I bob. O’zbekistonning mustaqillikka erishIShi va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yo’lga qo’yilishI


Download 214.5 Kb.
bet1/12
Sana05.11.2020
Hajmi214.5 Kb.
#141215
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ММТ Маъруза 2016-2017



I BOB. O’ZBEKISTONNING MUSTAQILLIKKA ERIShIShI VA MA’NAVIY-MA’RIFIY IShLARNING YO’LGA QO’YILIShI
1-§. Fanning PREDMETI, maqsad va vazifalari, O’RGANISh METODLARI

Manaviy-ma’rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi fanini o’qitishning zaruriyati

Hozirgi davrda mamlakatimizda 18 yoshgacha bo’lgan yoshlar umumiy aholining taxminan 40 foizini, 30 yoshgacha bo’lganlar esa 64 foizini tashkil etadi. Shu sababli yoshlarning tarbiyasiga, kamolotga etishiga, ularning huquqlarini himoya qilishga e’tibor qaratish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, “Biz farzandlarimizning barkamol ruhiy dunyosi uchun, ularning ma’naviy-axloqiy jihatdan etuk, jismonan sog’lom bo’lishi uchun doimo qayg’urishimiz, kurashmog’imiz, zarur”. Aks holda, yoshlar o’rtasida mumtoz qo’shiqlarni tushunmaydigan, jahon adabiyoti durdonalari u yoqda tursin, o’zbek adabiyotining nomdor asarlarini ham bilmaydigan, arzimagan choy-chaqaga o’z xalqini, dinini sotadigan, Vataniga qarshi qo’l ko’taradiganlari ham paydo bo’lishini unutmasligimiz lozim.

Yoshlarni tarbiyalash, mamlakat kelajagini ta’minlash bu davlat buyurtmasidir. Shu sababli ma’naviy-ma’rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi fanining predmeti – mustaqillik yillarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yuksak darajaga ko’tarilishi, ma’naviy tarbiyaning yoshlarga ta’siri, yoshlarning jamiyat hayotidagi roli uzluksiz ta’limni insonparvarlashtirishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ahamiyati, ma’naviyat, ma’rifat, mafkura tushunchalarining o’zaro bog’liqligi, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi va yangi texnologiyalardan foydalanish jarayonini o’rganishdan iboratdir.

Ushbu fanning ilmiy-nazariy, tarixiy-falsafiy asoslarini qadimgi davr faylasuflari asarlari, xalq og’zaki ijodiyotining ajoyib durdonalari, Sharq va G’arbning o’rta asrlarda ijod qilgan buyuk allomalarining fikrlari, yangi va eng yangi davrda yaratilgan ilm-fanning noyob durdonalari, O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov asarlarida yoritilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar va tarbiyaga oid fikrlari tashkil etadi.

O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch” asarida kitobxonning e’tibori takror –takror eng dolzarb masalaga, ya’ni yosh avlod tarbiyasiga, o’g’il qizlarimizning sof va beg’ubor qalbini turli ma’naviy tahdidlardan qanday asrash masalalariga qaratiladi. Shu sababli kitobda eng ko’p ishlatilgan tushunchalarni “yoshlar”, “tarbiya”, “ma’naviyat”, “milliy g’oya” , “fazilat”, “tahdid” so’z va iboralari tashkil etadi.

Hozirgi globallashuv sharoitida ma’naviy tahdidlar, rivojlanayotgan mintaqalarning boyliklarini egallashga intilish birdaniga paydo bo’lgani yo’q.

Ma’naviyatli insoniyat o’tmishdan tegishli saboqlar chiqarishi va XXI asrda tarix varaqlariga xijolatlik bilan bitiladigan voqea-hodisalarning sodir bo’lishiga yo’l qo’ymasligi kerak edi. Qashshoqlik, ekologik muammolar, zaxiralar taqchilligi, ommaviy kasalliklar, diniy aqidaparastlik va terrorizm XX asrdan XXI asrga meros bo’lib o’tdi. Ustiga-ustak, globallashuv sharoitida ayrim kuchlarning urinishlari natijasi o’laroq, xavf-xatarlar ro’yxati yangilari hisobiga yanada kengaydi. Demografik inqiroz, demokratiya eksporti, “ommaviy madaniyat”, ma’naviy qashshoqlashuv, axborot urushlari, g’arbona turmush tarzini tiqishtirish kabi xavf-xatarlar shundoq ham bezovta dunyoning tashvishlarini ko’paytirdi. Odamzodning mavjud illatlarga qarshi kurashi qaysidir jihatdan afsonalarda tasvirlanadigan ko’p boshli ajdar bilan olishuvni eslatadi. Ajdarning bitta boshi tanasidan judo qilinishi zahoti, shu joydan ikki-uchta bosh o’sib chiqishi bu mahluq bilan kurashish naqadar mashaqqatli ekanini ko’rsatadi.

Xavf-xatarlarga jiddiy razm soladigan bo’lsak, mustamlakachilik siyosati, birovlarni qaram qilish siyosati yangi asrda yo’qolmaganini, balki o’zining shaklu shamoyilini o’zgartirganini tushunib etamiz. Darhaqiqat, «Millat bor ekan, milliy davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an’ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni o’z ta’siriga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan o’z manfaati yo’lida foydalanishga qaratilgan intilish va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar»1.

Mustaqillik davlat miqyosida oliy hokimiyatga egalikni, tashqi va ichki siyosatni olib borishdagi to’la erkinlikni anglatadi. Mustaqillik muayyan davlat erkinligining birlamchi sharti va belgisidir. Bu esa mustaqillikning tom ma’noda qisman yoki cheklangan shaklda mavjud bo’la olmasligini anglatadi. Chunki mustaqillik davlatning boshqa davlatlarga tobe, qaram bo’lmay yashashini, o’zga kuchlar tomonidan boshqarilmay, birovlarning irodasiga bo’ysunmay, erkin hayot kechirishini nazarda tutadi. Muhimi, davlat mustaqilligining o’rnatilishi mamlakatlar o’rtasida tenglik qaror topishini shartlab qo’yadi hamda mutelik, o’zgalar hisobiga yashash, turli kamsitishlar, ortiqcha ta’zim-tavozega yo’l qo’ymaydi. Davlat mustaqilligi mustamlakachilikning har qanday shaklini, uning kamsituvchi tabiatini, u taqozo etadigan zo’ravonliklarni inkor etadi.

Garchi butun dunyo mamlakatlari o’rtasidagi teng huquqlilik jahon hamjamiyati taraqqiyotining tabiiy va zaruriy sharti hisoblansa-da, ayrim mulohazalar va xatti-harakatlarda hamon imperiyacha fikrlash ta’sirini, davlatlar mustaqilligini emirish istagini ilg’ash qiyin emas.

Globallashuv jarayonlarini tahlil qilgan olimlar bu jarayonlarda davlatning rolini turlicha baholaydilar. Ayrim nazariyalarda globallashuv jarayonida davlatning roli tobora pasayib borishi uqtirilsa, boshqalarida uning o’rni va ahamiyati o’zgarmaydi, deb ta’kidlanadi. Yana bir guruh olimlar esa globallashuv sharoitida davlat bilan davlatlararo tashkilotlar o’rtasida siyosiy hokimiyat qayta taqsimlanib, davlat ularga o’z suverenitetining bir qismini beradi1, degan farazlarni ilgari surmoqda.

O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan e’tirof etilganidek, «O’zbekistonni olib borayotgan mustaqil siyosatdan qaytarish, kimgadir qaram qilish maqsadida chetdan turib ichki ishlarimizga aralashish, turli niqoblar ostida bizga qarshi tazyiq va zo’ravonlik o’tkazish siyosatini mutlaqo qabul qilmaymiz»2.

Taassuf bilan tan olish kerak, diniy aqidaparastlik va terrorizm, «demokratiyani olg’a siljitish»ga urinishlar, axborot xurujlari, g’arbona turmush tarzini tiqishtirish, ma’naviy qashshoqlashtirish harakatlari, buyuk davlatchilik tafakkuri va imperiyacha fikrlash xurujlari davlatimiz suverenitetiga jiddiy xavf tug’dirmoqda. Ha, gegemoniya dunyo kabi ko’hna. Biroq bugungi kunda hududlarni harbiy kuch bilan zabt etish o’rniga jahonda etakchilik qilishning noan’anaviy usullari, ancha zamonaviylashtirilgan, birmuncha madaniylashtirilgan usullari keng urf bo’lmoqda. Dunyoga hukmronlik qilishning eng oson va qisqa yo’llarini izlayotgan kuchlar tinchlikni oliy ne’mat deb biladigan, saxiy zamini tabiiy boyliklarga to’la, xalqi soddadil va mehnatkash O’zbekistonni o’z ta’sir doirasiga olishga intilayotganligini payqamaslik mumkin emas. Shuning uchun ham mustaqillikni asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash O’zbekistonda davlat siyosatining ustuvor vazifasi etib belgilangan.

Davlatlar mustqilligini kemiruvchi xavf-xatarlarga yuzaki qarash, ularni tahdid manbai sifatida e’tirof etmaslik insoniyat boshiga yana ko’plab kulfatlar solishi muqarrar. Shu bois, bugungi kunda suverenitetimizga tahdid solayotgan bunday hodisalarning mafkuraviy poydevorini hosil qiluvchi vayronkor g’oyalarni fosh etish birlamchi vazifaga aylanadi.



Mustaqilligimizga erishganimizdan so’ng ma’naviy­ma’rifiy ishlarga berilgan yuksak e’tibor, unutilgan, kamsitilgan ma’naviyatimizni, milliy qadriyatlarimizni tiklashga qaratilgan siyosatni amalga oshirilishini ko’rsatish hamda yosh avlodning milliy g’ururini yuksaltirishga, ularni vatanparvarlik, yurtparvarlik, baynalminallik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar mohiyatini ochib berish, ularni tashkil etish metodikasini o’rgatish ushbu fanning maqsadini tashkil etadi.

“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi” fanining oldiga qo’yilgan vazifalar qo’yidagilardan iborat:

­ ma’naviy ­ ma’rifiy ishlarning jamiyat taraqqiyotidagi rolini va uni yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini ochib berish;

­ uzluksiz ta’lim tizimini insonparvarlashtirishning tarbiyaga ta’sirini, eski mafkuradan insonlarning halos bo’lishini tezlashtirish uchun barcha ishlarni tezlashtirish lozimligini ko’rsatish;

­ ma’naviy ­ ma’rifiy islohatlar davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi ekanligini ochib berish;

­ “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning qabul qilinishi bilan ma’naviy ­ ma’rifiy ishlarning yanada takomillashuvini ko’rsatish va bu masalada amalga oshirilgan ishlarni umumlashtirish;

­ ma’naviy ­ ma’rifiy ishlarni tashkil etishda milliy g’oya, ma’naviyat, ma’rifat, mafkura tushunchalarining o’zaro bog’liqligini, aloqadorligini, biri ikkinchisini inkor qilmasligini tarbiyaviy jarayonda ulardan umumlashgan holda foydalanish mumkinligini tushuntirish;

­ ma’naviy ­ ma’rifiy ishlarning, jarayonlarning mohiyati va asosiy yo’nalishlarini tahlil etish;

­ talaba ­ yoshlarni ma’naviy ­ ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi bilan tanishtirish;

- O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan Qonunlar, Respublika Prezidentining Farmon va Farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov asarlari, O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlar milliy dasturi”, o’sib kelayotgan yosh avlodni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalashga yo’naltirilnan tarbiyaviy ishlarni intensivlashtirish, bu borada barcha resurslar (odam, vaqt, mablag’, texnika, metodikalar va h.o.)ning samarali ishlashini ta’minlash, ta’lim-tarbiya muassasalarida barqaror, sog’lom tarbiyaviy muhitni yaratish va uni boshqarish monitoringini amalga oshirish, shaxs (bolalar, o’quvchilar, talaba-yoshlar) ma’naviyatini kutilayotgan (ideal) darajaga ko’tarishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyatning ilmiy dasturiy-metodik ta’minotini tashkil etishdan iborat.

Ma’naviy ­ ma’rifiy va mafkuraviy targ’ibot ishlari hech qachon hozirgidek dolzarb vazifaga aylanmagan. Ma’naviy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi bo’lgani, mafkuraviy tahdid va axboriy xurujlar ko’payib borayotgani, odamlar ongi va qalbini egallash yo’lidagi kurash jarayonlari kuchaygani uchun hayotning barcha jabhalari, ishlab chiqarishning hamma sohalari, aholining hamma qatlamlari orasida ma’naviy ­ ma’rifiy va mafkuraviy sohada jadal ishlarni amalga oshirishni davrning o’zi taqazo etmoqda.

Shuning uchun ham ma’naviy ­ ma’rifiy va mafkuraviy targ’ibot ishlari qanday dastur va yo’nalish, qaysi ko’rsatma va qo’llanma, qanaqa reja asosida, qay saviyada, kimlar tarafidan olib borilayotgani g’oyat muhim masala bo’lib turibdi.

Ushbu qo’llanma ma’naviy ­ ma’rifiy va mafkuraviy targ’ibot ishlarini tashkil etish, uyushtirish va muvofiqlashtirish uchun asosiy manba bo’lib xizmat qiladi.

Mustaqillik biz uchun jamiyat taraqqiyotining butunlay yangi davrini boshlab berdi. U O’zbekistonimizni, o’zbek millatini jahonga tanitdi. Milliy manfaatlarimizga, ma’naviy qadriyatlarimizga, demokratik mezonlarga tamomila muvofiq yangi jamiyat qurishga kirishdik.

Milliy davlatchilik poydevori, uning huquqiy asoslari yaratildi. Davlat islohotlarining bosh tashabbuskori, ularni muvofiqlashtiruvchi asosiy kuchga aylandi. Konstitutsiyamiz davlatni qonuniy­huquqiy takomillashtirishning demokratik asosi bo’lib xizmat qilmoqda.

Istiqlol tufayli odamlar ongi, dunyoqarashida yangilanish boshlandi. Tarixiy milliy qadriyatlar, urf­odatlarning tiklanishi xalqning milliy ruhiga kuchli ta’sir etdi. Ona tilimiz va dinimizga bo’lgan yangicha munosabat, vatanga va istiqlol g’oyalariga sadoqat milliy g’urur, iftixor tuyg’ularining o’sishida katta rolь o’ynaydi. Vatan tushunchasi, vatanparvarlik tuyg’usi yangicha ma’no kasb etdi. Tarixiy milliy qadriyatlarimiz bilan yangidan tanishuv, ularni tiklash va boyitish har birimizda milliy o’zligimizni, tarixiy merosimizga e’tiqod va faxrlanish tuyg’ularini mustahkamladi. Biz ko’proq boy tariximiz, qadriyatlarimiz, an’analarimizni o’rgana boshladik. Odamlardagi boqimandalik, loqaydlik, mutelik ruhiyati o’rnini tadbirkorlik, ishbilarmonlik, fidoyilik egallay boshladi. Ularda Vatan oldidagi, el­yurt oldidagi o’z burchini e’zozlash tuyg’usi ancha kuchaydi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin xalqimizning uzoq vaqt unutilgan yoki ataylab odamlardan berkitilgan milliy ma’naviyatimizni tiklash, uni xalqimizning kelajagini o’ylab, yurtimizning ravnaqi yo’lida rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan o’lkan ishlar, shuningdek bu borada oldimizda turgan ulkan vazifalar xaqida “Yuksak ma’naviyat –engilmas kuch” kitobida fikr yuritiladi. O’zbekistonning birinchi Prezidenti ta’kidlaganidek, “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z xoliga, o’zibo’larchilikka tashlab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo’g’rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir–oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin”1. Bu fikrlar har bir vatanparvar fuqaroni o’yga toldiradi va xushyorlikka chorlaydi. Bozor munosabatlari, turli mulk shakllari mulkka munosabatimizni, mehnatimiz harakterini o’zgartirib yubordi.

Albatta, har qanday mamlakatda o’tish davri osonlikcha kechmaydi. U bir necha o’n yilliklarga cho’ziladi. Juda ko’p mamlakatlarda shunday ham bo’ldi. Ammo O’zbekistonimizning iqtisodiy­ijtimoiy rivojlanish sur’ati ishga tushirilayotgan ulkan inshootlar bozor iqtisodi qonunlariga to’la amal qilinsa o’tish davri nisbatan qisqa vaqt bilan chegaralanishini ko’rsatib turibdi. Mashinasozlik, neftь mahsulotlari, engil sanoat, oziq­ovqat, mahalliy qayta ishlash sanoatlari, qurilish, paxtachilik, g’alla, qimmatbaho materiallar ishlab chiqarish sohalarida jiddiy yuksalish ko’zga tashlanayapti. Aholini ijtimoiy himoyalash, turmush sharoitini yaxshilash, ma’naviyat va mafkura sohalarida ham muhim o’zgarishlar yuz bermoqda.

Mamlakat hayotida ro’y berayotgan iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy o’zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlardan maqsad odamlarga munosib turmush sharoitlari yaratishdir. Bu insonparvar jamiyatimizning mazmuni va maqsadidan kelib chiqadi. Bunga imkon darajada harakat qilinmoqda.

Milliy mustaqillikka erishgandan so’ng yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning markazida odamlar taqdiri, ularning turmush farovonligi, ertangi kuni, baxt­saodati turganligi biz qurayotgan jamiyatning ertangi kunini yorqin ifodalaydi. Biz tamomila yangi, adolatli jamiyat barpo etishga kirishayapmiz.



Iqtisodiyot va ma’naviy taraqqiyotning inson manfaatlariga xizmat qilishi.

Taraqqiyot yo’limiz ham, ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan ko’pdan­ko’p ishlar ham, qabul qilinayotgan qonunlar, qarorlar, ko’rsatmalarning pirovard natijasi ham inson manfaatlariga qaratilganligi jamiyatimiz harakteri bilan bevosita bog’liq. Bu izchil siyosatdir.

Demak, har bir xatti­harakatimiz, mehnatimiz asosida inson manfaatlari, vatanparvar, yangi fidoyi avlodni tarbiyalash turadi.

Biz yangi, insonparvar jamiyat qurmoqdamiz. Yangi jamiyatni qurish uchun eng avvalo, har jihatdan etuk yangi avlodni voyaga etkazishimiz kerak. O’zbekistonning birinchi Prezidenti aytganlaridek, taraqqiyot taqdirini ma’naviy etuk odamlar hal qiladi. Shunday ekan, ma’naviy barkamol, ma’rifatli, jismoniy sog’lom, o’zining tarixiy roli va burchini anglay biladigan odamlarni tarbiyalash umumdavlat ahamiyatidagi vazifa hisoblanadi.

O’zbekistonning birinchi Prezidentining fikricha asrlar mobaynida xalqimizning yuksak ma’naviyat, adolatparvarlik, ma’rifatsevarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va islom dini ta’limoti bilan uzviy ravishda rivojlandi. Bizning kelajagi buyuk davlatimiz shu falsafaga uyg’un holda shakllanmoqda. Yangidan barpo etayotgan jamiyatimizning ijtimoiy ­ ma’naviy asoslarini belgilashda yuqoridagi g’oyalarga suyansak xato bo’lmaydi. Demak O’zbekistonning istiqboli uchun ma’naviy asoslar muhim o’rin egallaydi.

Sho’ro davrida marksizm ­ leninizm ta’limoti shaxsni o’zgartirish uchun jamiyatni o’zgartirish kerak, deb ta’lim berdi. Islom falsafasi esa jamiyatni o’zgartirish, ularning baxtli hayotini ta’minlash uchun insonning o’zini o’zgartirish kerak, deb ta’kidlaydi. Olamni yaxshilash odamni yaxshilashdan boshlanishi kerak, deb hisoblaydi. Hozirgi rivojlangan mamlakatlar tarixi buni yaqqol isbotlaydi. Yaponiya, Kanada, Janubiy Koreya, AQSh, Angliya va boshqa davlatlarda sotsialistik inqilob bo’lmasada insonning to’laqonli yashashi uchun barcha sharoitlar yaratildi.

Jamiyat­uning a’zolarining kamoloti natijasida takomillashadi. Islom falsafasida inson omili yuksak rutbada turadi. Inson o’z xulqining ham, jamiyat ma’naviyatining ham ijodkori, o’zining va zamondoshlarining ma’naviy sifatlari uchun javobgar.

Ma’naviyatning qay darajada ekanini muayyan shaxsning o’zigagina emas, balki o’zi yashayotgan jamiyat taraqqiyotiga ham hal qiluvchi ta’sir ko’rsatar ekan, uni shakllantirishni o’z xoliga tashlab qo’yib bo’lmaydi. Insonda Olloh bergan xulqiy sifatlar bilan, tarbiya yordamida shakllanadigan ma’naviy fazilatlar ham bo’ladiki, jamiyatning barcha ijtimoiy tizimlarida shu fazilatlar imkon qadar ezgu va mustahkam shakllanmog’i lozim.

Ma’naviyat ­ insonning insoniylik mohiyati, inson shaxsida tarkib topgan ijobiy fazilatlar majmui. Shaxsdagi ijobiy fazilatlar jamiyatda tarixan shakllanadi. Shunday ekan, ular ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir.

Odatda inson shaxsidagi ijobiy fazilatlar avlodlardan avlodlarga o’tishi, e’zozlanishi bilan qadriyatga aylanadi. Qadriyatlar o’z navbatida inson aqli, tafakkuri, harakteri, tuyg’u­hissini shakllantiradi. Shu asno ma’naviyatning jamiyatdagi etakchi g’oyalarga ham bog’liqligi anglashiladi. Jamiyatimizda kelajagi buyuk huquqiy demokratik davlat yaratish davrning etakchi g’oyasi sanaladiki, buyuk kelajak yaratish uchun komil avlodni ma’naviy etuk, axloqiy yuksak, ruhan va jismonan sog’lom avlodni tarbiyalash hayotiy ehtiyoj hisoblanadi. Shu bilan birga, komil inson komil jamiyatda voyaga etishi ham ma’lum. Mashhur donishmandimiz Abu Nasr Forobiy “Har bir inson tabiatan shunday yaratilganki, u yashash va oliy darajadagi etuklikka erishmoq uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi, yolg’iz o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi, ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug’iladi”1 deb yozadi. Binobarin, jamiyat insonga inson sifatida shakllanishi uchungina emas, hatto oddiygina turmush kechirishi uchun ham kerak. Jamiyatning inson shaxsi, taqdiri, yashash tarziga ta’siri, avvalo, uning axloqiy ­ huquqiy normalari bilan belgilanadi.

Ma’naviyat yaxshilikka moyillik, yomonlikdan tiyilish, jamiyatning axloqiy, huquqiy, ma’rifiy­madaniy mezonlariga amal qilish hissidir. Garchi yaxshilik va yomonlikning millati bo’lmasa­da, har bir millatning o’z ma’naviyati bor.

Milliy ma’naviyat ­ milliy qiyofa, milliy ruh degani. Ma’naviyat o’zini tanish, o’zni o’zgalar nazari bilan taftish qila bilish, demakdir. Har bir odam o’zini qanchalik tanisa, butun borliqni, Yaratganni ham shunchalik taniydi. Insonning ma’naviy komilligi jamiyatning odilligiga, jamiyatning odilligi ma’naviyatning yuksakligiga, ma’naviyatning yuksakligi esa shaxs kamolotiga ta’sir o’tkazaveradi. Shaxs, jamiyat va ma’naviyatning o’zaro uyg’unligi insoniyat taraqqiyotining asosiy birligidir.

O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1994 yil 23 apreldagi “Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 8 iyundagi “Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi qarori 1996 yil 9 sentyabrdagi “Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risida”gi Farmoni “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi qoshida “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg’armasini qo’llab­quvvatlash to’g’risida farmon va qaror buning yana bir yorqin dalilidir.

Yuqoridagi Farmonda “Joylarda ma’naviyatning mohiyatini, uning farovon jamiyat qurishdagi hizmatini idrok etmaslik hollari mavjudligini, ma’naviyat ishlariga ikkinchi darajali ish sifatida qaralayotganligi”1 ta’kidlangan edi. Shuningdek ushbu Farmonda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishi deb hisoblandi va o’tgan davr ichida bu narsa yaqqol isbotlandi.

“Shuning uchun ham mamlakatimizda tub isloxatlarni amalga oshirishda “nainki moddiy faravonlikka, ayni paytda ma’naviy yuksalishga ham erishishni o’zimiz uchun asosiy mezon deb bilganimiz umumiy taraqqiyotimizda bir tomonga og’ib ketmaslik , jamiyat hayotida suv bilan havodek zarur bo’lgan muvozanat va barqarorolikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda”2.

Fuqarolarni ma’naviy kamol toptirish vazifalari.

Jamiyatimiz fuqarolarini ma’naviy jihatdan kamol toptirish uchun ikki muhim narsani o’zaro uyg’un holda qo’shib olib borish lozim. Biri ­ boy ma’naviy va madaniy merosimizni chuqur va har tomonlama o’rganishimiz, chor Rossiyasi mustabidligi hamda sho’rolar istibdodi davrida unutilishga mahkum etilgan qadriyatlarimizni tiklashimiz, zamonamizga muvofiqlaridan, davrimizda bizga foyda beradiganlaridan oqilona foydalanishimiz kerak. Ikkinchisi esa, butun insoniyat, xususan taraqqiy topgan mamlakatlarda yuzaga kelgan ma’naviy va madaniy yutuqlardan milliy xususiyatlarimiz va ruhiyatimizga muvofiq keladiganlarini ijodiy o’zlashtirishimiz lozim. Bu ikki xususiyatni o’zaro payvand qilish orqasida respublikamiz fuqarolarini ma’naviy jihatdan kamolga etkazishning zamini bunyod etiladi.

Davlat mustaqilligi qo’lga kiritilgan kunlardan boshlab boy ma’naviy va madaniy merosga voris xalq ekanligimizni anglatish va bu bilan faxrlanish yo’lida qator tadbirlar amalga oshirildi. Ulug’ ajdodlarimiz, ular yaratgan bebaho ilmlar, jahon fani va madaniyatiga beqiyos katta hissa bo’lib qo’shilgan asarlarini teranroq o’rganishga imkoniyat yuzaga yuzaga keldi. Yurtdoshlarimiz Imom at­Termiziy, Ahmad Yassaviy, Imom al­Buxoriy, Bahouddin Naqshbandiy, Mahmud Zamaxshariy, Imom Moturidiy, Burxoniddin Marg’inoniy, Ahmad Farg’oniy, Xoja Ahrori Valiy va boshqa islom olamining allomalari hayoti va ijodi o’rganilib, ularning o’lmas asarlari xalqimiz ma’naviy xazinasiga qaytarildi. Zotan, bu buyuk siymolar odamlar ongiga poklik, halollik, diyonat, adolat singari umuminsoniy qadriyatlarni singdirishga, kishilik jamiyatining ezgulik yo’lidan taraqqiy topishiga ulkan hissa qo’shdilar. Xususan, Imom Buxoriyning to’rt jilddan iborat “Hadis” ining tarjima qilinib, nashr etilishi ma’naviy hayotimizda muhim voqea bo’ldi.

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludiga 550 yil to’lganligining keng nishonlangani va bu paytga qadar sho’ro mafkurasiga mos kelmaydi, degan aqida bilan xalqimiz nazaridan pinhon saqlanib kelingan “Arba’in”, “Siroj ul­muslimin” kabi asarlarining ham nashr qilinishi ulug’ shoir ijodini to’laroq tasavvur etishga yordam berdi.

Ayni paytda, Ahmad Yassaviyning “Devoni hikmat”i, So’fi Olloyorning “Sabot ul­ojizin” i singari diniy­klerikal asarlar deb qoralanib kelingan kitoblarning chop qilinishi ham ma’naviyatimizni boyitishga muayyan omil bo’ldi.

Mustaqillik yillarida Husayn Boyqaro, Muhammad Rahimxon Feruz kabi hukmdor bo’lib o’tgan shoirlarning ham ijodiga xolislik nuqtai nazaridan qaralib, ularning go’zal she’rlari xalqimizga qaytarildi. Sho’rolar istibdodi davrida ular hukmdor bo’lib o’tganlari uchungina “yot mafkura vakillari” degan ayb bilan asarlarini o’rganish, nashr qilish taqiqlanib kelingan edi. Bu esa o’sha yillari ma’naviyatimiz taraqqiyoti tor bir doirada bo’lganligidan guvoh edi.

Hozirgi kunda bu tor doiradan chiqib, keng ufqlar tomon jadal borayotganimizdan faxrlanamiz.

Xuddi shular singari buyuk sohibqiron, turk davlatchiligini qayta tiklagan ulug’ bobomiz Amir Temur hayoti va faoliyatini xolis va ilmiy o’rganishga kirishildi. Buyuk Sohibqiron tavalludining 660 yilligini nishonlash munosabati bilan Temur va Temuriylar davri tarixi, adabiyoti va san’atiga bag’ishlangan yangi­yangi tadqiqotlar yuzaga keldi. “Temur tuzuklari” ning nashr etilishi buyuk Sohibqironning shaxsini teranroq anglashga yordam bergan bo’lsa, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asari, Shomiyning “Zafarnomasi” Ibn Arabshohning ikki jildlik “Amir Temur tarixi” kitoblarining chop etilishi buyuk bobokalonimiz hayoti va amalga oshirgan ishlarini to’laroq miqyosda idrok etishga olib keldi.

Xalqimiz al-Farg’oniy, al-Forobiy, al-Xorazmiy, Ibn Sino, al-Beruniy, Mirzo Ulug’bek singari buyuk ajdodlarimiz bilan haqli suratda faxrlanadi. Mustaqillik yillarida mazkur siymolarning ilmiy merosi keng miqyosda tadqiq etila boshlandi. Ularning yaratgan asarlari asl nusxada yoki tarjima etilib, xalqimizga etkazilmoqda. Bularning barchasi, shubhasizki, ma’naviy hayotimizning tobora boyib borayotganidan dalolat beradi.

Sho’ro davrining qatag’onlari... Biz jabrdiydalarning nomlarini alohida ehtirom bilan tilga olamiz. Cho’lpon, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Usmon Nosir, Elbek, Botu... Ular Vatanimizning mustaqilligi, erki uchun boshlarini sirtmoqqa tutib berdilar. Bugun qatag’on qurbonlarining hayoti va ajdodlari teran o’rganilib, asarlari yurtdoshlarimiz qo’liga borib etdi.

Bularning barchasi ma’naviy hayotimizni boyituvchi omillar ­ xalqimizning farzandlari tomonidan bunyod etilgan madaniy boyliklar bo’lib, ulardan jamiyatimiz fuqarolarining ma’naviy ehtiyojini qondirish yo’lida oqilona foydalaniladi.

Ma’naviy merosdan foydalanishda chalkashliklarga yo’l qo’ymaslik

Shuni ham aytish kerakki, ma’naviy merosdan foydalanishda ulardagi o’z davri bilan bog’liq jihatlarni e’tiborga olmaslik mumkin emas. Fikrimizning isboti uchun bir­ikki misol keltiraylik. “Go’ro’g’li” turkumidagi dostonlarda ko’p xotinlilik masalasiga ijobiy qarash seziladi. Buni tushunish qiyin emas. Doston shariat qoidalariga amal qilingan davrlarda yaratilgan bo’lib, undagi tasvir etilgan turmush tarzi o’z davrida tabiiy tuyulgan va shunday qabul qilingan. Hozirgi kunda biz dostondagi bunday qarash va tushunchalarga o’z davrining mahsuli deb yondashishimiz lozim.

To’y masalasida ham shunday. Ma’lumki, o’zbeklar topgan ­ tutganini to’yga ataydi, uni el­yurt oldida yaxshiroq o’tkazishga intiladi. Bu esa ayrim hollarda musobaqa tusining avj olib ketishiga sababchi bo’ladi. “Men falonchidan kammi?”, “Etti mahallaga duv­duv gap bo’ladigan to’y qilib bermasam...” degan o’y bilan ortiqcha sarf­harajatlar, chiqimlarga, isrofgarchiliklarga yo’l qo’yiladi. Taassufki, ana shunday “duv­duv gap bo’ladigan to’ylar uchun oxirgi tiyinini ayamaydigan xonadonlarning ayrimlarida ma’naviyatning yorqin belgisi bo’lgan kitob bo’lmaydi. Bu esa madaniyatsizlikning, ma’naviy kemtiklikning bir nishonasi.

Xalq orasida hamon saqlanib kelayotgan turli marosimlar, urf­odatlar, aqidalar, rasm­rusmlarga nisbatan ham oqilona yondashish lozim deb hisoblaymiz. Demak, o’tmish madaniyatimizdan, merosimizdan foydalanar ekanmiz, unga hozirgi talablariga muvofiq keladiganlarini aniq bilgan holda munosabatda bo’lish kerak.

Ma’lumki, jamiyatda ma’naviyatga ehtiyoj bo’lmasa, u hech qachon paydo ham bo’lmaydi, rivojlana ham olmaydi. Ehtiyojning o’zi ham ma’naviyat darajasi bilan belgilanadi. Ma’naviy kamolotga intilish insonning mohiyati bilan bog’langan fazilatdir. Ma’naviyatning rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti va shaxs kamolotiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Shunisi ham borki, dunyodagi biror xalq o’z ma’naviy, milliy boyliklari doirasidagina rivojlana olmaydi. Bunday yo’l millatni kamolotga emas, balki tanazzulga olib kelishi o’z­o’zidan ayon. O’z qobig’i ichida o’ralashib qolgan millatning madaniyati va ma’naviyati hech qachon kamol topa olmaydi. Milliy xudbinlik yo’lidan borish hech kimga naf keltirgan emas.

Har bir millatning ma’naviyati o’z holicha, alohida bo’lib emas, balki jahon madaniyati ­ ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida shakllanadi va rivojlanadi, degan g’oya P O’zbekistonning birinchi Prezidenti asarlarida muhim o’rinni egallaydi. Ularda juda o’rinli ta’kidlanishicha, umuminsoniy ma’naviyatdan ajralgan holda rivojlanadigan milliy madaniyatni tasavvur qilish ham mumkin emas. Turli davrlarda, tarixiy sharoitlarda, mamlakatlarda shakllangan ma’naviyat umuminsoniy ma’naviyatning bir­biri bilan bog’lanib ketgan tarkibiy qismlaridir. Ana shu bog’liqlik va o’zaro aloqadorlik milliy madaniyatlar va umuminsoniy ma’naviyatlar shakllanishi va rivojlanishining asosiy yo’llaridan bo’lib hisoblanadi.

Ma’naviyatni anglash

Ma’naviyat juda chuqur va keng ma’noga ega. Ma’naviyat insonni inson qilib, uni boshqa jamiki jonli mavjudotlardan tubdan farqlab, keskin ajratib turadigan ong va til, aql­idrok va tafakkur, odamgarchilik, muruvvat, saxovat, rahm­shafqat, mehr­oqibat, iymon­e’tiqod, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, xalollik, poklik tabiatni e’zozlash, ilm va fanni, adabiyot, san’at va madaniyatni sevib ardoqlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat, o’zi va o’zga xalqlarning tili, tarixi, madaniyati, urf­odatlari va an’alarini hurmat qilish va qadrlash singari ajoyib xislat va fazilatlarni o’z ichiga oladi. Ma’naviyat inson hayotini bezaydi, go’zallashtiradi.

Ma’naviyat jamiyat bilan chambarchas bog’liq holda tarkib topar ekan, jamiyat hayotining rukunlari bo’lmish ijtimoiy iqtisodiy hodisalarga qattiq bog’langan bo’ladi. Ma’naviyat, eng avvalo, jamiyatning iqtisodiyoti bilan uzviy bog’langan. Iqtisodiyot bilan ma’naviyat inson va jamiyat hayotining o’zaro ajralmas, bir­birini to’ldiradigan, o’zaro ta’sir va aks ta’sir etadigan ikki tomoni, ikki qirrasidir.

Jamiyat taraqqiyoti ana shu ikki tomonning o’zaro birligi va aloqadorligi asosida amalga oshadi. Agar jamiyatda iqtisodiyot ravnaq topgan, mo’l­ko’lchilik ta’minlangan bo’lmasa, ma’naviyat o’z­o’zidan pasayib ketadi. O’z navbatida ma’naviyat barqaror bo’lmagan joyda moddiy boyliklarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish madaniyati ham yuksak bo’lmaydi. Mamlakatimiz fuqarolari oldida turgan o’tish davriga xos islohotlarda ana shu jihatlar ko’zda tutilgan. Ishlab chiqarishni, umuman xalq xo’jaligini taraqqiy ettirish bilan bir qatorda xalqning umummadaniyatini yuksaltirishga oid qator tadbirlarning amalga oshirilayotgani buning yorqin dalilidir. Jumladan, ulug’ ajdodlarimizning tavallud topgan sanalari munosabati bilan ularning yubileylarini munosib nishonlash, shu asnoda asarlarini nashr etish, “Sharq taronalari” xalqaro festivalining doimiylik tusiga kirishi, maqom ijrosiga bag’ishlangan xalqaro tanlovning o’tkazilib turishi, “Jahon adabiyoti” jurnalining yuzaga kelgani, Xorazmda Ma’mun akademiyasining tiklanishi va boshqa qator tadbirlar ana shu maqsadga qaratilgandir. Respublikamiz fuqarolarining ma’naviy barkamol bo’lib borishi ularning har jihatdan madaniyati yuksalib borishiga ham muhim omil bo’lib xizmat qiladi.

Ma’naviyati yuksak, odob­axloqli, ma’rifatli, madaniyatli kishilargina elim, yurtim deb yashaydi, birovlarga himmat­muruvvat ko’rsatishni, yordamga muhtoj kishilarga ko’mak berish va to’g’ri yo’l ko’rsatishni o’zi uchun baxt deb biladi. Yuksak madaniyat sohibi bo’lgan insonlar boshiga mushkul ish tushgan kishining mushkulini oson qiladi, dardiga malham bo’ladi, hojatini chiqaradi, etim­esirlarni parvarish qiladi. Ma’naviyatli, ma’rifatli kishilarda milliy g’urur, milliy iftixor tuyg’usi, oriyat kuchli bo’ladi. Ana shunday fazilatlarga ega bo’lgan kishilar o’z millati, el ulusi manfaati sharafini himoya qilishni o’zi uchun shon­sharaf deb biladi.

Ma’naviy barkamol bo’lgan odamlar birovlar orqasidan ginaxonlik qilmaydi, gap tashimaydi, fisqu fasod, bo’htonga nisbatan murosasiz bo’ladi, mahalliychilikka yo’l qo’ymaydi, guruhbozlikka, millat ajratishlarga qarshi astoydil kurashadi, milliy birdamlik, milliy hamkorlik va milliy hamjihatlik, o’zaro do’stlikni qaror toptirish va mustahkamlash yo’lida tinmay harakat qiladi.

Vazifasini suiste’mol qilish, tanish­bilishchilik asosida ish yuritish, ta’magirlik, poraxo’rlik, odob­axloqimiz va jamiyatimiz qabul qilgan qonun­qoidalarimizni chetlab o’tishga harakat qilish jamiyatimiz taraqqiyoti va davlat mustaqilligimiz uchun katta g’ov ekanligini anglab etish va bunday salbiy illat va yaramas odatlarga nisbatan murosasizlik ham etuk ma’naviyat sohibi bo’lgan insonlarga xos xislat va fazilatdir. Inson hayotida ma’naviyatga ehtiyoj sezilmaydigan sohaning o’zi yo’q. Ma’naviyat insonga milliy o’zligini anglab olishda katta yordam beradi. Ma’naviyat insonning ulug’ligini, martabasini, qudratli aql­idrok, tafakkur, madaniyat va ma’rifat sohibi ekanligini namoyon etadigan va amalda isbotlaydigan jamiki xislatlar yig’indisidir.

Demak, O’zbekistonning birinchi Prezidentining “Yuksak ma’naviyat–engilmas kuch” asarida ta’kidlaganidek: “Ma’naviyat-insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”1.

“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi” fanining metodologik bazasini o’rganishda quyidagi metodlar orqali ish ko’rish maqsadga muvofiqdir. Jumladan uyg’unlik metodi, qiyoslash va taqqoslash (kuzatish, tarixiy yondashish, mantiq) metodlari, Empirik-sotsiologik metod, umummantiqiy metod (sintez; abstraktlash; umumiylik), nazariy metod (abstraktlikdan konkretlikka), axloqiy metod (ayrim gurux yoki shaxs xulqini kuzatish), izoxlash metodi fan yutuqlaridan foydalanish. Undan tashqari hozirgi paytda neyro-lingvistik dasturlash, Blum taksanomiyasi, manipulyatsiya texnologiyalaridan foydalanilmoqda.

Hozirgi paytda tez-tez qo’llanilayotgan inter faol usullardan, ya’ni klaster, sinkveyn, aqliy hujum, ajurli arra, munozara, o’z o’rningni top, kichik guruxlarda ishlash, menyu, debatlar, tanqidiy fikrlash va boshqalardan foydalanish dars samaradorligini oshirishda muxim ahamiyatga egadir.



Download 214.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling