I shtixon tuman xalq ta’limi bo’limi mudiri I. Fozilov “21” sentyabr


Download 393.31 Kb.
Sana05.10.2022
Hajmi393.31 Kb.
#831193
Bog'liq
Boshlang\'ich
Begboyeva Nurxon Xolor qizi, 1-amaliy mashg'ulot savollari, Fizika va astronomiya asoslari fanidan oraliq nazorat savollari, ДАВЛАТ РАМЗЛАРИ УЗБ, 4-MATEMATIKA TO'garak 2020-2021, 4-MATEMATIKA TO'garak 2020-2021, English Grammar for IT part 1 editable, Atomic Habits Tiny Changes, Remarkable Results, 12-маъруза, 21.12.1995 Mehnat, 5-6-7-8-9-10-11-sinf infotmatika ish reja 2022-yil, 5-6-7-8-9-10-sinf geografiya fanidan ish reja 2022-yil, 5 6 7 8 9 sinf texnologiya o\'g\'illarga ish reja 2022 yil, 5-6-7-8-9-sinf texnologiya qizlarga ish reja 2022-yil

I shtixon tuman xalq ta’limi bo’limi mudiri _________ I. Fozilov
21” sentyabr 2022-yil


Ishtixon tuman xalq ta’limi bo‘limining tabiiy fanlar metodisti tomonidan o‘tkazilgan metodik kengash yig‘ilishi
BAYONI 5


2022 yil 21-sentyabr Ishtixon tuman



Raislik qiluvchi:




Tabiiy fanlar metodisti X. Ziyadullayev

Qatnashganlar:




Tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy fanlar metod birlashma rahbarlari.




  1. Ishtixon tuman xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 11-son umumiy o’rta ta’lim maktabining geografiya fani o’qituvchisi U. Karimovning geografiya fanidan 9-sinf o’quvchilariga “Avstraliya ittifoqi” mavzusini o’tishda foydalaniladigan taqdimot ishini ommalashtirish to’g’risida.

Axborotchi: 11-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi geografi fani o’qituvchisi U. Karimov
__________________________________________________________________
X. Ziyadullayev, U. Karimov hamda kengash a’zolari

Kengash ish faoliyati davomida so’z olgan 11-son umumiy o’rta ta’lim maktabining geografiya fani o’qituvchisi U. Karimov fanni o’zlashtirishda o’quvchilarimizda uchrayotgan bo’shliqlar hamda ushbu bo’shliqlarni bartaraf etish bo’yicha o’zining bir necha taklif va tavsiyalarini berib o’tdi. Aynan shunday tavsiyalardan biri 9-sinf o’quvchilarida “Avstraliya ittifoqi” mavzusini o’zlashtirishda o’quvchilarning boshliqlarini to’ldirish maqsadida tayyorlangan taqdimot ishi to’g’risidadir. Ushbu taqdimot ishimda mavzuning dolzarb, o’quvchi tushinishi biroz qiyin bo’lgan tushuncha hamda topshiriqlarni ixcham ko’rinishdagi infografiklarda berilganidir. Bunda o’quvchi grafik tasvirlardan butun mavzuning eng dolzarb bo’lgan jihatlarini esda saqlashi osonlashadi.


Avstraliya Ittifoqi bir butun materikni to‘liq egallagan jahondagi yagona davlat. Tarkibiga Avstraliya materigidan tashqari Tasmaniya va boshqa orollar kiradi. Qirg‘oqlari shimol, g‘arb va janubdan Hind okeani, uning dengiz va qo‘ltiqlari, sharqiy tomondan esa Tinch okean dengizlari suvlari bilan yuviladi. Maydoni jihatidan jahonda 6-o‘rinda turadi.
Avstraliya iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan davlat hisoblanadi. YIMning hajmi bo‘yicha Avstraliya jahonning yetakchi 20 ta davlatlari tarkibiga kiradi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YIM miqdori esa unda aksariyat Yevropa davlatlaridan ham yuqori.
Avstraliyaning jahon iqtisodiyotidagi o‘rnini, ko‘p jihatdan, tog‘-kon va yoqilg‘i sanoati belgilaydi. U ko‘mir, uran, temir, boksit, oltin, nikel, rux qazib olish bo‘yicha jahondagi yetakchi 3 ta davlat qatoriga kiradi. Ko‘mir, suyultirilgan gaz, uran, qora va rangli metallarning katta qismi Osiyo davlatlari, birinchi navbatda, Xitoyga eksport qilinadi. Qishloq xo‘jaligi ham Avstraliya iqtisodiyotining muhim sohasi. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari – qo‘ychilik va qoramolchi-likdir. Avstraliya jahonda qo‘ylar soni va jun ishlab chiqarish bo‘yicha 2-o‘rinda, jun hamda mol go‘shti eksporti bo‘yicha esa 1-o‘rinda turadi. 
Kengash tumandagi 11-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining geografiya fani o’qituvchisi U. Karimovning taqdimot ishini o’rganib chiqib, o’rganilgan ochiq dars hamda tahlillardan xulosa qilib, yig’ilish
QAROR QILADI:

  1. Tumandagi 11-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining geografiya fani o’qituvchisi U. Karimovning taqdimot ishi hamda ma’ruzalari ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Barcha umumiy o’rta ta’lim maktablari ushbu qaror qismi bilan tanishtirilsin.

  3. I shtixon tuman xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 11-son umumiy o’rta ta’lim maktabining geografiya fani o’qituvchisi U. Karimovning geografiya fanidan 9-sinf o’quvchilariga “Avstraliya ittifoqi” mavzusini o’tishda foydalaniladigan taqdimot ishi tuman miqyosida ommalashtirilsin va barcha umumta’lim maktablariga yetkazilsin.



Tabiiy fanlar metodisti X. Ziyadullayev
Download 393.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling