Hunar haqidagi qarashlari


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/16
Sana07.04.2022
Hajmi0.61 Mb.
#628016
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2-topic
TTB lab4.pptx, 4-maruza taqdimot, 9 sinf algebra, Воспитание высоких качеств нравственности в человеке, 20- variant, 33Variant, 9variant, 1,3 - LABORATORIYA, Zilola Ziyodullayeva.!, qadriyatlar va harbiy faoliyat , Baholash mezoni, ygATEhyMKsFD1cqN4LNTIfEygYnRPP1QaFtqxkX7, oits, yulduz turkumlari, davlat mustaqil 20 Ma’lumot-axborot hujjatlarining vazifasi, turlari.


2-MAVZU. SHARQ MUTAFFAKIRLARINING TA’LIM-TARBIYA VA KASB-
HUNAR HAQIDAGI QARASHLARI 
Reja: 
1. Yoshlarning kasb tanlashini to’g’ri shakllantirishda Sharq mutaffakirlarining 
qarashlaridan foydalanish.
2. Abu Nasr Forobiyning kasb-hunar va ta’lim-tarbiyaga doir qarashlari. “Fozil 
odamlar shahri” asari.
3. Abu Rayhon Beruniy asarlarida mehnat va mehnat tarbiyasi haqidagi qarashlari.
4. Abu Ali Ibn Sinonig kasblar va ularning avzalligi xususidagi fikrlari.
5. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asarida ma’naviyat va kasb egallash 
haqidagi qarashlari. 
6. Kaykovusning “Qobusnoma” asarida jamiyat taraqqiyotida ilm va kasb-hunarning 
tutgan o’rnining aks etishi. 
1. Yoshlarning kasb tanlashini to’g’ri shakllantirishda Sharq mutaffakirlarining 
qarashlaridan foydalanish 
Kasb-hunar egalari qadimdan e’zozlanib kelingan. Bizning davlatimizda o’zligimizni 
anglash tufayli bilimdon, mustaqil fikrlovchi, yuqori malakali, ma’naviyatli, mohir kasb egalari, 
tobora ko’proq talab qilinmoqda. O’zbekiston Respublikasi hukumati qaror va Nizomlarida 
mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasiga katta e’tibor berilmoqda. Shu bilan birga tor sohadagi 
kasbdan asta-sekin keng qamrovli universal kasbga o’tish muammosi, g’oyasi ilgari surilmoqda.
Sharq mutafakkirlari ta’limotida o’g’il va qizlarga ta’lim va tarbiya berish, ularga kasb-
hunar o’rgatish g’oyasi muhim o’rin egallaydi. Qadimiy an’analarimizga binoan hunarmand va 
kasb, me’mor va naqqosh, dehqon va chorvador, to’quvchi va nonvoy ustoz-shogird 
munosabatlarini amalga oshirib kelmoqdalar. Dono xalqimiz “Hunarli kishi aslo xor bo’lmas”, 
“Ta’lim bergan ustozingdan ayrilma” singari maqolalarni ijod etganlar va farzandlarimizning 
barkamol bo’lib ulg’ayishini orzu qilganlar. 
Kasbiy-axloqiy ta’limotlar nafaqat qadimgi Misr, Hindiston, Xitoy, Rim va Gretsiyada, 
balki bizning vatanimizda ham juda-juda qadim zamonlardayoq paydo bo’lgan. Ildizi qadim 
zamonlarga borib taqaladigan axloqiy ta’limotlardan biri zardushtiylikdir. 
Zardushtiylik dinining asoschisi eramizdan oldingi 589–512-yillarda yashagan Zardusht 
Spitama hisoblanadi. Bu dinning muqaddas kitobi “Avesto”dir.
Jumladan, axloqiy va estetik qarashlarni zardushtiylik dinining muqaddas kitobi 
“Avesto”da ham ko‘rish mumkin. Avestoda yaxshilik, yorug‘lik va go‘zallik xudosi Axura 
Mazda va yomonlik, yovuzlik, pastkashlik xudosi Axriman o‘rtasidagi kurash tashkil qiladi. 
“Avesto”da davlat xizmatchilarining axloqiy fazilatlari haqida shunday fikr bildiriladi: “Davlatni 
adolatli podsholar pokiza qalb va ezgu niyatlar bilan boshqarishlari kerak. Zolim podsholarni 
davlatni boshqarishlariga yo‘l qo‘ymanglar”, “Haqiqat - baxt saodat manbaidir. Baxt faqat 
haqiqatni sevguchi insongagina mansubdir”, “Adolat tantana qilishi, yovuzlik yo‘q qilinishi 
kerak” kabi ko‘plab fikrlarni uchratish mumkin. 
Xuddi shunday fikrlarni qadimgi Hindistondagi barcha ta’limotlarda hamda Xitoyda 
shakllangan konfutsiylik, daosizm ta’limotlarida ham ko‘plab uchratish mumkin. Axloq va 
estetik fikrlar birmuncha aniq ifodalangan qarashlarni qadimgi Gretsiya va Rimda yashab ijod 
etgan Suqrot, Aflotun, Arastularning asarlarida ko‘rish mumkin. Masalan, Suqrotning fikriga 
ko‘ra, jasurlik ayni vaqtda donolikdir, ya’ni xavf – hatarni va xavfsizlikni o‘z vaqtida bilib
anglab olishdir. Mardlik qo‘rquvni bartaraf qilish hamda mo‘‘tadillik o‘z hissiyotlariga erk 
bermaslikni, adolat yaxshilik qilishni anglatadi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling