I. Nazariy metodologik qismi 1 Tadqiqotning dolzarbligi


Download 18.97 Kb.
Sana11.11.2020
Hajmi18.97 Kb.
#143825
Bog'liq
chori tadqiqot


Ijtimoiy – iqtisodiy muammolarning oilaviy aralishlarga ta`siri
(Toshkent shahri misolida)” mavzusida
sotsiologik tadqiqotning dasturi
I.Nazariy metodologik qismi

1.1 Tadqiqotning dolzarbligi. Ushbu mavzuning dolzarbligi yosh avlodning tarbiyasi, mustahkam oilani shakllantirish bilan uyg’unligidadir. Bakomol yoshlarni tarbiyalash, ularning oila qurishi va mamlakatda ijtimoiy iqtisodiy yo’nalishda o’tkazilayotgan islohatlardagi faol ishtirokiga qaratilgandir. Bu strategik masala yoshlarning o’qib o’rganishlarini, mustahkam oila qurib jamiyatimizga xizmat qilishdagi faoliyatlarini yanada takomillashtirshni, ular hayotining jamiyat talablari darajasida bo’lishini talab qiladi. Bizning yurtimizda inqirozli oilalarning kam bo’lishi islohatlarga monand ishdir. Shuning uchun hum O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning taklifiga binoan 2012 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili” deb e’lon qilindi. Millat ma’naviyatini yuksaltirishda, shubhasiz, oilaning o‘rni muhim. Jamiyatda mavjud qaysi bir muammoga nazar tashlamang, ildizi oila va uning moddiy, ma’naviy-ma’rifiy holatiga borib taqalaveradi. Shu bois ham mamlakat kelajagi oilaning mustahkamligi bilan chambarchas bog‘liqligini mutlaqo inkor etib bo‘lmaydi. Qator mutasaddi tashkilotlar tomonidan oʻtgan davrda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash, ular oʻrtasidagi ajrim holatlarining oldini olish maqsadida qator ishlar amalga oshirilayotganiga qaramay, hanuz bu sohadagi muammolarimiz yetarlicha. Ammo soʻnggi yillarda turli sabablarga koʻra, oila ajrimlarining oshib borayotganiga guvoh boʻlyapmiz. Misol uchun respublika boʻyicha 2019-yilnig 11 oyida 277,4 ming nikoh qayd etilgan boʻlsa, 28,7 ming oila ajrashgan. Bu yangi tuzilgan har 10 oiladan bittasida ajrim roʻy berdi deganidir. 2020-yilning yanvar-mart oylarida respublika boʻyicha FHDYO organlari tomonidan 7,8 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan. Hududlar boʻyicha eng koʻp ajrimlar Toshkent shahri, Andijon, Samarqand, Toshkent viloyatlarida kuzatilgan. Afsuski, hayotimizda erta va qarindoshlar o‘rtasida tuzilayotgan nikohlar, yosh oilalardagi ajrimlar, ayollar jinoyatchiligi, voyaga yetmaganlar orasida bezorilik va huquqbuzarliklar uchrab turibdi. Demak, oilalardagi salbiy holatlarning sababini o‘rganish va ularni bartaraf etish, oilalarni murakkab hayotiy vaziyatlardan olib chiqishda yangicha mexanizmlarni joriy etish talab etilmoqda. Mamlakatimizdagi 8,3 milliondan ziyod oilaning 2 milliondan ko‘pi yosh oila sanaladi. Oilaviy ajrimlarning aksariyatiga iqtisodiy-ijtimoiy muammolarni sabab qilib ko`rsatishimiz mumkin. Masalan uy-joy masalasi, ishsizlik, moddiy yetishmovchilik, yoshlarning mustaqil hayotga tayyor boʻlmasdan oila qurishi, er yoki xotinning ishlash uchun boshqa mamlakatlarga ketib qolishi, oilada maʼnaviy-axloqiy muhitning yomonligi, oilaga tashqaridan boshqa shaxslarning aralashuvi kabi muammolar sabab bo`lishi mumkinligini va uning jiddiy o`rganilishini taqozo etadi.
Muammoli vaziyat – Ijtimoiy – iqtisodiy muammolar tufayli yosh oilalarning ajrimlari ko`payishining oldini olish bo`yicha tizimli ishlar olib borishda kamchiliklarga yo`l qo`yilayotganligi sababli, ayniqsa Toshkent shahrida oilalar o`rtasida ajrimlarning ortishiga olib kelmoqda.

Ijtimoiy muammo

Ilmiy muammo


1.2 Tadqiqot maqsadi. Iqtisodiy – itimoiy muammolarning oilalarning aralishlariga ta`sirini Toshkent shahri misolida o’rganish va mazkur sohada yuzaga kelayotgan muammolarni oldini olish yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.

1.3 Tadqiqot vazifalari:

1. Iqtisodiy-ijtimoiy muammolarning oilalarning mavjud ahvoliga ta`siri mexanizmi bilan batafsil tanishib chiqish;

2. Oilalarning huquqiy negizini ta‘minlashga qaratilgan huquqiy normalarni tahlil qilish;

3. Sotsiologik tadqiqot instrumentlarini yaratish;

4. Respondentlar ba’zasini shakllantirish va tadqiqot o’tkazish joyini belgilash;

5. Pilotaj tadqiqotini o’tkazish orqali tadqiqot instrumentlariga ishlov berish;

6. Imperik tadqiqotning statistik natijalarini umumlashtirish va talqin qilish.

7. Iqtisodiy – itimoiy muammolarning Toshkent shahridagi oilalarning ajrimiga ta`siri bilan bog‘liq muammolarni o‘rganib ularni hal etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.



1.4 Tadqiqot obyekti. Iqtisodiy – itimoiy muammolarning oilalarning aralishlariga ta`sirini

1.5 Tadqiqot predmeti. Iqtisodiy – itimoiy muammolarning Toshent shahridagi oilalarning aralishlariga ta`sirini o`rganish.

1.6 Asosiy tushunchalarning mantiqiy tahlili:

Ijtimoiy muammmo- voqelikda bizni o`rab turgan hayotda mavjud bo`lgan, ommaviy tus olgan, keng ijtimoiy guruh yoki ijtimoiy institutlarga daxldor bo`lgan zid vaziyat.

Ajrim – ma`lum bir masalaga oid uzil-kesil hal qiluvchi keskin qaror.

Oila— teng huquqli nikohlanuvchilar tomonidan vuudga keluvchi amiyatning asosiy bo`g`ini

Oilaviy ajrim – nikohlanuvchilar ixtiyoriy roziligi asosida nikoh shartnomasini sud tomonidan bekor qilinishi va oilaning bo`linishi

  • Tadqiqot gipotezasi: O`zbekistonda oilalarning ajralishida iqtisodiy-ijtimoiy omil eng katta ta`sir ko`rsatish xususiyatiga ega

    1. Empirik ma’lumotlarni to’plash ko’rsatkichlari:

  • Oilaning huquqiy asoslarini ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlari;

  • “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining materiallari;

  • Toshkent shahridagi oilalarning ijtimoiy ahvoli;

  • Toshkent shahridagi oilalarning iqtisodiy ahvoli va boshqalar;

Download 18.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling