I adabiyotlar sharhi 1 iq-spektroskopiyasi asoslar


Download 0.89 Mb.
bet1/8
Sana31.10.2020
Hajmi0.89 Mb.
#139446
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Dori preparatlari tahlilida IK(1)


Dori preparatlari tahlilida IK-spektroskopiya usulining qo’llanilishi
Reja:
Kirish

Mavzuning dolzarbligi


I Adabiyotlar sharhi

1.1 IQ-spektroskopiyasi asoslari.

1.2 Standart namunalar va qalbakilashtirilgan preparatlarining IQ-spektrlarining tahlili.

1.3 Dori preparatlari metabolizmida IQ-spektrining qo’llanishi.

1.4 Dori preparatlaring IQ-spektrlarini o’rganish.
II Amaliy qism

2.1 Streptotsid preparatini DF (X) bo’yicha tahlili

2.2 Streptotsid preparatini miqdorini aniqlash

2.3 Olingan natijalarni matematik statistika usuli bo’yicha hisoblash
III Xulosa
IV Adabiyotlar ro’yxati

Kirish

Farmatseftik analiz dorilar kimyoviy tarkibini, undagi biologik faol

moddalar,qo`shimchalar miqdorini o`rganuvchi sohadir. Dori gormon- lar analizi boshqa analiz turlaridan o`ziga xos jihatlari bilan farq qi-

ladi, chunki uni ishlab chiqarish jarayonlarining barcha bosqichlari: xomashyo sifati, maxsulotning tozaligi, saqlanish muddatlari va qo`shimchalari, stabilligini nazorat qilishga xizmat qiladi. Farmatseftik preparatlar analiziga yuqori talablar qo`yiladi. Ulardan juda kam miqdorda olinib qisqa vaqt ichida analiz qilinishi, sezgirligi, o`ziga xos xususiy reaksiyalarga ega bo`lishi talab etiladi. Dorining tozalik darajasini tekshirishda yuqori sezgirlikka, aniqlikka ega, kam namuna miqdorini aniqlaydigan zamonaviy usullarni qo`llash katta ahamiyatga ega hisoblanadiFormaseftik preparatlarni analizida fizikaviy, fizik kimyoviy, kimyoviy,biologik usullar qo`llaniladi.Fizik kimyoviy usullarda kimyoviy reaksiyalar paytida o`zgaradigan fizik kattaliklar o`lchanadi. Fizik kimyoviy usullar umumiy holda optik, elektro- kimyoviy va xromotografik usullarga bo`linadi. Farmasevtik preparatlar aralizida fizikaviy tadqiqot usullaridan spektroskopik usullar ayniqsa keng ishlatiladi. Bu usullar yordamida modda tomonidan chiqarilgan yoki yutilgan elektromagnit nurlar intensivligini ularning chastotasiga yoki to’lqin uzunligiga bog’liqligi o’rganiladi. Spektroskopik usullar atom va molekulalarning elektron, tebranish, aylanish va magnit energetik sathlari orasidagi farqni topish, spektr polosasining intensivligi orqali energetik sathlar orasidagi o’tish ehtimoliyatini katta yoki kichikligini baholash imkoniyatini beradi.

Kеyingi yillarda birоr mоddaning tuzilishini aniqlashda kimyoviy usullar bilan bir qatоrda analizning fizik mеtоdlaridan kеng foydala-

nilmоqda. Fizik mеtоdlar хimiyaviy usullariga qaraganda bir qancha afzalliklarga ega. Fizik mеtоdlar qo’llanilganda analizni juda qisqa vaqtda va kam miqdоr mоdda bilan bajarish mumkin. Ikkinchidan fizik mеtоdlar yordamida хimiyaviy usul bilan erishib bo’lmaydigan natijalar оlinadi. Fizik mеtоdning bu afzalliklari хimiyaviy usulni

butunlay inkоr etadi, dеb tushunish nоto’g’ri, albatta. Aksincha, fizik va хimiyaviy mеtоdlardan birgalikda fоydalanilganda samarali natija оlish mumkin. Fizik mеtоdlardan eng ko’p qo’laniladigani: UB va IQ spеktrоskоpiya, оptik burilish dispеrsiyasi va aylanma diхrоizm, yadrо magnit rеzоnansi- (YAMR), elеktrоn paramagnet rеzоnans (EPR), mass-spеktrоskоpiya, rеntgеnоstrukturaviy analiz va Mеss-bauer spеktrоskоpiyalardir.

Kimyodagi asosiy masalalardan biri moddaning nima ekanligini va uning tuzilishini aniqlashdan iborat. Bu ish ilgarilari kimyoviy usullar bilan hal qilingan bo’Isa, hozirgi vaqtda asosan fizikaviy usullar orqali yechiladi. Odatda, kimyogar, moddani o’rganishni uni qaysi element-

lardan tashkil topganini aniqlashdan boshlaydi va brutto formulasini topadi. Shundan keyingina uning molekuiasini tuzilishini aniqlashga harakat qiladi. Agar, kimyoviy jarayon o’rganilayotgan bo’lsa u hol- da, shu jarayonni ma’lum bir bosqichida reaktsiya natijasida hosil bo’lgan aralashmani tarkibiy qismlarini nimaligini hamda ularni miq- doriy xarakteristikalarini aniqlash masalasi ham kelib chiqadi. Uslubiy nuqtai nazardan modda va molekulaning fizikaviy xossalarini o’rga-

nish, fanning, o’rganilayotgan modda bilan unga ta’sir qilayotgan fizi-

kaviy may don (elektr, magnit, elektromagnit...), kelib tushayotgan turli chastotali «nur»lar (rentgen, ultrabinafsha, ko’rinuvchi, infra-

raqizil, radioto’lqinlar..) yoki zarrachalar dastasi (elektron, neytron) bilan o’zaro ta’sirini o’rganuvchi nazariyaga asoslangan maxsus bo’-

limini tashkil etadi. Bunday ta’sir natijasida modda va uning mo-

lekulasini u yoki bu xossalari namoyon bo’ladi. Moddaga kelib tu-

shayotgan nuring, zarrachalar dastasining va unga ta’sir qilayotgan turli xil fizik maydonlaming modda bilan o’zaro ta’siridan keyingi

o’zgarishini aniqlash fizikaviy usulning to’g’ridan-to’g’ri vazifasi deyiladi. Modda bilan har xil chastotali elektromagnit nurlaming, zarralarning va fizikaviy maydonlaming o’zaro ta’sirini o’rganish orqali ya’ni, tajribaning natijalariga ko’ra moddaning fizik xossalarini aniqlash hamda molekulaning fizik kattaliklarini toppish qo’yilgan masalani teskari tomondan yechishga kiradi va fizikaviy usulning

teskari vazifasi deb ataladi. Masalan, ajratib ko’rsatishi yuqori bo’lgan yadro magnit rezonansi (YaMR) spektrlarini tahlil qilishda bu usulning to’g’ri va teskari vazifalarini farq qilish qiyin emas. To’g’ri vazifasi. Tegishli moddani kimyoviy siljishlari va spin-spin

ta’sir doimiyliklarini qiymatlari berilgan, uni YaMR spektrini hisoblash talab qilinadi. Teskari vazifasi. Moddani tajribada olingan YaMR spektri berilgan undan tegishli yadroning kimyoviy siljishlarini va spin-spin ta’sir doimiyliklarini aniqlash talab qilinadi. Odatda, teskari vazifani yechish amaliy ahamiyatga egadir. Hozirgi vaqtda kimyoda fizikaviy tadqiqot usullari ichida spektroskopik usullar keng ishlatiladi. Bu usullar yordamida modda tomonidan chiqarilgan yoki yutilgan elektromagnit nurlar intensivligini ularning chastotasiga yoki to’lqin uzimligiga bog’Iiqligi o’rganiladi. Spektroskopik usullar atom va molekulalaming elektron, tebranish, aylanish va magnit energetik sathlari orasidagi farqni topish, spektr polosasining intensivligi orqali energetik sathlar orasidagi o’tish ehtimoliyatini katta yoki kichikligini baholash imkoniyatini beradi. Bularni o’r-

ganish esa o’z navbatida molekulaning simmetriyasini, geometriya-

sini, qaysi atomlardan tashkil topganligini, elektrik xossalarini va



boshqa kattaliklarini toppish imkoniyatini beradi.Energetik sathlar orasidagi AEj farqning katta kichikligiga qarab spektral usullar bir necha xil guruhdan iboratdandir bo’linadi.

I Adabiyotlar sharhi

1.1 IQ-SPEKTROFOTOMETRIK USUL
Farmatsevtik tahlilda elektromagnit nurlanish spektrining 4000-250'sm oralig'idagi infraqizil sohasidan keng foydalanib, bu usul — infraqizil spektrometrik usul deb ataladi. Bu usul ilk bor Davlat farmakopeyasining X nashrida ftorotan hamda metitsillin va oksatsilinning natriyli tuzlarini chinligini aniqlash ucluin tavsiya etilgan bo'lsa, hozirgi vaqtga kelib turli guruh dori vositalarining tahlilida keng miqyosda qo'llanilmoqda. Usulning mohiyati molekuladagi valent va deformatsion tebranish-larni qayd etishga asoslangan bo'lib, har bir funksional guruhga xos bo'lgan valent, deformatsion va boshqa tebranishlar IQ-spektrning ma’lum sohasida qayd etiladi.

IQ-spektrdagi u yoki bu funksional guruhga hos bo'lgan yutilish


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling