I bob xorazmshohlar davlati va huquqi


Download 77 Kb.
bet1/5
Sana12.05.2022
Hajmi77 Kb.
#667360
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Xorazmshohlar
blok, kitob 3.1, Interfaol ta’lim metodlari, 01.03.2020 blok test, Махмудов шохрухмирзо, Махмудов шохрухмирзо, 3 мавзу иброхимов Отабек ди38, 4-amaliy mashg'ulot mal tiklash, '5-Mavzu Ped Nazariya1, yuk avtomobillarining valsimon detallarini qayta tiklashda va yeyilishga chidamliligini oshirishda plazma yoyi yordamida payvandlash texnologiyasini takomillashtirish, Педиатрияда хамширалик иши, Иномов, 2016, Педиатрияда хамширалик иши, Иномов, 2016, Misol, Misol, 2 5249008579028978107

Mundarija:
I BOB Xorazmshohlar davlati va huquqi

    1. Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi

    2. Xorazmshohlar davrida hokimiyat va boshqaruv

    3. Xorazm Somoniylar davrida


Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi
Xorazm yerlari Sulton Mahmud G'aznaviy tomonidan bosib olingan bo'lsa, 1044-yildan esa u saljuqiylar davlati tobeligiga tushib qolgan. XII asr o'rtalariga kelib esa sharqiy hududlardan bostirib kelgan qoraxitoylar butun Movarounnahrni ishg'ol etib, o'zlariga qaram qilgan bo'lsalar, bundan Xorazm ham mustasno qolmagan. Biroq shunga qaramasdan, Xorazm va uning iste'dodli, erksevar xalqi mustaqillik sari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo'lidan ilgarilab borishda davom etdi.
Xususan, saljuqiylar hukmdori Malikshoh davrida Xorazm mulkini mustaqil boshqarish huquqini qo'lga kiritgan turk o'g'loni Anushtagin va uning avlodlari Qutbiddin Muhammad (1097-1127) va Jaloliddin Otsiz (1127-1156) davrida Xorazmning siyosiy mustaqilligi kengaydi va uning ijtimoiy-iqtisodiy qudrati muttasil o'sib bordi.
Xorazmda anushteginlar sulolasining mustahkamlanishi, o'lkaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida Qutbiddin Muhammad garchi muhim rol o'ynagan bo'lsa-da, biroq uning butun hukmronlik davri saljuqiylar ta'siri doirasida kechdi. Shuning uchun ham Xorazmning mustaqil davlat sifatidagi o'rni va mavqeyi ko'proq uning o'g'li Otsiz (1127-1156) hamda anushteginlarning keyingi avlodlari: El Arslon (1156-1172), Takash (1172-1200) va Alovuddin Muhammad (1200-1220) daviiarida har jihatdan ko'zga tashlandi. So'nggi hukmdorlar Takash va Muhammad Xorazmshohlar davriga kelib esa Xorazm davlati o'rta asrlar davridagi eng qudratli saltanatga aylandi.
1141-yilda qoraxitoylar bilan Sulton Sanjar o'rtasida yuz bergan qonli to'qnashuv va unda saljuqiylarning mag'lubiyatidan foydalangan Otsiz Xuroson yerlarini, Marv, Nishopur shaharlarini egalladi. 1152-yilda Jandga qo'shin tortib, uni Xorazm davlatiga qo'shib oldi. Otsizning vorisi El Arslon ham mamlakat mustaqilligini kuchaytirish yo'lida qora­xitoylar bilan janglar olib boradi. El Arslon vafotidan (1172) foydalangan qoraxitoylar Xorazm hududiga bostirib kirdilar va uni o'lpon to'lashga majbur etdilar. Ammo Xorazm taxtini egallagan Takash (1172-1200) tez orada mohir davlat arbobi, tadbirkor va uddaburon hukmron sifatida o'z davlati qudratini yuksaltirishga muvaffaq bo'ladi. 1187-1193-yillarda u Nishopur, Ray va Marv shaharlarini bosib oladi. 1194-yilda esa saljuqiylar sultoni To'g'rul II ga kuchli zarba berib, Eronni egallaydi. Uning katta va yirik davlati markazlashgan hokimiyat bosliqaruviga ega bo'lgan.
Takashning o'limidan keyin Xorazm taxtiga uning o'g'li Alovuddin Muhammad o'tirdi (1200-1220 yy.)- 1203-yilda Muhammad qoraxitoy-larning yordami bilan Xurosonni butunlay bosib oldi. U Hirotni va uning yaqin atroflarini egalladi. 1207-yilda u o'z poytaxtiga qaytib, Movaroun-nahrni bosib olish uchun tayyorgarlik ko'ra boshladi.
Tez orada Buxoroni bosib oldi va shu tariqa Movarounnahrni Xorazm tarkibiga qo'shib olish boshlandi.
Buxoroni egallagach, Muhammad Xorazmshoh Movarounnahr viloyatlarini, birinchi navbatda Samarqandni qoraxitoylar asoratidan ozod qilishga otlanadi. Xuddi shu davrda Chingizxon ta'qibidan qochib Mo'g'ulistondan Yettisuv viloyati tomon chekingan nayman sardori Kuchlik qorluqlar bilan birlashib, qoraxitoylarga qattiq zarba beradi. 1230-yilda u hatto Go'rxonning O'zgandagi xazinasini qo'lga kiritadi. Bunday qulay vaziyatdan foydalangan Xorazmshoh Samarqand hukmdori Usmon ibn Ibrohim bilan birlashib, Yettisuv tomon askar tortadi.
Yettisuvgacha bo'lgan yerlar Xorazmshohlar davlatiga qarardi. Shunday qilib, XIII asr boshida Xorazm juda keng maydonni egallagan buyuk davlatga aylangan edi. Uning shimoli-g'arbiy va g'arbiy chegarasi Orol va Kaspiy dengizi sohillaridan janubi-g'arbda Iroqqa qadar borar edi, janubi-sharqiy hududlari G'azna viloyatidan, shimoli-sharqiy chegarasi esa Yettisuv va Dashti Qipchoqdan o'tar edi.
Xorazmshoh Muhammad hokimiyati shunchalik kuchayib ketgan ediki, XI asr oxiri - XII asr boshlarida u saljuqiylar podsholarining unvonlaridan bo'lgan sulton - Allohning yerdagi soyasi degan iborani o'z uzugiga o'yib yozdirgan va Iskandari Soniy Zulqarnayn unvonini qabul qilgan. Ammo ko'p o'tmay bu davlat Chingizxon boshchiligidagi mo'g'ul-tatar qo'shinlari toraonidan bosib olinadi. Faqat taxt vorisi Jaloliddin Mangu-berdining (1220-1231) Xorazmshohlar davlati bo'laklarida tuzgan davlatigina yana o'n yillar yashaydi.
Xorazmshohlar davlati XIII asrga kelib katta-katta o'lka va viloyatlarni o'z ichiga olgan buyuk saltanatga aylangan edi. Aholining asosiy qismi qishloq xo'jaligi, asosan dehqonchilik bilan shug'ullangan. Mamlakatda yer egaligi va u bilan bog'liq munosabatlar taraqqiy etgan. Yeiiar ilgarigidek davlatniki hisoblangan, biroq yirik yer egaligi -iqladorlik rivojlanib borgan.
Saltanatni hokimlar, noiblar, vazirlar, lashkar boshliqlaridan iborat kuchli harbiy aristokratiya, mustavfiy (daftardor hisobchilar), qozilar va boshqa ko'pgina saroy mansabdorlaridan iborat ulkan arkoni davlat doirasi qurshab turardi. Yuqori amaldorlarning ko'pchilik qismi yirik yer-suvlarga ega bo'lgan mulkdor oqsuyaklar tabaqasini tashkil etardi. Ko'pgina mansablar odatda, o'rta asrlar jamiyati sharoitida keng tarqalgan, ota-bobodan meros bo'lib o'tar edi. An'anaviy tusga kirgan bunday hoi davlat mansabdorlariga eng munosib shaxslarni tanlab qo'yish imkoniyatidan mahrum qilar edi. Yuqori mansabdorlik davlatdan iqta yerlarini (umrbod foydalanish uchun ajratilgan katta yer maydoni) olish bilan chambarchas bog'langan edi. Masalan, Nasaviyning . yozishicha, Naso viloyatiga noib qilib tayinlangan Ziyoulmulkka xizmati uchun yiliga o'n ming dinor daromad keltiradigan butun bir viloyat iqta tariqasida taqdim etilgan edi. Iqtadorlik mahalliy hokimlar, noiblar, vazirlar, yirik yer egalari harbiy aristokratiya vakillari va boshqa yuqori mansabdorlarning iqtisodiy mustaqilligini oshirar va ularning markaziy hokimiyatga nisbatan qarshilik kayfiyatlarini rag'batlantirar edi.
Mamlakat holatining eng achinarli tomonlaridan yana biri shunda ediki, asosiy soliq va muttasil hasharlardan tashqari yiliga bir necha bor to'planadigan turli xil to'lov va yig'imlardan tinkasi qurigan mamlakat fuqarosining arkoni davlatga, ayniqsa uning tojdori Sulton Muhammadga nisbatan bo'lgan e'timodi ham, e'tiqodi ham susayib ketgan edi.
Xorazm davlatining aholisi va ularning turli qatlamlari haqida Muhammad Bag'dodiyning kitobida quyidagicha ma'lumotlar beriladi:
1. Sayyidlar - payg'ambar avlodlari sanalib, xorazmshohlar ularni muborak nasab vakillari sifatida hurmat qilganlar hamda ularni hech narsaga muhtoj qilmaslikka intilganlar.
2. Imomlar va olimlar - davlat ishlarida bunday shaxslarning maslahatlari va ko'rsatmalariga amal qilingan. Ijtimoiy hayotda ularning mavqeyi ancha ustun bo'lgan.
3. Qozilar va hokimlar - qonunlar chiqarganlar, shariatning aholi ustidan nazoratini amalga oshirganlar.
4. Tasavvuf vakillari - islomda noortodoksal oqim vakillari bo'lib, faqirona hayot kechirganlar. Ular orasidan donishmandlar, mashoyihlar chiqqan va so'fiylarning aksariyati xalq tomonidan e'zozlangan. Hukmdorlar bunday shaxslarni hurmat qilganlar va ko'pincha ulardan duo tilagini so'raganlar.
5. Oqsoqollar - qishloq, urug'-qabila boshliqlari.
6. Amaldorlar va sipohiylar. Xorazmshohlarning joylardagi noiblari qo'li ostida xizmatda turgan shaxslar.
7. G'oziylar - islom dini uchun kurashuvchi kishilar. Mamlakat mehnatkashlarining turli qatlamlari va shuningdek, martabalar o'rtasidagi farqlar somoniylar davlatidagi singari edi.
Xorazmshohlar davrida ham qoraxoniylar davridagidek mulklar iqta tariqasida in'om etilgan. Masalan, xorazmshoh Takash (1172-1200) Naso viloyatini To'g'onshoh g'uzga iqta tariqasida beradi. Yorliqda xorazmshohlar davridagi quyidagi ijtimoiy guruhlar tilga olinadi: ruhoniylar, g'oziylar, ulamolar, davlatmandlar, hakimlar, sarkardalar, zamindorlar. Unda shihna - qishloq va muzofot hokimi, mutasarruf - moliya va xiroj ishlari ma'murlari, mirob - suv taqsimoti bilan shug'ullanuvchi, opiil ~ xiroj yig'uvchi ekanligi ko'rsatiladi. Hujjatda barzgardan ortiqcha xiroj olish xoliq va xalq oldida nomaqbul hisoblanib, o'sha nohiyadagi ayollar nomusi, molu mulk va aholi hayoti muhofaza etilishi ta'kidlanadi.


Download 77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling