxlardagi o’zgarishlar va soliq yukining ortishini hisoblamaganda, aholining turmush tarzi indeksining miqdorini hisoblashimiz mumkin.



Agar ushbu modelga hukumat ta’sirini ko’radigan bo’lsak, (1) ga - hukumat parametrini kiritamiz, va bu parametr ma’lumki, oilaning oylik daromadidan qo’shimcha xarajat talab etilishiga olib keladi natijada turmush tarzi indeksi ma’lum miqdorda pasayadi.Biz bu yerda hukumat parametri sifatida yoqilg’i narxining oshishi va ayrim tovarlarga QQS miqdorining oshishini hisobga oldik. Quyida so’rovnomalar natijasidagi turmush tarzi indeksi va biz qurgan model orasidagi farqlar, shuningdek, hukumat parametri kiritilishidan keyin va oldingi turmush tarzi indeksi orasidagi tafovutlar ko’rsatilgan:

Qatnashgan oilalar

Turmush tarzi indeksi,%( kiritilishidan oldin)

Turmush tarzi indeksi,%( kiritilishidan keyin)

Farq,%

A-oila

47.78

40.14

7.64

B-oila

25.15

20.1

5.05

C-oila

32

25.1

6.9

D-oila

20

14.4

5.6

E-oila

27.1

22

5



Qatnashgan oilalar

Turmush tarzi indeksi,%(model bo’yicha)

Turmush tarzi indeksi,%(so’rovnoma bo’yicha)

Absolyut xatolik,%

A-oila

47.78

48

0.22

B-oila

25.15

25

0.15

C-oila

31.73

32

0.27

D-oila

20.36

20

0.36

E-oila

27.09

27

0.09

Xulosa.

Biz hukumatning islohotlardagi harakatlari aholi turmush tarzining faqatgina yomonlashishiga olib keladi degan fikrdan yiroqmiz.Oylik daromadlarning oshishi, inflaytsiya darajasi modelimizda hisobga olinmagan, model ma’lum bir oniy vaqt momentidagi turmush darajasining o’zgarishini ifodalaydi. Shuni ta’kidlab o’tish joizki,iqtisodiyotda yashirin iqtisodiyot ulushi yuqori bo’lganligi sababli ayrim oilalarda ushbu model orqali turmush tarzi ko’rsatkichini aniqlash muammolar keltirib chiqarishi ham mumkin.

Yuqoridagi model aholi turmush darajasining qay darajada o’zgarishini hisoblash bilan birgalikda qo’shimcha masalaning paydo bo’lishiga ham zamin yaratadi.

Tovar yoki mahsulotlarning QQS ni yoki yoqilg’i narxini qay darajada o’zgartirilsa, aholing turmush tarziga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatmaydi?



Manbaalar:

Aganbegian, A. & Rimashevskaia, N. (2006). Application of Mathematical Models and Electronic Computers in Economic Calculations of Workers’ Wage Scales, Income and Consumption, A SpringerLink – Journal Article, 4(5) 1-6.

Benyah, F. (2008). Introduction to Epidemiological Modelling, 10th Regional College work on Modelling, Simulation and Optimization, University of Cape Coast, Ghana, 23-51

Brauer, F. (1990). Models for the Spread of Universally Fatal Diseases; Journal, Mathematical Biology.Springer-vedag; 28(4) 451-462

Javitz, H., Grimes T., Hill D., Rapoport A., Bell R., Fecso R., Lehming R. (2010). US Academic Scientific Publishing Working papers SRS11 /201. Arlington, VA: National Science foundation, Division of Science Resources Statistics, www.cces.fudan.edu.cn-CH1

Negedu, D. (2010). Mathematical Model for Human Standard of living; B.Sc Research work, submitted to Mathematics and Computer Science Department, Federal University of Technology, Minna, Niger State, Nigeria

Raymond, C. (2011). Standard of Living Publication, www.hubpages.com / United States Political and Social Issues.
Yemi,F. (2012). The Nigerian Poverty Profile 2011 Report: Press briefing by the Statistician General of the Federation.
Download 23.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling