10 - sinf. 5 - Nazorat ishi.
Mavzu: Ko’p atomli spirtlar. Aldegidlar. Ketonlar.Karbon kislotalar. Oddiy efirlar.
Nazorat shakli: Yozma ish.
I variant.
1) Agar 6,1 gramm etilenglikolga Na metali ta’sir ettirilgan bo’lsa, (n.sh) da qancha litr gaz ajralib chiqqan?
2) Quyidagi o’zgarishlarni amalga oshirish imkonini beradigan reaksiya tenglamalarini tuzing.
CH4 → C2H2 → CH3 ─ CH3 ─ COH → CH3 ─ CH2OH
3) 90 gramm massadagi sirka kislotasiga kaliy metali qo’shilishi natijasida hosil bo’lgan tuzning massasini hisoblang.
4) 40 % li natriy ishqorining 200 gramm eritmasi metilasetat bilan ta’sirlashuvidan necha gramm spirt hosil bo’ladi?
5) 30 gramm noma’lum ketonni spirt hosil bo’lguncha qaytarish uchun 6,72 litr (n.sh ) vodorod kerak bo’lsa, noma’lum ketonni toping.
II variant.
1) 1,12 litr H2 gazi olish uchun qanday massadagi (gramm) etilenglikolga Na metali ta’sir ettirish kerak?
2) Quyidagi o’zgarishlarni amalga oshirish imkonini beradigan reaksiya tenglamalarini tuzing.
CH3 ─ CH2 ─ OH → CH2 = CH2 → HC = CH → CH3 ─ CH2 ─ COH
3) 29,6 g massadagi propion kislotasiga natriy metali qo’shilishi natijasida hosil bo’lgan tuzning massasini (gramm miqdorida ) hisoblang.
4) 56 % li KOH ning 100 gramm eritmasi etilformiat bilan ta’sirlashuvidan necha gramm spirt hosil bo’ladi?
5) 36 gramm noma’lum ketonni spirt hosil bo’lguncha qaytarish uchun 6,72 litr (n.sh) vodorod kerak bo’lsa, noma’lum ketonni toping.
11 – sinflar uchun Kimyo fanidan
Nazorat ishi – 5.
I variant.
1- savol. Hajmi 2 litr bo’lgan idishda 4,5 mol modda miqdori 20 sekund o’tgandan keyin, 2,5 molgacha kamaysa, reaksiya tezligi (mol / litr ∙ sekund) da nechaga teng bo’ladi?
2 – savol. Ammiakning katalitik oksidlanishi reaksiya tenglamasi:
4 NH3 + 5 O2 4NO + 6 H2O
ushbu reaksiyada bosim 2 marta oshirilsa to’g’ri reaksiya tezligi necha marta ortadi?
3 - savol. Tiosulfat kislotani parchalanish reaksiyasi 30°C da 30 sekundda tugaydi. Shu reaksiya 50°C da necha sekundda tugaydi? γ = 2
4 – savol. 60 °C da sistemaning to‘g‘ri reaksiya tezligi 3 mol / litr ·minga teng. Agar shu reaksiyaning harorat koeffitsiyenti 3 ga teng bo‘lsa, 90 °C dagi reaksiya tezligini (mol/ litr·min) aniqlang. Reaksiya tenglamasi:
2CO (gaz )+ O2(gaz) ↔ 2CO2(gaz)
5 – savol. SO + Cl2 = SOCl2 sistemasida is gazining konsentrasiyasi 0,03 dan 0,12 mol/litr ga qadar, xlorning konsentrasiyasi 0,02 dan 0,06 mol/litr ga qadar oshirilgan. Reaksiya tezligi necha marta ortganligini aniqlang?
II variant.
1 – savol. Hajmi 5 litr bo’lgan reaktorda reaksiya borishi natijasida 30 sekund davomida konsentrasiyasi 6,8 moldan 3,4 molgacha kamaysa, shu reaksiya tezligi (mol / l ∙ s) da qanday bo’ladi.
2 – savol. Quyidagi sistemada CH4 + 2 O2 CO2 + 2 H2O metan gazining konsentrasiyasi 3 marta va kislorod konsentratsiyasi ikki marta oshirilsa to’g’ri reaksiya tezligi necha marta ortadi?
3 – savol. γ = 2 bo’lgan reaksiyani 20°C da tugatish uchun 2 soat ketadi. Shu reaksiyani 0,5 soatda tugatish uchun haroratni necha ○C ga ko’tarish kerak?
4 – savol. Agar is gazining yonish reaksiyasining tezligi 33 °C da 0,5 mol /l·min ga teng bo‘lsa, 53 °C haroratdagi reaksiya tezligini (mol/litr·min) aniqlang. Reaksiyaning temperatura koeffitsiyenti 4 ga teng.
5. γ = 2 bo’lgan reaksiyani 30◦C da tugatish uchun 3 soat ketadi, shu reaksiyani 45 minutda tugatish uchun haroratni necha ◦Cga ko’tarish kerak?
I variant .
1 – masala . Formula:
B erilgan:
V = 2 litr
t = 20 sekund
n1 = 4,5 mol
n2 = 2,5 mol
∆ n = n1 – n2
Topish kerak:
υ = ?
2 – masala. Formula:
Berilgan:
A = NH3 Bu formula orqali reaksiya tezligini topib olamiz:
a = 4
B = O2
b = 5
Topish kerak:
υ = ? Ya’ni υ = k ∙ [ NH3]4 ∙ [O2]5 .
3 – masala. Formula:
B erilgan:
t1 = 30 0 C
t2 = 50 0 C
γ = 2
Topish kerak:
υ2 = ?
4 – savol. Formula :
Berilgan:
t1 = 60 0 C
t2 = 90 0 C
γ = 3 υ1 = 3 mol / litr ·min
Topish kerak: υ2 = ?
Do'stlaringiz bilan baham: |