I nazorat ishi variant №1 Bir yilda sodir bo'lgan voqealar to'g'ri ko'rsatilgan javobni aniqlang?


Download 48.5 Kb.
Sana21.11.2020
Hajmi48.5 Kb.
#149745
Bog'liq
8 Жахон тарихидан назорат


I - NAZORAT ISHI Variant № 1

1. Bir yilda sodir bo'lgan voqealar to'g'ri ko'rsatilgan javobni aniqlang?

  1. Amerigo Vespuchchi vafot etdi, Ispan qiroli mahalliy hindularni qulga aylantirishni ta'qiqlovchi qonun chiqardi

  2. Ispanlar Yangi Dunyoda konkista siyosatini boshlashdi, Kabral Braziliyani kashf etdi

  3. Yelizaveta Angliya taxtiga chiqdi, "Engilmas armada" mag'lubiyatga uchradi

  4. Fransiyada Nant edikti imzolandi, Rus podshosi Boris Godunov vafot etdi

2. Xristofor Kolumb yashagan yillar qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?

  1. 1483-1522 yillar

  2. 1451-1506 yillar

  3. 1454-1512 yillar

  4. 1438-1507 yillar

3. Kashf etilgan Yangi Dunyo "Amerika" deb atalgan birinchi globus qachon va qayerda yaratilgan?

  1. 1515 yil Germaniya

  2. 1569 yil Ispaniya

  3. 1605 yil Italiya

  4. 1507 yil Italiya

4. Martin Lyuter o'zining "95 tezis" yorlig'ida ilgari surgan talablari to'g'ri berilgan javobni toping?

  1. Rim Papasi taxtiga nemis millatiga mansub bo'lgan kishini o'tqazish

  2. Protestantlik mazhabini tashkil qilish

  3. Germaniyadagi cherkovni Rim Papasi qaramog'idan ozod etish

  4. Inkvizatsiya sudini taqiqlash

5. Abu Rayhon Beruniy o'zining qaysi asarida okean ortida quruqlik borligi haqida bashorat qilgan edi?

  1. "Geodeziya"

  2. "Osorul-boqiya"

  3. "Hindiston"

  4. "Minerologiya"

  1. 1650 yilga kelib Yevropa aholisi qanchaga yetdi?

A) 88 mln.

B) 100 mln.

C) 90 mln

D) 150mln.



  1. Avstraliya qit'asi nechanchi yil kashf qilingan?

A) 1507 yil

B) 1600 yil

C) 1598 yil

D) 1605 yil



8. Yengilmas armada deb nom olgan harbiy flot qaysi davlatga tegishli bo'lgan?

A) Angliya

B) Italiya

C) Ispaniya

D) Portugaliya

9. Monopoliya so'zining ma'nosi nima?


  1. ochiq, aniq ravshan

  2. tanho sotaman

  1. taqsimlanadigan narsa

  1. ulgurji savdo qilish

10. Protestatsiya, yam norozilik bildirish deb nomlangan xrisrianlik dinining oqimi nechanchi yilda vujudga keldi?

A) 1558-yil

B) 1557-yil

C) 1555-yil

D) 1600-yil

11. Xristofor Kolumb tomonidan Amerika qit'asi kashf etilgan yilni aniqlang.

A) 1492-yil B) 1498-yil C) 1499-yil D) 1500-yil



12. Birinchi marta dunyo aylana sayohatni amalga oshirgan shaxsni aniqlang.

  1. Amerigo Vespuchi

  2. Fernando Magellan

  3. L.V.Torres

  4. Vasko da Gama

13. 1492-yilda kashf qilingan San-salvador oroli hozirda qaysi davlat hududida joylashgan?

A) Kuba B) Gaiti C) Dominikan D) Bagama orollari



14. Xristofor Kolumb Amerika qit'asiga necha marta ekspeditsiya uyushtirgan?

A) 4 marta B) 2 marta C) 3 marta D) 5 marta



15. Atlantika orqali Hindistonga boriladigan dengiz yo'li kim tomonidan kashf etilgan?

  1. Amerigo Vespuchi

  2. Fernando Magellan

  3. L.V.Torres

  4. Vasko da Gama

16. Admiral so'ziga to'g'ri ta'rif berilgan qatorni toping.

  1. harbiy dengi floti qo'mondoni

  2. katta flot, yengilmas flot

  3. qaroqchilar kemasi kapitani

  4. dendiz ekspeditsiyasi boshlig'i

17. Ispaniya tomonidan Lotin Amerikasi qit'asining bosib olinishi nima deyiladi?

  1. mustamlakachilik

  2. konkista

  3. anneksiya

  4. anshlyus

18. Ispanlar Mayya davlati hududini nechanchi yilda to'liq bo'ysundirdi?

A) 1679-yil B) 1680-yil C) 1512-yil D) 1650-yil



19. Ispanlar tomonidan 1529-yilda bosib olingan hududni aniqlang.

A) Filippin B) San-Salvador C) Kuba D) Peru



20. 1600-yilda bo'lgan voqeani aniqlang.

  1. Yengilmas armada mag'lubiyatga uchradi

  2. Avstraliya qit'asi kashf etildi

  3. mayya davlati Ispaniya tomonidan egallab olindi

  4. "Ost-Indiya" kompaniyasi tuzildi


I - NAZORAT ISHI Variant 2

1. Atlantika okeani orqali Hindistonga boriladigan dengiz yo’li kashf etilishi kimning nomi bilan bog’liq?

A) X. Kolumb B) L. V. Torres C) F.Magellan

D) Vasko da Gama

2. Yangi tarixning birinchi davri qaysi asrlarni o’z ichiga oladi?

A) XV-XVII asrlarni

B) XVI-XIX asrning 60-yillarini

C) XIX-XX asrning 20-yillarini

D) XVII-XVIII asrlarni

3. 1499-1501-yillarda portugaliyaliklar ekspeditsiyasi tarkibida Braziliya qirg’oqlarini tadqiq etgan olimni aniqlang.

A) X. Kolumb B) Vasko da Gama C) L.V. Torres

D) A. Vespuchchi

4. Yangi Ispaniya vitse-qirolligiga kirmagan hududni aniqlang.

A) Meksika B) Markaziy Amerika C) Venesulela D) Janubiy Amerika



5.O’rta asrlarda Yevropada ulgurji savdo bilan shug’ullanuvchi savdogar bu ...

A) negosiant B) yangi dvoryan C) burjuaziya

D) panteist

6. Portugaliya dengiz sayyohi Kabral 1500-yilda ...

A) Braziliyani kashf etdi

B) Filippin orollarini kashf etdi.

C) «Ost-Indiya» kompaniyasiga asos soldi

D) Karib dengizi orollarini kashf etdi

7. O’rta asrlarda qudratli dengiz davlatiga aylangan Angliya o’z mustamlakalarini qaysi hududni bosib olishdan boshlagan?

A) Janubiy Amerikani B) Shimoliy Amerikani

C) Hindistonni D) Filippin orollarini

8. XVI asrda «manufaktura» deb nimaga aytilgan?

A) mashinalardan foydalanadigan korxonalarga

B) mehnat taqsimoti asosida faoliyat yurituvchi korxonalarga

C) yengil sanoat korxonasiga

D) hunarmandchilik mahsulotlari sotiladigan korxonaga

9. Knyazlarga o’zlari e’tiqod qilgan diniy ta’limotni o’z knyazliklari hududlarida o’niatish huquqini beruvchi qonun chiqargan Germaniya imperatorini aniqlang.

A) Vilgelm I B) Fridrix III C) Karl V

D) GenrixIV

10. Styuartlar sulolasi asoschisini aniqlang.

A) Mariya B) Yelizaveta I C) Genrix VIII

D) Yakov VI

11. Reformatsiya natijasida protestant cherkovi vujudga kelgan yilni aniqlang.

A) 1517-yii B) 1524-yil C) 1540-yil D) 1555-yil

12. Qaysi xudo haykali Lyudovik XIV yuziga o’xshatib ishlangan?

A) Marsning B) Zevsning C) Apollonning

D) Yupiterning

13.Ma’lumki, G’arbiy Yevropa shaharlarida XVII asrdan boshlab usti yopiq bozorlar qurish avj oldan edi. Bunday bozorlarning eng yirigi qaysi shaharlarda edi?

A) Parij va Ganzada

B) Lotaringiya va Londonda

C) London va Virginiyada

D) Parij va Londonda

14. Ispanlar Filippin orollarini egallagan yilni aniqlang.

A) 1583-yil B) 1605-yil C) 1529-yil D) 1500-yil



15.O’z davlatida kontrreformatsiya o’tkazgan hukmdorni aniqlang.

A) Germaniya qiroli Karl V

B) Angliya qirolichasi Mariya Tyudor

D) Niderlandiya hukmdori Oranskiy Fransiya qiroli Lyudovik XI



16.Angliyada butun mamlakatni yagona markaz Londonga bo’ysuridirgan hukindorni aniqlang.

A) Mariya Tyudor B) Karl V

C) Genrix VIII Tyudor D) Yelizaveta I

17. Veto bu - ...

A) davlat boshlig’ining biror qonuni yoki qarorni kuchga kiritishni tezlatish huquqi.

B) davlat boshlig’ining biror qonunni yoki qarorni kuchga kiritishdan to’xtatib qo’yish huquqi.

C) iqtisodiy atama bo’lib, davlat boshlig’ining tashqi iqtisodiy aloqalaridagi faoliyatini belgilaydi.

D) siyosiy atama bo’lib, davlat boshlig’ining ichki va tashqi siyosatini izohlaydi.

18.Fransiyada mutloq monarxiya qaror topishi bilan ...

A) qirollarning irodasi bilan vakillik organlari mavqei yanada oshdi.

B) General shtatlar doimiy faoliyat ko’rsatuvchi davlat organiga aylandi.

C) «Davlat - bu men» degan shior o’z ahamiyatini yo’qotdi.

D) General shtatlar o’zining avvalgi ahamiyatini yo’qotdi.

19. 1650 yilga kelib Yevropa aholisi qanchaga yetdi?

A) 88 mln.

B) 100 mln.

C) 90 mln

D) 150mln.

20. Avstraliya qit'asi nechanchi yil kashf qilingan?

A) 1507 yil

B) 1600 yil

C) 1598 yil



D) 1605 yil




Download 48.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling