I-topshiriq O’zbekistonda ko’p partiyaviylik tizimining yaratilishi va siyosiy partiyalar haqida


Download 37.21 Kb.
bet1/5
Sana02.01.2022
Hajmi37.21 Kb.
#190344
  1   2   3   4   5
Bog'liq
M.Samedovaning O'zbekistonning yangi tarixi fanidan topshiriqlar ijrosi



I-Topshiriq

O’zbekistonda ko’p partiyaviylik tizimining yaratilishi va siyosiy partiyalar haqida.

Ko’ppartiyaviylik zamonaviy demokratik jamiyatlar siyosiy hayotini tashkil qilishning asosiy konstitusiyaviy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Aynan ko’ppartiyaviylik tufayli demokratiyaning siyosiy plyuralizm, qonun ustuvorligi, imkoniyatlar tengligi kabi asoskor tamoyillarini o’zida mujassam etgan siyosiy partiyalar va ularning vakillari o’rtasida doimiy muloqot ta’minlanadi.

Ko’ppartiyaviylik tizimini yanada mustahkamlash va partiyalararo raqobatni rivojlantirish uchun partiya o’z elektoratiga ega bo’lmog’i, davlat va jamiyat qurilishining asosiy masalalari, mamlakatda yuritilayotgan ichki va tashqi siyosat bo’yicha aniq-ravshan pozisiyasi bilan, saylovda mazkur partiya uchun ovoz beradigan odamlar manfaatlarini qat’iy himoya qilishga qodirligi bilan saylovchilar o’rtasida obro’ qozonmog’i eng muhim shartlardan hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida 1992 yil 8 dekabrda Respublika Konstitusiyasi qabul qilingandan so’ng, siyosiy partiyalarning shakllanishi uchun muhim huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Qisqa fursat ichida mamlakatimizda huquqiy asosda, parlamentda faoliyat ko’rsatuvchi partiyalarning shakllanish jarayoni sodir bo’ldi.

Mamlakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ta’kidlanganidek, “ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotning aniq ustuvor yo’nalishlarini belgilab olishda siyosiy partiyalarning rolini keskin kuchaytirish, mamlakatimizni isloh etish va modernizasiya qilish bo’yicha strategik vazifalarni hal etishda ularning ishtirokini kengaytirish” izchil amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlarning muhim omili hisoblanashi takidlab utildi

Siyosiy partiyalar – fuqarolarning eng faol, mushtarak mafkura asosida bog’langan, davlat hokimiyatini qo’lga kiritish, uni saqlab qolish va amalga oshirishga intiluvchi qismi, ixtiyoriy ittifoqi. Siyosiy partiyalar jamoat birlashmasi shaklida tashkil etiluvchi va faoliyat yurituvchi fuqarolik jamiyatining o’ziga xos instituti bo’lib, u muhim ijtimoiy-siyosiy va vakillik vazifalarini amalga oshirib kelinmoqda.

Mamlakatimizda siyosiy partiyalar faoliyatini erkinlashtirishga doir islohotlar natijasida ularning jamiyatdagi o’rni ancha yuksalib bormoqda. Siyosiy partiyalarning demokratik tamoyillar asosida faoliyat ko’rsatishlarini ta’minlash maqsadida ularning qonunchilik asoslari yanada rivojlantirildi. Ikki palatali parlamentni shakllantirish islohotlarini amalga oshirish bilan bog’liq holda siyosiy partiyalar Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy vakillik organlari deputatlari nomzodlarini tanlash va ko’rsatish, saylov kampaniyalarini o’tkazishda asosiy siyosiy institut funksiyasini bajarishga o’tdilar.

Ko’pgina boshqa demokratik mamlakatlar singari O’zbekistonda ham siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlarni ilgari suruvchi, saylov yakunlari bo’yicha parlamentda va mahalliy hokimiyat vakillik organlarida o’z vakillariga ega bo’luvchi hamda ularga partiyaning doimiy elektorati manfaatlarini ifoda etish va dasturiy ustuvorliklarini amalga oshirish uchun amaliy imkoniyatlar yaratuvchi asosiy institut hisoblanadi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsam - O’zbekiston Respublikasida hozirgi kunda partiyalar juda faol ish yuritishmoqda. Jumladan, bular qatorida 2019-yilda Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan O’zbekiston ekologik partiyasi bo’lib, partiyaning asosiy vazifalari ekologik xavfsizlikka erishish, hozirgi va kelajak avlod uchun tabiiy resurslarni saqlash va qulay atrof muhitni yaratishga yo‘naltirilgan davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni ta’minlash, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni saqlash davlat, jamiyat va mamlakat har bir fuqarosining vazifasi bo‘lishiga erishishga ko‘maklashishga qaratilgan.

Partiya tomonidan amalga oshirilgan mingta ko’chat aksiyasi doirasida yurtimiz hududiga daraxt ko’chatlari ekildi. Aksiyaning asosiy maqsadi mavjud daraxtzorlarning kamayib borishi hamda iqlim oʻzgarishi oqibatlariga qarshi kurashish, odamlarni ixtiyoriy ravishda ommaviy birlashtirish orqali qulay atrof-muhitni yaratish, Oʻzbekistonda daraxtlarni saqlash, tiklash hamda koʻpaytirish muammolariga jamoatchilikning eʼtiborini qaratish bo’ldi.

Shu bois partiyalarning bugungi kunda mamlakatimizda tutgan o’rnini bir so’z bilan aytganda partiyalarning «Yoshlar — kelajagimiz» «Obod qishloq», «Har bir oila tadbirkor» Davlat dasturinlarini amalga oshirish borasida targ‘ibot-tashviqot ishlari jonli, hayotiy olib borilayapti. Hamda biz yoshlarga amaliy yordam ko‘rsatilib kelinishdan manmunman.


Download 37.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling