Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi


Download 0.62 Mb.
bet12/13
Sana06.10.2020
Hajmi0.62 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

Shimoliy Huroson. Shimoliy Hurosonning ilk o'rta asrlar davri O'rta Osiyoning boshqa hududlarida bo'lgani kabi yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va siyosiy jarayonlar ta'sirida rivojlanadi. Bu erda ilk o'rta asrlar davriga oid turli mazmundagi arxeologik yodgorliklar mavjud bo'lib, ulardan kohna shahar turidagi manzilgohlar nisbatan yaxshi o'rganilgan. Gaurqala (M.I.Filanovich) va Erkqala (Z.I.Usmanova) kabi manzilgohlarda olib borilgan arxeologik qazish ishlari o'z davri tarixi va madaniyati taraqqiyotidan darak beradi.

Arxeologik ma'lumotlar sosoniylar hukmronligi davrida Gaurqala inqirozga uchrab, ba'zi joylari vayrona holiga kelib, aholi soni kamayib ketganligidan darak beradi. VI asr oxirlarida parfiya davrida barpo etilgan muhofaza devorlarida ta'mirlash ishlari amalga oshirilib, VII asrga kelib inqiroz bartaraf etiladi. Bu davrda shaharda aholi uy-joy imoratlari ko'payadi va kulol hunarmandlarning mahallasi paydo bo'ladi. Shaharning to'rt tomonida darvozaga ega bo'lgan.

Shahar arki Erkqalaga shahriston ichkarisidan maxsus ko'tarma yo'lakcha orqali kirilgan. Uning arablar bosqiniga bo'lgan imoratlar, xususan, qala-saroy, arsenal va zindon kabi imoratlar aniqlangan. Arablarning O'rta Osiyoga harbiy yurishlarida Marv shahri xalifalikning tayanch nuqtasi vazifasini bajargan. O'lka xalifalik tarkibiga kiritilgandan so'ng shahar markaziy hokimiyat noibining ma'muriy markazi aylantiriladi.

Marv vohasida Durnali, Chongli, Uli Kishman kabi mavqei jihatdan keyingi o'rindagi shaharlar, Seraxs vohasida shu nomdagi shahar Kopetdog oldi hududida Hisrovqala shahri faoliyat yuritgan. Oxiridagi har ikkala shahar ikki qismli bo'lib, Parfiya davrida paydo bo'lgan. Shuningdek, er egalarining ixcham qasrlari, uy-qorgonlari, diniy inshootlar aniqlanib, qisman qazishma ishlari olib borilgan.

Aholining asosiy mashguloti sugorma dehqonchilik tashkil etgan. Asososan dukkakli ekinlarning ko'pgina turlari, poliz, texnika yogli o'simliklar etishtirish va bogdorchilik yaxshi rivojlangan. Hunarmandchilik ishlab chiqarishi sohasida kulolchilik, metallarga ishlov berish, toqimachilik, suyaklarga ishlov berish, zargarlik va boshqalarning taraqqiyot darajasidan darak beruvchi aniq arxeologik ma'lumotlar mavjud.

Ilk o'rta asrlarning barcha bosqichlari uchun xos sopollar mavjud. Gaurqaladan ikki xonal aylana shakldagi 10 dan ortiq xumdonlar aniqlangan. Dastlabki bosqichda sifati ancha past bo'lgan sopollar yaxshi pishirilmagan. Koproq noksimon, tuxumsimon, sharsimon shaklli tor va keng bogizli ko'zalar hamda chuqurroq likopchalar ko'payadi. V-VII asrlar davri sopollarining sifati oshadi. Ular asosan obdon tindirilgan loylardan yasalib, pishirish harorati ancha yuqori bo'lgan ko'kimtir va och sariq ko'zalar, vazalar hamda tuvaksimon shakldagi chuqur idishlardan iborat.

Arablargacha buddaviylik, zardushtiylik, xristianlik inshootlari aholi o'rtasida diniy erkinlikdan dalolat beradi. Hatto, Marv o'z davrida moneylikning markazi bo'lgan.

Ilk o'rta asrning boshlarida antik davrida urf bo'lgana ayol ma'budalari bir turdagilari “ona-ma'buda” boshqa turdagisi “qiz-ma'buda” larning nisbatan soddalashgan shakllari paydo bo'ladi. Erkak, otliq va ot tasvirlari vujudga keladi. Otlarda osmon jismlari: quyosh, oy va hoch tasvirini tushirishib, koinot tushunchalari bilan bogliq dunyo qarashidan dalolat beradi. V-VII asrlarda koroplastika san'ati o'z ahamiyatini yoqota borib qolda sodda qilib yasalgan otliqlarning shakllari egallaydi. VI-VII asrlarda davri zoomorf, antropomorf, o'simlik va yozuvlar tushirilgan bullalar keng tarqaladi.

O'rta Osiyoning yirik tarixiy-madaniy viloyatlaridan biri bo'lgan Huroson o'lkasida ilk o'rta asrlar davri jarayonlari hozirga qadar amalga oshirilgan arxeologik qazishma ishlarida imkoniyat darajasida yoritib berilgan.

Sugd. Sugd Xitoy manbalarida Chu daryosidan Boysun tog tizmalarigacha bo'lgan hudud tushunilgan bo'lib, undagi 8 ta mulkli yoki tarixiy-madaniy viloyat togrisidagi ma'lumot keltirilgan bo'lsa, nisbatan keyingi davr (X-XIII asrlar) arab manbalarida esa Samarqand va Buxoro Sugdlari togrisida ma'lumot berilgan.

Shimoliy Sugd. Sugdning markazi Samarqandning ilk orta asrlar davri xarobalari Afrosiyob o'rnida antik davri shahri davomi sifatida o'z aksini topgan. Shaharning umumiy maydoni 220 ga, shahar IV-V asrlarda ikki qator qudratli mudofaa devorlariga ega bo'lgan. Mudofaa burjlari shaxmat kataklari shaklida joylashgan. VI-VII asrlarga kelib, shahar ikki qatordan iborat yangi mudofaa devorlari bilan o'ralib, shahar maydoni kengaytiriladi. Shaharda bir necha darvoza bo'lgan. Ularning ba'zilarida mudofaa burjlari aniqlangan.

Arablar istilosi davrida mahalliy aholi ommaviy shahar tashqarisiga chiqarilib, shaharda rivojlanishida turgunlik jarayoni kechadi. VIII asrning ikkinchi yarmida quvilgan shaharliklarning qaytib kelishi shaharning yanada o'sishiga olib keladi. Bu darda Samarqand to'rt qism: ark, ichki shahar, tashqi shahar va rabodlardan tashkil topib, hududi antik davridagiga nisbatan bir necha barobariga kengayadi. Shahar tashqarisida mulkdor er egalarining yuzlab ko'shklari bo'lgan.

Zarafshon daryosining yuqori oqimi joylashgan Samarqanddan 60 km. sharqda joylashgan hozirgi Panjikent shahri yaqinida ilk o'rta asrlar davriga tegishli Sugdning yirik shahar markazlaridan biri bo'lgan Panjikent kohna shahri xarobalari arxeologik jihatdan yaxshi o'rganilgan manzilgoh hisoblanadi.

Manzilgoh ark, shahriston, imoratlardan tashkil topgan shahar atrofi va nekropollardan iborat. Shahar arki shahriston bilan chuqur soy orqali ajralib, baland sahni ustida barpo etilgan. Unda mahalliy hukumdorlarning saroyi ochib o'rganilgan. Shahristonda parallel joylashgan ko'chalar bo'ylab uy-joy, xojalik, savdo hunarmandchilik imoratlari barpo qilingan.

Dastlab manzilgohning ark qismida V asrda atrofi muhofaza devori bilan o'rab olingan imorat paydo bo'ladi. V asr oxiri-VI asr boshlarida shahar maydoni kengaytirilib, yangi muhofaza devori barpo etilib, umumiy maydoni 13,5 ga. bo'ladi. Ark qismida bir necha hashamatli xonalardan tashkil topgan mahalliy hukmdorlar saroyi arxeologik jihatdan yaxshi o'rganilgan. Saroyning hashamatli xonalari mazmunan boy rang-tasvir bezaklari va yogoch o'ymakorligi bezak naqshlariga ega bo'lgan.

Arkdan chuqur jarlik bilan ajralib turgan shahriston qismida tigiz joylashgan uy-joy imoratlarining asosiy ko'pchilik qismi shaharlik zodagonlarga tegishli bo'lgan. Yogoch ustunlarga asoslangan keng ko'lamli xonalari devorlari diniy va dunyoviy mazmundagi rang-tasvirlar bilan bezatilgan. Uylardan birining devorlarini bezab turgan tasvirlar orasida birinchi qatordagi Sugdlik zadagonlarning kundalik hayotidan lavhalar, jang tasvirlari, bazm ko'rinishlari, ikkinchi qatorda esa otliq askarning ajdar o'rtasidagi kurash tasviri diqqatga sazavor bo'lib, xalqimizning botir qahramonlari togrisidagi rivoyatlar bilan bogliq tasvirlar bo'lishi mumkin.

Shahar ichkarisida ikkita ibodatxonalar majmuasi joylashgan bo'lib, ularning har biri ichki va tashqi hovlidan tashkil topgan. Asosiy ibodat majmuasi ichki hovlida baland tag kursi ustida barpo etilgan. Ibodatxonada odatda uch tomondan aylana tor yo'lakcha bo'lgan. Ibodatxonalar birining harbiy devorida haykalcha turishi uchun mo'ljallangan tokcha qoldirilgan. Ibodatxonada muqaddas olov doimiy yonib turgan. Ibodatxona devorlarini bezab turgan rang-tasvirlarning ko'plab namunalari aniqlangan. Ulardan afsonaviy va diniy mazmundagi xudolar, donatorlar, bazm marosimi va boshqa jarayonlar zo'r mahorat bilan ishlangan.

O'rta asrlar davri hunarmandchilik ishlab chiqarishi va uning savdosi bilan hunarmandlarning o'zlari shugullanishgan. Ko'chalar bo'ylab joylashgan kichik hunarmandchilik ustaxonalarida tayyorlangan mahsulotlari tashqarida bostirma ayvonlarida hunarmandlar tomonidan sotilgan. Bu erdan temirchilar, zargarlar, shishasoz va kulollar ustaxonalari aniqlangan. Hunarmandlar mahallasidan temir-chilar, bronza ishlov berish va zargarlik ustxonalari aniqlangan. Shahar tashqarisida shaharliklarning qabristoni joylashgan. U erda o'rin olgan nauslarda ossuariylar aniqlangan. Ossuariylarda zardushtiylar e'tigodi bo'yicha dafn marosimlari bilan bogliq bo'rtma tasvirlar aks ettirilgan.



Shimoli-harbiy (Buxoro) Sugd. Sugdning Buxoro qismida ilk o'rta asrlarga oid Buxoro, Varaxsha, Poykent va boshqa shaharlar rivojlangan. Ulardan yirigi Buxoro shahri bo'lib, uning maydoni 34 ga. (shundan 3,5 ga. ark). Shaharning mazkur davridan xabar beruvchi ashyoviy dalillar saqlangan madaniy qatlamlari so'nggi davr qatlamlari tagida qolib ketganligi sababli etarli xulosa yasash imkoniyati yoq.

Buxoroning ilk o'rta asrlar davri o'ziga xos yirik markazlaridan biri bo'lgan Poykent savdogarlar shahri hisoblangan. Manzilgoh mil.avv. III asrda shakllangan manzilgohda qurilish ishlari takomillashib, V asrda 13 ga. maydonda mudofaa devori bilan muhofazalanib, shahar darajasiga ko'tariladi. Qurilish ishlarining kuchayishi natijasida uy-joy imoratlarning ko'payishi bilan V asr oxiri-VI asr boshlarida shaharning hududi kengayib, 20 ga. maydonni egallagan ikkinchi shahriston vujudga keladi. Poykent shahri o'rta asr yozma manbalarida savdogarlar shahri sifatida tilga olingan. Shahar tashqarisida zardushtiylarning qabristoni joylashgan.

Buxorodan 30 km. shimoli-garbda bo'lgan Varaxsha shahri tarixchi Narshaxiyning ma'lumotlariga ko'ra buxorxudotlarlarning qarorgohi bo'lgan. Me'mo-riy-rejaviy tuzilishiga ko'ra uchburchak shaklidagi manzilgoh (may. 6,5 ga.) ashyoviy dalillarga ko'ra IV asrdan shahar tusini olgan. Arkdagi imoratlari va mudofaa devorini tamirlash ishlari shu davrda olib borilib, Buxoro hukmdorlarining qarorgoh shahriga aylantiriladi.

Shaharda V asrda qayta ta'mirlash ishlari olib borilib, uning ark qismida ikkita yirik saroy majmuasi, ibodatxona va xojalik imoratlari barpo etiladi. Katta-kichik xonalardan tashkil topgan saroy majmuasi kishi diqqatini o'ziga jalb qiladi. Uning ayrim hashamatli xonalari mazmunan boy devoriy rang-tasvirlar bilan bilan bezatilgan. Ular diniy va afsonaviy mazmunga ega bo'lgan tasvirlardan iborat.



Janubiy Sugd (Qashqadaryo vohasi). Janubiy Sugdning har ikkala qismida arxeologik tadqiqot ishlari olib borilib, turli arxeologik yodgorliklar o'rganilgan. Ilk o'rta asrlar davriga oid yozma manba ma'lumotlarida (xitoy, arab va fors) Kesh vohasidagi shaharlar togrisida ma'lumot mavjud. Ulardan eng yirigi Kesh shahri hozirgi Kitob shahrida antik davri o'rnida rivojlanadi. Shaharning ilk o'rta asrlarga oid madaniy qatlamlari keyingi davr qurilish ishlarida buzilib ketgan va qolgan qismi esa zamonaviy imoratlar tagida qolib ketgan tufayli mazkur davr manzarasini tiklash imkoniyati mavjud emas. Faqat keyingi davr yozma manbalari ma'lumotlariga asoslanib, ayrim xulosalar yasash imkoniyati mavjud. Kesh vohada Chimqorgontepa (40 ga), Qamaytepa, Kishmishtepa va boshqa shahar turidagi manzilgohlarda qisman arxeologik tadqiqot ishlari amalga oshirilib, ular vohaning maqomi jihatdan poytaxtdan keyingi o'rinni egallagan shaharlar sanalgan.

Naxshab vohasida esa arxeologik yodgorliklar nisbatan yaxshi o'rganilgan. Yozma manbalarda Naxshebolo nomi bilan tilga olingan shahar hayoti antik davri o'rnida davom etib, VII asrning ikkinchi yarmida shaharda hayot batamom toxtaydi. Shahar aholisi taxminan 2 km. janubi-sharqda hozirgi Shulluktepa yodgorligi o'rnida shaharga asos sola boshlashadi.

O'rta asrlar davri arab va fors manbalarida Qarshi vohasidagi Kasba, Bazda, Gubdin va boshqa shaharlar togrisida ma'lumotlar mavjud. Kasba Shulluktepadan 30 km., Bazda esa 40 km. janubi garb tomonda joylashgan. Ular taxminan milodning boshlarida shakllanib, ilk o'rta asrlar davrida vohaning iqtisodiy-madaniy markazlariga aylanadi. Kasba shahrining o'rni hozirda ikki gektar maydoni Kasbitepa yodgorligi o'rnida bo'lganligi taxmin qilinadi. Bazda esa, hozirgi Kohna Fazli yodgorligi o'rnida bo'lgan. Shahar ark (1,5 ga), shahriston (55 ga) va rabod qismlaridan iborat. Shahar mogullar istilosiga qadar faoliyat yuritadi.

Shuningdek, vohada Talisortepa (o'rta asrlar davri Gubdin shahri) ilk o'rta asrlar davrida 13 ga. hududni egallagan shahar ark, shahriston va rabod qismdan tashkil topgan.

Sugd aholisining asosiy mashguloti O'rta Osiyoning barcha hududlari uchun qadimgi davrdan rivojlanib kelayotgan sugorma dehqonchilik tashkil etgan. Hunarmandchilik ishlab chiqarishi barcha sohalari yaxshi rivojlangan. Ixtisoslashgan hunarmandlar mahallalari Panjikent kohna shahrida amalga oshirilgan qazishma ishlari natijasida yaxshi o'rganilgan. Mug togidagi qasrdan topib o'rganilgan

Sugd yozuvida bitilgan hujjatlarda paxta va jun matolar hamda ularning turlari keltirilgan. Ko'nchilik yaxshi rivojlangan. Hujjatlarning asosiy qismi aynan terilarga yozilgan.

Sugdning IV-VI asrlar davri kulolchilik ishlab chiqarishida alohida hududlari uchun xoslik saqlangan bo'lsa, VII asrdan boshlab esa barcha hududlarda ma'lum standartlarga amal qilina boshlaydi. Bu davrda metall buyumlari paydo bo'lib, ularda xojalikda keng foydalaniladi.

Sugdliklar savdo sohasida O'rta Osiyoda etakchilik qilishgan. Ular Еttisuv va Xitoyda ko'plab savdo faktoriyalariga ega bo'lishgan. Tan imperiyasi qaydnomalaridagi ma'lumotlarda Dunxuan viloyatidagi Sugd manzillari aholisining asosiy qismi Samarqandliklardan iborat bo'lganligi qayd etiladi.



Ustrushona. Turkiston tog tizmalarining shimoliy qismidagi erlar o'rta asr yozma (xitoy, arab, fors) manba ma'lumotlarida turli shakllardagi o'ndan ortiq nomlar bilan keltirilgan o'lkaning Ustrushona shaklidagi talaffuzi Mug togidan topilgan Sugd tilida bitiklarda aniqlangan. Turkiston tog tizmasidan Nurota togiga qadar cho'zilgan hududni ishgol etgan erlar o'rta asrlar davri Ustrushonasiga tegishli bo'lgan. Ilk o'rta asrlar davrida Ustrushona eftalitlar va Turk xoqonligi tarkibida bo'lib, afshinlar tomonidan mustaqil boshqarilgan alohida feodal davlatdan bo'lgan. Yozma manba ma'lumotlarida o'lkaning o'ndan ortiq katta kichik shaharlar togrisidagi xabarlar keltirilgan.

O'lkaning markaziy shahri Bunjikat Tojikiston Respublikasi So'x tumanida joylashgan Qalaiqahqaha yodgorligiga qiyoslangan. Bu yodgorlik Shahristonsoy-ning ikkala soxilida joylashgan uchta tepalikdan (Qalaiqahqaha I, II, III) iborat. Uning shahar sifatida shakllanishi VII-VIII asrlarga togri keladi. Yodgorlikning har bir qismi alohida muhofaza qilingan devorlarga ega.

Arxeologik qazishmalar davomida Qalai Qahqaha I yodgorligi Bunjikat shahrining o'rta asrlar davridagi arki bo'lib, bir qator ayrim joylarda esa ikki qator mudofaa devorlari bilan muhofaza qilingan. Bu qismi o'rta asrlar davri arab manbalarida qayd etilgan shaharning ichki madinasi togrisida ma'lumotlariga mos keladi. Qalai Qahqaha I ning sharqiy tomonidan maxsus tagkursi ustida bino qilingan hukmdorlar saroyi (18x12 m.) ochib o'rganilgan. Shaharning shimoliy devori va burjlari bo'ylab joylashgan ko'cha atrofida asosiy ibodatxona, ma'muriy jamoatchilik, savdo-hunarmandchilik va uy-joy imoratlari joylashgan. Shaharning ikkinchi darvozasi joylashgan harbiy tomonida harbiy mudofaa majmualari joylashgan bo'lib, strategik ahamiyatini hisobga olib bu qismi qoshimcha mudofaa devori bilan kuchaytirilgan.

Birinchi manzilgohdan janub tamonda joylashgan Qalai Qahqaha II hozirgi paytda togri to'rtburchak shaklidagi tepalik 5 ga. hududda saqlanib, alohida mudofaza devori va burjlar bilan muhofalangan tashqi madinani tashkil etgan. Daryoning o'ng tomonida dastlabki ikki yodgorlik qarshisida alohida mudofaa tizimiga ega bo'lgan uchinchi tepalik o'rin olgan. Arxeologik jahatdan bu tepalik mudofaa devorining uch qurilish bosqichi qayd etilib, bu erda ham hayot shahar bilan bir davrda boshlangan bo'lishi mumkin. Unda aholi uy-joylari, bog-roglar bo'lgan. Bu yodgorliklar o'z davrida Ustrushona vohasining markaziy shahri Bunjikatning ark, shahriston va rabod qismlarini tashkil etgan.

Shaharning arkidagi mahalliy hukmdor saroyida yogoch o'ymakorligidan keng foydalangan. Uning devorlarini saroy tasviriy san'at na'munalari bezab turgan. Devorlarining birida ikkita go'dakni emizayotgan bo'ri tasviri kishi diqqatini o'ziga tortib, Rimdagi Ramul va va Rem afsonasini eslatadi. Bu lavhani N.N.Negmatov xristianlik mifologiyasi bilan boglaydi. Shuni unutmaslik kerakki ilk o'rta asrlar turkiy qavmlarning O'rta Osiyoga ommaviy siljigan davri bo'lib, turkiylar totemida bo'ri yuqori o'rin egallashini unutmaslik kerak. Boshqa bir kichik xona devorida esa nayzadagi bayroqni ushlab turgan otliq va ikki boshli iblissifat jonzot tasvirlari chizilgan. Shuningdek, saroy xarobalarida uch boshli va to'rt qolli haykallar ham uchraydi. Bular bevosita Ustrushonaliklarning dunyoqarashi afsonaviy mafkuraning mujassamligidan dalolat beradi.

O'lkada shuningdek, O'ratepa shahri va undan garbda joylashgan Vagkata kohna shahri, Jizzax, Zomin kabi yangi shaharlari ham o'lkaning muhim iqtisodiy va madaniy markaz bo'lgan. O'ratepa shimoli-sharqiy chekkasida ulkan tabiiy tepalikning yuqorisida Mugtepa joylashgan bo'lib, qachonlardir O'ratepa shahrining arki mana shu tepalik bog'lagan. Shaharning arki xarobalari hozirgi paytda Mugtepa yodgorligi nomi bilan yuritiladi.

Jizzaxning dastlabki o'rni hozirgi shaharning janubi-sharqiy qismida joylashgan antik davri Haliyatepa manzilgohi o'rnida shakllangan. Ilk o'rta asrlar davrida shahar o'lkadagi muhim markazlardan biri sifatida rivojlanadi.

Ustrushonaliklar xojaligining asosini sugorma dehqonchilik, bogdorchilik, shimoliy dasht va togoldi hududlarida esa chorvachilik rivojlangan.



Shimoliy Toxariston. Toxariston antik davri Baqtriyasi chegarasi doirasidagi shimoliy va janubiy qismlardan tashkil topgan yirik tarixiy-madaniy o'lka. Toxariston togrisidagi dastlabki xabar 383 yilga oid Xitoy manbalarida Tuhola deb tilga olinadi. Uning hududi Baqtriya hududi doirasida bo'lgan. Manbalarda keltirilishicha Toxariston 27 viloyatdan tashkil topgan bo'lib ulardan 8 tasi Shimoliy Toxaristonda joylashgan. Shimoliy Toxariston hududida ilk o'rta asrlar davriga oid madaniy qatlamlarga ega bo'lgan 250 dan ortiq barcha turdagi arxeologik yodgorliklar aniqlanib, ularning ayrimlari yaxshi o'rganilgan. Nisbatan yaxshi o'rganilgan yodgorliklar kohna shaharlar bo'lib, ulardan Eski Termiz, Budrach-Chaganiyon, O'zbekontepa, Xosiyattepa, Kofirqal'a va boshqalardan iborat 30 ga yaqin shahar turidagi manzilgohlar qayd qilingan. Bundan tashqari qala-qorgonlar, qasrlar, uy-qorgonlar, muhofazasiz katta-kichik qishloqlar va ibodatxonalar.

Shimoliy Toxariston hududidagi shaharlardan Termiz qadimdan turli yozma manbalarda Tarmita, Tami, Drmat, Tirmiz nomlari bilan tilga olingan shaharning o'rta asrlar davri o'rni hozirgi shaharning harbiy qismida antik davri o'rnida 10 ga. maydondagi sun'iy tepalikda saqlangan. Xitoy manbalarida shaharning 20 li (8-10 km.) mudofaa devorlari va 10 ta buddaviylik ibodatxonasi togrisida ma'lumot keltirilgan.



Termiz. Shaharning nisbatan keyingi davr holati togrisida Istaxriy, Muqaddasiy va boshqalar mualliflarning asarlari ma'lumotlarida qayd qilinadi. Ularda ko'handiz, madina va rabod qismlari togrisida ma'lumotlar mavjud. Tadqiqot ishlari natijasida belgilangan 35 gektardan iborat birinchi hudud madina, 175-180 gektardan iborat ikkinchi hudud esa rabod qismlarini tashkil etgan. Bu erda bozor va turli hunarmandchilik mahallalari joylashganligi keltirib o'tilgan. Arxeologik qazishmalar jarayonida mazkur qismida kulollar, shishasozlar va temirchilarning ustaxonalari aniqlanib o'rganilgan. Har ikkala hududda ilk o'rta asr oxirlarida o'zlashtirilib, hunarmandchilik ustaxonalari faoliyat yurita boshlagan bo'lishi mumkin.

Surxon vohasining ikkinchi yirik shahri Chaganiyon xitoylik budda ziyoratchisi Syuan Czyan (630 yillar) ma'lumotlarida “Chi-go-yen-na” nomi bilan tilga olinib, uning aylanasi 10 li. (4-5 km.) va unda 5 ta budda monastri togrisida ma'lumot keltiriladi. Afrosiyob xarobalarida VII asrning oxirlariga oid devoriy suratlarda tasvirlangan elchilar orasida choganiyonlik vakil ham bo'lgan. Shimoliy Toxaristonning yirik viloyati Chaganiyon hozirgi Denov shahridan 6 km. janubiy-sharqda Qizilsuvning Surxondaryoga quyilish joyida Kohna Budrach o'rnida bo'lgan. Bu erda joylashgan Oqmozortepa ark, Dunyotepa esa shahriston qismlarini tashkil etgan. Ark qismida kushonlar davridayoq 20 ga. maydonda shahar shakllanadi. Ilk o'rta asrlar davrida shahriston maydoni o'sib, 50 ga. joy mudofaa devori va xandak barpo etiladi. Yodgorlikning ark qismidagi aniqlangan me'moriy inshootlar ilk o'rta asrlar davri Chagoniyon hukmdorlarining saroyi bo'lgan.

Shimoliy Toxaristonning mulkligining markazi bo'lgan Kattatepa (Xosiyattepa (may. 20 ga.) yodgorligi ham arxeologik jihatdan o'rganilgan. Manzilgoh ikki qismdan iborat bo'lib, muhofaza devoriga ega bo'lgan. Devorlar yarim aylana va togri to'rtburchak burjlar jangavor shinaklar bilan kuchaytirilgan. Ark qismida mahalliy hukmdorlar ibodatxonasi va dafinasi joylashgan. Manzilgoh tadqiqotchilar tomonidan keyingi davr arab manbalarida qayd qilingan Kuftan mulkliligining markazi Hushvara shahri bilan qiyoslangan.

Shimoliy Toxaristonning Tojikiston qismida shahar shakliga ega bo'lgan manzilgohlardan Vaxsh vohasi ma'muriy markazi bo'lgan Kofirqal'a (may. 13 ga. yaqin) manzilgohi antik davrida shakllangan. Kvadrat shaklga ega bo'lgan manzilgoh devori, xandak, proteyxizm, minora va shinaklardan tashkil topgan muhofaza tizimiga ega bo'lib, asosiy ko'cha shaharni ikkiga bo'lib turgan. Shahar atrofida aholi turar joylari va ishlab chiqarish inshootlaridan tashkil topgan.

Shimoliy Toxaristonning boshqa bir yodgorliklaridan Bolaliktepa, Kuyovqorgon, Yumaloqtepa kabi manzilgohlari ilk o'rta asrlar davri davlatmand er egalarining ko'shk va qasrlari ham arxeogik jihatdan yaxshi o'rganilgan bo'lib, ular o'z davri me'moriy-rejaviy echimiga mos holda barpo etilib, muhtasham qabulxona va mehmonxonalar ajralib turadi. Mahobatli xonalar odatda dunyoviy mazmundagi rang-tasvirlar, haykalchalar, yogoch va ganch o'ymakorlik bezaklari bilan bezatilgan.

O'lka aholisi dehqonchilik, chorvachilik bilan kun kechirishgan. Shahar markazlarida kulolchilik, shishasozlik, temirchilik yaxshi rivojlangan. Xitoy yozma manba ma'lumotlarida xitoyliklar shisha tayyorlashni toxaristonliklardan o'rganishganligi ta'kidlanadi. Bu davrga tegishli ko'k va havo rangdagi kichik shisha buyumlari (flakonlar) va qisman xojalik buyumlari Bolaliktepa va Munchoqtepa (Tojikiston) yodgorliklaridan topib o'rganilgan. VIII asrning oxirlaridan boshlab shishasozlik O'rta Osiyoning boshqa hududlariga ham keng tarqala boshlaydi.

Ilk o'rta asrning dastlabki bosqichdagi sopollari antik davridagi nafis shakli va yuqori sifatini saqlab qolish bilan birgalikda ular mukammalashadi. Sopollar sirtida o'yma, bosma va yopishtira naqshlar tushiriladi. Bu davrda shuningdek, shimoliy o'lkalarnikiga oxshash qo'sh baldoqli sopollar tarqaladi. Keyingi bosqichda qolda ishlanganlar soni nisbatan kopayib, shakli o'zgaradi. VII-VIII asrlar davrida yanada nafis va sifatli sopollar ishlanib sirtiga naqshlar beriladi. Bu davrda Boysun va Kohitang toglaridagi ma'dan konlarini o'zlashtirishning boshlanishi metallarga ishlov berish hunarmandchilik sohalarining yanada taraqqiy etishiga olib keladi.

Shimoliy Toxaristonning diniy qarashlarida buddaviylik dini saqlanib qoladi. Syuan Szyan ma'lumotlarida Termiz va Chaganyon shaharlaridagi bir necha budda ibodatxonalari togrisida ma'lumot keltirgan. Eski Termizdagi antik davri buddaviylik ibodatxonalari faoliyat yuritgan. Ilk o'rta asrlar davri diniy me'moriy-qurilish xususiyatlar o'lkaning Tojikiston qismida joylashgan Kofirqal'a va Ajinatepa ibodatxonalarida o'z aksini topgan. Old tomonida ayvonga tutashgan markaziy xonaning uchta tomonida aylanasi bo'ylab yo'laklar bilan tutashgan. Ibodatxona devorlari rang-tasvir bezaklari bilan bezatilib, budda haykallari va haykalchalari bilan bezatilgan. O'lkaning boshqa bir yodgorligi Ajinatepadan ilk o'rta asrlarga oid buddaviylik ibodatxonasi (100x50 m.) o'rganilgan. Bu inshoot ilk o'rta asrga oid monastr bo'lib, kvadrat shaklldagi ikkita yonma-yon joylashgan hovli majmuasidan tashkil etgan. Imorat aylanma yo'lakcha, asosiy zal, toat-ibodat va yashash xonalaridan tarkib topgan. Ulardan birining hovlisida stupa va yo'lakchalaridan birida esa 12 m. balandlikdagi budda haykali aniqlangan. Monastr ichkarisidagi xonalar devorini rang-tasvir namunalari va haykalchalar bezab turgan.

Shimoliy Toxaristonning Bolaliktepa, Hayrobodtepa kabi yodgorliklaridan doimiy muqaddas olov yonib turgan yirik sopol idishlar ham topilgan. O'lkada zardushtiylik siginish odati o'z mavqeini yoqotmaganidan darak beradi.

Shimoliy Toxariston ilk o'rta asrlar davri madaniyati namunalari dunyoviy mazmunga ega bo'lgan haykaltaroshlik va devoriy rang-tasvir san'ati namunalarida o'z aksini topgan. Haykalchalar namunalari V-VIII asrlarga oid Kuyovqorgon ko'shkini o'rganish jarayonida aniqlangan. Haykalchalar loydan yasalib, ustidan mayin loy va ganch yuritilib, ustidan turli rangda bo'yalgan. Ular tashqi qiyofasiga ko'ra bir-biriga o'xshamaydi. Bu davr haykaltoroshligi antik davri san'atining davomi sifatida rivojlanib, o'zida so'nggi gandhara va sosoniylar madaniyati an'analari sezilib turadi.

San'at namunalaridan boshqa bir turi bo'lgan rang-tasvir namunalari Bolaliktepa va Tavka yodgorliklarida o'rganilgan. Bolaliktepa devoriy suratlari nufuzli oilaning bazm marimlari aks ettirilgan. Undagi kishilar o'tirgan va tik turgan holatda, o'tirganlar qolida qadah ushlagan holda tasvirlangan. Ularning orqasida esa xizmatkorlar tasviri tushirilgan. Xonaning boshqa bir davordagi suratlarda hovli egasining oila a'zolari, boshqa bir suratda esa may ichishlik qilayotgan erkak-ayollar tasviridan iborat. Tavka yodgorligi tasviriy san'at namunalari ov jarayoning aks ettirilishi bilan bogliq. Unda yugirib borayotgan suvoriylar va ularning ohu va quyonlarni ov qilish paytidagi manzarasi berilgan.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling