Husanova Sufhidamxonning


Download 416.5 Kb.
Sana01.11.2020
Hajmi416.5 Kb.
#139771
Bog'liq
Sufhidam kurs ishi metodika


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MUQIMIY NOMIDAGI
QO`QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
FIZIKA – MATEMATIKA FAKULTETI FIZIKA VA ASTRONOMIYAO`QITISH METODIKASI TA’LIM YO`NALISHI
30
3-GURUH TALABASI
Husanova Sufhidamxonning

Fizika va Astronomiya o'qitish metodikasi fanidan

Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 6-sinfda «Tovush hodisalari» mavzusini o'qitish metodikasi mavzusidagi
KURS ISHI

ILMIY RAHBAR: o`qituvchi: Q. Qurbonaliyev

QO`QON – 2019

MUNDARIJA

Reja:

I.Bob.Kirish…………………………………………….

II Bob.Asosiy qism…………………………………………

2.1.Umumiy o’rta ta’lim maktabining 6- sinfi uchun fizika fanidan o’quv - me’yoriy hujjatlarining taxlili. …………..

2.2. Fizikani o'qitishning zamonaviy metodlari .…………….

2.3 Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 6-sinfda «Tovush

hodisalari» mavzusini o'qitish metodikasi…………………….

III.Bob.Xulosa ……………………………………………………………

IV.Bob.Foydalanilgan adabiyotlar …………………………..

V.Bob.Internet ma'lumotlari…………………………………..



KIRISH.

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ta’lim va tarbiya soxasida quydagilarga e’tibor qilindi: ”Biz talim va tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz.Bugungi tez o’zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi –yangi buyuk imkonyatlar ochmoqda.SHu bilan birga ularni ilgari ko’rilmagan turli yovuz xavf –hatarlarga ham duchor qilmoqda. G’arazli kuchlar sodda, g’o’r bolalarni o’z ota–onasiga, o’z yurtiga qarshi qayrab,ularning hayotiga, umriga zomin bo’lmoqda. Bunday keskin va taxlikali sharoitda biz ota – onalar, ustoz - murabbiylar, jamoatchilik, mahallakuy bu masalada hushyorlik va ogoh likni yanada oshirishimiz kerak.Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim.Buning uchun Yoshlarimiz bilan ko’proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini yechish uchun amaliy ko’mak berishimiz kerak.Bu borada uyishmagan yoshlar bilan ishlashga alohida etibor qaratishimiz zarur.

Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an'analarimizga, ajdotlarmizning boy merosiga tayanamiz. Farzandlarimiz, ayniqsa, qiz bolalarning zamonaviy bilim va kasb hunarlarning ,xorijiy tillarni egallashlari, har tomonlama sog’lam va barkamol bo’lib, hayotda munosib o’rin topishlari uchun barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz”. Toshkentda 2016- yil 14 -kuni SHavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutqida ta’lim va tarbiya soxasida quyidagi fikrlarini bildirdi:

“Bugungi kunda “Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lishlari shart”degan hayotiy da’vat har birimizning, ota –onalar va keng jamoatchilikning ongi va qalbidan mustahkam o’rin egallagan. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz aholisining 32 foizini yoki 10 millionini 30 yoshgacha bo’lgan yoshlarimiz tashkil etadi.Yoshlarimiz haqli ravishda Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo’lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g’urur va iftixor bag’ishlaydi. Bu sohada olib borilayotgan keng miqyosli ishlarimizni, xususan, ta’lim –tarbiya bo’yicha qabul qilingan umummilliy dasturlarimizni mantiqiy yakuniga yetkazishimiz zarur.SHu maqsadda hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta’lim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor – o’qituvchilarning eng muhim vazifasi –yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularning jismoniy va ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir.

Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og’ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz.Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustivor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko’taramiz.

Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuchi va imkonyatlarini safarbar etamiz “.

Yuqoridagi fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda, ta’limning samaradorligini oshirish, shaxsning ta’lim markazida bo’lishini va yoshlarning mustaqil bilim olishlarini taminlash uchun ta’lim muassasalariga yaxshi tayyorgarlik ko’rgan va o’z sohasidagi bilimlarni mustahkam egallashdan tashqari, zamonaviy pedagogik texnalogiyalarni va interfaol usullarni biladigan, ulardan o’quv va tarbiyaviy mashg’ulotlarni tashkil ettirishda foydalanish qoidalarini biladigan o’qituvchilarni tayyorlash muhim amaliy ahamiyatga egadir. Ushbu kurs ishi ham aynan shu maqsadlarda tanlangan va yozilgan.

KURS ISHINING MAQSADI:Tovush hodisalari” mavzusini o`qitishda pedagogik texnologiyalar va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish mohiyatini yoritish.

KURS ISHINING VAZIFALARI:


  • “Tovush hodisalari” mavzusini o`tishda inovatsion texnologiyalardan foydalanishga doir manbalarni nazariy tadqiq etish.

  • “Tovush hodisalari” mavzusini o`qitishda inovatsion texnologiyalardan foydalanish jarayonida tinglovchilarning inavatsion texnologiyalar va ularning didaktik imkoniyatlaridan xabardor qilish.

  • “Tovush hodisalari” mavzusini o`qitishda inovatsion texnologiyalardan foydalanishda xorijiy mamlakatlarning innavatsion texnologiyalari borasidagi tajribalarni o`rganish va ulardan amaliyotda samarali foydalanish.

  • “Tovush hodisalari” mavzusini o`qitishda inovatsion texnologiyalardan foydalanishning samaradorligini ta`minlovchi didaktik ta`minotni shakllantirish.

KURS ISHI METODLARI: nazariy tahlil, qiyosiy tahlil, adabiyotlar bilan ishlash, savol-javob, suhbat, tushuntirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion tehnologiyalar, interfaol metodlar

2.1.Umumiy o’rta ta’lim maktabining 6- sinfi uchun fizika fanidan o’quv - me’yoriy hujjatlarining tahlili

Umumiy o’rta ta’lim maktablarining o’quv meyoriy hujjatlariga davlat ta’lim standarti,namunaviy va ishchi o’quv dasturi, taqvim reja kabi hujjatlar kiradi.

O‘zbekiston Respublikasida davlat ta’lim standartini joriy etish, muvofiqlashtirish, unga metodik rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan amalga osuiriladi. Davlat ta’lim standartini joriy etish, shu jumladan, umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan minimal talablarni, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini tasdiqlash pedagogik tajriba-sinov ishlari muvaffaqiyatli yakunlanib, ularga ekspert baho berilgach amalga oshiriladi. Davlat ta’lim standartiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat ta’lim standartining maqsadi — umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.

Davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat:

-umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;

-milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

-o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;

O’quv dasturi---ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti hamda umumiy o‘rta ta’limning fizika fani bo‘yicha malaka talablari asosida tuzilgan bo‘lib, Xalq ta’limi vazirining 2017-yil 3 iyundagi “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari talablari asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturlarini tasdiqlash va amaliyotga joriy etish to‘g‘risida”gi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-9-sinflari uchun amaliyotga joriy etiladi.

Maktabda fizika ta’limining ahamiyati uning fan-texnika va texnologiya taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohalari va kundalik hayotda tutgan o‘rni bilan belgilanadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitish o‘quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirish orqali fizik bilimlarni amalda qo‘llay olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.



Umumiy o‘rta ta’limi muassasalarida fizika fanini o‘qitishning asosiy maqsadi - fizika ta’limining fan-texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohalari va hayotda tutgan o‘rni haqida mantiqiy fikrlay olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o‘zini o‘zi anglash salohiyatini tarkib toptirish, hamda ijtimoiy hayoti va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallashi, o‘quvchilarda tayanch va fizika faniga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirish;o‘quvchilarning olamning fizik manzarasiga oid dunyoqarashini kengaytirish bilan amaliy faoliyatlarini bog‘lagan holda fizik bilimlarni hayotga tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.

Umumiy o‘rta ta’limi muassasalarida fizika fanini o‘qitishning vazifalari: tabiatdagi jarayon va hodisalarni kuzatish, tahlil qilish, fizik hodisalarni o‘rganishda asboblardan to‘g‘ri foydalana olish, fizik tushuncha va kattaliklarni matematik formulalar bilan ifodalay olish, fan sohasida erishilayotgan yutuqlar, ularning amaliyotdagi tatbiqi orqali o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini rivojlantirish, kelajakda insoniyatni fan va texnologiyalar yutuqlaridan to‘g‘ri foydalanishda fan va texnika ijodkorlariga hurmat bilan qarash, ma’naviy va madaniy merosini avaylab-asrash umumbashariy madaniyat elementlarini tarbiyalashdan iborat.

Fizika fanini o‘qitish 6-sinfdan boshlansa-da, uning dastlabki tushunchalari boshlang‘ich ta’limning atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik va yuqori sinflarda tabiiy geografiya fanlarini o‘rganishda shakllanadi.

O‘quv dasturni tuzishda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfini tugatgan o‘quvchilar umumiy fizika kursining barcha bo‘limlaridan, chunonchi, mexanika, molekular fizika va termodinamika, elektr, optika, atom va yadro fizikasidan ma’lum darajada bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarga ega bo‘lishlari zarurligi hisobga olindi.

Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar bilan birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilib boriladi. Kompetensiyalar 3 bosqich (A1,A2,B1)ga ajratiladi.



Standart darajalari

Darajalarning nomlanishi

A1

Umumta’lim fanlarini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi

A1+

Umumta’lim fanlarini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi

A2

Umumta’lim fanlarini o‘rganishning tayanch darajasi

A2+n

Umumta’lim fanlarini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi

B1

Umumta’lim fanlarini o‘rganishning umumiy darajasi

B1+

Umumta’lim fanlarini o‘rganishning kuchaytirilgan umumiy darajasi

Umumiy o‘rta ta’limi muassasalarida fizika va astronomiya o‘quv fanini o‘rganish bosqichlari.

Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Standart darajasi

Daraja nomlanishi

Umumiy o‘rta ta’lim

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinf o‘quvchilari

A1

Fizika fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi

Fizika o‘quv fani chuqur o‘qitiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan

umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinf o‘quvchilari



A1+

Fizika fanini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari

A2

Fizika fanini o‘rganishning tayanch darajasi

Fizika o‘quv fani chuqur o‘qitiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari

A2+

Fizika fanini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida fizika, astronomiya o‘quv fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari:

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida fizika, astronomiya fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:

-fizika ta’limining fan-texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohalari va hayotda tutgan o‘rni haqida mantiqiy fikrlay olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o‘zini o‘zi anglash salohiyatini tarkib toptirish, ularda milliy, umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish hamda ijtimoiy hayoti va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallashi, ulardan kundalik hayotlarida foydalanishga o‘rgatish;

-o‘quvchilarda tayanch va fizika faniga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirish;

-o‘quvchilarning olamning fizik manzarasiga oid dunyoqarashini kengaytirish bilan amaliy faoliyatlarini bog‘lagan holda fizik bilimlarni hayotga tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida fizika, astronomiya fanini o‘qitishning vazifalari:

o‘quvchilarda atrof olamni o‘rganishga ishonch tuyg‘ularni hosil qilish,

tabiatdagi jarayon va hodisalarni kuzatish, tahlil qilish, fizik hodisalarni o‘rganishda asboblardan to‘g‘ri foydalana olish, fizik tushuncha va kattaliklarni matematik formulalar bilan ifodalay olish, fan sohasida erishilayotgan yutuqlar, ularning amaliyotdagi tatbiqi orqali o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini rivojlantirish, kelajakda insoniyatni fan va texnologiyalar yutuqlaridan to‘g‘ri foydalanishda fan va texnika ijodkorlariga hurmat bilan qarash, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash umumbashariy madaniyat elementlarini tarbiyalashdan iborat.

O’quv rejasida 6-sinflar uchun 68 soat ajratilgan bo’lib,

haftasiga 2 soatdan o’tiladi.

6- sinf o’quvchilari egallashi zarur bo’lgan va ularda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlariga kommunikativ, axborot bilan ishlash, o‘zini o‘zi rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kabi kompetensiyalarga bo’linadi.



  1. Kommunikativ kompetensiya: A2

darslikda keltirilgan fizik atamalarni, qonunlarni, qoidalarni og‘zaki va yozma tarzda aniq, tushunarli bayon qila olish; boshqalarga tushuntirib bera olish va yoza olish, fizik kattaliklarning xorijiy tilda aytilishi va yozilishini bilish.

  1. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: A2

darslik va turli masalalalar kitobidan, kutubxona, resurs markazi manbalaridan о‘ziga kerakli ma’lumotlarni izlab topa olishi va ulardan foydalana olishi hamda fizik birliklarni boshqa ulushli va karrali birliklarga, jadval kо‘rinishdagi ma’lumotlarni, grafik kо‘rinishiga va aksincha aylantira olish.

  1. О‘zini о‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: A2

doimiy ravishda о‘zini о‘zi jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, hayot davomida mustaqil о‘qib-о‘rganishi, о‘z xatti-harakatini adekvat baholash va mustaqil qaror qabul qila olish.

  1. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A2

sinfda, maktabda, oilada, mahallada va jamiyatda о‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, о‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, о‘zaro munosabatlarda muomala va huquqiy madaniyatga ega bо‘lish.

  1. Milliy va umummadaniy kompetensiya: A2

Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bо‘lish, fizika sohasi rivojlanishiga ulkan hissa qо‘shgan allomalarning ibratli hayotini bilish va о‘rnak olish hamda ularning fikrlari fan sohasida muhimligini anglay olish.

  1. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bо‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: A2

aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza olish, fizikani о‘rganishda turli formulalar, grafiklardan foydalana olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, qulay shart- sharoitga olib keladigan fizika fanidagi va texnika yangiliklaridan foydalana olish.

Quyida umumiy o`rta ta’lim maktablarining I-XI sinflari uchun 

2018-2019 o`quv yiliga mo`ljallangan tayanch o`quv rejasi berilgan.

Pedagog kadrlar salohiyati hamda moddiy-texnika bazasi yetarli bo`lgan umumiy o`rta ta’lim muassasalarida Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining ruxsati bilan umumiy o`rta ta’lim muassasalarining pedagogik kengashlariga dars jadvalini tuzishda tayanch o`quv rejadagi umumiy soatlar hajmidan oshmagan holda, ma’lum bir fanlarni chuqurlashtirib o`qitish maqsadida 15 %gacha o`zgartirish kiritish huquqi beriladi.

Umumiy o`rta ta’limning o`quv dasturi (keyingi o`rinlarda — o`quv dasturi deb ataladi) tayanch o`quv rejaga muvofiq o`quv fanlarining sinflar va mavzular bo`yicha hajmi, mazmuni, o`rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan kompetensiyalari belgilangan hujjat hisoblanadi.

O`quv dasturi O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Umumiy o`rta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari bo`yicha ta’lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, o`quv yuklamalari hajmiga hamda ta’lim sifatiga qo`yiladigan talablardan iborat bo`lib, u quyidagilardan tashkil topadi:

bilim o`rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;

ko`nikma — o`rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo`llay olish;

malaka— o`rganilgan bilim va shakllangan ko`nikmalarni notanish vaziyatlarda qo`llay olish va yangi bilimlar hosil qilish;

kompetensiya— mavjud bilim, ko`nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo`llay olish qobiliyati.

Baholash tizimi — davlat ta’lim standarti bo`yicha umumiy o`rta ta’limning malaka talablarini o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilishi darajasini hamda umumiy o`rta ta’lim muassasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan mezonlar majmuidan iborat.

6-sinf uchun belgilangan taqvim rejada VII bob ( Tovush hodisalari haqida dastlabki ma’lumotlar) uchun 8 soat ajradilgan bo’lib, ular quyidagicha:

1.Tovush manbalari va ularni qabul qilgichlar. (1 soat)

2.Tovushning turli muhitlarda tarqalishi. (1 soat)

3.Tovush kattaliklari.(1 soat)

4.Tovushning qaytishi.Aks sado. (1 soat)



5.Musiqiy tovushlar va shovqinlar. Tovush va salomatlik. Me'morchilikda tovush. (1 soat).

Namoyish tajribalari:

1. Tovush manbalari.

2. Tovushning muhitda tarqalishini kuzatish.

3. Tovush qaytishi.

4. Tovush manbalari va kattaliklari. Tovush va salomatlik.

5. Musiqa asboblari bilan tanishish.

Jihozlar va o'quv – ko'rgazmali qurollar:

Ko'rgazmali elektr qo'ng'irog'i. Qo'ng'iroqli soat. Havo qalpog'i. Havo so'rish nasosi. Tovush generatori. Kamerton. Qutichaga o'rnatilgan kamertonlar rezina bolg'achasi bilan.

Mavzularni о‘rganish uchun -58 soat

Nazorat ishlari uchun - 8 soat

Takrorlash uchun -1 soat

O'quv sayohati- 1 soat

Jami: 68 soat

Har kuni biz turli tovushlar ta’sirida bo‘lamiz: gaplashayotgan

odamlar, mashinalarning ovozi, televizor va radiopriyomnikdan taraluvchi

musiqalar, suvning shildirab oqishi va h.k. Ulardan ayrimlari bizga

yoqadi, ayrim tovushlar esa yoqmaydi. Shunga ko‘ra, kayfiyatimiz yaxshi

bo‘lib, unumli ishlaymiz, o‘qiymiz yoki aksincha bo‘ladi. Tovush orqali

insonlar bir-biri bilan muloqotda bo‘ladi. Shu muloqot tufayli jamiyatda

rivojlanish bo‘ladi. Inson tovushlardan foydalanishni allaqachon o‘rganib

olgan. Tovushga tegishli qonuniyatlarni o‘rganib, turli xil musiqa

asboblarini yaratgan. Tovushni sun’iy ravishda hosil qiladigan elektr

musiqa asboblarini o‘ylab topgan. Buni siz to‘ylarda, konsert zallarida bir

necha o‘n musiqachi o‘rniga, bittagina «ionik» deb nom qo‘yib olishgan

elektr musiqa asbobidan foydalanib, xohlagan kuyni chiqarayotgan

boshqaruvchi misolida ko‘rgansiz. «Ultratovush» deb ataluvchi tovush

turidan tibbiyotda ayrim kasalliklarni aniqlashda va davolashda

foydalaniladi. Tovushning shu turidan ilmiy-tadqiqot ishlarida, tayyor

mahsulot larning sifatini aniqlashda, dengiz va okeanlarda masofalarni

o‘l chashda va hokazolarda foydalanilmoqda. Katta quvvatli tovushlar

ba’zi kimyoviy jarayonlarni tezlashtirishda, mashina va mexanizmlarning

mayda, nozik qismlarini tozalashda ham qo‘llanilmoqda.



2.2. Fizikani o`qitishning zamonaviy metodlari.

Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida o’qitilib kelinayotgan “Pedagogika” fanining predmeti shaxsni shakllantirish, uning kamolotini ta’minlashga yo’naltirilgan ta’limiy hamda tarbiyaviy faoliyatni amalga oshiradi. Boshqacha aytganda shaxsning yetuk kamoloti ikki muhim faoliyat ta’limiy va tarbiyaviy faoliyat jarayonining samarasi sifatida namoyon bo’ladi. Rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimida shaxs ijtimoiylashuvini ta’minlovchi yetakchi omil sifatida ta’lim jarayoni e’tirof etilsa, biz shaxsning shakllanishida ta’lim hamda tarbiya jarayoni ham birdek ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaymiz. Aksariyat hollarda tarbiya jarayoni bu borada ustuvor bo’lishi lozim, chunki o’zida axloqiy xislatlarni namoyon etadigan shaxsgina ya’ni axloqli insongina ta’limni(bilimni) qadrlay oladi. Shu orqali axloqning asosiy belgilaridan biri ham bilimlilik sanaladi, degan g’oyani ilgari suramiz. Shu sababli “pedagogik texnologiya” tushunchasining qo’llanilishi faqat ta’lim jarayoninig samarali tashkil etilishiga qaratmay, balki ham ta’lim, ham tarbiya jarayonining samaradorligini ta’minlashga birdek qaratilishi lozim.

Mamlakatimizdagi mavjud oliy o’quv yurtlari, umumiy o’rta ta’lim maktab va kasb-hunar kollejlarida fanlarni innovatsion texnologiyalar yordamida olib borilishi o’qitishni o’quvchi-o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini shakllantirish, ularning ilmiy-amaliy salohiyatini oshirish va tafakkurini o’stirishda asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan ta’lim jarayonida interfaol usullar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash, ta’lim-tarbiya berishning samarali usullarini topish, ularni amalga keng joriy etish, oliy o’quv yurtlari, umumiy o’rta ta’lim maktab va kasb-hunar kollejlari hamda umumiy o’rta ta’lim maktabda pedagog-o’qituvchilar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.

Tajriba sinov jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish, treninglar, ochiq munozaralar, yakka holda, kichik guruhlar va jamoada ishlashni tashkil qilish va o’tkazish hamda o’quvchi-o’quvchilarni pedagogik jarayonga tayyorlash masalalari diqqat markazida bo’ldi. Munozaraviy hisoblansada ba’zi mulohazalar ustida to’xtalib o’tamiz.

INNOVATSIYA (inglizcha innovation) – yangilik kiritish, yangilik, degan ma’noni anglatadi. Innovatsiya pedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat uning didaktik qurimasiga, balki o’qituvchining ijtimoiy mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham ta’luqli bo’lib, ochiqlikni, boshqalar fikrini tan olishni bildiradi.

Pedagogik texnologiya ta’lim tizimiga 1960 -yillarda kirib kelgan bo’lib, unga ko’pgina manbalarda turli ta’riflar berilgan. Xususan, V.P.Bespalkoning fikricha, pedagogik texnologiya - amaliyotga tadbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi sifatida qaraydi va pedagogik tizim texnologiyalar ishlab chiqish uchun asos bo’ladi, deb hisoblaydi. Bunda asosiy diqqat o’quvg`pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratiladi, didaktik vazifa va o’qitish texnologiyalari tushunchasidan foydalaniladi.

Texnologiyalashtirish - fan texnikaning ulkan rivoji taqozosi sifatida nafaqat ishlab chiqarish sohalariga ayni paytda, madaniyat, ma’naviyat hamda ta’lim tizimiga ham qat’iy ravishda kirib keldi.

«Texnologiya» tushunchasi tarixan texnik taraqqiyot bilan bog’liq ravishda paydo bo’ldi hamda san’at, hunar hamda fan haqidagi ta’limot tushinchasiga mos keladi.

Texnologiya grekcha so’z bo’lib, texnos - san’at, mahorat, logosg` ta’limot degan ma’nolarni bildiradi.

O’qitish texnologiyasi esa, o’quv faoliyatini pedagogik boshqaruv hamda ta’lim maqsadlari va o’quvchilarni rivojlantirish maqsadlariga muvofiq pedagogik tizimning vazifasini ta’minlovchi nazariy loihadir.

Ta’lim texnologiyasi deganda ta’limning belgilangan maqsadi va o’quvchining bilim darajasiga ko’ra o’quv faoliyatini boshqarishning nazariy loyihasi va pedagogik tizimning amalga bo’lishini ta’minlovchi zarur vositalar tizimi tushuniladi.

Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga yangilik, o’zgartirishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda interfaol usullardan to’liq foydalaniladi.

Interfaol usullar–bu jamoaning hamkorlikda faoliyat ko’rsatishi, muammoli dars o’tish metodlaridir. Bu metodlarning o’ziga xosligi shundan iboratki, mashg’ulotlar faqat pedagog va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiyaning asosiy negizi, o’qituvchi va o’quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishdan iborat bo’lib, buning asosida o’quvchini mustaqil va mantiqiy fikrlashga, ijodiy ishlashga va izlanishga, xulosa va tahlil qilishga o’rgatish va yo’naltirish yotadi.

Pedagogik texnologiyaning ilmiy kontseptsiyasi ta’lim maqsadlariga erishishning falsafiy, psixologik, ijtimoiyg`pedagogik va didaktik asoslashlarni qamrab oladi.

Ta’lim jarayoni mazmuni umumiy va aniq maqsadlar, o’quv materiali mazmunidan iborat bo’ladi. Pedagogik texnologik jarayon ta’lim jarayonini tashkil etish, o’qituvchi faoliyati, o’quvchi faoliyati, o’quv jarayonini boshqarish usullari, o’quv jarayoni diagnostikasini qamrab oladi.

Izchillik – pedagogik texnologiyaning mezoni, pedagogik texnologiyaning barcha qismlarining o’zaro bog’liqligi mantiqiyligi, yaxlitligi, boshqaruvchanligi asoslanganligidir. Pedagogik texnologiyaning samaradorlik mezoni ta’lim jarayonida olinadigan yuksak natijalarni ko’zda tutadi.

O’quvchilarga fizikadan ta’limg`tarbiya berish asosida ularni fanga bo’lgan qiziqishini oshirish, fizik tafakkuri va mantiqiy fikrlashini o’stirishda yangi pedagogik texnologiyalar katta ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish dars samaradorligini oshirishda ijobiy natijalar beradi.

Darsning qiziqarli, rangg`barang va jonli bo’lishi oldindan o’qituvchi tomonidan tuzilgan dars loyihasi yoki texnologik xaritasiga bog’liq. Bunday xaritani tuzish, belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija berish bilan birga o’qituvchini soatlab dars konspektini yozishdan xalos qiladi. Quyida barcha fanlar uchun qo’llanilishi mumkin bo’lgan texnologik xaritaning umumiy ko’rinishini keltiramiz.



«Blits-o’yin» texnologiyasi

Blits texnologiyasi o’quvchilarni faoliyat ketmag`ketligini to’g’ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o’rganayotgan fan asosida kerakli ma’lumotlarni tanlab olishga o’rgatadi. O’quvchilar dastlab yakka holda, so’ngra guruh bo’lib topshiriqni bajarishadi.

Darsning tashkiliy qismidan so’ng, o’quvchilarga ushbu texnologiyalarni olib borish bosqichlari haqida tushuncha beriladi va bunda vazifalarni bajarilishida beriladigan vaqtga qat’iy rioya etish kerakligi eslatiladi.

O’quvchilarning har biriga oldindan tayyorlab qo’yilgan tarqatma materiallar tarqatiladi. (Kompyuterdan foydalanib, video proektor orqali ekranga uzatib ham bajarish mumkin.) o’quvchilar materiallar bilan tanishib chiqqandan so’ng, o’qituvchi ularga harakat mazmunida berilgan mavzularning dastur bo’yicha o’tilish ketma-ketligini aniqlash va mos holda raqamlar bilan belgilashni topshiradi. Mazkur tartib raqamlari «yakka baho» uchun ajratilgan kataklarga yozilishi kerakligi tushuntirildi, bu topshiriq uchun (6-10 minut) vaqt beriladi.

O’qituvchi nazoratida topshiriq yakunlangach, guruh (3g`5 kishidan iborat) kichik guruhlarga ajratiladi. Buni o’qituvchi raqamlar yoki rasmlar to’plami yordamida amalga oshirish mumkin.

Masalan, guruhda 20 o’quvchi bo’lsa, bir xil rasmdan 4 dan stol ustiga ag’darib qo’yib, bir xil rasm tanlagan o’quvchilardan kichik guruhlarni tashkil qiladi.

Endi yuqoridagi aniqlanishi kerak bo’lgan ketmag`ketlikni har bir guruh birgalikda, maslahatlashib bir fikrga kelishi va to’g’ri deb topilgan javob ketma-ketligi «guruh bahosi» uchun ajratilgan katakka qo’yilishi talab qilinadi. Bu vazifani bajarish uchun ham ma’lum (15-20 min.) vaqt beriladi. Bu vaqt davomida o’qituvchi aynlanib guruhlarga ko’rsatmalar berib turadi.

Texnologiyaning keyingi bosqichi o’qituvchining to’g’ri javobni e’lon qilish va shu uchun ajratilgan kataklarni to’ldirishdan iborat bo’ladi.

«To’g’ri javob» va «yakka baho» bo’limlarining kattasidan kichigi ayriladi hamda natija son jadvalining «yakka xato» kataklariga yoziladi.

Shu alfozda keyingi bosqichni «guruh xatosi» bo’limini to’ldirish bilan yakunlanadi.

Xatoliklar hisoblangach, o’qituvchi tomonidan ularga izoh beriladi:

-agar «yakka xato», «guruh xatosi»dan yuqori bo’lsa, u holda o’quvchi guruhning fikrini inobatga olgan va undan to’g’ri xulosa chiqargan bo’ladi;

-agar aksincha bo’lsa, o’quvchi o’z fikrini guruh oldida etarlicha himoya qila olmaganligi va qat’iyatliroq bo’lishli kerakligi haqida tushuncha berish mumkin.

O’quvchilarni baholash tartibini «xato»liklar yig’indisiga qarab yoki o’quvchilar bahosining to’g’ri javob bilan mosligiga qarab baholash mumkin. Masalan, 13 tadan 7-9 ta mos kelsa «3» va 10-11 ta to’g’ri javobga «4» va 12-13 ta to’g’ri topilgan javob uchun «5» baho qo’yilishi mumkin.



Guruh bahosi

Guruh


xatosi


To’g’ri javob

Yakka xato

Yakka baho


Harakatlar mazmuni

























































































BUM” o’yinining borishi:

Doska oldiga xar bir guruhdan bittadan vakil, ya’ni 4 ta o’quvchi chiqariladi va ketma-ketlikda turib, sanoq sonlarini sanashadi va xar 3 ga bo’linadigan son kelganda son nomini aytmasdan, “BUM” deb murojaat etishlarini ta’kidlaydi. Agarda biror o’quvchi o’yin shartini buzsa, adashsa, o’sha o’quvchi o’yindan chetlashtirilib, mavzu bo’yicha savol beriladi.Shu zaylda o’yin davom etadi va oxirida qolgan o’quvchiga 1 ta “Rag’bat” kartochkasi berilib, agar savol ham tanlashni hohlasa va savolga javob bersa, yana bitta “Rag’bat” kartochkasi beriladi, savolga javob bera olmasa, ham “Jarima” kartochkasi berilmaydi. O’yindan chetlashtirilgan o’quvchilar esa, o’yin davomida chetlashtirilganda: berilgan savolga javob berishsa, “Rag’bat”-kartochkasi, javob bera olmasa, “Jarima” kartochkasi beriladi.

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida ta’lim usullarining, ta’lim jarayonlarining yangidan yangi modellarini joriy etish ustoz-murabbiylarimiz oldiga qo’yilgan bosh mezonlardan biridir. Albatta sinf xonasiga kirgan o’qituvchining birgina o’zi bir paytda 30 nafar o’quvchi bilan ishlayolmaydi, shuning uchun ham bu muammoni hal qilishda, biz noan’anaviy dars o’tish usullaridan foydalanamiz. Misol uchun, ba’zi bir tabiiy-aniq fanlarni o’zlashtirishda oqsoqlanayotgan guruh bilan “Zanjir mashqini” o’tkazish mumkin. Bunda o’quvchilarning darsga o’rganilgan mavzuni qismlarga bo’lib navbatma - navbat bayon qilishlari orqali yaxlit bir ko’rinishda umumlashtiriladi. Masalan:

1-o’quvchi: kislorod-oddiy modda;

2- o’quvchi: U rangsiz, hidsiz gaz;

3- o’quvchi: U 218 oC da suyuqlanadi;

4- o’quvchi: U – 183 oC da qaynaydi;

5- o’quvchi: suvning tarkibida ikki atom kislorod bor.

6- o’quvchi: 1774-yilda ingliz olimi Jozef Prisli simob oksidini parchalab kislorod oldi;

7- o’quvchi: Kislorod nafas olishda organzimda kechadigan moddlar almashinuvida muhim ahamiyatga ega….. va h.k davom etaveradi.

Bunday usullar har bir o’qituvchining ijodkorligiga bog’liq, ya’ni ta’limga muhokama va rivojlantiruvchi xarakter beruvchi. O’quvchilarning mahsuldorlik faoliayatini oshirishga xizmat qialdigan ta’lim usullarini ishlab chiqishda ha bir o’qituvchi o’ziga xos individual tarzda yondashishi va original metodlar ishlab chiqishi mumkin. Kichik guruhlarda ishlash o’quvchilarning darsda faolligini ta’minlaydi, har biri uchun munozarada qatnashish huquqini beradi, bir-biridan auditoriyada o’rganishga imkoni tug’ildi, boshqalar fikrini qadrlashga o’rgatadi.



Qo’llanish usuli.

1. Faoliyatni tanlash. Mavzuga oid muammo shunday tanlanadiki, natijada talabalar uni o’rganish (bajarish) uchun ijodiy faoliyat ko’rsatishlari zarur bo’ladi va vazifalar belgilab olinadi.

2. Zaruriy asos yaratish. Talabalar kichik guruh ishida qatnashishlari uchun tanlangan faoliyat bo’yicha ba’zi bilim, ko’nikma va malakalarni oldindan egallagan bo’lishlari kerak.

3. Guruhni shakllantirish. Odatda xar bir guruhda 3-5 talaba bo’ladi (ehtimol, kam yoki ko’p bo’lishi mumkin). Agar guruhda ishlash u yoki bu yozma xujjat tayyorlashni talab etsa, yaxshisi 2-3 kishili guruh tuzilgani ma’qul. Guruh o’lchovi masalaning muhimligi, auditoriyadagi talabalar soni, talabalarning bir-biri bilan konstruktiv holatda o’zaro harakatiga bog’liq holda o’zgaradi. Eng yaxshisi, “getrogen” guruh tashkil etishidir (jinsi, o’zlashtirish darajasi va boshqa belgilar asosida). Guruhda ishlash talabalar o’rtasida vazifalarni aniq taqsimlashga tayanadi (misol uchun, bir talaba munozarani boshqaradi, ikkinchisi yozib boradi, uchinchisi spiker (sardor) rolini o’taydi va hokazo). Auditoriyani guruhlarga ajratish, xoxish bo’yicha yoki hisob bo’yicha amalga oshiriladi.

4. Aniq yo’l-yo’riqlar ko’rsatish. Talabalarga faoliyatni bajarish bo’yicha aniq va xajm jixatdan ko’p bo’lmagan tushuntirish beriladi. O’qituvchi guruhlarining ishlash tezligi turlicha bo’lishini inobatga olgan holda vaqt chegarasini aytadi. Guruhlar kerakli materiallar va axborotlar bilan ta’minlanadi. Talabalar guruhda ishni boshlashlari uchun vazifalarini aniq tushunib yetganligi tekshirib ko’riladi.

5. Qo’llab quvvatlash va yo’naltirish. O’qituvchi zarurat tug’ilsa guruhlar yoniga navbatma-navbat kelib to’g’ri yo’nalishda ishlayotganligini qayd etadi yoki ularga yordam beradi, guruhlarga ta’zyiq o’tkazilmaydi.

6. Muhokama qilish va baholash. Guruhlarda ish yakunlangach, ular natijalari bo’yicha axborot beradilar. Buning uchun xar bir guruh o’z sardorini belgilaydi. Zarurat tug’ilsa, faoliyat natijalari bo’yicha bildirilgan fikrlar o’qituvchi tomonidan yozilib boriladi. Muhimi, guruhning yechimining asoslanishini aniqlashtirib olishdi. Agar vaqt yetarlicha bo’lsa, u yoki bu fikrni argumentlashda guruhlar bir-biriga savol ham berishlari mumkin. Kichik guruhlarda ishlash natijalari o’qituvchi tomonidan baholanadi. Bunda faoliyatni to’g’ri va aniq bajarish, vaqt sarfi asosiy mezon hisoblanadi.

Ushbu metod qo’llanilganda talaba kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo’lishga, bir-biridan o’rganishga va turli nuqtai nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo’ladi. Kichik guruhlarda ishlash metodi qo’llanilganda o’qituvchi boshqa noan’anaviy metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo’ladi. Chunki o’qituvchi bir vaqtning o’zida barcha talabalarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi.

Kichik guruhlarda ishlash” metodining afzalligi:


  • o’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib keladi;

  • muloqotga kirishish ko’nikmasining takomillashishiga olib keladi;

  • vaqtni tejash imkoniyati mavjud;

  • barcha o’quvhilar jalb etiladi;

  • o’z-o’zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo’ladi.

«Kichik guruhlarda ishlash» metodining kamchiliklari:

  • kuchsiz talabalar bo’lganligi sababli kuchli talabalarning ham past baho olish ehtimoli bor;

  • barcha talabalarni nazorat qilish imkoniyati past bo’ladi;

  • guruhlararo o’zaro salbiy raqobatlar paydo bo’lib qolishi mumkin.

  • guruh ichida o’zaro nizo paydo bo’lishi mumkin.

«Kichik guruhlarda ishlash» metodini qo’llash bosqichlari:

1.Faoliyat yo’nalishi aniqlanadi. Muammodan bir-biriga bog’liq bo’lgan masalalar belgilanadi.

2.Kichik guruhlar belgilanadi. Talabalar guruhlarga 3-5 kishidan bo’linishlari mumkin.

3. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.

4. O’qituvchi tomonidan aniq ko’rsatmalar beriladi va o’qituvchi tomonidan yo’naltirib turiladi.

5. Kichik guruhlar taqdimot qiladilar.

6. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.

7. Kichik guruhlar baholanadi

“Kubik”. Har tomonlama fikrlash, tasavvur qilish, ko’rsatish, faollikni oshirishga qulay bo’ganligi bilan ham ajralib turuvchi usul. Bu usuldan foydalanishni 2 xil usulda qo’llash mumkin:

1-usul. Qog’ozdan kubik yasab olti tomoniga savollar yozib qo’yiladi, tashlangan kubik qaysi tomonga tushsa, o’sha savolga javob beradi. Bu usulni o’tkazishdan oldin barcha savollar vayman qog’ozga yozib qo’yiladi. Bir nechta kubik ishlatish ham mumkin.

2-usul. Qog’ozdan kubik yasab tomonlariga: Buni tasvirlang! Buni taqqoslang! Buni o’zaro bog’lang! Buni tahlil qiling! Buni qo’llang! Buni salbiy va ijobiy tomonlarini dalillar bilan isbotlang! Savollari yozib qo’yiladi.Mavzu e’lon qilinadi har bir o’quvchi savollarga javob yozadi.

Muzyorar ”- usuli

Ko’pchilik o’quvchilar notanish vaziyatda (yangi sinf yoki yangi maktabda, kursning boshlanishida) bo’lganlarida o’zlarini jar`atsiz sezishadi. Ko’pincha bir-birlarini bilishmaydi. Agar xech bo’lmaganda bir kishi bilan tanish bo’lsalar, ular birga bo’lishadi. Shuning uchun o’qituvchi (yoki boshlovchi) o’quvchilarga o’zlariga ishonch hissiyotini beradigan do’stona muhitni va ular o’zlari o’rganishlari kerak bo’lgan narsaga diqqatlarini qarata oladigan vaziyatni yaratishi kerak. Bunda Muzyorar usulidan foydalanish mumkin. Bu ta`lim beruvchi va ta`lim oluvchilar o’rtasidagi «to’siq»ni yo’qotishga qaratilgan usul.

,,FSMU’’ usuli

,,F’’ – fikringizni bayon eting

,,S’’− fkringizni bayoniga sabab ko’rsating

,,M’’− ko’rsatilgan sabablarni tushuntiruvchi misol keltiring

,,U’’− fikringizni umumlashtiring


Klaster usuli

Klasterlarga ajratish- o’quvchilarga biror-bir mavzu to’g’risida erkin va ochiq tarzda fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir. Bu usul ko’p variantli fikrlashni o’rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea)lar o’rtasida aloqa o’rnatish malakalarini rivojlantiradi. «Klaster» so’zi g’ujm, bog’lam ma`nosini anglatadi. Klasterlarga ajratishni da`vat, anglash va mulohaza qilish bosqichlaridagi fikralashni rag’batlantirish uchun qo’llash mumkin. U asosan yangi fikrlarni uyg’otish, mavjud bilimlarga etib borish strategiyasi bo’lib, muayyan mavzu bo’yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi.

Biror mavzu bo’yicha klasterlar tuzishdan bu mavzuni mukammal o’rganmasdan oldin foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Klaster tuzish ketma-ketligi:


  1. Katta varog’ qog’ozning o’rtasiga yoki sinf doskasiga yoxud yozish uchun

foydalanish mumkin bo’lgan sathga «kalit» so’z yoki gap yoziladi;

2. Shu mavzuga tegishli deb hisoblangan va xayolga kelgan so’z va gaplar

yoziladi;

3. Fikrlar paydo bo’lganda va ularni yozganda fikrlar o’rtasida mumkin bo’lgan

bog’lanishlarni belgilash;

4. Fikrlar tugamaguncha yoki vaqt tamom bo’lgunicha xayolga kelgan barcha

fikrlar yozilaveradi;

5. Keltirilgan so’z va fikrlar mazmuni va yaqinligiga qarab toifalarga ajratib

chiqiladi.

Klaster tuzishda guruhdagi barcha o’quvchilarning ishtirok etishi, shu guruh uchun g’oyalar o’zagi bo’lib xizmat qiladi.

“Aqliy hujum − bu o’quvchilar guruhining qisqa muddat ichida murakkab intelektual masalalarni yechish bo’yicha yuqori darajadagi ijodiy fikrlashdir. U jarayonlarning jo’shqinligini, boshlang’ich qarashlar va stereotiplardan uzoqlashishni, qandaydir aniq maqsadga qaratilganlikni ta’minlaydi. Metodning asosiy mohiyati harqanday ishonchli bo’lmagan, hayoliy, mantiqqa mos kelmaydigan javoblarni hech bir tanqidsiz generatsiyalashdan va tahlil, taqqoslash va tanlash asosida eng to’g’ri variantni tanlab olishdan iborat.

“Aqliy hujum ” da intellektual mashq oldindan tayyorlangan savollarga javoblarni izlash va noan’anaviy masalalar yechimini toppish mashqi orqali kuzatilishi mumkin. Mashq jarayonida o’quvchi cheklovchi omillar ta’siridan qutiladi, psixologik to’siqlarni, uyatchanlikni, xato qilishdan qo’rqishni olib tashlashga erishadi, shuningdek, olg’a surilayotgan har qanday hattobema’no takliflarni tanqid qilishdan ham o’zini tiyib turishga o’rgatadi.



Darslarda masalalarni mustaqil echish. Masalalar echish boshka metodlar bilan birga o’quvchilarning fikrlash qobili-yatlarini o’stirishga katta xissa qo’shadi. Ammo fizikani o’r-ganishning bu metodi ham sinf xamma o’quvchilarining zaruriy aktivligini oshira olmaydi. Mustakillikni o’stirish uchun masalalarning fizik mazmunini tahlil etishga, ularli yechish metodlariga o’quvchilarni o’rgatish zarur. Buning uchun o’qituvchi masalalarni yechish, sinf o’quvchilari bilan birga muhokama qilish uchungina o’quvchilarni doskaga chaqirmay, balki ko’p hol-larda o’qituvchinint o’zi fizik hodisalarniig tahlili bilan o’quvchilarni tanishtirib, o’quvchilarni shunday tahlil qilishga o’rgatib masala yechishni ko’rsatib beradi. Ammo masalani bunday muxokama qilishdan ko’ra sinfda o’quvchilar bilan birga masalalarni mustaqil yechishga tezda o’tish kerak.

Masala echish jarayonining bosqichlari quyidagilardan iborat:



  1. Masala shartini o’qish.

  2. Masalaning fizik moxiyatini aniqlash va masala shartida qaralayotgan xodisani yoki jism xolatini yaqqol tasavvur qilish maksadida masala mazmunini tahlil kilish.

  3. Yuqoridagi bosqichda qaralgan masala mazmunini yanada to’laroq ochish uchun qo’shimcha chizma, sxema yoki sxematik rasmlar chizish.

  4. Masala shartini qisqacha yozish.

  5. Berilgan masalaga tegishli fizik tushunchalarni va konunlarni aniklash.

  6. Berilgan va qidirilayotgan fizik kattaliklarni bog’laydigan qonunlarni aniqlash va ularning formulalarini yozish.

  7. Tenglamalar sistemasini tuzish va uni izlanayotgan fizik kattalikka nisbatan umumiy kurinishdi yechish, ya’ni "ishchi formula" ni keltirib chikarish. Bunda tenglamalar sistemasini yechishga kirishishdan avval matematik prinsipga to’la rioya qilish, ya’ni vektor tenglamalardan skalyar tenglamalarga o’tish va noma’lumlar soni bilan tenglamalar sonini solishtirish kerak.

  8. Fizik kattaliklarning kiymatlarini SI birliklariga o’tkazish.

  9. Masala shartidagi fizik kattaliklarning kiymatlarini birliklari bilan birgalikda masalaning umumiy ko’rinishidagi yechimiga qo’yish.

  10. Fizik kattaliklarning birliklari yoki o’lchamlari orqali masala echimining to’g’riligini tekshirish.

  11. Izlanayotgan fizik kattalikni xisoblash. Xisoblashlarni tezlashtirish maksadida logarifmik lineyka va kalkulyatorlardan foydalanish.

  12. Olingan javobni tahlil kilish, masala shartidagi soddalashtirishlarning javobga ta’sirini baxolash, javobning ishonchli va real ekanligini aniqlash.

  13. Berilgan masalani echishning boshqa mumkin bo’lgan usullarini qarash va ulardan eng ratsional usulini tanlash.



2.3. Umumiy o`rta ta`lim maktablarida 6-sinfda «Tovush hodisalari» mavzusini o`qitish metodikasi

Darsning maqsadi:

Ta`limiy maqsadi: — tovush haqidagi tushunchalar, uning manbalari va qabul qilgichlari haqida o'quvchilarga ma'lumotlar berish.  

Tаrbiyaviy mаqsаd. O’quvchilаrga jismoniy tarbiyani, inson xavfsizligini ta’minlash choralarini o’rgatib, ularda onglilikni tarbiyalash, o’quvchilarni Vatan himoyachilari qilib tarbiyalashda kasbga yo’naltirish.

Rivоjlаntiruvchi mаqsаd: O’quvchilаrdа ilmiy dalillarni tahlil va sintez qilib xulosa chiqara olish qobiliyatini rivojlantirish. Ilmiy dunyoqаrаshni shаkllаntirish, o’quvchilarda texnikaga bo’lgan havas va qiziqishlarini yuksaltirish. Mustaqil bilim olish qobiliyatini rivojlantirish. Masala yechish malakasini qaror toptirish.

Umumiy va fanga oid kompetensiyalar: Axborotlar bilan ishlash,shaxs sifatida o`z-o`zini rivojlantirish va fizik jarayon,hodisalarni kuzata olish,kuzatish natijalarini umumlashtirishda fizik kattaliklarni o`zaro bog`liqligini matematik ifodalar ko`rinishida tushuntirib bera olishi.

DTS talabi:. Tovush hodisalari haqida tushunchaga ega bo`lishi.

Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.

Darsning usuli:”Aqliy hujum”,”Tezkor savollar”

Dars jihozlari: l. Fizika kitobi.   

2. Mikrofon, dinamik, kamerton, musiqa asboblari , metall chizg’ich.

Nazorat: Og`zaki nazorat,savol-javoblar,muhokama,kuzatish,o`z-o`zini nazorat qilish;

Baholash: Rag`batlantirish, 5 baho tizim asosida baholash.

 

Asosiy tushuncha va аtamalar:

— tovush, ultratovush, infratovush;

tebranma harakat; 

tebranishlar chastotasi;   

kamerton, mikrofon, dinamik;

rezonator;

tovush manbai va qabul qilgichlar. 

Darsning blok-chizmasi


 №

Dars bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qism

2 minut

2

Kirish suhbati o`tkazish

10 minut

3

Tajriba-namoyish o`tkazish

5 minut

4

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish ustida ishlash

25 minut

5

Uyga topshiriqlar

3minut

 

Darsning borishi:



I. Tashkiliy qism.O`quvchilar bilan salomlashish,davomatni aniqlash, texnika yutuqlari bilan tanishtirish.

II.O`tgan bobdagi asosiy tushunchalarni “Tezkor savollar”bilan takrorlash.

III.Yangi mavzuning bayoni:

O'quvchilarga kirish suhbati o'tkazilganda yangi bob va unda о’rganiladigan fizik hodisalar haqida qisqacha to'xtalib o'tiladi. O'quvchilar bilan "Faraz qilaylik, bir kun Yer yuzida mutlaqo tovush yo'q bo'lib qolsin. Bu qanday oqibatlarga olib keladi?" mavzusida "aqliy hujum" o’tkazaylik. O'quvchilar javobi umumlashtirilganda, bu narsa katta falokatlarga olib kelishi mumkinligi ko'rinadi. Shu bilan bobning dolzarbligi ko’rsatiladi. Davomida tovushning o'quvchilar bilmaydigan sohalarda ishlatilishi ham hikoya tarzida beriladi. Shundan so'ng darslikda keltirilgan metall chizg'ich bilan tajriba-namoyish ko'rsatiladi. Bu bilan tovush chiqarish, nimaningdir tebranishi bilan bog'liqligi ko'rsatiladi va tebranma harakat ta'rifi keltiriladi. Tovushning asosiy xarakteristikasi chastota tushunchasi o'rganilgach, infratovush va ultratovushlar ta'rifi beriladi. So'ngra kamerton bilan tajriba-namoyish ko'rsatiladi. O'quvchilar kamertonni kundalik turmushda uchratmagan bo'lsalar-da, mikrofonni hamma ko'rgan. Insonga nisbatan hayvonlarning tovush qabul qilish diapazoni boshqacha bo'lishi o'quvchilarni qiziqtiradi. Shunga ko'ra, ba'zi hayvonlar Yer qimirlashini oldindan sezishini aytish bilan, Yer qimirlashi oldidan borayotgan jarayonlarda ultratovush yoki infratovush hosil bo'lishi, ularni qayd qilish voqeani oldindan bilish imkoniyatlarini tug'dirishi tushuntiriladi.

Tovush qanday hosil qilinishini o'rganish uchun quyidagi tajribani o'tkazaylik (1-rasm). Chizg'ichni olib parta chetiga uchini uzun qilib chiqargan holda qo'yaylik. Qolgan qismini rasmda ko'rsatilganidek qo'l bilan bosib ushlaylik. Uzun uchidan bosib qo'yib yuborsak, chizg'ich uchi tebrana boshlaganini ko’ramiz. Bunda tovush chiqadimi? Chizg'ich uchini parta ustiga surib tajribani takrorlaymiz. Bunda tovush eshitiladi. Chizg'ichning tebranuvchi qismini kamaytirib borsak, tovush aniqroq eshitila boshlaydi.





1-rasm

Demak, tovush chiqaruvchi barcha manbalarda nimadir tebranar ekan. Haqiqatan ham, radiokarnayni 2-rasmda ko'rsatilganidek qo'yib, ustiga kichik yengil po'kak parchalarini yoki o'yinchoq to'pponchaning plastmassa sharcha - o'qlarini qo'ysak, tovush chiqayotganda sakrab turganligini ko'ramiz.





2-rasm

Nima sababdan uzun chizg'ich tebranib turganda biz uning tovushini eshitmadik? Buni tushuntirish uchun tebranishni xarakterlaydigan tushuncha va kattaliklarni kiritaylik.



1. Har qanday takrorlanuvchi harakatga tebranma harakat deyiladi.

2. 1 sekund vaqt davomidagi tebranishlar soniga tebranishlar chastotasi deyiladi. Chastotani ν harfi bilan belgilanadi. Agar jism 1 sekundda 1 marta tebransa, uning chastotasini 1 Gers (Gs) deb qabul qilingan.

Inson qulog'i 16 Gs dan 20 000 Gs gacha bo'lgan tovushlarni seza oladi. 16 Gs dan kichik tovushlarni infratovush va 20 000 Gs dan kattalarini ultratovush deyiladi.



Aniq bir chastotali tovush chiqaradigan asbobga kamerton deyiladi. Kamertonni 1711-yilda ingliz musiqachisi J. Shorom ixtiro qilgan bo'lib, musiqa asboblarini sozlashda foydalangan. Kamerton ikki shoxli metall sterjendan iborat bo'lib, o'rtasida tutqichi bor (3-rasm).



3-rasm

Rezina tayoqcha bilan kamertonning bir shoxchasiga urilsa, ma'lum bir tovush eshitiladi. Kamertonning tebranishiga ishonch hosil qilish uchun ipga birorta yengil sharchani osib, uni kamertonning ikkinchi shoxchasiga tegizib qo'yamiz. Kamertondan ovoz chiqqanda sharcha ham tebranib turganligini ko'rish mumkin. Kamertondan chiqadigan ovozni kuchaytirish uchun u yog'ochdan yasalgan qutiga o'rnatiladi. Bu qutini rezonator deyiladi. Shu maqsadda rubob, tor, dutor, tanbur kabi asboblarda tebranuvchi sim ostiga yupqa parda qo'yiladi. Odamning ham tovush chiqaruvchi og'zi kamertonga o'xshaydi. Til tebranuvchi jism bo'lsa, og'iz bo'shlig'i va tomoq rezonator vazifasini bajaradi.

Tovush qabul qilgichlarga birinchi navbatda inson qulog'ini kiritamiz. Quloq ichida maxsus parda bo'lib, unga tovush tushganda tebranadi va undan signallar miyaga uzatiladi. Odamlarning quloqlarining sezgirligi turlicha bo'ladi. O'quvchi yoshlar bilan qariyalarning qulog'i birday eshitmaydi. Xuddi shunday, hayvonlarning ham tovushni eshitish chastotasi diapazoni boshqacha. Kapalaklar, kuchuk va mushuklar, ko'rshapalaklar ultra tovushlarni ham qabul qila oladi. Delfin 200 kGs gacha bo'lgan ultratovushlarni qabul qiladi.

Tovushni qabul qilish uchun maxsus mikrofonlar yaratilgan. «Mikrofon» so'zi yunoncha ikki so'zdan: mikros – kichik va phone – tovush so'zlaridan olingan. Mikrofonda tovush tebranishlari elektr tebranishlariga aylantiriladi, so'ngra maxsus kuchaytirgichlarda kuchaytiriladi.

Chastotasi 7–9 Gs bo'lgan infratovush insonlarga yomon ta'sir ko'rsatadi. U bosh aylanishni, qayt qilishni vujudga keltiradi. Ko'proq muddat ta'sir etsa, o'limga olib kelishi ham mumkin. Shunday voqea kuzatilgan. Mamlakat poytaxtlarining biridagi teatrda tragediya ko'rsatilgan. Tomosha paytida «Organ» deb ataluvchi musiqa asbobi chalinishi kerak edi. Sahnadagi fojeaning tomoshabinlarga ta'sirini kuchaytirish maqsadida teatrning musiqaviy mexanigi organ trubalarini biroz o'zgartiradi. Tomosha boshlanib, musiqachi organ klavishlarini bosa boshlaganda zaldagi odamlarda qandaydir qo'rquv hissi uyg'ona boshlagan. Natijada odamlar dastlab birin-ketin, keyin yoppasiga teatrdan qochib qolgan. Tekshirilganda organdan infratovush chiqadigan bo'lib qolgan ekan. Hozirgi kunda infratovushning inson salomatligiga ta'siri o'rganilgan va shovqinlar manbai bo'lgan joylarda infratovushlar bor yoki yo'qligi aniqlanadi.

IV.Mustahkamlash:

1. Kamerton shoxchasining uzunligi o'zgartirilsa, undan chiquvchi tovush qanday o'zgaradi?

2. Quloq tovushni qanday qabul qilishi haqida Sizda qanday fikrlar bor?

3. Tor, ruboblarga nima sababdan yupqa parda qoplanadi?

V. Uyga topshiriqlar: Yangi mavzuga doir materiallarni o'rganish va amaliy topshiriqlarni bajarish.

Xulosa.

Fizika ta’limida yangi pedagogic texnologiyalarni qo’llash bo’yicha olib borilgan tadqiqot ishlaridan quyidagi natijalar va xulosalar kelib chiqadi.

Fizika fani yuqori sinflarga o’tgan sari, hodisalar, qonuniyatlar murakkablashib, dars materialining hajmi esa ortib boradi. Bu maqsadda fizika ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash samarali ekanligi aniqlanadi.

Interfaol metodlar o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim oluvchilarda o’quv bilish faolligini oshirish, ularni kichik guruh va jamoada ishlash, o’rganilayotgan mavzu, muammolar bo’yicha shaxsiy qarashlarini dadil, erkin ifodalash, o’z fikrlarini himoya qilish, dalillar bilan asoslash, tengdoshlarini tinglay olish, g’oyalarni yanada boyitish, bildirilgan mavjud mulohazalar orasidan eng maqbul yechimni tanlab olishga rag’batlantirish imkoniyatga ega ekanligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Ta’lim tarbiya jarayonida o’qituvchilar tomonidan interfaol metodlarning o’rinli, maqsadli, samarali qo’llanilishi ta’lim oluvchi o’quvchilarda muloqotga kirishuvchanlik jamoaviy faoliyat yuritish, mantiqiy fikrlash, turli qarashlar orasidagi mantiqiy bog’liqlikni topa olish qobilyatlarini tarbiyalash uchun keng imkoniyat yaratadi.

Yuqoridagi yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llab o’tkazilgan fizika dars jarayonlari o’quvchilar tomonidan ham ma’qullandi. Oddiy, an’anaviy usulda tashkil qilingan dars jarayoni o’zining sezilarli samarasini ko’rsatdi.

Men ushbu darsni o’tish jarayonida T- sxemasi texnologiyalardan foydalandim. Ushbu texnologiyalar mavzuni mazmunini ochib berishda yaxshi samara berdi.



Dеmаk, yuqоridа ko’rsаtib o’tilgаnlаrdаn shundаy xulоsа qilish mumkinki, zаmоnаviy аxbоrоt vоsitаlаrining insоniyat fаоliyatigа, xususаn, tа’lim tizimigа kirib kеlishi uning mаqsаdi vа mаzmunini o’zgаrishigа sаbаb bo’lаdi. O’qitishning yangi tеxnоlоgiyalаridаn fоydаlаnish hаr bir fаn o’qituvchisidаn o’z ishigа ijоdiy yondаshishni tаlаb qilаdi. Dаrs jаrаyonidа аn’аnаviy o’qitish usullаri bilаn bir qаtоrdа yangi pеdаgоgik vа аxbоrоt tеxnоlоgiyalаrdаn fоydаlаnish mоtivlаshtirishni kuchаytirаdi. Zаmоnаviy аxbоrоt vоsitаlаridаn dаrs jаrаyonidа fоydаlаnish bоrаsidа ilmiy izlаnishlаrni оlib bоrish vа ulаrni mоddiy rаg’bаtlаntirish bu tеxnоlоgiyadаn fоydаlаnish imkоniyatlаrini kеngаytirаdi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni. T.1997 y

2. Sh.M.Mirziyoyev

3. J.Yo’ldoshev, S.Usmonov “Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish” T.2008 yil.

4. M.Sadriddinov “Fizika o’qitish metodikasi” 2011 yil.

5. N.SH.Turdiyev, “Fizika” 6–sinf. T. 2017 yil.

6. Jo’rayev. “Fizika o’qitish metodikasi” 2011 yil.

7. Sinflar uchun fizika fanidan metodik qo’llanma. T. 2010 yil

8. Jurnal. Uzluksiz ta’lim

9. Jurnal Pedagogik ta’lim.



10. M. E. Musayeva, G.T. Boymurodova “Ta’lim jarayonida qo’llaniladigan interfaol metodlar” T. 2016 yil
Download 416.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling