I lte (Long Term Evolution) texnologiyasining o’ziga xos xususiyatlar


Download 1.79 Mb.
bet1/12
Sana23.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1650910
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
diplom (2)


MUNDARIJA
KIRISH

I. LTE (Long Term Evolution) TEXNOLOGIYASINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLAR


1.1. LTE (Long Term Evolution) texnologiyasi va arxitekturasi
1.2. SAE (System Architecture Evolution) tayanch tarmoq arxitekturasi
1.3. LTE texnologiyasining 3GPP standartlarining boshqa tarmoqlari bilan o’zaro ta’sirlashishi
1.4. LTE texnologiyasining parametrlarini taxlil qilish
1.4.1. Pastgi kanal
1.4.2. Yuqori kanal
1.5. MIMO texnologiyasi
1.6. Chastotalarni radiorejalashtirish

II. LTE (Long Term Evolution) TARMOQLARIDA MA’LUMOTLARNI UZATISH PARAMETRLARINI TAHLIL QILISH


2.1 Tarmoqning joylashuvi va avzalliklari
2.2 Huawei DBS3900 bazaviy stansiyasi
2.3 Bazaviy chastotalarga ishlov berish bloki
2.4 LTE tarmoqlari uchun TriQuint TGA2450 – SM quvvat kuchaytirgichi
2.5. Transmission qismining tavsifi
2.6. Liniyaning energetik potensialini hisoblash
2.7. LTE uchun tarqalishda so’nishlarni hisoblash
2.8. LTE va WiMAX texnologiyalarining aloqa masofasini taqqoslash
2.9. Ma’lumotlarni uzatish sifati parametrlarini baholash
2.10. Yuklamani balanslashni tadqiq etish

III HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI


3.1. Ishlab chiqarish binosining metrologik sharoitlari
3.2. Tashkilot ishchilari va aholini tabiiy ionlashuvchi nurlaninsh manbalaridan nurlanishi
3.3. Xodimlar va aholini favqulodda vaziyatlar sharoitida himoyalash tadbirlarini rejalashtirish

XULOSA
ADABIYOTLAR RO`YXAT



KIRISH
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlashni ko‘zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlangan.
Bundan tashqari, 40 dan ortiq axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan geoportalni ishga tushirish, jamoat transporti va kommunal infratuzilmani boshqarishning axborot tizimini yaratish, ijtimoiy sohani raqamlashtirish va keyinchalik ushbu tajribani boshqa hududlarda joriy qilishni nazarda tutuvchi «Raqamli Toshkent» kompleks dasturi amalga oshirilmoqda.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar, biznes hamjamiyati va ilmiy doiralar vakillari hamda xorijiy ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasi ma’qullandi.
Bunda, hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish doirasida:

  • aholi punktlarini Internet tarmog‘iga ulash darajasi, shu jumladan keng polosali ulanish portlarini 2,5 milliongacha ko‘paytirish, 20 ming kilometr optik-tolali aloqa liniyalarini qurish va mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish orqali 78 foizdan 95 foizga yetkaziladi;

  • iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi korxonalarda boshqaruv, ishlab chiqarish va logistika jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha 280 dan ortiq axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar joriy etiladi;

  • hududlarda hokimlar, davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish uchun tegishli oliy ta’lim muassasalari biriktiriladi hamda ularning 12 ming nafar xodimi axborot texnologiyalari sohasida o‘qitiladi.

“Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtirish komissiyasi) muvofiq tarkibda tashkil etildi va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • har oyda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha rejalashtirilgan loyihalar va chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan hisobotlarini tinglash hamda ularning javobgarligi masalasini ko‘rib chiqish;

  • doimiy monitoring asosida elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yanada takomillashtirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatidagi funksional jarayonlar va tartib-taomillarni optimallashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish;


Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling