I – mavzu. Sotsiologiya fanining predmeti va vazifalari


Download 1.3 Mb.
bet1/24
Sana14.11.2020
Hajmi1.3 Mb.
#145423
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Sotsiologiya nash


I – MAVZU. Sotsiologiya fanining predmeti va vazifalari

RЕJА


  1. Sotsiologiya fanining fan sifatida vujudga kеlishi tarixi

  2. Sotsiologiyaning ob'еkti, prеdmеti va funksiyalari.

  3. Sotsiologiyaning fanlar tizimida tutgan o`ziga xos o`rni va boshqa fanlar bilan o`zaro bog`liqligi.


I.Sotsiologiya fanining vujudga kеlishida ijtimoiy-iqtisodiy, g`oyaviy-nazariy shart-sharoitlar. Antik davr faylasuflari va Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy-falsafiy ta'limotlari (Platon, Aristotеl, Forobiy, Ibn Xaldun va boshqalar)

Jahon sotsiologiya fanining namoyandalaridan biri Robеrt King Mеrton (1910 yilda tug`ilgan) shunday dеgan edi: «Sotsiologiya – bu o`ta qadimiy prеdmеtni o`rganish to`g`risidagi juda yosh fan». Bundan-da aniq ta'rifni topolmaysiz. Biz xozir jamiyat dеb ataydigan ta'rifga insonlar qadim zamonlardayoq qiziqishgan. 2500 yil mobaynida mutafakkirlar jamiyatni tahlil qilishgan va unga ta'rif bеrishgan, biroq yig`gan bilimlarini sotsiologiya dеb atashmagan. Jamiyat tuzilishi haqidagi dastlabki va ancha to`liq tasavvurni antik davr faylasuflari bеrishgan. Sotsiologiyani fan sifatida tasavvur etish uchun eng avvalo, uning vujudga kelishi va tarixiy rivojlanish bosqichlarini o’rganish muhim ahamiyatga egadir. Ijtimoiy hayotning rivojlanish qonuniyatlarini o’rganishga qaratilgan ta`limotlar, qarashlar eramizdan avvalgi IV asrdayoq yunon faylasuflari asarlarida yoritilgan.



Suqrot (er.av 470–399). U haqda Aflotuning «Suqrotni alqab» asari mavjud, uni faqat shu asar orqali bilish mumkin. Sababi, Suqrot yozgan asarlar bizgacha etib kelmagan. U omma orasida ijtimoiy fikrlari bilan dong’i ketgan, obro’ topgan mutafakkir hisoblanadi . Suqrot «Husndorlar o’z husnlariga dog’ tushirmaslik uchun, xunuklar esa o’z xunukligini aql-zakovatini tarbiyalash bilan bezamoq uchun tez-tez ko’zguga qarab tursinlar», deydi. U xotiniga «Biz yashamoq uchun eymiz, boylar esa ovqat emoq uchun yashaydilar» degandi. Suqrotning ijtimoiy qarashlarini yana quyidagi fikrlardan bilsa bo’ladi: “Har qanday yomonlikning ildizi nodonlikda», «Haqiqatni o’zingdan izla». «Haqiqatga bahs orqali erishish mumkin».

Aflotun (er.av 427–347). Uning falsafiy qarashlari «Bazm», «Teetet», «Fedon» nomli dialoglarida, siyosiy qarashlari esa «Davlat», «Qonunlar» nomli asarlarida bayon etilgan.Tarixiy manbalarda keltirilishicha, alloma o`zidan keyin 35 dan ortiq dialog tarizdayozilgan asarlar qoldirgan. Dialogda “insoh farovonligi” sharti sifatida quyidagilar keltiriladi:

1) goyalarning abadiy tabiyatda ishtirok etishi;

2) goyalarni haqiqatga aylantirish;

3) ongning mavjudligi bilimga ega bo`shliq;

4)ba`zi sof hissiy lazzat turlaridan, masalan, kuyning sof ohanglari yoki rasmdagi gullarning lazzatidan barhramand boshliq.

Uning “g`oyalar” to`g`risidagi asosiy fikri shulardan iborat.1

Aflotun fikricha, olamda «g’oyalar dunyosi» birlamchi bo’lib, moddiy dunyo esa uning mahsuli, soyasidir2. «G’oyalar dunyosi» zamon va makonga bog’liq bo’lmay, u mangu harakatsiz va o’zgarmas, haqiqiy dunyodir. «G’oyalar dunyosi»da eng oliy g’oya – yaxshilik va baxt g’oyasi – xudodir. Boshqa g’oyalarning hammasi u bilan bog’liq.

3. Arastu (er.av. 384–322). Uning «Metafizika» (yoki «Birinchi falsafa»), «Fizika», «Jon to’g’risida», «Analitika», «Kategoriyalar», «Siyosat to’g’risida», «Ritorika», «Etika» kabi asarlari bilan sotsiologik an`analar rivojiga katta hissa qo’shdi. Uning ta`limoticha, jamiyatning qul va qul egalariga bo’linishi, quldorlarning hukmronligi va qullarning qulligi tabiiy holatdir. Axloqiy fazilatlar faqat erkin kishilarga, qul egalariga xosdir. U xalqni 2 yo’l bilan: qo’rquv urug’ini sochib hamda mehr-muhabbat qozonib boshqarish mumkin deydi.

Platon va Aristoteldan keyin T. Gobbs, J. Lokk, J. Mil, G. Leybnits, T. Kampanella, B. Paskal`, Sh. Montesk`e, J.J. Russo, F. Gizo, B. Konstan, M. Veber va boshqalar jamiyat va davlatni boshqarishdagi parlamentarizm muammolariga o’z munosabatlarini bildirganlar»3. Yangi davrning mashhur mutafakkiri «J. Lokk o’z davridayoq fuqarolik jamiyatining xavfsizligi va uni muhofaza qilish institutlari genezisi xaqida fikr yuritar ekan, xalq qonun chiqaruvchi hokimiyat senat, parlament deb yoki boshqa nomda atash mumkin bo’lgan mushtarak organ qo’liga berilmaguncha na xavfsizlikka, na xotirjamlikka ega bo’lmagan, na fuqarolik jamiyatida yashayapman deb his eta olmagan»4 deb yozgan edi.



Ta`kidlash joizki sotsial fikrlar rivojida diniy ta`limotlar ham muhim o’rin tutgan.

4. Budda (buddizm) - jahon dinlaridan biri bo’lib, asosan Hindiston, Nepal, Birma, Yaponiyada keng tarqalgan. U er. av 6-asrda Shimoliy Hindistonda ham rivojlangan. Budda ta`limotidagi sotsiologik g’oyalarga ko’ra, inson hayoti – yovuzlik va azob - uqubatdan iborat, azob – uqubat chekishning sabablari esa istak va ehtirosdadir, ana shulardan qutilmoq kerak. Budda taklif qilgan «qutilish» yo’li dindor kishi uchun «taqvodorlikka intilish» va «yaxshilik bilan hayot kechirish» ga borib taqaladi.

5. Zaratushtra (Zardusht). Milod. av 6-asrdan to milodning 3-asrigacha bo’lgan dualistik dunyoqarash markazida zardushtiylik ta`limoti yotadi. Zardushtlik faqat din bo’lib qolmay, balki o’sha davrning hukmron mafkurasi, ijtimoiy - siyosiy, axloqiy - falsafiy qarashlari ifodasi hamdir. Zardushtiylikning nazariy asosi «Avesto» adabiy yodgorligi hisoblanadi. «Avesto» da qadimgi kishilarning tabiat va uni bilish yo’llari haqidagi tasavvurlari umumiy tarzda ifoda etilgan. «Avesto» da afsonaviy tasavvurlar bilan birga kishilarning hayotiy tajribalari ham o’z ifodasini topgan. Kitobda inson va jamiyat, ijtimoiy munosabatlar haqida qiziqarli ma`lumotlar berilgan. «Avesto» da inson, mehnat dehqonchilik kabi ezgu ishlar ulug’lanadi. Sotsial qarashlar taraqqiyotida qadimgi Xitoy sotsial g’oyalari ham muhim ahamiyat kasb etadi.

6. Konfutsiylik (551–479) - millodan av. V-III asrlarda vujudga kelgan ta`limotdir. U qadimgi Xitoydagi ijtimoiy – falsafiy fikr rivojiga katta hissa qo’shgan. Bu ta`limot Xitoy, Bobil, Misr mamlakatlarida keng tarqalgan. Konfutsiyning falsafiy va sotsiologik qarashlarida axloqiy masalalar markaziy o’rinda turadi. «Hamma odamlar bir-birlaridan farqlanadilar» -, yangini bilish uchun - eskini o’rganish kerak», «mulohazasiz ta`limot foydasizdir, ta`limotsiz mulohoza bo’lmaydi» - degan fikrlar shular jumlasidandir.

Sharq mutafakkirlarining sotsiologik qarashlari

1. Muhammad ibn Muso Xorazmiy (783-850) - Markaziy Osiyoning jahonga mashhur olimlaridan biri. U qomusiy olim sifatida dunyoga taniladi. Ko’proq Bog’dodda yashagan. Xalifa Ma`mun rahnamoligida Sharqning fanlar akademiyasi – Baytul - hikma» («Donishmandlar uyi») da ishladi. U bu erda juda ko’plab matematik, astronomic kuzatishlar olib bordi. Xorazmiy “Ilmlar kalitlari” asarida ilmlarni 2 qismga: 1) an`anaviy arab ilmlari va 2) ajam (arab bo’lmagan) ilmlarga ajratgan. Xorazmiy algebra fanining asoschisidir. «Algebra» so’zi uning tomonidan kashf etilgan, tenglamalarni echish metodi esa «aljabr» bilan bog’liqdir. I.A Karimov o`z asarida allomaga quyidagisha ta`rif beradi “Muhammad Muso Xorazmiyning o`nlik sanoq sistemasini, algoritim va algabira tushungalarini dunyoda birinchi bo`lib ilim-fan sohasiga joriy etgani va shu asosda aniq fanlar rivoji uchun o`z vaqtida mustahkam asos yaratgani umuminsoniy taraqqiyot rivojida qanday katta ahamiyatga ega bo`lganligini barchamiz yaxchi bilamiz”5

2. Abu Nasr Forobiy (873–950). U o’zining ko’plab ijtimoiy fikrlari bilan sotsiologik bilimlar rivojiga katta hissa qo’shdi. Uning «Fozil shahar aholisi qarashlari haqida kitob», “Ijtimoiy ahloqiy risolalar”, “Falsafiy risolalar” kabi asarlarida olijanob jamiyat, adolatli tuzum, odil hukmdorlar haqidagi fikr - mulohazalar bayon etilgan. U o’zi yashagan davrning ijtimoiy tuzumini, uning ziddiyatlari va bu ziddiyatlarning kelib chiqishidagi muammolarni nazariy jihatdan tahlil qilishga uringan. Forobiy sotsiologiyaga doir quyidagi o’gitlarni yozib qoldirgan:

1) Turli masalalar xususida fikr yuritish, ularning tarkibi, farqi, ehtimoli va mutloq mulohazalarni tiniq, puxta tahlil etish.

2) Keskin va mutlaq (ya`ni e`tirozga o’rin qoldirmaydigan) mulohaza xususida fikr yuritish.

3) Bir - biriga qarama - qarshi bo’lgan va bo’lmagan farqli muloha –zalar xususida fikrlash, ularning qanday holatlarda qarama - qarshi kuchga aylanib qolishini o’rganish.

4) Bir - biriga qarama - qarshi bo’lgan fikrlar, mulohazalarning qanday ko’rinishlarga ega ekanligini qayd etish.

5) Haqiqiy mezon asosida har bir mulohazaning to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini tekshirish va ularning qanday ahvoldaligini o’ylab ko’rish.

6) O’zgaruvchan, o’zgarmas va o’zgaruvchi mulohozalarning o’zgarish ma`no va sabablarini bilib olish.

7) Ma`lum bo’lgan umumiy fikrdan kelib chiqmaydigan mulohaza ko’rinishlari xususida fikrga ega bo’lish.

8) Fikr – qarashlar ta`rifi, ularning nimalar asosida turishi, tarkib topganligini, ehtimolli va mutlaq fikr – qarashlar haqida ilmiy tasavvurlarga ega bo’lish lozim.


Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling