O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi
II bosqich UZB-BU-20 guruh talabasi
G‘iyosiddin Eshondedayevning
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan
“Matn va uning tadqiqi muammolari” mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: X. Solixo‘jayeva
Namangan – 2022
MATN VA UNING TADQIQI MUAMMOLARI
Reja:
Kirish
I BOB. O‘zbek matn tilshunosligi.
1.1. Matn – murakkab sintaktik butunlik sifatida.
II BOB. Tilshunoslikda matn lingvistikasi muammosining ilmiy talqini va tadqiq darajasi.
2.1. Matn – sintaktik birlik sifatida.
2.2. Matnning boshqa sintaktik birliklarga munosabati.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati.
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillikni qo‘lga kiritganimizdan so‘ng bir qancha yutuqlarga erishdik. Ayniqsa O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi katta ahamiyatga molik bo‘ldi. Bu qonun millatning kelajagini belgilab berishga manba bo‘ldi. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarida milliy ong va tafakkurining ifodaso, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma'naviy bog‘liqlikni tashkillovchi vosita bo‘lishi o‘zbek tili, ya’ni davlat tilimizni milliy asosda har tomonlama rivojlantirishi milliy o‘zlikni, vatan tuyg'usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi davlat ahamiyatida muhim vosita ekanligini ta’kidlagan edi.1
O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi yana o‘zbek tilining ravnaq topishiga imkoniyat yaratib berdi. Zero, birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Tilimiz, dinimiz, urf-odatlarimizni, ma’naviy qadriyatlarimizni butkul yo‘qotib qo‘yish xavfidan saqlab, asrab-avaylab, ularning azaliy mazmuni va qudratini tiklashga keng yo‘l ochib berildi”2.
Keyingi yillarda o‘zbek tilshunosligida matn lingvistikasi yo‘nalishdagi tadqiqot ishlarini olib borishga e’tibor yanada kuchaydi. Hozirgi kunga kelib tilning eng yuqori sathi hisoblangan sintaksisning o‘rganish ob’ekti sifatida uch birlik eʼtirof etilmoqda. Ana shunga muvofiq sintaksis uch turga bo‘lib ko‘rsatilmoqda. So‘z birikmasi sintaksisi, gap sintaksisi, matn sintaksisi. Bu yo‘nalishlar ichida matn sintaksisi eng murakkab va hajm jihatdan eng yirik bo‘lgan birlik - matn, uning birliklari qonuniyatlarini o‘rganuvchi bo‘lim sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |