I – variant


Download 44.5 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi44.5 Kb.
#1070257
Bog'liq
2015.02.22


TEST 04.11.2018
FIZIKA

1. Sharcha radiusi 1 m bo’lgan aylana bo’ylab doimiy 4 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Uning aylanish davri qanday (s)?


A)1,57 B)3,14 C)4,71 D)6,28
2. Ikki jismdan har birining massasini 2 martadan oshirib, ular orasidagi masofani 2 marta kamaytirsak, ularning o’zaro tortishish kuchi qanday o’zgaradi?
A)o’zgarmaydi B)4 marta ortadi
C)8 marta ortadi D)16 marta ortadi
3. Yog’och sharcha havoda tushmoqda. Havoning qarshiligi hisobga olinsa, sharchaning harakati qanday bo’ladi?
A)tekis
B)tekis tezlanuvchan
C)ortuvchi tezlanish bilan tezlanuvchan
D)kamayuvchi tezlanish bilan tezlanuvchan, so’ngra tekis
4. Saidaminxon o'z tezligini 14 m/s dan 10 m/s gacha tekis kamaytirib bordi va jami 192 m masofa bosib o'tdi. Buning uchun qancha vaqt sarflangan?
A)90 s B)16 s C)24 s D)8 s
5. Daryoning oqim tezligi 4 m/s. Kater oqimga tik yo'nalishda suvga nisbatan 3 m/s tezlikda suza boshladi. Daryoning kengligi 60 m. Kater narigi qirg'oqqa yetib borganida o'zi mo’ljallagan joyidan qanday masofaga surilib ketgan bo'ladi?
A)80 m B)60 m C)36 m D)125 m
6. Jismga oralaridagi burchak 60° bo’lgan 5 N va 6 N kuchlar ta'sir qilmoqda. Shu kuchlarning teng ta'sir etuvchisini toping.
A)8,7 N B)9,5 N C)10,3 N D)7,5 N
7. Quyidagi birliklardan qaysi biri tezlikning XBS dagi asosiy birligi hisoblanadi?
A)m/s B)km/soat C)uzel D)mil/soat
8. Massasi 12 kg bo'lgan tinch turgan jismga 8 s davomida 6 N kuch ta'sir qilgan bo'lsa, jismning olgan tezlanishi a, shu vaqtda erishgan tezligi υt, o'tgan yo'li S ni toping.
A)a=25 m/s2; υt=4 m/s; S=2 m
B)a=4 m/s2; υt=0,5 m/s; S=2 m
C)a=0,5 m/s2; υt=4 m/s; S=16 m
D)a=0,5 m/s2; υt=2 m/s; S=4 m
10. Avtomobil yo'lning birinchi yarmini 10 m/s, ikkinchi yarmini esa 15 m/s tezlik bilan o'tdi. Butun yo'l davomida o'rtacha tezlikni (m/s) toping.
A)12,5 B)12 C)25 D)5
11. Massasi 80 kg bo'lgan parashutchi o'zgarmas tezlik bilan pasaymoqda. Parashutchiga ko'rsatilayotgau havoning qarshilik kuchini (N) toping.
A)80 B)0,8 C)800 D)8
12. Tinch holatidan boshlab tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jismning 12 – sekundda bosib o'tgan yo'li 4 – sekundda bosib o'tgan yo'lidan necha marta farq qiladi?
A)23/9 B)23/5 C)23/7 D)9
13. Prujinaga birinchi jism osilganda prujina 2 sm ga cho'zildi, ikkinchi jism osilganda esa 3 sm ga cho'zildi. Ikkala jism birgalikda osilganda prujina qancha (sm) cho'ziladi?
A)1,2 B)2,5 C)2,0 D)5,0
15. Piyodaning tezligi 5 km/soat. Undan 21 min keyin yo’lga chiqqan velosipedchi piyodani 7 min da quvib yetishi uchun qanday tezlik bilan xarakatlanishi kerak. (km/soat)
A)15 B)20 C)10 D)25
16. Bir xil radiusli aylanalar bo’ylab aylanayotgan 2 nuqtaning markazga intilma tezlanishlari 4 marta farqlansa, aylanish chastotalari necha marta farq qiladi?
A)2 B)8 C)4 D)1,4
17. Moddiy nuqta aylana bo’ylab 12 m/s chiziqli tezlik va 20 rad/s burchak tezlik bilan xarakatlanmoqda. U xarakatlanayotgan aylananing radiusi qanday? (m)
A)1,2 B)0,2 C)1 D)0,6
18. Yer yuzidan 3R balandlikda birinchi kosmik tezlikni xisoblang. Yer sharining radiusi R=6400 km. (km/s)
A)3,9 B)7,9 C)5 D)8
19. Tosh 20 m/s tezlik bilan yuqoriga tik otildi. Qanday balandlikda (m) toshning tezligi 2 marta kamayadi?
A)5 B)25 C)20 D)15
20. Shaxtaga tekis tezlanuvchan xarakat bilan tinch xolatda og’irligi 2800 N bo’lgan paqir tushirilmoqda. Birinchi 10 s da u 35 m yo’l o’tdi. Harakatda paqirning og’irligi qancha? (kN)
A)2,6 B)3,6 C)3 D)2,5
21. Disk gorizontal tekislikda N=15ayl/min chastota bilan aylanadi. Diskda aylanish o’qidan R=12 sm uzoqlikda jism yotibdi. Jismning diskdan sirpanib uchib ketmasligi uchun ishqalanish koeffisenti qanday bo’lishi kerak?
A)0,03 B)0,1 C)0,06 D)0,05
22. Massasi 10 kg bo’lgan snaryad to’pdan otilib chiqdi. Bunda porox gazining o’rtacha bosim kuchi 1,2 MN, stvol ichida snaryadning xarakat qilish vaqti 0,005 sek. Snaryadning boshlang’ich tezligini toping? (m/s)
A)250 B)700 C)600 D)650
23. Shkiv 50 rad/s burchak tezlik bilan aylanmoqda. Aylanish o’qidan 20 va 80 mm masofadagi nuqtalarning markazga intilma tezlanishini toping? (m/s2)
A)40; 300 B)50; 200 C)60; 100 D)30; 90
24. Poezd stansiyaga yaqinlashganda o’z tezligini 2,5 s da 125 m/s dan 25 m/s gacha kamaytirdi. Poezdning xarakatini tekis tezlanuvchan deb hisoblab, uning tezlanishini toping (m/s2).
A)50 B)55 C)45 D)40
25. Uzunligi 9 sm, bikrligi 300 N/m bo’lgan prujina uzunliklari 3 sm va 6 sm bo’lgan ikkita qismga ajratildi. Kichik prujinaning bikrligini toping.
A)300 N/m B)450 N/m C)900 N/m D)1350 N/m
26. G’ildiraklari va rels (iz) orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,2 ga, massasi 4000 t bo’lgan poyezd o’zgarmas 36 km/soat tezlik bilan harakatlanmoqda. Poyezdni tortayotgan parovozning tortish kuchini toping (kN).
A)8∙103 B)4∙106 C)8∙106 D)3,6∙104
27. Jismga bir vaqtning o’zida 4 N va 5 N kuchlar ta’sir qilishi mumkin. Quyidagilardan qaysi biri shu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi bo’la olmaydi?
A)1 N B)6 N C)7,2 N D)9,5 N
28. Avtomobil yo’lning birinchi yarmini 36 km/soat tezlik bilan, yo’lning qolgan qismini esa 72 km/soat tezlik bilan bosib o’tdi. Avtomobilning butun yo’l davomidagi o’rtacha tezligini toping.
A)54 m/s B)15 m/s C)13,3 m/s D)10,3 m/s
29. Agar yoqilg’isiz massasi 600 gr bo’lgan tinch turgan raketa ichidan 20 gr gaz massasi 900 m/s tezlik bilan bir onda otilib chiqsa, raketa qanday tezlikka erishadi?
A)30 m/s B)50 m/s C)20 m/s D)40 m/s
30. Har biri 5 kg dan bo’lgan ikki jism bir – biriga nisbatan 600 burchak ostida 2 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Bu jismlar sistemasining umumiy impulsini toping. (kg∙m/s)
A)10 B)2,5 C) D)
31. Yer sirtidan yer radiusiga teng balandlikda erkin tushish tezlanishi qanday bo’ladi? Yer sirti yaqinidagi erkin tushish tezlanishi go
A) B) C) D)
32. Agar avtomobilning boshlang’ich tezligi 36 km/soat bo’lib, 20 sekunddan so’ng to’xtagan bo’lsa, tormozlanish jarayonida tezlikning vaqtga bog’lanish tenglamasi qanday?
A)υ=10+0,5t B)υ=36–36t C)υ=10–20t D)υ=10–0,5t
33. Balandligi 80 m bo’lgan joyda kamondan gorizontal yo’nalishda 30 m/s tezlik bilan o’q otildi. O’q yerga qanday tezlik (m/s) bilan tushadi? (g=10 m/s2)
A)50 B)70 C)90 D)110
34. Bir – biri bilan vaznsiz cho’zilmas ip vositasida bog’langan ikkita 3 va 5 kg massali jismlarni silliq gorizontal sirt bo’ylab 5 kg massali jismga qo’yilgan 4 N gorizontal kuch tortib bormoqda. Jismlarni bog’lovchi ipning taranglik kuchi qanday(N)?
A)1 B)1,5 C)2 D)2,5
35. Bronomashina qandaydir υ0 doimiy tezlik bilan harakatlanib, biror paytdan boshlab 2 m/s2 tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakatlana boshladi. Shu paytdan boshlab 5 s davomida u 100 m yo’l o’tdi. υ0 ni aniqlang (m/s).
A)2 B)5 C)10 D)15
36. Dinamometrning ikki tarafiga 450 N va 500 N kuch qo’yilgan. Dinamometr necha N ko’rsatadi?
A)50 N B)950 N C)450 N D)425 N



Download 44.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling