I. Mavzu: To‘g‘ri burchakli parallelepiped va kub hajmi formulalari


Download 26 Kb.
Sana12.05.2022
Hajmi26 Kb.
#667426
Bog'liq
I. Mavzu To‘g‘ri burchakli parallelepiped va kub hajmi formulal
1.-Anketa Babajanov Ulugbek, Maʼlumki, joriy-WPS Office, Maʼlumki, joriy-WPS Office, 3-tema, 3-tema, Miya mashqlari, MEVALAR, Test, 1. Maruza -, Mavzu Ot so’z turkumi, Ona tilidan Metadichka TAYYOR (Автосохраненный)

I.Mavzu: To‘g‘ri burchakli parallelepiped va kub hajmi formulalari

II.Darsning maqsadi:

a) Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarni:

– hajm o‘lchov birliklari;

– birlik kub nimaligi;

– to‘g‘ri burchakli parallalepiped hajmi;

– kubning hajmini hisoblashga o‘rgatish;

b) Tarbiyaviy maqsad:

-O‘quvchilarni estetik ruhda tarbiyalash va Vatanga muhabbat hissini shakllantirish

v ) Rivojlantiruvchi maqsad:

– O’quvchilarni hajmga ega bo’lgan geometrik shakllar va ularning hajmlari haqidagi barcha bilimlarini guruhlarda ishlash qobiliyatini, diqqati, nutqi hamda xotirasi va ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish

Darsning usuli: Ma’ruza-suhbat.Guruhlarda ishlash.Aralash

III. Darsning jihozi:

1.“V-sinf matematika ” darsligi.”Mavzulashtirilgan testlar” to’plami

2.Ko’rgazmali qurollar,tarqatma materiallar , test materiallari,bo’r va yozuv taxtasi va to’g’ri burchakli parallelepiped va kub maketlari.Internet manbalari

3.To’g’ri burchakli parallelepiped va kubning hajmini topishga doir slaydlar

Mavzuni o’rganish natijasida o’quvchilar egallashlari lozim bo’lgan

Bilimlar:

– hajm birliklari orasidagi bog’lanishlarni;

– to’g’ri burchakli parallelepiped hajmini hisoblash formulasini;

– kub hajmi formulasini bilish.

Ko’nikmalar:

– o’lchamlari(bo’yi, eni, balandligi) berilgan to’g’ri burchakli parallelepipedning;

– qirrasi berilgan kubning hajmini hisoblay olish;

– kub va to’g’ri burchakli parallelepiped hajmiga doir formulalarni amaliyotga qo’llay olish.

Malakalar:

– to’g’ri burchakli parallelepiped va kubning hajmiga doir sodda mashqlarni mustaqil yecha olish

Kompetensiya turi:

– Axborot

– Matematik tushunchani tasavvur qilish va anglash

Shakllantirilayotgan kompetensiyalar:

Kommunikativ, axborot bilan ishlash, shaxs sifatida o’z – o’zini rivojlantirishi tayanch kompentensiyalar elelementlarini shakllantirish


Amalga oshirish usullari:

-Mal‘umotnoma, darslik, lug‘at, jadval, ensiklopediya, internetdan mavzuga oid axborotni ola bilish (Bunda o’quvchilarga kompyuterda internetga kirib qidiruv oynasiga “To’g’ri burchakli parallelepiped va kub hajmi” deb yozib qidiruv tugmasi bosiladi va ma’lum lahzalardan so’ng kompyuter ekranida bu tushunchalarga oid ma’lumotlarni o’qishimiz mumkinligi aytib o’tiladi)


– Interaktiv testlar, didaktik materiallar bilan ishlay olish.
-Nutqda matematik terminlarni savodli qo‘llay olish.
Darsning texnologik xaritasi
№ Dars bosqichlari Vaqt O’qituvchi faoliyati O’quvchi faoliyati
Texnologiya Usul Shakl Vosita1Tashkiliy qism5mSalomlashish, davomatni aniqlash,dunyoqarash mashqlari, guruhlarga bo’lish, o’quvchilarning darsga tayyorlanadiNavbatchi
o’quvchi va o’quvchilar faol javob beradilar
Og’zaki
Guruh bo’libJurnal
ruchka, tarqatmalar
2O’tilgan mavzuni takrorlash va uy vazifasini tekshirish5mSo’rash usullari:individual savollar, tarqatmalarO’quvchilar berilgan topshiriqlarni bajaradilarXotira mashqiHar bir o’quvchi
Yakka tartibda Savol kartochka
3Yangi mavzuni tushuntirish10mMavzu Power dasturida yaratilgan taqdimot yordamida multimedia vositalaridan foydalanib tushuntiriladiO’quvchilar yangi mavzuni o’rganadilar kerakli joylarini yozib oladilar.Ko’rgazmali,

Og’zaki, Yozma Yakka Guruhiy Multimedia vositasi,Kompyuter 4Yangimavzuni


mustahkamlash va umumlashtirish 16mMustahkamlash va umumlashtirish
Usullari:
1.Test
2.Kitob bilan ishlash
O’quvchilar test bajaradilar, mashq bajaradilarKo’rgaz-mali
Yozma Yakka tartibda Kartochka, tarqatma material
5Uyga vazifa va unga izohlar2mDarslikdagi 15-18-mashqlar yechib kelinadiUy vazifani yozib oladilarYozmaGuruhiyKitob

IV.Darsning borishi:


a) Tashkiliy davr. O’quvchilarning davomatini aniqlab ,sinf va o’quvchilar tozaligiga e’tibor beriladi;Darsning bu qismida o’quvchilarga quyidagicha savollar berib ularni yangi darsga tayyorlanadi.Masalan:
1) Bugun qanday sana? (Javob. 7-dekabr)
2) 7 qanday son? (Javob. 7 natural son)
3) 7 yana qanday son (Javob. 7 tub son)
4) 7 soni bilan mashxur nimalarni bilasiz?
(Javoblar:)1) Dunyoning 7 mo’jizasi; 2) Kamalakning rangi 7 ta; 3) Hafta 7 kundan iborat;
4) 7 iqlim; 5) Musiqada 7 ta nota bor; va hokazo
Sinf o’quvchilari 2 guruhga bo’linib ,har bir guruh nomlanadi.
1-guruh-“Parallelepiped” 2-guruh-“Kub”
b) O’tilgan mavzuni takrorlash .
O’tilgan mavzuni takrorlash uchun 5 ta topshiriqdan iborat qisqa test ekranda namoyish qilinadi ,o’quvchilar javoblar varaqasini o’zaro almashtirib “bir-birini baholash usuli”da baholanadi)
To’g’ri to’rtburchak perimetri formulasini toping.A) P= 4a B) P = 2(a+b) C) S= a2 D) S= ab E) a= 2n+1Kvadrat yuzi formulasini toping.A) P= 4a B) P = 2(a+b) C) S= a2 D) S= ab E) a= 2n+1To’g’ri to’rtburchak yuzi formulasini toping.A) P= 4a B) P = 2(a+b) C) S= a2 D) S= ab E) a= 2n+1Kvadrat perimetri formulasini toping.A) P= 4a B) P = 2(a+b) C) S= a2 D) S= ab E) a= 2n+1Yuzi 30 sm2 ga teng eni 5 sm bo’lgan to’g’ri to’rtburchakning bo’yiga kvadrat yasalgan shu kvadratning yuzi va perimetrini toping.A) 36 sm2, 24 sm B) 24 sm2, 36 sm C) 36 sm2, 30 sm D)6 sm2, 12 sm E) 5 sm2, 24sm
Yangi mavzuni tushuntirish:
v) Yangi mavzuni tafsilotlari
Uzunlik o‘lchov birligi qilib uzunligi 1 birlikga teng bo‘lgan kesma uzunligi olingan.
Yuz o‘lchov birligi qilib tomoni 1 birlikga teng bo‘lgan kvadrat yuzi olingan.
Hajm o‘lchov birligi qilib esa qirrasi 1 birlikka teng bo‘lgan kub hajmi olinadi.
Uzunlikni topish uchun 1 ta son, yuzani topish uchun 2 ta musbat sonni va hajmni topish uchun 3 ta musbat sonni ko‘paytmasi (Geometrik nuqtai nazardan ) hajmni bildiradi.
Hajm o‘lchov birligi sifatida birlik kub hajmi olinadi.

Qirrasi bir uzunlik birligiga teng bo‘lgan kub birlik kub deyiladi.

Berilgan jismning hajmini topish u nechta birlik kubdan tashkil topganini bilish demakdir. To‘g‘ri burchakli parallelepipedni n dona birlik kubga ajratish mumkin bo‘lsa, uning hajmi n birlik kub hajmiga teng deyiladi.

O‘lchamlari (qirralari uzunliklari) a,b,c bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepipedning hajmi V=abc (kub birlik) ga teng bo‘ladi.Bu formuladan quyidagi qo‘shimcha formulalar kelib chiqadi. a= V:(bc), b=V:(ac) c=V:(ab)

Odatda to‘g‘ri burchakli parallelepipedning a-bo‘yi, b- eni, c-balandligi deyiladi. a.b – to‘g‘ri burchakli parallelepipedning asosi yuzi bo‘lganidan quyidagi qoida kelib chiqadi:

To‘g‘ri burchakli parallelepipedning hajmi uning asosi yuzi bilan balandligining ko‘paytmasiga teng. V= SH (S –asos yuzi, H- balandligi) Bu formuladan quyidagi formulalar kelib chiqadi. S= V:H , H= V:S

Kub uchun barcha qirralar o‘zaro teng: a=b=c.

Kubning hajmi V=a.a.a=a3 (kub birlik)ga tengdir.

Shundan keyin taxtada 1 – masala og‘zaki yechiladi.

a) V= 7dm3; S= 18dm2

To‘g‘ri burchakli parallelepipedning bir uchidan chiquvchi qirralari yig‘indisi bir xil (o‘zaro teng) bo‘lsa-da, ularning hajmlari, sirtlari turlicha bo‘lishi mumkin.

V.Darsni mustahkamlash:

2-6 mashqlarni ham har bir guruhga bo‘lib beriladi va o‘quvchilar yozuv taxtasida yechadilar.

2-mashq.a) a=12sm, b= 15 sm,c= 8 sm V=abc=12⋅15⋅8=1440 sm3 b) a=18 dm, b=9 dm, c= 12 dm,

V= abc= 18⋅9⋅12=1944 dm3

3-mashq. 1m³ havoning massasi 1290g ,8m,6m va 3m bo’lgan sinfxona havosining massasini toping.

V=8⋅6⋅3=144 m³ ; 144⋅1290=185760g=185 kg 760 g; Javob: 185 kg 760 g

4-mashq. a) S= 15sm² ; H= 4 sm; V= SH= 15⋅4sm3 =60sm³. b) S= 36dm²; H= 2 dm; V=SH= 36⋅2 dm³=72dm³.

5-mashq.b= 24 m; a=13m; V= 3432 m³; c= V:ab=3432:(24⋅13)=3432:312=11; Javob: c= 11 m

6-mashq. a)V= 7290 sm³; H= 54 sm; S=? S= V:H= 7290:54= 135 sm2 b) V= 1170dm³; H=78 dm; S= V:H= =1170:78=15; Javob: S=15 dm2 

O‘tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.(Ekranga har bir guruh uchun tayyorlangan savollar chiqariladi)

1-guruhga

Kub sirtining yuzi nimaga teng? ( S = 6a2)Kubning yoqlari nechta? ( 6 ta)To‘g‘ri burchakli parallelepiped sirtining yuzi nimaga teng? ( S= 2 (ab +bc +ac)Kub hajmi formulasi qanday? ( V= a3)

2-guruhga

To‘g‘ri burchakli parallelepiped hajmi nimaga teng? ( V= abc)Kubning qirralari yig‘indisi nimaga teng? ( 12a)To‘g‘ri burchakli parallelepipedning aqirralari yig‘indisi nimaga teng? L = 4(a+b+c)Kubning nechta qirrasi bor? ( 12 ta)

Savollarga javoblar tahlil qilib boriladi.

O‘tilgan mavzuni takrorlash uchun test topshiriqlari: (Ekranga test topshirig‘i chiqariladi)

To‘g‘ri burchakli parallelepipedning nechta uchi bor?A) 4 ta B) 6 ta C) 8 ta D) 12 ta E) 2 taTo‘g‘ri burchakli parallelepipedning nechta qirrasi bor?A) 4 ta B) 6 ta C) 8 ta D) 12 ta E) 2 taBerilgan ma’lumotlarga ko‘ra kub sirtining yuzini toping. Kubning qirrasi 3 dm.A) 36 dm2 B) 48 dm2 C) 54 dm2 D) 64 dm2 108 dm2To‘g‘ri burchakli parallelepipedda a =2 sm, b=3 sm ,c =8 sm sirtining yuzini toping.A) 92 sm2 B) 24 sm2 C) 48 sm2 D) 64 sm2 E) 52 sm2

Topshiriq oxirida test javoblari ekranga chiqariladi va o‘quvchilar javob varaqlarini o‘zaro almashtirib, bir-birini baholaydilar.

VI. Darsni yakunlash

-O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan ishlari bo‘yicha o‘z xulosalarini bildiradi.

-Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi, tegishli ballar qo‘yiladi.



VII. Uyga vazifa. 15-18- mashqlarni bajarib kelish.
Download 26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling