Ibn sinoning shifobaxsh o‘simliklar haqida o‘gitlari


Download 50.8 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.01.2019
Hajmi50.8 Kb.

22

IBN  SINONING  SHIFOBAXSH  O‘SIMLIKLAR  HAQIDA 

O‘GITLARI

Bizga  ma’lumki,  insoniyat  qadim  zamonlardan  beri

 

o‘simliklarning  shifobaxsh  xususiyatlaridan  bahramand 



bo‘lib

  kelmoqda.  Ibtidoiy  davrlarda  odamlar  o‘zlarining 

dardlariga

  davo  izlab  avvalo  o‘simliklar  olamiga, 

ma’danlariga  hamda

  hayvonot  mahsulotlariga  intilar 

edilar.  Dastlab  inson  uchun

 oziq-ovqat  vazifasi  o‘taydigan 

narsa  tabiiy  holda  o‘sadigan

  o‘simlik  va  giyohlarning 

mevalari,  ildizlari,  ildiz  mevalari,

  rezavor  va  sabzavotlar 

bo‘lgan.  Tabiat  ehsonlarining

  shifobaxshlik  xislatlaridan 

voqif 

bo‘lgan 


kishilar 

birinchi


  navbatda  tabiblar, 

hakimlar, 

dorivorlikda 

asqotadigan

  o‘simliklar 

va 


jonzotlar  mahsulotlaridan  dori-darmonlar

  tayyorlashda 

katta  e’tibor  berganlar.


23

Jumladan,  Abu  Ali  ibn  Sino  ham  yashil  olam  mahsuli

bo‘lgan  shifobaxsh  o‘simliklardan  turli-tuman  xastaliklarni

davolashda  muvaffaqiyatli  foydalangan.

Olim  o‘z  asarlarida  muayyan  o‘simlikning  ajoyib

xossalarini  qayd  etish  bilan  bir  qatorda,  qanday  kasallikka

davo  bo‘lishi,  undan  qanday  foydalanish  kerakligi  haqida

ham  yo‘l-yo‘riqlar  bergan.  Bugungi  kunda  ulug‘  alloma

foydalangan  dorivor  o‘simliklarning  yuzdan  ortig‘i  turli

zamonaviy  tibbiyot  amaliyotida  samarali  qo‘llanilmoqda.

Ibn  Sinoning  shifobaxsh  o‘simliklar  haqida  o‘gitlar  va

foydali  maslahatlari  quyidagicha:



Bargizub

  –    ikki  xil,  ya’ni katta-kichik  bo‘ladi.  Bargizub

kattasining barglari yirikroq, kichigining barglari maydaroq

bo‘ladi. Bargizubni eng foydali xili kattasidir. Bargizub qon

ketishini  to‘xtatadi,  quritilgan  holda  esa  achishtirishlik

xususiyatini  yo‘qotadi.  Shu  sababli  eski,  yangi  yaralarni

bitirishga foyda qiladi va bu jihatdan undan yaxshi dori yo‘q.

Barguzub  issiq  shishlar  va  olovdan  kuygan  joylarga,

uchuqqa,  quloq  osti  shishlariga  foyda  qiladi.

Bargizub  barglarining  shirasini  og‘rig‘iga  qarshi

tomizilsa,  og‘riqni  bosadi,  ildizi  chaynalsa  yoki

qaynatmasi  bilan  og‘iz chayilsa,  tish  og‘rig‘ini  to‘xtatadi.

Barglarini  suvi  og‘iz  chaqalanishini  davolaydi.  Barguzub

ichaklardagi  yaralarga  va  safroli  ich  ketishlariga  foyda

qiladi.

Moychechak

 –  miyani kuchli qiladi va sovuqdan bo‘lgan

bosh  og‘rig‘iga  foyda  qiladi.  Boshdan  yomon  moddalarni

chiqarish  uchun  ishlatiladi.  Chunki  bu  moddalarni

tortmasdan  eritadi.  Mana  bu  uning  xosiyatidir.  Uni  qo‘yib

bog‘lansa,  ko‘zning  burchagidagi  yorilgan  chiqiqlarni

tuzatadi.  Shuningdek,  ko‘z  og‘riqda,  ko‘z  xiralashganda,

toshmalarda  foyda  qiladi.  Balg‘amni  ko‘chiradi,  sariq

kasalni  ketkazadi. Ayniqsa,  guli gunafsha  tusli  xili  shunday

ta’sirga  egadir.  Sovuqdan  va  issiqdan  bo‘lgan  qovuq

og‘riqlarida  qizdirib  qo‘yiladi.  Bu  charchashga


24

ishlatiladigan  dorilarning  boshqalarga  qaraganda  eng  ko‘p

foydalisidir.

Sovuno‘t 

–    ikki  xil  bo‘ladi.  Bargining  guli  sariq  va

ikkinchisining  guli  moviy  rangdir.  Ikkovi  ham  jarohatlarni

tuzatilib,  shishishga  to‘sqinlik  qiladi.  Suvi  bilan  tomoq

chayilsa,  yoki  burunga  tortilsa,  boshdan  ko‘p  shilliqni

tishiradi.  Burunning  qaysi  tomoniga  tortilsa,  o‘sha

tomondagi tish qamashishi to‘xtatadi. Sovuno‘t sharob bilan

ichilsa,  buyrak  og‘rig‘iga  foyda  qiladi.



Qirqbo‘g‘im

  –    qon  ketishida  ham  juda  foydalidir.  Bu

jarohatlarni  va  yaralarni  ajablantirarli  darajadi  yaxshi

bitiradi.  Qirqbo‘g‘im  o‘rtasidagi  uzilgan  mushaklarga

surtilsa  yoki  qo‘yib  bog‘lansa  foyda  qiladi.  Qirqbo‘g‘imni

sharob  bilan  aralashtirib  ichilsa,  ich  ketishda  va  qonli

ichketarda foyda qiladi. Agar ichi buzilgan kishining isitmasi

bo‘lsa,  suv  bilan  aralashtirib  ichiriladi.



Tugmachagul

  –  yovvoyi  gulxayri,  latifroq  va  quruqroq.

Bog‘  gulxayrisining  ko‘p  suvliligi  uning  quvvatini

kamaytiradi.  Tugmachagulning  bargini  chaynab  va  bir  oz

tuz  bilan  qo‘shib  ishlatilsa,  ko‘zdagi  oqma  yaralarni

tozalaydi  va  et  undiradi.  Tugmachagulning  barg  va

gullarining  hammasi  quruqdan  bo‘lgan  yo‘talni

qoldiruvchidir.  Tugmachagul  bosh  gulxayrisining  shoxlari

ichak  va  qovuqlar  uchun  foydali,  ichni  yumshatadi  va

og‘rig‘ini  qoldiradi.



Tog‘  rayhon

  –  qurug‘ini  asal  bilan  qo‘shib  qontalash  va

ko‘kargan  joyga,  ayniqsa  ko‘z  tagidagilarga  surtiladi.  Tog‘

rayhon  shilliqli shishlarga  surtiladigan  doridir. Tog‘ rayhon

qaynatmasi  ichilsa  ichak  og‘rig‘iga  foyda  qiladi.

Limono‘t

  –  og‘izni  juda  xushbo‘y  qiladi.  Limono‘t  miya

tiqilinchlariga  foyda  qiladi,  og‘iz  hidlanishini  ketkazadi.

Limono‘t  yurakni  xursand  qiladi  va  kuchaytiradi,  yurak

o‘ynashini yo‘qotadi. Hazmga yordam beradi va hiqichoqqa

foyda  qiladi.  Ishtaha  uyg‘otuvchidir.  Asabni  tinchlantiradi.

Kamqonlikka  darmon  bag‘ishlovchi  hisoblanadi.


31

MUNDARIJA

So‘z    boshi    o‘rnida ................................................................................. 3

Inson  va  jamiyat – tabiiy  muhitni  buzuvchi  va tiklovchi  eng

katta    kuch .......................................................................................... 4

Biologik  xilma-xillikni  saqlash – hayotimiz mezoni ............................... 7

Dorivor  o‘simliklarning  nomi  va  o‘sish  davri ........................................ 12

Dorivor   o‘simliklarni  ahamiyati   va  yo‘qolib ketish  sabablari ........... 13

Dardlarga    davo   limono‘t ...................................................................... 15

Dorivor    o‘simliklarning    oqilona    foydalanish  masalalari .................... 17

Tabiat  ehsonlari  kimniki,  yoxud  tabiatga  ozor  berayotgan

insonlar .............................................................................................. 19

Ibn   Sinoning    shifobaxsh    o‘simliklar    haqida  o‘gitlari ......................... 22

O‘simliklarni   muhofaza  qilish – umumxalq  ishi .................................. 25

Xulosa. Tabiatni   asrash   – burchimiz .................................................... 27



Foydalanilgan   adabiyotlar ..................................................................... 30


Download 50.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling