Hurriyat gazetasi, 2020 yil 18 noyabr, chorshanba soni


Download 14.52 Kb.
Sana14.11.2021
Hajmi14.52 Kb.
#174400

Hurriyat gazetasi, 2020 yil 18 noyabr,

chorshanba soni

Ajoyib fazilatli kishilar ruknida berilgan O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Xosiyat Bobomurodovaning “Bo’ri bilan “qarindosh” odam yoxud o’ttiz bir marta ilon chaqqan morboz” maqolasi e’tiborimni tortdi. Chunki yoshligimdan ilonlardan juda qo’rqaman, ilonlarni qo’llarida ushlab tomosha ko’rsatadigan odamlar hamisha ko’zlarimga “sehrgar” bo’lib ko’ringan. Maqola O’zbekistonlik mashhur morboz Alisher Yormatovning o’zi yashaydigan hududda tashkil qilgan hayvonot bog’i xabari bilan boshlanadi. Hayvonot bog’i kiraverishida mahalliy haykaltarosh tomonidan ishlangan jonivorlarning haykallari mahorat bilan tasvirlanganki, go’yoki siz ham ushbu haykallarni quchgandek, go’zalligidan bahra olgandek bo’lasiz. Bog’ kiraverishidagi gozal gul-u rayhonlar, dov-daraxtlar, favvoralar tasviri o’quvchini ham beixtiyor ushbu chiroyli bog’ni ko’rishga va uni go’zalliklaridan bahramand bo’lishga undaydi. Hayvonot bog’i bo’ri turgan qafas bilan boshlanadi, it bilan bo’rining bir qafasga joylashtirilganligi muallif e’tiborini tortadi. Tavakkal qilinib, bo’ri yoniga kuchuk bolasining kiritilishi ularning do’stlashib ketishiga va o’rtalarida mehr uyg’onishiga sabab bo’ladi. Bu ayni insonlar uchun ham o’rnak olarli holatdir. Bugun bir qorindan talashib tushgan jigarlarning bir hovliga sig’mayotgani, insonlarning pul dardi-da eng jirkanch ishlardan-da qaytmayotgani, inson insonning “go’shtini yeyayotgani” achinarli ahvol aslida. Shu o’rinda muallif “Sahrodagi jannnat” nomli kitobidagi bo’ri bilan bog’liq voqeani yodga oladi. Taqdir taqozosi bilan Toshkentdan Nurotaga yolg’iz o’g’illi xonadonga kelin bo’lib tushgan Rixsixon yosh-u qarining birdek mehrini qozonadi. Qaynonasi rahmatli yolg’izgina o’glimni avval Xudodan keyin bo’ridan tilab olganman deyishining sabab keltirilgan voqea hikoya qilinadi. Kunlardan bir kuni Salomat momo odatdagidek tushlik olib yakka-yu yolg’iz o’g’li Muftillojon bilan dashtga erining yoniga otlanadi. Yo’lda esa ularning qarshisidan bo’ri chiqadi. Kampirning bo’riga yolvorishlarini o’qigan tosh yurakli insonning ham ko’zlaridan yosh chiqishi shubhasiz. Kampir bo’riga yalinadi, yolvoradi, eri uni qarindoshlarini otgani uchun uzr so’raydi, uni yeyishi mumkinligi, faqatgina yolg’izgina o’g’lini omon qolishini o’tinib so’raydi. Shu on mo’jiza yuz beradi bo’ri barcha gaplarni tushunganday, boshini bir silkitib, hattoki ovqatga ham qaramasdan ortga qaytadi. Kampirning chin dildan qilgan nolasi bo’rining yuragiga yetib borgandi. Bu voqeani o’qiy turib beixtiyor hayolimizdan bo’rilar inson qalbini insondan yaxshi tushunar ekan degan o’y o’tadi. Muallif bu hikoyani Alisher Yormatovga aloqasi bo’lmasa-da, hayotda turli yirtqich jonzotlarni o’ziga el qilganligi bilan juda o’xshash, taqdirdosh deb izoh beradi. Alisher Yormatov haqida filmlar yaratilgan, kitoblar yozilgan. Uning ilonlarga bo’lgan munosabati, kashfiyotlari esa alohida bir mavzu. Bu maqolada esa Alisher Yormatovning vatanparvarligi, yoshlarda tabiatga nisbatan mehr uyg’otish uchun qilayotgan sa’y-harakatlari haqida. U suv kelmagan dashtlar orasida, hayvonot bog’i yaratguncha, 70 sotix yerni bog’-u rog’ga aylantirguncha ikki milliard so’mdan ortiq mablag’ sarfladi. Shuncha xarajatlarni davlatning yordamisiz aka-ukalari hamda opasi yordamida amalga oshirdi. Bugun davlat hisobidan boyiyotgan, xalq mablag’lari evaziga qo’sha-qo’sha imoratlar bunyod etayotgan ayrim amaldorlar Alisher Yormatovdan o’rnak olishlari kerak. Mayli ularning qo’llaridan o’z hisoblaridan maktab qurdirish, bog’ barpo etish kelmas, ammo xalq mulkiga xiyonat qilishmasa bo’lgani. Alisher Yormatov juda ko’plab davlatlarda safarda bo’lgan. Safarlarida u doim morbozlar faoliyati bilan qiziqadi. Morbozlar hamisha A.Yormatovning ilonlar bilan til topishib ketganidan hayratga tushadilar. Shu paytgacha morbozni, 29 marta kobra, 5 marta godyuk chaqqan. Barcha o’ldi deb umid uzgan chog’da morbozning hayotga qaytishi alohida bir doston. Bugungi kunda A.Yormatov Turkiyalik mashhur doktor Husayn Bey bilan xalq tabobati asosida davolovchi shifoxona ochish ustida ish olib bormoqda. A.Yormatovning umr yo’li, u amalga oshirayotgan ishlari har birimiz uchun o’rnak, aslida. Mustaqil vatan yo’lida jon tikishning usullari ko’p. Kimdir qo’lida qurol bilan, kimdir qalami bilan, kimdir...Bir marta chaqqanda insonni halok qiladigan kobra yoki godyuk, Alisherni 31 marta chaqqanda ham halok eta olmadi. Morboz Alisher Yoqubov vatanga, odamlarga mehri tufayli qayta-qayta tirilaveradi. U biladi oldinda uni qanchadan-qancha savobli ishlar kutayotganini, bu hayotga u buyuk maqsadlar bilan kelganini, u insonlarga kerak ekanligini his qilgani, uni hayotga qaytarsa ajab emas. Bugun oramizda ilon qiyofasidagi insonlar bor, o’z huzur-halovat va nafsi uchun insonni zaxarlab o’ldirishga tayyor “ilon”lar bor. Hayotimizda shunday insonlarni ko’raverib, to’qnashaverib, yaxshiyam A.Yoqubovga o’xshagan morbozlar bor degimiz keladi. Ilonlar bilan so’zlashgan morbozlar ham bunday insonlar oldida ojiz. Xohlaymizki va imid qilamizki, A.Yoqubovga o’xshagan vatanparvar va jonkuyar, saxovatpesha yurtdoshlarimiz ko’paysin! Bu insonning bog’larida faqat yaxshiliklar unsin! Bu inson bajarayotgan ezgu amallarni davom ettiruvchi chin mardlar ko’paysin!!!
Download 14.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling