I bob. Frazeologizmlarning nazariy asoslari


Download 106.81 Kb.
bet1/18
Sana05.04.2022
Hajmi106.81 Kb.
#625095
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Dis.ya.Muxammadiyeva Munira
Alisher Navoiy. Mahbubul qulub, text, nurimova Dil..matem.mustaqil, Nurimova Dildor 3-amaliy, Nurimova Dildor 3-amaliy, Maqsad Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qish (1), 3-maruza Geometriya tarix, Maktab geometriyasi, ingliz tili maqsad, labor 1, Ichki nazorat (2), UNIT 6 HEMIS TASKS TASK2

Mundarija
I BOB. FRAZEOLOGIZMLARNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. O‘zbek tilining frazeologik lug‘atida "fe'l-atvor" semali frazemalar tahlili
1.2. Tilshunoslikda til birliklarining psixolingvistik xususiyatlari


II BOB. "FE'L-ATVOR" SEMALARINING PSIXOLOGIK VA LINGVISTIK ASPEKTI
2.1 O‘tkir Hoshimov qissalarida "fe'l-atvor" semali frazemalarning qo‘llanilishi
2.2. "Bahor qaytmaydi" qissasida ijobiy semali fe'l-atvor frazemalari tahlili
2.3 “Bahor qaytmaydi” qissasidagi fe’l-atvor semali frazemalarning psixolingvistik xususiyatlari


III BOB. FRAZEMALARNING PSIXOLINGVISTIK TADQIQOTLARDAGI AHAMIYATI
3.1. O‘tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" qissasida frazemalarning qo‘llanilishi
3.2. "Dunyoning ishlari" qissasida salbiy semali "fe'l-atvor" frazemalari tahlili
3.3. “Dunyoning ishlari” qissasidagi fe’l-atvor semali frazemalarning psixolingvistik xususiyatlari


XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH
Mustaqillikka erishganimizdan buyon tilshunoslik sohasida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Tildagi barcha birliklar xalqimizning til boyligi, javohirlari hisoblanadi. Hozirgi kun talablari bilan hayotimiz mezoniga e’tibor beradigan bo‘lsak, xalq tili o‘zining ko‘zga ko‘rinmas kuchga egaligini namoyon qilmoqda. Yurtboshimiz bir nutqida: “Ona tilining buyuk ahamiyati shundaki, u ma’naviyat belgisi sifatida kishilarni yaqin qilib jipslashtiradi”, deya ta’kidlaydilar. Tilga bo‘lgan bu kabi e’tiroflar sabab ham tilshunoslikning barcha sohalari bo‘yicha yangi tadqiqotlar yaratildi va yaratilmoqda. Jumladan, frazeologizmlar va ularning nutqiy kontekstda tutgan o‘rni keng tadqiq etilmoqda. U o‘z tekshirish ob‘ektiga, tadqiq etish yo‘li va usullariga ega bo‘lgan fan tarmoqlari sifatida shakllanib bormoqda.
Tilshunoslikda frazeologizmlarning leksik-semantik xususiyati, Grammatik tuslanishi va turlanishi o‘rganilgan bir paytda, frazeologizmlarning badiiy matnda qo‘llanilishi bilan bog‘liq ba’zi masalalar o‘z yechimini kutmoqda. Birinchi navbatda, frazeologizmlarning asosiy vazifasi shundan iboratki, u badiiy asarning tiliga hamda so‘zlashuv nutqiga jilo beradi, uni sayqallashtiruvchi ifodaviy tasvir vositalarining badiiy asarlar tilida namoyon etadi. Badiiy asar tilidagi individual -muallif frazeologizmlarini o‘rganish, ularning ma’no qirralarini aniqlash, ularni frazeologik lug‘atlarga kiritish kabi masalalar tilshunoslar e’tiborida bo‘lmog‘i zarur. Badiiy asarlar tilining o‘zi murakkab jarayon bo‘lganligi uchun, badiiy asarlarda yozuvchining individual yondashuvi mavjudligi sabab turli mualliflarga oid badiiy asarlarni emas, asarlarida hayotiylik nafasi ufurib turuvchi qalami o‘tkir yozuvchi O‘tkir Hoshimovning badiiy asarlarida keltirilgan frazeologizmlarni tadqiq va tahlil etishni rejalashtirdik. Chunki o‘zbek adabiy tili va badiiy asar tili frazeologizmlarini so‘z san‘atkorlari tili va uslubi doirasida o‘rganish salmoqli natijalarga olib keladi. Yangi nazariy fikrlarni hosil qilish va yangicha uslubdagi frazeologizmlarni yig‘ishga erishish tufayli ham ish o‘z dolzarbligini kasb etadi.
Frazeologizmlar xalq boyligi bo‘lganligi sababli ham uning manbalari u yoki bu xalq yashayotgan joyining tabiati, iqtisodiy tuzumi, tarixi, madaniyati, hayot tarzi, og‘zaki ijodiyoti, badiiy adabiyoti, san’ati, fani, urf-odati kabilar bilan chambarchas bog‘lanadi.
Frazemalar smantikasi o‘ziga xos murakkab strukturaga ega. Frazeologik ma’noning murakkabligi frazemalarning leksik-semantik munosabatlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Frazeologik ma’nolar o‘rtasdagi ziddiyat masalasi antonimiya chegarasidan chiqadiki, ularni so‘zlar kabi antonimiya hodisasi chegarasida o‘rganish keng qamrovli hodisani tor qolipga solgandek tuyuladi. Bizningcha, frazemalarning zid ma’no munosabatlarini antisemiya munosabati doirasida tadqiq etish o‘zbek tilshuosligi uchun dolzarb masala kasb etadi. Zero, tilshunosligimizda frazeologik ma’no munosabatlari alohida o‘rganilgan emas.

Download 106.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling