Hurmatli soliq to‘lovchi!
Download 464.51 Kb. Pdf ko'rish
|
XAT 19 1-91695 18112022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
- Soliq xizmati — insofli soliq to‘lovchining ishonchli hamkori! (
- Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Z.Mirzaaxmedov
Hurmatli soliq to‘lovchi! O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 82- moddasiga asosan Yuridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq hisobotini o‘zi hisobga olingan joydagi soliq organiga belgilangan shakllar bo‘yicha elektron hujjat tarzida taqdim etadi. Soliq hisoboti soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan muddatlarda taqdim etiladi. Soliq kodeksining 389-moddasiga asosan Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i , Soliq kodeksining 407-moddasiga asosan ijtimoiy soliq hisobotlari har oyda, hisobot davridan keyingi oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa - yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatida taqdim etishi belgilagan, Sizdan ushbu soliq turlari bo‘yicha belgilangan muddatlarda hisobotlarni taqdim etishingiz (2022 yil yanvar oyidan oktabr oyi ichidagi xisob kitoblar) hisobot natijasida hisoblangan soliq summasi uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankingizga to‘lov topshiriqnomasi taqdim etishingiz so‘raladi. Soliq hisobotlarini belgilangan tartibda taqdim etilmasligi Siz rahbarlik qilayotgan korxonani “Insofsiz soliq to‘lovchi” toifasiga kirib qolishi va natijada soliqqa oid ta’sir choralarini qo‘llanishi uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 111-moddasiga asosan moliyaviy va (yoki) soliq hisobotini taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin o‘n kun ichida taqdim etilmaganda soliq organlari tomonidan bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turilishi mumkinligi. Soliq kodeksining 220-moddasiga asosan soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilishi va O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 175- moddasida soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik bo‘yicha huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jazo chorasi belgilanganligi to‘g‘risida ogohlantiriladi. Soliq xisobotlarini o‘z vaqtida topshirilishi va xisoblangan soliq hamda majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lanishi davlat va jamiyat oldidagi majburiyatlaringizni bajarilgan hamda davlatimiz iqtisodiyotining rivojlanishiga qo‘shgan munosib hissangiz deb baxolanadi. Soliq xizmati — insofli soliq to‘lovchining ishonchli hamkori! (Ma’lumot uchun telefon: 74-223-95-10) 2022 yil “18” noyabr 19/1-91695 - son Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Z.Mirzaaxmedov Ijrochi: A.Abdullayev Tel.: 02212 ID: 33147769 Sana: 18.11.2022 Download 464.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling