“Iqtisodiyot nazariya” fanidan test savollari
O`qituvchi: o`q.B.Qo`zibayev, o`q.E.Ibodullayev
№1. Fan bobi -1; Fan Bo’limi – 1; Qiyinlik darajasi – 1;
Iqtisodni o’rganishda qo’llaniladigan nazariy tushunchalar deganda nimani tushunasiz?
|
kategoriyalarni
|
qonunlarni
|
qonuniyatlarni
|
hodisalarni
|
№2. Fan bobi -1; Fan Bo’limi – 1; Qiyinlik darajasi – 2;
Qaysi javobda ijtimoiy – iqtisodiy ehtiyojlarning guruhlari to’lq ko’rsatilgan?
|
ma’naviy,moddiy, mehnat ehtiyojlari
|
moddiy ehtiyojlar
|
mehnat ehtiyoji
|
ta’lim olish ehtiyoji
|
№3. Fan bobi -1; Fan Bo’limi – 2; Qiyinlik darajasi – 1;
Hayotiy ehtiyojlar turi nechta?
|
6 ta
|
5 ta
|
4 ta
|
2 ta
|
№4. Fan bobi -1; Fan Bo’limi – 2; Qiyinlik darajasi – 3;
Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga qarab harakati qaysi metod asosini tashqil etadi?
|
induksiya
|
deduksiya
|
mantiqiylik
|
Tarixiylik
|
№5. Fan bobi -1; Fan Bo’limi – 2; Qiyinlik darajasi – 2;
Ishlab chiqarishda olingan foydaning ishlab chiqarishga sarflangan resurslar qiymatiga nisbati nimani ifodalaydi?
|
Foyda normasi
|
Mehnat unumdorliugi
|
Mahsulot diversifikasizasi
|
Ishlab chiqarish unumdorligi
|
№6. Fan bobi -1; Fan Bo’limi – 3; Qiyinlik darajasi – 3;
Marksizm nazariysi yo’nalish vakillari o’zlarining nazariyasida jamiyat taraqqiyotiga qanday jarayon deb yondoshganlar?
|
Tabiiy-tarixiy
|
tarixiy
|
ijtimoiy
|
Iqtisodiy
|
№7. Fan bobi -1; Fan Bo’limi – 2; Qiyinlik darajasi –2;
Tahlil paytida xalal berishi mumkin bo’lgan ikkinchi darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, o’rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tiborni qaratish metodi qanday metod asosini tashqil etadi?
|
ilmiy abstraksiya
|
deduksiya
|
statistik
|
mantiqiylik
|
№8. Fan bobi -1; Fan Bo’limi – 3; Qiyinlik darajasi – 2;
Iqtisodiy qonunlarni ob’ektivligi nimada aks etadi?
|
Kishilarning hohish va irodasiga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lishida;
|
Kishilarning irodasiga bog’liq holda mavjud bo’lishida;
|
Tabiiy qonunlarda o’z ifodasini topishida;
|
Jamiyat qonunlarida o’z ifodasini topishida;
|
№9. Fan bobi -1; Fan Bo’limi – 3; Qiyinlik darajasi – 1;
Iqtisodiy qonunlar qanday turlarga bo’linadi?
|
Umumiy, oraliq, maxsus iqtisodiy qonunlar;
|
Er to’g’risidagi qonunlar;
|
Oliy majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar;
|
Tabiat rivojlanishi to’g’risidagi qonunlar;
|
№10. Fan bobi -1; Fan Bo’limi – 3; Qiyinlik darajasi – 2;
Muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va jadalligi darajasi o’rtacha bo’lgan sharoitda biron bir tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan ish vaqti qanday nomlanadi?
|
Ijtimoiy zaruriy ish vaqti
|
To’liq ish vaqti
|
Aniq ish vaqti
|
Kengaytirilgan ish vaqti
|
№11. Fan bobi -1; Fan Bo’limi – 4; Qiyinlik darajasi – 1;
Mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilish nima deb ataladi?
|
Mulkni tasarruf etish
|
Mulkiy munosabatlar
|
Mulkni xususiylashtirish
|
Mulkni o’zlashtirish
|
№12. Fan bobi -2; Fan Bo’limi – 1; Qiyinlik darajasi – 2;
Ish vaqti birligi davomida mehnat sarfining oshib borishi, ya’ni mehnatning jadallashishi nima deb ataladi?
|
Mexnat intensivligi
|
Mexnat taqsimoti
|
Mexnat unumdorligi
|
Ishlab chiqarish samaradorligi
|
№13. Fan bobi -2; Fan Bo’limi – 1; Qiyinlik darajasi – 1;
Takror ishlab chiqarishning mohiyati nima?
|
Ishlab chiqarishning uzluksiz sur’atda takrorlanib va yangilanib turilishi;
|
Moddiy ne’matlarning ishlab chiqarilishi;
|
Ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish;
|
Ishlab chiqarish vositalarini va iste’mol buyumlarni takror ishlab chiqarish;
|
№14. Fan bobi -2; Fan Bo’limi – 1; Qiyinlik darajasi – 2;
Ijtimoiy ishlab chiqarishning pirovard maqsadi?
|
Inson ehtiyojlarini qondirish va uni rivojlantirish;
|
Bozor munosabatlarini shakllantirish;
|
Iqtisodni rivojlantirish;
|
Mahsulotning mo’l-ko’lligiga erishish;
|
№15. Fan bobi -2; Fan Bo’limi – 2; Qiyinlik darajasi – 3;
Qiymatning tarixiy rivojlanishi shakllarini aniqlang?
|
Oddiy (tasodifiy) kengaygan umumiy va pul shakli;
|
Ayriboshlash qiymati va iste’mol qiymati;
|
O’lpon va pul shakli;
|
Foyda, renta va qo’shimcha qiymat;
|
№16. Fan bobi -2; Fan Bo’limi – 2; Qiyinlik darajasi – 1;
Qiymatni qanday izohlaysiz?
|
Tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan ijtimoiy mehnat
|
Ishlab chiqarish harajatlari;
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot sohasi;
|
Ish haqi harajatlari;
|
№17. Fan bobi -2; Fan Bo’limi – 2; Qiyinlik darajasi – 2;
Qo’shimcha qiymatni qanday izohlaysiz
|
Ish kuchining qo’shimcha ish vaqti davomida yaratilgan qiymat;
|
Yollanma ishchilar oladigan daromad;
|
Tovarning qiymati;
|
Zururiy ish vaqtida yaratilgan qiymat;
|
№18. Fan bobi -2; Fan Bo’limi – 3; Qiyinlik darajasi – 1;
Kapitalning mohiyati nima?
|
Qiymatga yoki qiymat shakliga ega bo’lgan va qo’shimcha qiymat keltiruvchi mulkdir;
|
Qo’shimcha qiymat;
|
Korxonalardagi ishlab chiqarish fondlari;
|
Ssuda prosenti;
|
№19. Fan bobi -3; Fan Bo’limi – 1; Qiyinlik darajasi – 2;
Xususiy mulkchilik qaysi jamiyatda paydo bo’lgan?
|
Quldorlik jamiyatida;
|
Sarmoyaviy sohibkorlik jamiyatida;
|
Ibtidoiy jamoa to’zumida;
|
Sotsializmda;
|
№20. Fan bobi -3; Fan Bo’limi – 1; Qiyinlik darajasi – 1;
Mulkchilik munosabatlarining mohiyati nima?
|
Ishlab chiqarish vositalari va natijalarini o’zlashtirish ularga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish sistemasi;
|
Davlat mulkiga munosabat;
|
Xususiy mulkka munosabat;
|
Davlat mulkiga, xususiy mulkka va aralash mulkka munosabat;
|
№21. Fan bobi -3; Fan Bo’limi – 1; Qiyinlik darajasi – 2;
Mulkning qaysi ob’ekti bevosita shaxsiy iste’mol qilinishi mumkin?
|
Iste’molchining manfaati;
|
Ishlab chiqarish vositalari;
|
Shaxsiy, jamoa va davlat manfaati;
|
Iqtisodiy manfaat;
|
№22. Fan bobi -3; Fan Bo’limi – 2; Qiyinlik darajasi – 1;
Mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud bo’lmagan sharoitdagi kooperatsiya bu-…
|
Manufaktura
|
natural ishlab chiqarish
|
an`anaviy iqtisodiyot
|
kooperatsiya
|
№23. Fan bobi -3; Fan Bo’limi – 2; Qiyinlik darajasi – 3;
Mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun sarf qilingan ish vaqti.
|
mehnat unumdorligi
|
Mehnat intensivligi
|
mehnat jarayoni
|
ishlab chiqarish samaradorligi
|
№24. Fan bobi -3; Fan Bo’limi – 2; Qiyinlik darajasi – 1;
Bir xil ishni yoki xizmat vazifasini bajaruvchi xodimlarning eng oddiy shaklidagi uyushishi, birgalashib ma’lum tartib va reja asosida ishlaydigan kishilar guruhi nima deb ataladi?
|
Kooperatsiya
|
Industriya
|
Integratsiya
|
inventarizatsiya
|
№25. Fan bobi -3; Fan Bo’limi – 3; Qiyinlik darajasi – 2;
Baho o’zgarishini nazarda tutib hisoblangan mahsulot deganda nimani tushunamiz?
|
real yalpi milliy mahsulotni
|
nominal yalpi milliy mahsulotni
|
milliy daromadni
|
sof mahsulotni
|
№26. .Fan bobi -3; Fan Bo’limi – 4; Qiyinlik darajasi – 3;
Pulli muomalaning mohiyatini belgilang?
|
Ayriboshlash jarayonining pul vositasida amalga oshirilishi;
|
Pulning muomalaga chiqarilishi;
|
Mehnatkashlarga ish haqining berilishi;
|
Mehnatga haq to’lash, tovarlarni sotishda, xizmatlar hisob-kitobi va boshqa to’lovlarni amalga oshirishdagi pulning to’xtovsiz harakati;
|
№27. Fan bobi -3; Fan Bo’limi – 4; Qiyinlik darajasi – 1;
Pulning paydo bo’lishi qaysi javobda ko’rsatilgan?
|
Almashuvning va qiymat shakllarining rivojlanishi natijasida;
|
Ishlab chiqarish usullarining almashuvi natijasida;
|
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi ta’sirida;
|
Kishilar tomonidan o’ylab topilgan;
|
№28. Fan bobi -4; Fan Bo’limi – 1; Qiyinlik darajasi – 2;
Qaysi nazariya pulga maxsus tovar sifatida qaraydi?
|
Pulning mehnat nazariyasi;
|
Pulning nominalistik nazariyasi;
|
Pulning miqdoriy nazariyasi;
|
Pulning metalistik nazariyasi;
|
№29. Fan bobi -4; Fan Bo’limi – 1; Qiyinlik darajasi – 1;
Quyidagilardan qaysi biri muomala uchun ko’proq pul miqdorini taqazo qiladi?
|
Sotish lozim bo’lgan tovarlar miqdorining ko’payshi;
|
Pul birligi aylanish tezligining ortishi;
|
Barter ayriboshlash hissasining ortishi;
|
Bir – birini qoplaydigan to’lovlarning ortishi;
|
№30. Fan bobi -4; Fan Bo’limi – 2; Qiyinlik darajasi – 1;
Tannarx nima?
|
mahsulot tayyorlashga ketgan sarf harajatlarning pul shakli;
|
tannarx bilan harajatlar bir narsa;
|
o’z-o’zini qoplamaydigan qiymatni;
|
rentabellik;
|
№31. Fan bobi -4; Fan Bo’limi – 1; Qiyinlik darajasi – 3;
V.I.Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda tovar qanday ta`fiflangan?
|
Tovar – bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy ne’mat
|
Tovar – bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy vosita
|
Tovar – bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy ehtiyoj
|
Tovar – bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy birlik
|
№32. Fan bobi -4; Fan Bo’limi – 3; Qiyinlik darajasi – 2;
Tovar ishlab chiqarish deb nimaga aytiladi?
|
pul vositasida oldi – sotdi uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarga;
|
hamma mahsulotlarga;
|
ehtiyojni qondiradigan barcha mahsulotlarga;
|
mahsulot etishtirishga;
|
№33. Fan bobi -4; Fan Bo’limi – 3; Qiyinlik darajasi – 2;
Almashuv qiymati deb nimaga aytiladi?
|
bir tovarni ikkinchisiga ayriboshlana bilishi;
|
iste’molni qondirishi;
|
kishilarni ehtiyojini qondira bilishi;
|
barter xususiyati;
|
№34. Fan bobi -5; Fan Bo’limi – 1; Qiyinlik darajasi – 1;
Bozor iqtisodiyotida nima ko’payadi?
|
tovarlar va xizmatlar miqdori ko’payadi;
|
tovarlar va xizmatlar kamayadi;
|
tovarlar va xizmatlar tekinligini ta’minlaydi;
|
narx faqat oshadi;
|
№
Do'stlaringiz bilan baham: |