I. asosiy qism


Kurs ishining maqsad va vazifasi


Download 48.36 Kb.
bet2/4
Sana12.11.2021
Hajmi48.36 Kb.
1   2   3   4
Kurs ishining maqsad va vazifasi:

1. Boshlang‘ich sinflar ―2-sinf Ona tili‖ darsliklarida bеrilgan fonеtikaga oid

mavzular bilan yaqindan tanishish.

2. Boshlang‘ich sinflar ona tili darslarida jarangli va jarangsiz undoshlarga oid

mavzular ustida ishlash mashg‘ulotlarini kuzatish va tahlil qilish.So‘z ichida

ketma-ket kelgan undoshlar ustida ishlash usullarini belgilash.

4. So‘z ichida ketma-ket kelgan undoshlar ustida ishlash usullarini amaliyotda

sinab ko‘rish.

5. Amaliyotda to‘plangan tajribalar natijalarini tahlil qilish.

6. Mavzu bo‘yicha to‘plangan materiallarni sistemalashtirish va ishni

I.A.Karimov. Amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish – yorug‘kеlajagimizning asosiy omilidir.

1.1.Tovushlar va harflar, undosh tovushlarning xususiyatlari bilan

tanishtirish.

Kichik yoshdagi o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqni egallashlarida

fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta: a) fonetik bilimga asoslangan holda

boshlang’ich sinf o’quvchilari savod o’rganish davrida o’qishni va yozishni bilib

oladilar; b) fonetik bilim so’zni to’g’ri talaffuz qilish (tovushlarni to’g’ri talaffuz

qilish, urg’uli bo’g’inni ajratish, orfoepik me’yorga rioya qilish) asosini tashkil

etadi; v) fonetik bilim morfologik va so’z yasalishiga oid bilimlar bilan birga

o’quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning

yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo’ladi; g) fonetik bilim gapni ohangiga ko’ra

to’g’ri aytish, logik urg’u va gap qurilishidagi to’xtamlarga rioya qilish uchun zarur;

d) so’zning tovush tomonini bilish uning ma’nosini tushunish va nutqda ongli

qo’llash uchun muhimdir; hózir va hozúr, átlas va atlás so’zlari maьnosidagi farq

faqat urg’u orqali ajratiladi. So’zning tovush tomonini tasavvur qilish so’zlarni

talaffuzda farqlash, ayrim so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish va qo’llash uchun zarur.

O’qituvchi boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda

so’zni aniq va to’g’ri talaffuz qilish ustida doimiy ishlab boradi, shu maqsadda

ko’pincha so’zni tovush tomondan tahlil qilishdan foydalanadi.

Maktab dasturiga muvofiq, boshlang’ich sinf o’quvchilari fonetik-grafik

ko’nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar,

jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo’q jarangli va jufti yo’q jarangsiz

undoshlar; so’zni bo’g’inlarga bo’lish, urg’uli bo’g’inni ajratish ko’nikmalariga ega

bo’ladilar.

Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy

o’zlashtiradilar, ammo ular maxsus o’qigunlariga qadar so’zni bo’g’inlarga

bo’lishni, so’zdagi tovushlarni izchil talaffuz qilishni bilmaydilar. Boshlang’ich sinf

o’quvchilarida so’zni to’g’ri talaffuz qilish, bo’g’inlarga bo’lish, undagi har bir

tovushni tartibi bilan aniq aytish ko’nikmasini shakllantirish ustida maqsadga

muvofiq ishlash, o’z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy

mashqlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so’z tarkibida bir-biriga

ta’siri kabi ayrim elementar bilimlarni o’zlashtirishga imkon ber

Tovush murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang’ich sinflarda unga ta’rif

berilmaydi. SHunga qaramay, bolalarda tovush haqida to’g’ri ilmiy tasavvur amaliy

mashqlar yordamida hosil qilinadi. Bunda yetakchi usul so’zdagi tovushlarniig

talaffuzi hamda so’zning leksik ma’nosi so’zdagi tovushlarning tarkibiga bog’liqligi

ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan, aka, uka, opa, ona, ota, kul, gul, qora, qara

kabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan so’zlar har xil lug’aviy ma’noni

ifodalaydi.

So’zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o’rgatish davridanoq boshlanadi.

Bolalar bu davrda talaffuz qilingan yoki eshitilgan so’z tovushlardan tuzilishini bilib

oladilar. Ular so’zni tovush tomonidan tahlil qilishga o’rganadilar, ya’ni so’zni

bo’g’inlarga bo’ladilar, so’zdagi tovushlarni tartibi bilan aytadilar. Bunda tovush

tomondan tahlilni harf tomondan tahlil bilan aralashtirmaslikka alohida ahamiyat

beriladi.

So’zning tovush tarkibini to’g’ri tasavvur etish undagi harflarni tushirib

qoldirmay yoki o’rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham,

so’zni to’g’ri talaffuz qilish uchun ham katta ahamiyatga ega. SHuning uchun savod

o’rgatishdan so’ng ham so’zni tovush tomondan tahlil qilish mashqlari yordamida

so’zdagi tovushlar tarkibini aniqlash ko’nikmasini takomillashtirish ustida ishlab

borish zarur.

Ma’lumki, nutq tovushlari ikki katta guruhga bo’linadi: unli tovushlar va

undosh tovushlar. Buni o’quvchilarga tushuntirishda ularning quyidagi belgilari

hisobga olinadi:

1) talaffuz qilinish usuli (unli tovush talaffuz qilinganda havo oqimi og’iz

bo’shlig’idan erkin ravishda o’tadi, undosh tovush talaffuz qilinganda, havo og’iz

bo’shlig’ida to’siqqa uchraydi);

2) ovoz va shovqinning ishtiroki (unli tovushlar faqat ovozdan iborat, undosh

tovushlar talaffuz qilinganda shovqin eshitiladi, ba’zan shovqin va qisman ovoz

eshitiladi);

3) bo’g’in hosil qilish xususiyati (unli tovushlar bo’g’in hosil qiladi, undosh

tovushlar bo’g’in hosil qilmaydi).

O’quvchilar bu belgilarni yodlab olishlariga yo’l qo’ymaslik, aksincha, 1-

sinfdanoq bolalarda tovushni talaffuz qilganda, ovoz yoki shovqin eshitilganda nutq

a’zolarining vaziyatini kuzatish ko’nikmasini o’stirib borish lozim. Bunday

kuzatishlar IV sinfda davom ettiriladi va umumlashtiriladi. Tovushlarni

o’zlashtirishga bunday yondashish, unli va undosh tovushlarni puxta o’zlashtirishga

imkon berishi bilan birga, o’quvchilarning aqliy qobiliyatini o’stirish vazifasini ham

bajaradi; xususan, bolalar kuzatilgan hodisaning bir necha belgilarini taqqoslashga,

umumlashtirishga o’rganadilar.

O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi, chunki tovush yozuvda harflar

bilan ifodalanadi. 1-sinf o’quvchilari quyidagilarni bilib olishlari lozim:

a) tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz;

b) harfni ko’ramiz, o’qiymiz va yozamiz;

v) harf – tovushning yozuvda ifodalanadigan belgisi.

O’quvchilar ko’pincha tovush bilan harfni aralashtirib, xatoga yul qo’yadilar.

Ularda grafik malakani shakllantirish uchun quyidagilarni o’rgatish zarur:

1) bir undosh harf yozuvda ikki undosh tovushni ifodalashi mumkin (masalan,

maktab so’zidagi b harfi p tovushini, maktabim so’zidagi b harfi b tovushini

ifodalaydi);

2) jo’ja, jajji so’zlaridagi j tovushi (jarangli, portlovchi) ham, jurnal, vijdon

so’zlaridagi j tovushi (jarangli, sirg’aluvchi) ham bitta j harfi bilan ifodalanadi;

3) tong, keng so’zlaridagi uchinchi jarangli undosh tovush (ng) ikki harf

birikmasi (ng) bilan ifodalanadi;

4) sh, ch harf birikmalari ham bir tovushni ifodalaydi (shamol, choy).

A a harfi. badan, vazifa, gap, dasht, jabr, zarb, kalla, lab, mana, nam, past, rasm,

talaba,faraz, xabar, shabada, g’azab, harf so’zlarida old qator keng unlini ifodalash

uchun yoziladi. Bahor,vaqt, davom, zavq, nahor, savob, tavfiq, xaloyiq, Qahhor kabi

so’zlarda o eshitilsa ham, a yoziladi. Muomalo, muhokama kabi so’zlardaieshitilsa

ham, a yoziladi.

O o harfi. obod, ovoz, odob, ojiz, ozod, oy, olomon, ona, opa, oson, ota, oxur,

och, oq, og’ir, ohkabi so’zlardaorqa qator keng unlini ifodalash uchun qo’llanadi.

Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida boks, gol, domna, azot, kod, lom,

morfema, nota, pochta, rota, sotka, tonna, fosfor, xor, shonkabi so’zlarda o’zbekcha

o’harfi o’rniga ishlatiladi.

I i harfi . ish, tiyin, jiyron, ziyrak, kiyim, muhimkabi so’zlarda old qator tor unlini

ifodalash uchun yoziladi.Bir, sira, bilankabi so’zlarda qisqa eshitilsa hami yoziladi.

U u harfi.Bur, quv, tuzkabi so’zlarda orqa qator tor unlini ifodalash uchun ishlatiladi.

Tovush, qovun so’zlaridavdan keyiniishlatilsa ham,uyoziladi.

O’o’ harfi.Lekin, kel, tejamoqkabi so’zlarda old qator o’rta keng unlini ifodalash

uchun qo’llanadi.

Diqqat! a, i, u, o harflariso’z ortasida,a harfi so’z oxirida qo’shaloq kelish

mumkin:manfaat, tassurot, tabiiy, shuur, mudoffa.

Undoshlar imlosi.

Bb harfi.Odob, kitob so’zlarida pkabi,qibla, tobla so’zlaridavtarzida eshitilsa

hamfyoziladi.Vv harfi chetdan kirgan avtobus, avtomatkabi so’zlardaftarzida

eshitilsa ham,v kabi yoziladi. Dd harfi.Obod, ozodkabi so’zlardat kabi eshitilsa

hamdyoziladi.J j harfi. Jo’ja, jo’rakabi so’zlardatil oldi qorishiq portlovchini

ifodalasa,chetdan kirgan jurnal, gijja,ajdarkabi so’zlarda til oldi sirg’aluvchi

tovushni ifodalash uchun qo’llanadi.Zz harfi.Izsiz, yuz ko’rmaskabi so’zlarda

seshitilsa hamzyoziladi. N n harfi. Manba, tanburkabi so’zlardameshilsa

hamnyoziladi. F f harfi. Fayz,Fotimakabi so’zlarda ba’zan ptarzida aytilsa

hamfyoziladi.Q q harfi.To’qson, maqsad, maqtovkabi so’zlarda x eshitilsa ham

qyoziladi.Tutuq belgisi ( ‘ ). Quyidagi vazifalarni bajaradi.

1. Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida ayirish belgisi o’rnida

ishlatiladi.Unlilardan keyin ularning cho’ziqroq talaffuz qilinishi ifodalasa,

undoshlardan keyin kelganda ularning oldingi tovushlardan ajratib aytilishini

ko’rsatadi: a’lo,me’yor, qat’iy, tal’at.

S , h harflari yonma-yon kelganda, ularni shharfi birikmasidanfarqlash uchunham

qo’llanadi: as’hob, is’hoq.Mo’tabar, mo’jiza kabi so’zlarda o’unlisi cho’zib aytilsa hamtutuq belgisi qo’yilmaydi.

Undoshlar talaffuzida faol ishtirok etgan a’zolar ham turlicha harakat qilishi

mumkin. Masalan: t,d undoshlari talaffuzida tilning oldingi qismi faol ishtirok etsa

b, p tovushlari hosil bo’lishida lablar ishtirok etadi.Undosh tovushlarning talaffuzida

faol ishtirok etgan a’zolar shu tovushning hosil bo’lish o’rni hisoblanadi.Shunga

ko’ra, t,d undoshlari til undoshlariga,b,p undoshlari esa lab undoshlariga kiradi.

Undosh tovushlar nutq a’zolarining biror yerida to’siqqa uchrab o’tishlari bilan

o’ziga xos xususiyatga ega. Undosh tovushlar tovush paychalarining harakati va

holatiga, hovo oqimi og’iz bo’shlig’ining qayerida to’siqqa uchrashiga, faqat

shovqindan iboratligiga, talaffuz usullariga ko’ra bir-biridanfarqlanadi:

1.Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra;

2.Hosil bo’lish o’rniga ko’ra;

3.Hosil bo’lish usuliga ko’ra;

I . Undoshlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra ikkiga bo’linadi: a)

shovqinlilar; b) sonorlar.

Shovqinlilar tarkibida shovqinning miqdori ovozga nisbatan ko’proq bo’lgan

yoki ovoz qatnashmagan tovushlar b, v, g, d, j, z, k, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g’, h

kabi undoshlardir.

Shovqinli undoshlar ham o’z navbatida ikkiga bo’linadi:

1) jarangli undoshlar: b, v, g, d, z, y, j, g’.

2) Jarangsiz undoshlar: p, f, s, t, ch, k, q, x, h.

Undoshlarni janrangli va jarangsizga ajratishda quyidagi sabablar nazarda tutiladi:

a) jarangli undoshlarni talaffuz etganda,tovush paychalari qatnashib taranglashadi.

Jarangsizlarni talaffuz etganda esa ovozdorlik sezilmaydi, chunki havo oqimi tovush

paychalarini titratmaydi va tranglashtirmaydi; b) jarangli undoshlarni talaffuz

etganda jaranglashish seziladi. Shovqinli undoshga ovoz qo’shiladi, lekin ovoz

miqdori shovqinga nisbatan kam bo’ladi; c) jarangsiz undoshlar faqat shovqindan

hosil bo’ladi vaovoz mutlaqo ishtirok etmaydi.

Sonor undoshlar tarkibida ovoz miqdori shovqinga qaraganda ko’p bo’ladi. Shuning

uchun ham ular undoshlar ichida ovozliroq bo’ladi, unlilarga yaqin turadi. Ammo tarkibida qisman bo’lsa ham, shovqin ishtirok etgani uchun sonorlar undoshlarga

kiradi. O’zbek tilida sonorlarbeshta: m,ng,n,l,r .

Boshqa undoshlarning hammasi shovqinlilar hisoblanadi.

II. Hosil bo’lish o’rniga ko’ra undoshlar uch turga bo’linadi.

1. Til undoshlari. To’rt xil bo’ladi: a) til oldi: d,j,z,l,n,r,s,t,ch,sh.b) til o’rta: y. c) til

orqa: k,g,ng. d) chuqur til orqa.

2. Lab undoshlari. Bevosita lablar ishtirokida hosil qilinuvchi tovushlar bo’lib,

ulargab,v,m,p,fundoshlari kiradi. Bular ham o’z navbatida ikki turga bo’linadi. A)

lab-lab undoshlari: b,p,m. B) lab-tish undoshlari: v,f. Lab tish

undoshlari boshqa tillardan o’zlashgan so’zlar tarkibida keladi: vagon, vaqt, vafo,

fazo, farmon, telefonkabi.

3Bo’g’iz undoshlari:h

III. Hosil bo’lish usuliga ko’ra undoshlar uch turga bo’linadi.

1. Portlovchi undoshlar ikki nutq a’zosining o’zaro jipslashuvi va o’pkadan

chiqayotgan havo oqimining ana shu a’zolariga zarb bilan urilib, portlab o’tishidan

hosil bo’ladi: b,g,d,j,k,p,t,ch,q. portlovchilar ham o’z xususiyatiga ko’ra ikki turga

bo’linadi: sof portlovchilar: b,g,d,k,p,t,q. Qorishiq portlovchilar: ch,j.

2. Sirg’aluvchi undoshlar ikki nutq a’zosi o’zaro yaqinlashuvi va havo oqimining

ana shu ikki a’zo orasida ishqalanib-sirg’alib chiqishi bilan hosil bo’ladi va unga

v,j,z,y,s,f,x,h,sh,g’undoshlari kiradi.

Masalan, havo oqimining ikki lab o’rtasidagi yoki pastki lab bilan yuqori tishlar

orasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishi v, f undoshlarini;Til bilan yuqori milk

o’rtasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishi j,z,s,shundoshlarini; Tilning o’rta qismi

bilan qattiq tanglay o’rta qismi orasidagi tor oraliqdan sirg’alib

o’tishiyundoshini;Tilning o’rta qismi bilan tanglayning orqa qismi o’rtasidagitor

oraliqdan sirg’alib o’tishig’,xundoshlarini;Bo’g’izdagi un paychalari orasidagi tor

oraliqdan sirg’alib o’tishihundoshini hosil qiladi.

3. Portlovchi-sirg’aluvchi undoshlar portlash va sirg’alish jarayoning bir vaqtda yuz

berishi natijasida vujudga keladi. Bularga m,n,ng,rundoshlari kiradi.

Tarkibida yonma-yon bir xil undoshlar kelgan so’zlar qo’sh undoshli so’zlardir.

Ikki,chaqqonkabi so’zlarda undosh qismlari aniq talaffuz qilinadi va shunday

yoziladi.

Million,artillereyakabi so’zlarda kelgan qo’sh undoshlar bir undoshdek

talaffuz etiladi, lekin qo’sh undosh bilan yoziladi.

Gramm,metalkabi so’zlar oxirida kelgan qo’sh undoshlardan biri talaffuzda

tushirilib qoldirilsa ham yozuvda hamisha ifodalanadi. Bunday undosh bilan

tugagan so’zlarga qoshimchalar qo’shilganda qo’sh undoshning biri yozilmaydi.

Qatorundoshlarning talaffuzi va imlosi.Bir bo’g’inida yonma-yon ikki xil

undosh kelgan so’zlar qator undoshli so’zlardir.So’z boshidagi qator undoshlar

o’rtasiga yoki oldiga bir qisqa unli qo’shib talaffuz qilinsa ham bu qisqa unli

yozilmaydi.Go’sht,do’st,bargkabi so’z oxirida kelgan qator undoshlardan biri

talaffuzda tushib qolsa ham yozuvda ifodalanadi. Paxta nimcha o’simlik so’zlarida

ham yonma-yon kelgan ikki undosh bor, lekin bu undoshlar bir bo’g’inda

bo’lmaganligi uchun qator kelgan undoshlar hisoblanmaydi.

Quyidagi so’zlarning ichidan ng harfi bitta tovushni ifodalaydiganlarini ajratib

oling va ular ishtirokida gaplar tuzing:bunga, tongga, so’nggi, arqonga, ko’nglim,

bongi, jarangi, ingliz, arang senga, o’shanga.Tovushlar va harflar. Tovushlar va

harflarga oid asosiy bilimlar o‘quvchilarning savod o‘rgatish jarayonida

o‘rgangan amaliy bilimlariga asoslangan holda, 1-, 2-sinflarda bеriladi, ularga

oid ko‘nikma va malakalar hosil qilinadi. Tovushlar va harflar, unli va

undoshlar, ularning harfiy ifodasi; bo‘g‘in, jarangli va jarangsiz undosh

tovushlar haqida tushuncha bеriladi. Bolalar shu bilimlar asosida aytilishi va

yozilishida farq qiladigan so‘zlar; a va o, u va i tovushli so‘zlarning atilishi

va yozilishi; so‘z oxirida kеlgan jarangli b va d undoshlarining jarangsiz jufti p

va t eshitilsa ham, b va d harfining yozilishi; ayrim so‘zlar oxirida kеlgan d va t

undoshlarining talaffuzda tushib qolishi, ammo yozuvda saqlanishi; yonma-yon

kеlgan ikki bir xil undoshli so‘zlarning aytilishi va yozilishini bilib oladilar

2.2. 2-sinfda “Aytilishda tushib qoladigan undoshlar” mavzusu ustida ishlash

O‘quvchilarga jarangli va jarangsiz undosh tovushlar talaffuzini kuzatishga

asoslanib tanishtiriladi. Bundajufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar ajratiladi.

Kuzatishda o‘quvchilar faol qatnashishi va ularga jufti bor jarangli undosh bilan

jarangsiz undoshlarni ajratish qanchalik muhim ekanini yaqqol ko'rsatish uchun

faqat bitta undosh tovush bilan farqlanadigan baqir — paqir, gul - kul, dil — til,

zina — sina, joy — choy kabi so'zlardagi tovushlarni taqqoslash maqsadga muvofiq.

Bunda o‘qituvchi o'quvchUar diqqatini b~p, v—f, g~k, d~t, z~s,j—ch, j—sh

tovushlari bid jarangli, ikkinchisi jarangsiz undoshdan iborat tovush juftlarini hosil

qilishiga qaratadi, ularning talaffuzidagi farqni amaliy tushuntiradi (jarangli undosh

tovushlarda shovqin va qisman ovoz qatnashadi, jarangsiz undoshlarda esa faqat

shovqin eshitiladi).

O‘zbek tilida ikki har xil undosh yonma-yon keladigan so‘zlar mavjud.

Oxirida yonma-yon kelgan ikki undoshli rost, do’st, xursand, payvand, xo’rozqand

kabi so‘zlardagi d, t undosh tovushlar ba‘zan aytilmaydi (talaffuz qilinmaydi),

ammo yoziladi.

Dasturga ko‘ra, o‘quvchilar nutqida ko‘p qo‘llanadigan, ularning faol

lug‘atiga aylangan ayrim so‘zlar misolida bunday so‘zlarning aytilishi va

yozilishi haqida o‘quvchilarda ko‘nikma hosil qilish ko‘zda tutiladi.

1-dars

Mavzu: Aytilishda tushib qoladigan undoshlar



Ta‘limiy maqsad: So‘z oxirida aytilishida tushib qoladigan d va t undoshli

so‘zlarning to‘g‘ri aytilishi va imlosi haqida ko‘nikma hosil qilish.

Ta‘rbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni so‘zlarni orfoepik me‘yorlarga amal qilgan

holda talaffuz qilishga o‘rgatish, ularda nutq madaniyatini shakllantirish.

Darsning borishi:

Oxirida yonma-yon kelgan ikki undoshli so‘zlarning to‘g‘ri aytilishi va

yozilishini kuzatish.

I. Lug‘at ustida ishlash.

Lug‘at ustida ishlashda so‘zlarning izohi o‘qituvchi tomonidan aytiladi,

o‘quvchilar izohga mos so‘zni topib aytadilar. Bi mashq ―Bir so‘z bilan

ayting‖ deb nomlanishi mumkin.

─ O’zbekistonning markaziy shahrining nomi. (Toshkent)

─ Biror o’simlikni boshqa o’simlik tanasiga ulab o’tkazish usuli. (Payvand)

Ota-onaning o’g’il va qizi. (Farzand)

─ Tana qo’yib, shoxlar chiqarib o’sadigan o’simlik. (Daraxt)

─ Oziq-ovqat mahsuloti. (Go’sht)

─ Insonning yaqin kishilaridan biri. (Do’st)

─ Biror harakatni bajarish uchun astoydil bel bog’lash. (Qasd)

─ Odamning shod bo’lgandagi holati. (Xursand)

─ Amir Temur poytaxt qilgan shahar nomi. (Samarqand)

─ Bolalarning sevimli shirinligi nomi. (Xo’rozqand)

O‘quvchilar aytgan so‘zlarni o‘qituvchi doskaga yozib boradi.

─ Shu so‘zlarning oxirida nechta undosh harf yozilgan?

O‘qituvchi muammo mohiyatini qisqacha tushuntiradi: o‘zbek tilida mana shu

kabi oxirida ikkita undosh yonma-yon kelgan so‘zlarni aytganimizda, ba‘zan

so‘z oxiridagi d, t tovushlari tushib qoladi, ammo bu so‘zlarni yozganda, asliga

muvofiq, ya‘ni oxiridagi undosh harfni tushirib qoldirmay, xursand, Samarqand,

do’st, g’isht kabi yozamiz.

II. Aytilishda tushib qoladigan undoshlarni kuzatish.

1. So‘z oxirida d, t harflari tushirib qoldirilgan so‘zlarni yozdirish,

aytilishi va yozilishni qiyoslash.

131-mashq. Nuqtalar o‘rniga d, t harflaridan mosini qo‘yib ko‘chiring.

Xursan… , balan… , darax… , pas… , farzan… , payvan… , ros… , do‘s… .

2. O‘quvchilarga qoidani darslikdan o‘qitish.O‘quvchilarga qoidani tushuntirishda Samarqand, farzand, do’st, daraxt so‘zlari bilan obod, ozod, hayot, iqtisod, ma’naviyat kabi so‘zlar qiyoslanadi, ya‘ni

qoida ketma-ket kelgan undoshli so‘zlar uchun yozilganligi eslatib o‘tiladi

III. Aytilishda tushib qoladigan undoshlarning aytilishi va yozilishi haqidagi

ko‘nikmani shakllantirish. Buning uchun darslikdagi 132-mashqdan

foydalaniladi.

Mashq sharti quyidagicha: O‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning aytilishi

va yozilishidagi farqni ayting.

Ona shahrim – azim Toshkent,

Go’zallikda tengsiz poytaxt.

Kelajagi buyuk shahar,

Quchog’ida yuz ochar baxt.

Ko’chalari ravon, nurli,

Binolari ko’rkam, baland.

Bo’lsam deyman bir koriga

Yaraydigan komil farzand.

Abdurahmon Akbar

1. O‘qituvchi o‘quvchilarga ―Men she‘rni o‘qib beraman, sizlar aytilishida

tushib qoladigan d va t undoshli so‘zlarni aniqlab aytasiz‖ topshirig‘ini berib,

yuqoridagi she‘rni ifodali o‘qiydi. O‘quvchilar Toshkent, poytaxt, payvand, baland

so‘zlarini aniqlaydilar (zarur bo‘lsa, o‘qituvchi yordam beradi).

O‘quvchilar 133-mashqni mustqil bajaradilar. O‘qituvchi o‘quvchilar javobini

umumlashtiradi, mavzu haqidagi fikrlarni xulosalaydi.

Darsni yakunlash.

Savol: Darsda nimalarni bilib oldingiz?

IV. Uyga vazifa. 134-mashq. O‘rganilgan mavzuga mos to‘rtta so‘z

yozish.

2- dars


Mavzu: Aytilishda tushib qoladigan undoshlar

Maqsad: So‘z oxirida aytilishida tushib qoladigan d va t undoshliso‘zlarning

to‘g‘ri aytilishi va imlosi haqidagi ko‘nikmani o‘stirish.

Darsning borishi.

I. Uy vazifasini tekshirish.

Mashq parta oralab ko‘rib chiqilgach, bir necha o‘quvchi yozib kelgan

so‘zlarni o‘qiydi, qanday yozganini tushuntiradi.

II. So‘zlarning aytilishi va yozilishini taqqoslash bilan aytilishda tushib

qoladigan undoshlarning imlosi haqidagi ko‘nikmani mustahkamlash.

1. Izohli yozuv: o‘qituvchi quyidagi so‘zlarni to‘g‘ri qilib aytadi: payvand, farzand,

baland, xursand, Samarqand, do’st, mashinist, juft, g’isht, go’sht.

O‘quvchilar navbat bilan so‘zlarni izohlab doskaga yozadilar, qolgan

o‘quvchilar daftarlariga ko‘chirib yozadilar. Masalan, payvand so‘zida ikki

bo‘g‘in bor: pay-vand, so‘z oxiridagi d undoshi aytilishda ba‘zan eshitilmaydi,

ammo so‘z oxirida d harfi yoziladi.

2. 135-mashqni birgalikda bajarish.

135-mashq. Maqollarni o‘qing.

Mehnatdan do‘st ortar. Boshingga qilich kelsa ham rost gapir. Rejasiz ish – olipsiz

g‘isht. Baland tog‘da qor bo‘lar, mard kishida or bo‘lar.

Ikkita maqolni ko‘chiring. Aytilishi va yozilishida farq qiladigan so‘zlarning

tagiga chizing.

3. 136-mashqni mustaqil bajarish.

4. O‘z diktant yoki yoddan yozuv. 137-mashq.

III. Darsni yakunlash.

IV. Uyga vazifa. 138-mashq.

3. 3-sinfda “Talaffuzda tushib qoladigan undoshlar” mavzusi ustida ishlash

Fonеtik tushunchalar ustida ishlash ona tili o‘qitish tizimida asosiy vazifalardan

biri sanaladi. Chunki tovush tilshunoslikda til birligi sifatida muhim ahamiyatga

ega. Shuning uchun tovush ma‘no farqlovchi fonema sifatida boshlang‘ich

sinflardan boshlab o‘rgatib boriladi.

3-sinfda fonеtik tushunchalarga oid bilimlar yanada kеngaytiriladi.

3-sinfda sinfda ―Talaffuzda tushib qoladigan undoshlar‖ mavzusi asosida

o‘quvchilar so‘z oxirida tushib qoladigan undoshli so‘zlar va ularning imlosi bilan

tanishadilar. Quyida aynan shu mavzu asosida tashkil qilingan dars ishlanmasini kеltirib o‘tamiz.

Mavzu: Talaffuzda tushib qoladigan undoshlar

Darsning maqsadi: Talaffuzda tushib qoladigan undoshlarning imlosini takrorlab, mustahkamlash; chiroyli yozuv malaka va ko‘nikmalarini

takomillashtirish; Vatanga mеhr-muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalash.

Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.

Darsning mеtodi: suhbat, savol-javob, kuzatish.

Darsning jihozi: shahar va qishloqlarning bugungi go‘zal qiyofasi tasvirlangan

rangli rasmlar.

Darsning borishi:

Darsni tashkil etish. O‘quvchilarning darsga tayyorgarligi kuzatiladi. Yoddan

yozuv diktanti.

53-mashqdagi shе'r kitobdan bir nеcha marta o‘qitiladi (o‘qituvchi bilan

birgalikda jo‘r bo‘lib, ovozsiz, ichdan, yakka holda).

Farzand bo’lib maqtayman,

Xursand bo’lib maqtayman.

Shu o’lka suvin ichdim,

Dilband bo’lib maqtayman.

Onajon O’zbekiston,

Mehribon O’zbekiston.

Po’lat Mo’min

O‘qituvchi o‘quvchilar shе‘rni yod olganlariga ishonch hosil qilgach, kitoblar

olib qo‘yiladi. O‘quvchilarga shе‘rni yoddan mustaqil yozish tavsiya etiladi.

O‘quvchilar yozganlarini kitobdan tеkshiradilar. Talaffuzda tushib qoladigan

undoshlarning imlosini kuzatish, o‘rgatish. So‘z oxirida tushib qoladigan t, d

undoshlarining imlosi 54-mashqni o‘quvchilar jamoasi bilan doskada va daftarda

bajarish orqali eslatiladi. O‘quvchilar mashq talabini bajarib, so‘zlarni qayta

o‘qib, yozganlariga qiyoslaydilar. O‘qituvchi rahbarligida bunday so‘zlarning

talaffuzi va yozilishidagi farqni aniqlaydilar, shu so‘zlar bilan og‘zaki gaplar

tuzadilar. Darslikdagi qoida ustida ishlanadi. O‘qituvchi qoidani tushuntirgach,

o‘quvchilar uni kitobdan o‘qiydilar, qoidaga mos misollar tanlaydilar, o‘quvchilar

aytgan so‘zlardan 6 – 8 tasi doskaga (talaffuzda tushib qoladigan undoshlar o‘rniga

nuqta qo‘yilgan holda) ikki ustun

shaklida yozib boriladi.

Samarqan... Toshkеn...

Payvan... darax...

Bahraman... kaf...

O‘quvchilar birinchi ustundagi so‘zlarning oxiriga ―d‖, ikkinchi ustundagi

so‘zlarning oxiriga ―t‖ undoshlarini qo‘yib, so‘zlarni ko‘chiradilar. O‘qituvchi

so‘zlarni o‘qiydi. Bolalar so‘zlarning aytilishi bilan yozilishini kuzatib boradilar.

Birinchi ustundagi so‘zlar o‘qilganda ―d‖ undosh tovushining tushib qolayotganini,

ikkinchi ustundagi so‘zlar o‘qilganda esa ―t‖ undosh tovushi tushib qolayotganini

aniqlaydilar. Qoidani bilganlaricha aytib bеradilar. So‘ngra 55-mashq bajariladi.

Mustaqil ish. O‘qituvchi doskaga farzan., mush., balan., mashinis., dilban.,

g‘ish., ros. so‘zlarini yozib qo‘yadi, o‘quvchilarga nuqtalar o‘rniga ―d‖, ―t‖

undoshlaridan mosini qo‘yib, doskada bеrilgan so‘zlarni ikki ustun shaklida

yozishni topshiradi

va birinchi ustunga oxirida ―d‖ harfi yoziladigan so‘zlarni yozish tushuntiriladi.

Mustaqil ish o‘quvchi rahbarligida tеkshiriladi.

Mantiqiy mashq.

57-mashq. Bu mashq topshirig‘iga ko‘ra og‘zaki bajariladi. O‘quvchilarning diqqati

juft, to‘rt so‘zlarining talaffuzi va imlosiga qaratiladi. Bu so‘zlar o‘quvchilarga

takror-takror talaffuz qildiriladi. Talaffuzda to‘rt emas to‘r eshitilayotgani, bunda

so‘z ma'nosi butunlay o‘zgarib kеtganligi, juft so‘zini talaffuz qilishda juft

emas, jup, ya'ni ―f‖ o‘rnida ―p‖ eshitilayotgani, shunga qaramay, bu so‘zlar

aslicha yozilishi tushuntiriladi. So‘ngra gap mazmunan qanday gap ekanligi

aniqlanadi. Gap mantiq tomondan ko‘rib chiqiladi va unda so‘raldayotgan narsa

qanday joylashtirilishi haqida xulosa chiqariladi.

Husnixat mashqlari. Husnixat uchun matеrial.

Uu. Umid, Murod, Umid Murod bilan inoq.

Darsni yakunlash.

Uyga vazifa: 56-mashq. Talaffuzda ―d‖, ―t‖ undoshlari tushib qoladigan

so‘zlardan 10 ta topib yozish.

Dars davonida o‘quvchilarning bilimini mustahkamlash, orfografik hushyorligini

ta‘minlash uchun “So’z ichida ketma-ket kelgan har xil undoshlar” mavzusiga

doir ta‘limiy mashqlarni o‘ylab toppish, ijod qilish hamda ularni dars davomida

qollash yaxshi samara beradi. Quyida ana shunday mashqlardan misollar

keltirilgan.

Tushunchani so’z bilan ifodalash mashqlari:

Onalarda tugamaydigan ―narsa‖ (mehr)

Eng yaqin o‘rtoq (do‘st)

O‘zbekistonning poytaxti (Toshkent)

Nomi shirinlik bilan tugaydigan shahar (Samarqand)

Ayollar bayrami oyi (mart)

Va‘dasida turadigan, saxiy (mard)

Ertaklardagi podshohlar yashaydigan joy (qasr)

Yuz yil (asr)

Hech to‘xtamaydigan jarayon (vaqt)

Bolalar yaxshi ko‘radigan shirinlik (qand)

Antonim so’zlardan:

Xafa emas (xursand)

Tez emas (sust)

Baland emas (past)

Suyak emas (go‘sht)

Yolg‘on emas (rost)

Bo‘sh emas (band)

Aql emas (jahl)

Nasiya emas (naqd)

Loy emas (g‘isht)

Vodiy emas (dasht)

Bunday mashqlar o‘quvchining so‘z boyligini oshiradi, darsga bo‘lgan

qiziqishini orttiradi.

Mavzu: Diktantni tahlil qilish. Yo‘l qo‘yilgan xatolar ustida ishlash. O‘rganilgan

mavzularni mustahkamlash mashqlarni bajarish.

Maqsad: Xatolar ustida ishlash ko‘nikmasini shakllantirish; jarangli va jarangsiz

undoshlarni, talaffuzda tushib qoladigan va ketma-ket kelgan bir xil undoshli

so‘zlarni to‘g‘ri yozish ko‘nikmasini o‘stirish.

Darsning borishi.

Diktant natijasi haqida tushuntirish.

II. Ko‘pchilik o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xatolar ustida ishlash.

1. Diktant matnidagi so‘z oxirida talaffuzda tushib qoladigan undoshli

so‘zni va shu qoidaga mos o‘zingiz yozgan so‘zlarni o‘qing.

2. So‘z ichida ketma-ket kelgan bir xil undosh harf yozilgan so‘zlarni

o‘qing. Talaffuzda tushib qoladigan undoshli va ketma-ket kelgan bir xil

undoshli so‘zlarni xato yozgan o‘quvchilar shu so‘zlarni to‘g‘ri yozadilar. Boshqa

o‘quvchilar aytilishida tushib qoladigan va ketma-ket ikkita bir xil undosh harf

yoziladigan so‘zlarga ikkitadan misol aytadilar va yozadilar.

III. Darsni yakunlash.

IV. Tarqatma materiallar bilan ishlash.

V. Uyga vazifa. O‘rganilgan qoidalarni yodda tutish.

Mavzu bo’yicha dars ishlanma

Mavzu: Undosh tovushlar va harflar

Dars maqsadi:

Тa’limiy: O`quvchilarning undosh tovushlar va undosh harflar

haqidagi bilimlarini aniqlash, undosh tovushlarni hosil

bo`lishi, ularni so`z tarkibida aniqlay olishini

mustahkamlash.

Tarbiyaviy:

O`quvchilarni topqirlikka o`rgatish, tabiat ne`matlarining

foydasi haqida tushuncha hosil qilish, tabiatni asrashga,

parvarishlashga o`rgatish.

Rivojlantiruvchi:

O`quvchilarning undosh tovush va harflar haqidagi

bilimlarini, so`z boyligini, chiroyli yozuv malakalarini

rivojlantirish.

Dars turi: Mustahkamlovchi dars.

Dars jihozi:

Undosh harlarning kesma shakli, narsalarning rasmlari,

ko`rgazmalar, proektor, 1-sinf darsligi muallif

E.Shodmonova, T.G’afforova, 2014 yil, ona tilidan

qo’llanma.

Dars uslubi:

Savol-javob, suhbat, o`tilgan mavzuni mustahkamlashda

“So`z o`yini”dan foydalanish, tarmoqlash usulidan,

proektor yordamida “So`z tuz” o`yinidan foydalaniladi.

Darsning borishi

TASHKILIY QISM:

Navbatchi axborotini tinglash.O’quvchilar davomatini aniqlash. (3 daqiqa)

O`qituvchi: Hozir qaysi fasl?

Kuz faslida ob-havo qanday bo’ladi?

Bugun ob-havo qanday?

Shu kunning yangiliklari asosida suhbat tashkil etish.

O`qituvchi: Hozirgi kunda qanday yangiliklarning guvohi bo`lyapsiz yoki

eshitdingiz?

O`quvchi: Sport yangiliklari, poytaxtimizga tashrif buyurgan mehmonlar

haqidagi yangiliklari aytiladi.

O`qituvchi: Hozir qaysi dars? (6 daqiqa)

O`quvchi: Ona tili.

O`qituvchi: Biz o`tgan ona tili darsimizda qanday mavzu bilan tanishganmiz,

uyga vazifa nima?

O`quvchi: Unli tovush va harflarni mustahkamlash.Uyga vazifa 23-mashq.

Shartiga ko`ra so`zlar tuzib, yozish lozim.

O`qituvchi: 2-3- o`quvchidan uy ishi so`raladi, muhokama qilinadi. Uyga

berilgan vazifa baholanib, umumlashtiriladi.

O`qituvchi: Otilgan mavzularni biz yodga olaylik. Unli tovushlar qanday

aytiladi?

O`quvchi: Unli tovushlar hech qanday to`siqqa uchramaydi, cho`zib talaffuz

qilinadi.

O`qituvchi: Unli tovushlar nechta va qaysilar?

O`quvchi: 6 ta: a, o, e, i, u, o`.

O`qituvchi: Uchqur so`zini bo`g`in-tovush, tovush-harf jihatidan tahlil qilinadi.

O`quvchi: Uch – 1 bo`g`in, 2 ta tovush (u, ch), 2 ta harf (u, ch).

qur – 2 bo`g`in, 3 ta tovush (q, u, r), 3 ta harf (q, u, r).

O`qituvchi: a, u, o unlilari bilan boshlanuvchi so`zlar topadi, izohlaydi.

O`quvchilar bilimlari izohlanadi, rag`batlantiriladi.

Dam olish daqiqasi:

Bo`yin cho`zib qarag`ay,

Yon atrofga qaragay.

Der u: barcha daraxtdan,

Baland akang qarag’ay.

O`qituvchi: O`zbek tilida unli tovushdan tashqari yana qanday tovush bor, u

qanday hosil bo`ladi?

O`quvchi: Undosh tovush to`siqqa uchraydi, cho`zilmaydi. O`zbek tilida 23 ta

undosh harf bor.

Dars maqsadi e’lon qilinadi.

YANGI MAVZU BAYONI:

O`qituvchi: Mana, sizlar bilan bugun undosh tovushlarni takrorlaymiz. Sinf

daftariga sana, mavzuni yozing. Lug`at diktanti

(kuz, qalam, kitob, shavla, burgut, bulbul).

Undosh harflarning tagiga chiziladi. Sinf taxtasidagi so`zlar bilan tekshiriladi.

DARSLIK BILAN ISHLASH:

O`quvchilarga undoshlar haqida, ularning yozilishini o`rgatish.

O`qituvchi: Quyidagi topishmoqning javobini toping:

Ikki yoni tog`, o`rtasida

sarig` yog`.

(yong`oq)

Darsligimizning 17-betidagi 24-mashqda Ibrohim Donishning

“Yong`oq” she`ri berilgan. (5 daqiqa)

O`quvchilar o`qib, undoshlar tagiga chizish topshiriladi. Nechta undosh borligi

aniqlatiladi (15 xil undosh, 9 xil undosh ishtirok etmagan).

Sinf taxtasiga yozilgan she`r matnini daftarlariga ko`chiriladi.O’quvchilarga

chiroyli yozish qoidalari eslatiladi.

Dam olish daqiqasi:

Olma yedim baqalog’idan,

Anjir yedim yapalog’idan.

Olcha yedim qo’shalog’idan,

Dehqon boboning shapalog’idan.

“So`z tuz!” mashqi proektor orqali beriladi. O`quvchilarga proektor haqida

tushuncha beriladi. Mashq shartini tushuntiriladi. O’quvchilar har bir shakldan

oltitadan so’z tuzishlari kerak. (3 daqiqa)

Qatorlar bo’yicha tuzilgan so’zlar o’qitilib,rag’batlantiriladi. (2 daqiqa).

25-mashq asosida rasmli diktant o`tkaziladi. Darslikdagi lug`atdan tekshiriladi.

Sabzavotlarning foydasi, vitaminlarga boyligi, ularni yetishtirishda dehqonlarning

mehnati haqida suhbat o`tkaziladi. Daftarga yozilgan sabzavot nomlaridagi

undoshlarning tagiga chizish topshiriladi.

O`qituvchi: Mehnat haqida qanday maqollar bilasiz? (4 daqiqa)

1-o`quvchi: Mehnat – baxt keltirar.

2-o`quvchi: Mehnat, mehnatning tagi rohat.

3-o`quvchi: Ishlagan tishaydi, ishlamagan tishlamaydi.

O`qituvchi: Barakalla, bolajonlar, mehnat insonni ulug`laydi sog`lom qiladi,

chiniqtiradi.

Dam olish daqiqasi.

“Zanjir” o’yini: Bunda o’quvchilar aytgan birinchi so’zning oxiridagi harf bilan

ikkinchi so’zni aytishlari kerak. (5 daqiqa)

O`qituvchi: O`tilgan mavzuni mustahkamlovchi savollar, topshiriqlar beriladi.

(5 daqiqa)Kesma harflar ichidan undosh tovushni ifodalovchi

undosh harflarni ajratib ko`rsatish, o`kuz topshirig`I beriladi.

Undosh tovushlarga qoida chiqariladi.

O`quvchi: Undosh tovushlar og`izda to`siqqa uchraydi, qisqa aytiladi, ovoz va

shovqindan hosil bo`ladi.

35-mashq uyga bajariladi. O`quvchilar undosh tovushni aniqlaydilar, harf

birikmalarini ajratib tagiga chizadilar (sh, ch, ng). (2 daqiqa)

O`qituvchi: Harf birikmalariga nechta katak ajratiladi (1 ta), nima uchun?

Mustahkamlovchi topshiriqlar beriladi.

O`qituvchi: Lug`at diktantdagi so`zlar ishtirok etgan gaplar tuzing.

O`quvchilar: Kuz keldi. (4 daqiqa)

Qalam bilan chiroyli rasm chizdim.

Kitob-mening do`stim.

O`qituvchi: Mana shu tuzgan gaplarimizda undosh tovushlar ishtirok

etganmi?


O`quvchilar: Albatta, har bir so`zimiz unli va undosh tovushlardan tuzilgan.

Bunda o`quvchilarning o`g`zaki nutqi, so`z boyligi o`sishi ko`zda tutilgan.

Bilardim, bildim, bilmoqchiman. (4 daqiqa)

O`quvchilar o`z bilimlarini belgilar qo`yish orqali aks ettiradilar. Har bir o’quvchiga

uchta shakl chizilgan qog’ozlar tarqatiladi.

Agar dars o’quvchiga yoqsa,birinchi rasmga kulib turgan shakl chizadilar.

Agar dars yoqmasa,yig’lab turgan shaklni,darsga befarq bo’lsa to’g'ri chiziq

chizadilar.

O`quvchilar bilimlari baholanib, rag`batlantiriladi. (2 daqiqa)


Download 48.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling