I bob. Maktabgacha ta’lim jarayonida bolalar nutqini o’stirishning nazariy asoslari 1


Download 66.33 Kb.
bet1/7
Sana21.01.2023
Hajmi66.33 Kb.
#1106693
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mundarija


Mundarija
Kirish………………………………………………………………………………………………………………………………………………………3
I bob. Maktabgacha ta’lim jarayonida bolalar nutqini o’stirishning
nazariy asoslari
1.1Maktabgacha ta’limda bolalar nutqini o’stirishning ahamiyati……………………………………..
1.2.Bolalarda ravon nutqni shakllantirishning nazariy asoslari. Ravon nutq tushunchasi, mazmuni, mohiyat, uni rivojlantirish vazifalari, turlari………………………………………………………..
II bob. : Nutq rivojlantirishning psixolingvistik va ta’limiy asoslari . Ta'lim muassasalarida nutqni rivojlantirish dasturini amalga oshirish vositalari

2.1.Nutqni tinglash qobiliyatini rivojlantirish…………………………………………………………


2.2 Maktabgacha ta’limda nutq o’stirish mashg’ulotlari orqali bolalarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishning samarali usullari……………………………………………………………………………………………………………
2.3 Maktabgacha ta’lim muassasasida nutqni rivojlantirish vositalari va usullari haqida ma’lumot

Xulosa…………………………………………………………………………………………………………….


Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………


Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda ta’lim tarbiya sohasi jamiyatimizning eng doʻlzarb masalasi boʻlib qoldi. Chunki butun dunyo hamjamiyatida ilm fan ravnaq topgan yur rivojlanib bormoqda bunga prizidentimiz ham befarq qarab turganlari yoʻq.“Bizni hаmishа о‘ylаntirib kеlаdigаn yаnа bir muhim mаsаlа – bu yоshlаrimizning оdоb-аxlоqi, yurish-turishi, bir sо‘z bilаn аytgаndа, dunyоqаrаshi bilаn bоgʻliq. Bugun zаmоn shiddаt bilаn о‘zgаrib bоryаpti. Bu о‘zgаrishlаrni hаmmаdаn hаm kо‘prоq his еtаdigаn kim – yоshlаr. Mаyli, yоshlаr о‘z dаvrining tаlаblаri bilаn uygʻun bо‘lsin. Lеkin аyni pаytdа о‘zligini hаm unutmаsin. Biz kimmiz, qаndаy ulugʻ zоtlаrning аvlоdimiz, dеgаn dа’vаt ulаrning qаlbidа dоimо аks-sаdо bеrib, о‘zligigа sоdiq qоlishgа undаb tursin. Bungа nimаning hisоbidаn еrishаmiz? Tаrbiyа, tаrbiyа vа fаqаt tаrbiyа hisоbidаn”1 dеyа tаkidlаydilаr muhtаrаm prizidеntimiz Shаvkаt Mirziyоyеv.
Hozirgi kunda ta’lim-tarbiya tizimini yanada rivojlantirishga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda. Ma’lumki, mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi, ijodiy tafakkurini rivojlantiruvchi usullarni qo‘llab, bolalarga chuqur bilim berish maktabgacha va boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifasidir. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun yangi pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayoniga olib kirildi. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang‘ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog‘lom va rivojlangan shaxs bo‘lib shakllanishini ta’minlab, o‘qishga bulgan ishtiyoqini uyg‘otib, tizimli o‘qitishga tayerlab boradi. 6-7 yoshgacha bo‘lgan maktabgacha ta’lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limning maqsadi - bolalarni maktabdagi o‘qishga tayerlash, bolani sog‘lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo‘lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o‘qishga, tizimli ta’limga bo‘lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Shularni hisobga olib,”Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sonli qarori hamda “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”2 tasdiqlandi. Bu qonun hujjatlarida Maktabgacha ta’lim tizimini yaxlit uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish kabi masalalar o‘z ifodasini topgan. Mamlakatimizni olib borayotgan mazkur siyosati maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan tarbiyachi-pedagoglardan g‘oyat katta ma’suliyat hamda o‘qitishning yangi texnologiyalaridan keng foydalanishni talab etadi. Shularni hisobga olib, maktabgacha ta’lim muassasalarida bola har tomonlama maktab ta’limiga tayyorlash, ular orasida bola nutqini rivojlantirish masalasi eng asosiylaridan hisoblanadi. Ularning so‘z boyligi oshishi ravon gapirishi va o‘z fikrini to‘lik ifoda etib, aytib bera olishga o‘rgatish masalaning dolzarbligini ko‘rsatib beradi.

Download 66.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling