I bob ehtimollikning geometrik ta’rifi 6
Download 208.02 Kb.
|
tasodifiy
Mavzu Suyuqliklarning sirt tarangligini o’rganish. Reja Kirish, 9 fiziologiya, 4-Mavzu Ijtimoiylashuv omillari va vositalari Reja, Qishloq xo\'jaligi va sanoat soxasidagi o\'zgarishlar (1), Такдимоти, Barqaror rivojlanish konsepsiyasi haqida tushuncha, SIRTQI-2 SEMESTR VAZIFA 2022 (1), 3922101877, Raximov R, Mavzu Maydonli tranzistorning rivojlanish tarixi Maydonli tranz, Holidays of Uzbekistan, kkk, K I R I Sh, K I R I Sh
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH
Mundarija:KIRISH 3 I.BOB EHTIMOLLIKNING GEOMETRIK TA’RIFI 6 1.1. Ehtimollikning geometrik ta’rifi 6 1.2. Ehtimollar nazariyasiniaksiomatik asosda qurish 11 II.BOB. TASODIFIY MIQDORLAR 18 2.1. Tasodifiy miqdorlar. 18 2.2. Diskret tasodifiy miqdor ehtimollarining taqsimot qonuni. 19 XULOSA 23 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 24 KIRISHBugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o`z oldiga ezgu va ulug` maqsadlar qo`yib, tinch – osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o`z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat fuqorolik jamiyati qurish yo`lida ulkan natijalarni qo`lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz. Matematika fanining ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, differensial tenglamalar va matematik fizika, funksional taxlil sohasidagi yutuqlari respublikadan ancha uzoqda ham mashhur”. Mamalakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarning eng muhimlardan biri – bu ta`lim tizimini hozirgi zamon talablari asosida qayta tashkil etishdan iboratdir. Oliygohni bitirayotgan talabalarimiz o`zlari egallagan mutaxassislik bo`yicha malakali mutaxassis bo`lishlari, ilm- fanning, xalq xo`jaligining turli jabhalaridagi o`rnini anglab olgan bo`lishlari kerak. Bu o`rinda I. A.Karimovning ushbu so`zlarini keltirish joizdir: “ Zero, ilm-u tafakkur odamlari qalbiga nur, ongiga ziyo, xonadoniga fayz-baraka keltiradigan buyuk mo`jizadir. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, barkamol tashkilotchi va zukko kadlarni tayyorlash ishiga alohida ahamiyat berishimiz kerak. Binobarin savodli xalq va ilmli rahbarlar bilan ishlash ham oson, ham zavqli…”. 2008 yilda boshlangan va bugungi kunda ko`lami tobora kuchayib, chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi to`g`risida so`z yuritsak. Darhaqiqat, bugungi kunning eng dolzarb muammosi – bu jahon moliyaviy inqirozi, uning ta`siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo`llarini izlashdan iboratdir. Hozirgi davrda axborot – kommunikatsiya texnologiyalari orqali uzitiladigan axborot jamiyat rivojining eng muhim shartlaridan biri bo`lib qoldi. U ishlab chiqarish resursi, insonlar orasidagi aloqani ta`minlovchi qudratli vositaga aylandi. O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning Oliy Majlis palatalarining 2010 yil 12 noyabr kuni bo`lib o`tgan qo`shma majlisida taqdim etgan konsepsiyasida axborot sohasini isloh qilish, axborot va so`z erkinligini ta`minlash borasidagi qonunchilik tashabbuslari ushbu sohada bosqichma – bosqich amalga oshirilayotgan tadrijiy islohotlarning uzviy davomi bo`lib, axborot olishning erkin va teng huquqliligini ta`minlash, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi prinsiplarini amalga oshirish, sohada bozor mexanizmlarini yanada takomillashtirish va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, fuqorolik jamiyati institutlari tizimida katta ommaviy axborot vositalarining rolini yanada kuchaytirishga qaratilgan samarali huquqiy mexanizmlarni yaratishni nazarda tutadi. Umuman, mazkur sohada samarali huquqiy mexanizmlarni yaratilishi hamda joylardagi sohaga oid qonun hujjatlari ijrosini ta`minlash iste’molchilarning barcha qatlamlari hamda jadallik bilan rivojlanib borayotgan zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalariga mos tushadigan, tubdan yangilangan axborot – kommunikatsiya tarmoqlari vujudga kelishiga zamin yaratib, mamlakatimizda axborotlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda O`zbekistonning butun jahon axborot hamjamiyatida munosib o`rin egallashiga hizmat qiladi. Endi matematika fanining o`tmishi va hozirgi ahvoli haqidagi ayrim fikrlarni keltiramiz. “Agar biz boshqa fanlarda shubhasiz aniqlikka va bexato haqiqatga kelmoqchi bo`lsak, unda har qanday bilimning negizlarini matematikadan boshlamog`imiz kerak”,-deb yozgan edi ingliz faylasufi Rojer Bekon. Haqiqatan ham, matematika eng qadimiy va hamisha insoniyatning o`sib ulg`ayishiga asosiy omil bo`lib kelgan fandir. Insoniyat tarixidan ma’lumki, odamlar ham so`zlashishni o`rganmaslaridan avvalroq sanash ehtoyojini sezganlar. Matematika g`oyat bir universial fanki, u har bir fanning rivojlanishida muhim rol o`ynagan. Matematikaning qanchalik muhimligini shundan ham bilsak bo`ladiki, hozirgi zamonda matematika kirib bormagan sohani topishning o`zi mushkul masalaga aylangan. Ushbu fanning katta ahamiyatini anglab yetilgani bois, matematika fani, matematikadan juda yiroq, deb hisoblanib kelgan filologiya, adabiyot,huquqshunoslik, tarix va boshqa juda ko`p fanlarni o`rganing sistemasiga alohida fan bo`lib kiritildi. Matematikaning insoniyat tarixida va rivojlanishi jarayonida nechog`lik ahamiyatga ega ekanini juda ko`p allomalar munosib baholaganlar. Masalan, ulug` shox va shoir, astranom matematik Mirzo Ulug`bek “ matematika g`oyat bir yuksak fanki, unda bir olam mo`jiza yotadi “,- deb bashorat qiladi. Haqiqatan ham, matematika ilmi insoniyat uchun bebaho ekanligini tan olmaydigan aqlli odamni topish amri mahol, chunki har bir fanning rivojlanish darajasi bu fan sohasiga matematik bilimlarning nechog`lik kirib borganligi bilan baholanadi. Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Ma’lumki, matematika moddiy dunyoning ob’ektlarni o`rganadi. Matematik statistika ommaviy va ijtimoiy xarakterga ega bo`lgan tabiiy jarayonlarni tahlil etish uchun matematik apparat bo`lib xizmat qiladi. Ushbu kurs ishi ishida matematik statistikadagi nazariy tuchunchalarni amaliyot bilan bog`lash mavzuning dolzarbligini bildiradi. Kurs ishining masad va vazifalari: Kurs ishini bajarishdan maqsad, ehtimollar nazariyasi va matematik statistikani asosiy tushunchalarini amaliy qo`llash imkoniyatlarini o`rganishdan iborat. Kurs ishi ob’ekti va predmeti: ta`lim tizimida ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fanining elementlarini o`rganish va uni amaliyotga qo`llash jarayoni, shuningdek matematik statistika kursida noma’lum parametrlarni baholash tushunchalarini shakllantirish mazmuni, shakli, vositalari va metodlari. Download 208.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling