I bob. Ma’naviyat asoslari fanini o’qitishning uzviyligini taminlash


Download 93.23 Kb.
bet1/10
Sana18.06.2022
Hajmi93.23 Kb.
#764977
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
METODIKA sATTOROV
corel draw dasturi, corel draw dasturi, corel draw dasturi, corel draw dasturi, Doc2, mmmm, Hujjat (1), Asosiy qism Yo`lovchi tashish shartnomasi, Hujjat, 4-sinf Saralash imtihoni 29-may...., Til sathlari va tilshunoslik bo’limlari

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika insituti tarix fakulteti
Milliy G’oya manaviyat asoslari huquq talimi yunalishi 305-guruh talabasi
Sattorov Muhriddinning “Milliy g’oya manaviyat asoslari va huquq talimi fanlarini o’qitish metodikasi ‘’ fanidan yozgan

KURS ISHI

Bajardi: Sattorov Muhriddin
Tekshirdi: Musinov Najmiddin

JIZZAX-2021

Mavzu: Manaviyat asoslari fanining o’qitishning uzviyligi va uzliksizligini ta’minlash
Re’ja

Kirish


I.BOB.Ma’naviyat asoslari fanini o’qitishning uzviyligini taminlash.
1.1.Ma’naviyat asoslari fanini o’qitishning talim jarayonida tutgan o’rni.
1.2.Ma’naviyat asoslarini o’qitishda prezident asarlarini o’rni.
II BOB.Ma’naviyat asoslari fanining barkamol avlodni shakllantirishda tutgan o’rni.
2.1Uzliksiz ta’limni rivojlantirish orqali barkamol avlodni shakllantirish.
2.2.Ma’naviyat asoslari fanlarini o’qitish metodikasida muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari.
III Xulosa
IV Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Ma’naviyat-insonning, xalqning kuch-qudratidir.


U yo’q joyda baxt saodat bo’lmaydi.
( I.A.Karimov)

. Kirish
Mavzuning dolzarbligi:Ma’naviyat asoslari fanining o’qitishda faqat darslik bilan chegaralab qo’ymaslik va qo’shimcha adabiyotlar muhim ekanligini ko’rsatish.O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat qurish va jaxon hamjamiyatidan rivojlangan davlat sifatida o'rin olish vazifasi qo'yildi. Albatta yurtimizda jaxon talablariga moskeladigan har tamonlama rivojlangan, o'z kasbini puxta egallagan, vatanparvar fidoyi insonlarni tarbiyalab etishtirishda ta'lim muassasalarida o'qitishni yanada yuksak bosqichga ko'tarish, uning tarbiya bilan uyg'unligini ta'minlash katta ahamiyatga ega.
Xalq ta'limi yangicha sharoitlarda o'z ishini nihoyatda sekinlik bilan qayta qurmokda. Jaxon bozoridagi integratsiya, ilmiy - texnikaviy taraqqiyot sur'atlari xalq ta'limining barcha bo'g'inlari o'rtasidagi o'zaro aloqalarni mustahkamlashni talab etmokda. Binobarin, bu hol tarbiya, ta'lim, siyosiy va kasbiy tayyorgarlik masalalarini hal etishga jamuljam yondoshishni taqoza etmoqda.”
Shuningdek birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak ma'naviyat engilmas kuch” asarida ta'lim - tarbiyaning ahamiyati haqida quyidagicha yoziladi: “Kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, xalqimizning ertangi kuni qanday bo' lishi farzandlarimizning bugun qanday ta' lim va tarbiya olishiga bog'liq. Buning uchun har qaysi ota - ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko'rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish - ta'lim - tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo' lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta' lim va tarbiya ishini uyg'un holda olib borishni talab etadi”.Shu sababli mustaqillikning dastlabki yillaridayok sho'ro xokimiyati yillarida oyoq osti kilingan ma'naviyatimizni tiklash bosh vazifa kilib ko'yildi. 1992 yil iyulida, xali mustakillikka bir yil to'lmasdan turib yurtboshimiz “asrlar mobaynida boshka erga qaram bo'lib kelgan o'zbek xalkining iqtisodiy va ma'naviy ravnaq topishini ta'minlash - mustaqil O’zbekiston Respublikasining oliy burchi deb e'lon qildi”.
Xar bir jamiyatning ijtimoiy - iqtisodiy, madaniy taraqqiyoti bevosita uning ma'naviy - axloqiy negizlarining rivojlanishi bilan bog'liqdir. Yurtboshimiz “O’zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o'z yo'li to'rtta asosiy negizga asoslanadi. Bu negizlar: umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; xalkimizning ma'naviy merosini mustaxkamlash va rivojlantirish; insonning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon kilish, va vatanparvarlik” deb ko'rsatgan edi.
Ma'naviyat soxasida belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun o'tgan davr ichida mamlakatimiz rahbariyati tamonidan juda katta ishlar amalga oshirildi. 1994 yilda Prezidentimizning “Istiqlol va ma'naviyat” to'plami chop etildi. 1994 yil 23-aprelda Prezident tamonidan “Ma'naviyat va ma'rifat” jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to'g'risida”gi Farmon e'lon kilindi.22
1997 yil 29-avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX - sessiyasida qabul qilingan “Ta'lim to'g'risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da, shuningdek 1999 yil 3- centyabrdagi “Respublika ma'naviyat ma'rifat kengashini qo'llab-quvvatlash to'g'risida”gi Prezident farmonidagi xalqimizning ma'naviyati masalasiga, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruxida tarbiyalashga juda katta ahamiyat berildi.

Download 93.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling