I bob. Ttxi larning nazariy asoslari va jahon xo’jaligida tutgan o’rni 8


Malayziya iqtisodiyotiga TTXIlarning kirib kelish tendensiyasi va zamonaviy holatining tahlili


Download 379.95 Kb.
bet5/12
Sana02.10.2020
Hajmi379.95 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

2.2 Malayziya iqtisodiyotiga TTXIlarning kirib kelish tendensiyasi va zamonaviy holatining tahlili

Malayziya Janubiy-sharqiy Osiyodagi mamlakat bo’lib, davlat hududi ikki qismdan iborat, ya'ni, yarim orol (Malakka) va sharqiy (Kalimantan orolining shimoliy qismi) qismlarga bo’linadi. Malayziyaning maydoni 329 847 km. kv bo’lib, dunyoda hududining kattaligi bo’yicha 65 – o’rinni egallaydi. Yarimorol qismi shimoldan Tailand, janubdan Singapur bilan, sharqiy qismi janubdan Indoneziya, shimoldan Bruney bilan chegaradosh, shuningdek, dengiz orqali Vetnam va Filippin bilan chegaralari mavjud. Malayziya iqtisodiyotiga to’xtalib o’tadihgan bo’lsak, Malayziya Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlarini tez rivojlanayotgan davlatlaridan biri hisoblanadi (Ilova 2.1). Tarixan Malayziya 1960-yildan boshlab, o’zining iqtsodiy rivojlanish yo’lini boshladi va qishloq xo’jaligi va qazib olishga ixtisoslashgan iqtisodiyotdan yuqori texnologiyaga va inson kapitaliga asoslangan iqtisodiyotga o’tdi. (Ilova 2.2)



Malayziya hukumati investorlar uchun qonuniy tizimga asoslangan siyosiy barqarorlikni ta’minlaydi va investorlar uchun imtiyozlar taqdim etadi. Texnologik jihatdan rivojlanganlik Malayziya iqtisodiy o’sishini ta’minlovchi omil bo’lgan. Texnologiya yordamida Malayziya investorlarning zamonaviy talablariga javob berib ularni faol jalb qilib kelmoqda. Malayziya ASEAN mamlakatlari orasidagi yuqori texnologiyalarga asoslangan sanoatlashgan millatlardan biri hisoblanadi. Millatning zamonaviy texnologiyalardan foydalana olishi, ishlab chiqarish sohasida ustunlini ta’minlab kelmoqda. Malaysiya infratuzilmasi biznes aloqalarini tashkil qilishni hisobga olgan holda tashkil etilgan bo’lib, Osiyo mamlakatlari orasida eng yaxshi infratuzilmalardan biri hisoblanadi. Raqamli va optik tolali texnologiyaga asoslangan. telekommunikatsiya tarmog’i, 5 ta xalqaro aeroport, sifatli avtomobil yo’llari, 7 ta xalqaro dengiz portlari bevosita Osiyo-Tinch okeani bozoriga chiqishni ta’milab beradi. Malayziya sanoati 500 ga yaqin sanoatlashgan hududlar va Erkin zonalar miqyosida rivojlanib kelmoqda. Malayziyaning o’ziga xos ustunliklaridan biri bu inson resurslari hisoblanadi. Malayziya yosh, o’qimishli va unumdor ishchi kuchiga ega. Malayziya hukmati inson resurlari rivojiga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Malayziyadagi yuqori investitsiya muhiti ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun dunyoning eng qulay joylaridan biri bo’lishiga xizmat qildi. Hozirgi kunda Malayziyada dunyoning 40 mamlakatidan 5000dan ortiq korxonalar o’z faoliyatini olib bormoqda. Ularning kopchiligi o’z biznesini Malayziyada kengaytirib diversifikatsiya qilib kelmoqda. Malayziya investitsiya taraqqiyot davlat organi ( MIDA ) Malayziyada ishlab chiqarish va xizmatlar tarmoqlarini rivojlantirish uchun hukumatning asosiy agentliklaridan biri hisoblanadi. Malayziya investitsiya taraqqiyot davlat organi (MIDA) korxonalarga kapital qo’yilmalarni sanoat, xizmatlar sohasida mamlakatlarini joylashtirishga ko’maklashuvchi organ bo’lib uning yana bir vazifasi hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishga ko’maklashish hisoblanadi. MIDAning keng qamrovli xizmatlari investitsiya sherikchiligi uchun hamkor qidirayotgan xorijiy sarmoyadorlar uchun mamlakatdagi investitsiya imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumot beradi.

2.2-jadval

Malayziya investitsiya taraqqiyot organi (MIDA)ning asosiy funksiyalari

Manba: www.mida.gov.my MALAYSIA’S EXPERIENCE IN ATTRACTING FDI; by MIDA

Malayziya investitsiya taraqqiyot organi (MIDA) ni tomonidan ishlab chiqarish va xizmatlar sohasiga TTXIlarni jalb qilishni rag’batlantirish bo’yicha turli xil rag’batlantiruvchi dasturlar va loyihalar ishlab chiqilgan. Ularning asosiylari quyidagilar: savdo va investitsiya tashviqoti, turli uchrashuvlar va kichik seminarlar, maxsus loyihalar targ’iboti, xalqaro seminarlar, forumlar, xorijiy investorlar bilan uchrashuvlar, sanoat yetakchilari dasturi, ommaviy axborot vositalari keng foydalanish, xalqaro ko’rgazmalar. MIDA tomonidan TTXIlarni jalb qilish uchun yaratilgan imtiyozlar:

1.“Investitsiyalarni himoya qilish to’g’risida”gi akt (Promoted lists of the Promotion of Investments Act (PIA)), 1986 yilda qabul qilingan barcha turdagi investitsiyalar uchun imtiyozlar, yuqori texnologiyaga asoslangan mahsulotlar uchun imtiyozlar beradi.

2.“Investitsiyalarni himoya qilish to’g’risida”gi aktning alohida bo’limlari, 1986-yilda qabul qilingan va strategik loyihalar uchun imtiyozlar, Halal Food Products mahsulotlari uchun imtiyozlar, tadqiqot va rivojlanish(R&D) faoliyati uchun imtiyozlar, xususiy oliy ta’lim muassasalari texnik va professional o’quv yurtlari uchun imtiyozlar, davlat tijorati uchun imtiyozlar beradi.

3.Tadqiqot va rivojlanish(R&D) faoliyatidagi izlanishlar, resursga asoslangan va asoslanmagan sanoatda Daromad Soliq Akti (Income Tax Act (ITA)), 1967-yilda qabul qilingan. Aerokosmetika sanoati, sog’liqni saqlash sohasi, ichki investitsiya tashabbusi uchun imtiyozlar beradi20.



Oxirgi o’n yil mobaynida Malayziya iqtisodiyotiga jalb qilingan to’gridan-to’g’ri investitsiyalarga e’tibor beradigan bo’lsak, o’sish tendensiyasini kuzatishimiz mumkin. Quyidagi 2.1 –rasmda 2005-2015-yillar mobaynida Malayziya iqtisodiyotiga jalb qilingan TTXIlarning kirib kelish tendensiyasi keltirilgan:

Manba: data.worldbank.org/indicator Jahon banki ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi



2.1-rasm. 2005-2015 yillar mobaynida Malayziya iqtisodiyotiga kiritilgan TTXIlar hajmining o’zgarish tendensiyasi (mlrd. AQSh dollari)

Yuqoridagi 2.1-rasmda ko’rinib turibdiki, 2005-yildan 2008-yilgacha TTXIlarning kirib kelish oqimida sezilarli o’sish kuzatilgan. 2008-2009-yilgi jahon moliyaviy inqirozi natijasida ko’pgina mamlakatlar qatorida, Malayziyaga ham TTXIlarning kirib kelishi keskin kamaygan. 2011-yilda esa 15 mlrd. AQSH dollari qiymatidagi TTXIlarni qabul qilgan Malayziya, eng ko’p investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakatlar 40 taligigiga kira oldi. 2015-yilda esa TTXIlarning kirib kelishi 2014-yilga nisbatan qariyb 11 % miqdorida o’sdi.



Agarda TTXIlarni sohalar bo’yicha taqsimotiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, bunda asosiy investitsiya ishlab chiqarish sohasiga kiritilayotganligiga guvoh bo’lishimiz mumkin. Ya’ni, Malayziyadagi mavjud shart-sharoitlar ishlab chiqarishni qo’llab quvvatlash siyosati bevosita bunga asosiy turtki bo’lib xizmat qilgan. Quyidagi 2.2-rasmda 2015-yilda Malayziya iqtisodiyotiga kiritilgan TTXIlarda sohalarning ulushi keltirilgan:



Manba: MALAYSIA INVESTMENT PERFORMANCE REPORT 2015, DRIVING SUSTAINABLE GROWTH, 29 February 2016



2.2-rasm. 2015-yilda Malayziya iqtisodiyotiga kiritilgan TTXIlarning sohalar bo’yicha taqsimlanishi (foiz hisobida)

Yuqoridagi 2.2-rasmda ko’rinib turibdiki, 2015-yilda Malayziya iqtisodiyotiga yo’naltirulgan to’gridan-to’gri xorijiy investitsiyalarning asosiy qismi, ya’ni 45 %i ishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan bo’lsa, 33 % investitsiyalar neft gaz sohasiga yo’naltirilgan. Moliya sug’urta sohasiga esa 11 % investitsiyalar kiritilganligini kuzatishimiz mumkin. Informatsiya va kommunikatsiya, qurilish, qishloq va o’rmon xojaliklari sohalariga esa 3 % dan xorijiy investitsiyalar yo’naltirilgan21.



TTXIlarni Malayziya iqtisodiyotiga kiritgan asosiy investor mamlakatlar qatorida AQSH, Yaponiya, Singapur, Xitoy, Gong Kong egallab turibdi. Quyidagi 2.3-rasmda 2015-yilda Malayziya iqtisodiyotining ishlab chiqarish sohasiga investitsiya kiritgan donor mamlakatlar keltirilgan:

Manba: MALAYSIA INVESTMENT PERFORMANCE REPORT 2015, DRIVING SUSTAINABLE GROWTH, 29 February 2016



2.3 – rasm. 2015-yilda Malayziya iqtisodiyotining ishlab chiqarish sohasiga investitsiya kiritgan asosiy investor mamlakatlar (mlrd. AQSH dollari)
Yuqoridagi rasmdan ko’rinib turibdiki, 2015-yilda Malayziya iqtisodiyotining ishlab chiqarish sohasiga TTXI kiritgan 5 ta asosiy investor mamlakatlar AQSh, Yaponiya, Gong Kong, Xitoy va Singapur bo’lib, bu mamlakatlar Malayziyaning asosiy tashqi savdo hamkorlari ham hisoblanishadi. Birgina Yaponiya va AQShning ishlab chiqarish sohasiga kiritgan invesyitsiyalari 2 mlrd. AQSH dollaridan oshishi bu mamlakatlarning Malayziya iqtisodiyotidgi o’rnini belgilab beradi22.

Demak, Malayziya 1960-yilda qishloq xo’jaligi va qazib olishga ixtisoslashgan iqtisodiyotdan 1970-yilga kelib birlamchi soha va import o’rnini bosish siyosatiga o’tadi. 1980-1990-yillarda esa eksportga yo’naltirilgan mahsulotlar va og’ir sanoatning rivojlanishi mamlakatda barqaror iqtisodiy o’sishni ta’min;ab beradi. 2000-yilda esa asosiy e’tibor yuqori texnologiyalar, yuqori qo’shilgan qiymat, bilimga asoslanganlik va xizmatlar sohasiga qaratiladi. 2010- yilga kelib yuqori impulsli, ishlab chiqarish va xizmatlar sohasida yangi strategiyalar ishlab chiqilib 2020-yilgacha aholi jon boshiga YaIMni 15 000 AQSH dollariga yetkazish maqsadi qo’yiladi.



Download 379.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling