I. Bob. Inovatsiya tushunchasi va inovatsiyalar kilasifikatsiasi


Download 210.5 Kb.
bet1/7
Sana20.01.2022
Hajmi210.5 Kb.
#409237
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
212 k ishi Egamqulov Shohrux
xishnik jurnallarrrr, 556, MILLIY AN, Қ А Й ДНОМА, Рефракция (1), qayta o\'qish kibr 1, Mirzaliyev Po\'lat MB 4-lab., buxgalteriya-hisobi, Тесты История государства и права зарубежных стран с ответами, Chiziqli dasturlash mustaqil ish, Документ 69 (3), O\'YINLAR NAZARIYASI[1], Mashg’ulot jarayonida o’yin texnologiyasidan foydalanish, Документ (3)

Mundarija:

Kirish…………………………………………………………………………2

I .Bob.Inovatsiya tushunchasi va inovatsiyalar kilasifikatsiasi…………….....5

1.1. Innovatsiya tushunchasi va ularga qaratilgan nvestitsiyalar……………..5

1.2. Innovatsiya faoliyati tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirish omili sifatida shakilanishi……………………………………………………………………..…11

1.3Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish turlari va shakllari…………………………………………………………………………...13

II.Bob.Tadbirkorlik faoliyotini rivojlantirishda inovatsialarning ro’li………19

2.1 Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning innovatsiya faoliyati zaruriyati va ularda innovatsiya strategiyasini shakllantirish…………………….…………….19

2.2 Bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish zaruriyati……………….24

2.3To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyotni modernizatsiya qilishdagi roli……………………………………………….……………………..28

Xulosa………………………………………………………………………..32

Ilovalar………………………………………………………………………..36




Kirish
Bugungi kunda dunyoda toʻgʻridan-toʻgʻri intellektual, axborot, moddiy-texnik va moliyaviy resurslarni faollashtirish, shuningdek, raqobatbardosh, tijorat uchun istiqbolli ilmiy ishlanmalarni ilgari surish maqsadida yaratilgan koʻplab innovatsion markazlar mavjudki, ularning asosiy maqsadi ilm-fan va ishlab chiqarishni, iloji boricha, uygʻunlashtirishdan iborat boʻlib, bu yoʻlda ilm talab qiladigan mahsulotlar bozorini rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirishni koʻzlagan holda saʼy-harakat qilmoqdalar.

Oʻzbekiston oʻz taraqqiyotining asosiy mezoni sifatida innovatsion rivojlanish strategiyasini tanladi. Innovatsion rivojlanish vazirligining tashkil etilishi bu yoʻnalishdagi dastlabki qadamlardan biri boʻlganini alohida eʼtirof etish kerak.

Innovatsiyalar zamonaviy iqtisodiyotda uzoq muddatli raqobatbardoshlikni taʼminlashning asosiy omili hisoblanadi. Ayni paytda dunyoning barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarida milliy iqtisodyotning samarali rivojlanishida innovatsion faoliyat asosiy ahamiyat kasb etmoqda. Ilm-fan natijalarini tijoratlashtirish innovatsion faoliyatning asosi hisoblanadi.

Ayni shu maqsadlarda Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy Markazi tashkil etildi. Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishi ham ilm-fan natijalarini tijoratlashtirishdan iborat boʻlib, asosiy maqsad yurtimiz ilmiy salohiyatini iqtisodiyotning samarali rivojlanishida xizmat qiluvchi bir mexanizm ishlab chiqishga yoʻnaltirishdir.

Innovatsiyalar uchun asosiy zamin oliy taʼlim hamda ilmiy tadqiqot muassasalari hisoblanadi. Aynan ushbu markazlarda innovatsiyalar paydo boʻladi va amaliyotga joriy etiladi. (Birgina misol AQSHning Massachusets texnologiyalar institutida har yili oʻrtacha 150 ga yaqin innovatsion kompaniyalar yaratiladi).

Oʻzbekistonda 2018-yilgacha boʻlgan davrda oliy taʼlim hamda ilmiy tadqiqot muassasalarida ilm-fan natijalarini tijoratlashtirishga qaratilgan yaxlit tizim mavjud emas yoxud samarasiz tarzda yoʻlga qoʻyilgan edi. Vazirlik tashkil etilgach, bu sohada yangicha yondashuv ishlab chiqildi. Jumladan, oliy taʼlim muassasalarida ilmiy ishlar boʻyicha prorektor lavozimi oʻrniga ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor lavozimini joriy etish, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot muassasalarining ilm-fan boʻyicha direktor oʻrinbosarlarini bir vaqtda tegishli yoʻnalishdagi oliy taʼlim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori lavozimlariga tayinlash amaliyoti yoʻlga qoʻyildi. Buning natijasida ilm-fan natijalarini tijoratlashtirish koʻrsatkichi sezilarli darajada koʻpaydi. Xususan, yaqin yillargacha oliy taʼlim hamda ilmiy tadqiqot muassasalarining ilm-fan natijalarini tijoratlashtirish natijasida tashkil etilgan kompaniyalar statistikasi yuritilmagan boʻlsa, 2019-2020-yillarda bunday kompaniyalar 8 nafarni tashkil etdi. Bu, albatta, ijobiy koʻrsatkich hisoblanadi. Ammo hozirda mazkur natijalarni yana-da yaxshilash boʻyicha amaliy choralar koʻrilmoqda.

Respublikamizda 37 mingdan ortiq ilmiy tadqiqot va tajriba olib borayotgan xodimlar bor. Olimlarning izlanishlarini koʻrsatib beradigan birinchi talablarning ilmiy ishlarini nashr etish darajasiga qarab belgilanadi. Buning sababi, chop etilgan maqolalarni ilmiy jamoatchilik oʻqiydi va bu narsa dunyo olimlarining ilmiy faolligini koʻrsatuvchi indikator sanaladi.

Markaz tomonidan yoʻlga qoʻyilgan “Proofreading Service” xizmati mazkur masalada yosh olimlarga koʻmak berib kelmoqda. Xususan, olimlarimiz “Scopus” bazasida 2017-2018-yilda 1121 ta, 2019-2020-yilda esa 2601 ta chiqish qildi. Koʻrsatkichlar yaxshilanmoqda. Ammo bunday salohiyat koʻrsatkichlarni yana-da yaxshilash imkoni mavjudligini koʻrsatmoqda.

Xalqaro koʻrgazmalar innovatsion salohiyatni xalqaro maydonda namoyish etishning yana bir samarali usuli sanaladi. Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkalari doirasida 2016 va 2017-yillarda 8 mln. AQSH dollariga teng shartnomalari imzolangan boʻlsa, 2018 va 2019-yillar “InnoWeek.Uz” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi tashkil etilgan tadbirlarda umumiy hisobda 330 mln. AQSH dollariga teng investitsiya shartnomalari imzoland.

Xalqaro tajriba shuni koʻrsatmoqdaki, texnologiyalar transferi innovatsion faoliyatning asoslaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda olib borilgan amaliy harakatlar natijasida 2019-yilda Oʻzbekiston Osiyo va Tinch okeani hududi boʻyicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining Osiyo-Tinch okeani texnologiyalar transferi markazi (OTTTM) aʼzoligiga qabul qilindi.

Butun dunyoda koronavirus pandemiyasi tufayli davom etayotgan epidemiologik vaziyat avvaldan belgilangan rejalarga oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmadi, ammo Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha boshlangan amaliy harakatlarni izchil davom ettiradi va bu orqali yurtimizning innovatsion salohiyatini koʻtarishda oʻz hissani qoʻshadi.


Download 210.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling