I-bob. Mahsulot sifatini nazorat qilish usullari…


Download 1.21 Mb.
bet1/18
Sana25.10.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1722467
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
I-bob. Mahsulot sifatini nazorat qilish usullari…



MUNDARIJA

KIRISH……………………………………………………………………

3

I-BOB. MAHSULOT SIFATINI NAZORAT QILISH USULLARI…

5

1.1 Mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlari tahlili……………………….




1.2 Mahsulotlar sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish usullari…...




II-Bob. Radioto’lqini nazorat qilishning qoidalari va prinsiplari……….




2.1 Radio to’lqinli nazorat usulida qo’llaniladigan asbob uskunalar…..




2.2 Radiatsion nazorat usulini qo’llash prinsiplari……………………….




XULOSA……………………………………………………………………




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………...





KIRISH
Mahsulot xususiyatlari majmui, uning jamiyat va shaxs ehtiyojlarini qondirish darajasi bilan belgilanadi. Mahsulot sifatini yaxshilash ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va tovar raqobatbardoshligini taʼminlashning muhim sharti hisoblanadi.Bunga misol qilib quydagi farmonni keltirish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 12 dekabrda 4059-sonli Qarori qabul qilindi. Qarorga asosan Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda “Axborot-ma’lumot markazi” davlat korxonasi negizida yangi “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti” tashkil etildi. Qaror bilan ilmiy laboratoriya tadqiqotlari natijalariga asoslangan milliy standartlarni ishlab chiqish va qabul qilish imkoniyati yaratiladi va jahon standartlari talablari bilan uyg‘unlashtiriladi. Bundan tashqari, Institutni standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha tayanch tashkilot etib belgilanishi standartlarni qabul qilishda, qabul qilingan standartlar bo‘yicha mahsulotlarni sinash usullarini joriy qilishda yagona yondoshuvni yo‘lga qo‘yiladi. Bu bilan laboratoriyalarda bir xil mahsulotni sinash ishlari amalga oshirilganda turli natijalar kelib chiqmasligining oldi olinadi.Shuningdek, qabul qilingan Qarorda “Yo‘l xarita”ga asosan institut bazasida zamonaviy Kampus tashkil etish ko‘zda tutilgan bo‘lib, unga ko‘ra soha bo‘yicha nafaqat respublikamiz iqtisodiyot tarmoqlari mutaxassislari malakasini oshirish uchun barcha sharoitlar, jumladan infrastrukturani yaratish ko‘zda tutilgan. Ushbu loyihani 2019-2020 yillar davomida bajarish uchun 9,05 mln. AQSh dollari miqdorida Jahon banki bilan tegishli shartnomalar imzolangan. Bir yilda 2700 nafar tinglovchi malaka oshirishi uchun mo‘ljallangan institutda endilikda loyiha natijasiga ko‘ra 5300 nafargacha tinglovchi malaka oshirish imkoniyati yaratiladi.Ichki va tashqi bozordagi mahsulotlarning xavfsizligi, sifati va raqobatbardoshligini ta’minlashning muhim elementlaridan biri bo‘lib davlatning rivojlangan standartlashtirish tizimi hisoblanadi.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun xalqaro va xorijiy davlatlar standartlarini qabul qilish va joriy qilishda yagona davlat talablarining mavjud emasligi tadbirkorlik sub’ektlari uchun noqulayliklar keltirib chiqarayotgan edi. Qaror bilan tasdiqlangan “Yo‘l xarita”sining tegishli bandiga asosan xalqaro standartlarini qabul qilish va qo‘llash tartibini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.Shuningdek qabul qilingan Qarorda Texnik qo‘mitalar (TK) faoliyatiga ham aniq vazifalar belgilab berilgan.
O‘tgan yillar davomida bir turdagi mahsulotlarni ishlab chiqishda takrorlanishlarning oldini olish maqsadida sohalar kesimida tashkil etilgan standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarning faoliyati salbiy baholangan edi. Endilikda esa Qaror bilan texnik qo‘mitalarning faoliyati ularning samaradorligiga qarab rag‘batlantirish mexanizmini joriy etish orqali qayta tashkil etiladi.Hozirgi kunda qabul qilingan standartlarning jahon standartlari bilan uyg‘unlashganlik past darajadaligi inobatga olib, 2021 yil yakuniga qadar 47 % ga oshirish belgilangan. Qaror mahalliy mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligini oshirish orqali eksport geografiyasini kengaytirish xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilishga qaratilgan.
Ishlab chiqarish jarayonining holatini statistik usullar (ishlab chiqarishni nazorat qilish) yoki har bir ishlab chiqarish partiyasi miqdorida olingan ma'lumotlar orqali ko'rsatib beradi. Bu mahsulotning bir qismini nazorat qiishda, uning natijalari butun partiya uchun amal qiladi. Ushbu turdagi profilaktika, bu erda nuqsonlarning paydo bo'lishiga yo'l qo'ymaslik uchun butun ishlab chiqarish jarayoni davomida amalga oshiriladi. " BRZ" MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar ISO, SGS va EC standartlariga muvofiq sertifikatlangan. Evropa reglamentining ECE-117 va ECE-30, ECE-54 sertifikatlari olingan, shuningdek ISO 9001: 2015 boshqaruv sertifikati mavjud, zavod mahsulotlari O'zbekiston Respublikasining milliy sertifikatlash tizimi tomonidan sertifikatlangan.
Hozirgi vaqtda butun dunyo boʻyicha mahsulot sifati va uni ta‘minlash hamda yaxshilashga katta e‘tibor qaratilmoqda. Yuqori sifatli mahsulot korxonalarning bozorda raqobatchilikka kurashishida asosiy muvaqqiyatga erishishning shart-sharoitlaridan boʻlib hisoblanmoqda. Bozor munosabatlari sharoitlarida korxonaning muvaffaqiyat qozonishi oʻzining xaridorlarini qanoatlantirish darajasiga bog‘liqdir. Faqatgina bunday holatlarda korxona oʻzining mahsulotiga barqaror talablarning vujudga kelishi va daromad olishga erisha oladi. Biroq, muvofiq mahsulotning iste‘molchilar talablarini qanoatlantirish darajasi uning sifati bilan aniqlanadi. Mahsulot sifati uning raqobatbadosh boʻlishida asosiy omil boʻlib hisoblanadi.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling