Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi


Download 0.62 Mb.
bet8/13
Sana06.10.2020
Hajmi0.62 Mb.
#132626
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
IBRAGIMOV.R.Z - MARKAZIY OSIYO ARXEOLOGIYASI(1)


Sogdiyona. So'nggi bronza va ilk temir davrining dastlabki bosqichiga kelib, Sogdiyonaning janubiy hududlarida otroq dehqonchilik madaniyati qaror topadi. Ilk temir davrida Sogdiyonaning barcha hududlari dehqonlar tomonidan egallanadi. Sogdiyona hududlarida ilk temir davriga oid yodgorliklar bir xil suratda rivojlanmagan. Bu davrga oid yodgorliklar koproq uchraydigan va yaxshi o'rganilgan voha Qashqadaryo hisoblanadi. Zarafshon vohasida esa Afrosiyob va Ko'ktepa yodgorliklari yaxshi o'rganilgan.

Samarqand vohasining eng qadimgi shahar shaklidagi manzilgohlari sirasiga Afrosiyob va Chelak shahridan 5 km uzoqda joylashgan Ko'ktepa manzilgohlari kiradi. Ko'ktepa yodgorligining umumiy maydoni 100 ga dan iborat bo'lib, mil.avv. I ming yillikning boshlarida hozirgi Bulungur kanali bo'yida shakllangan. Manzilgohning qadimgi shahar me'morchiligi xos alomatlar mil.avv.VIII oxiri-VII asrlarga oid madaniy qatlamlarida uchraydi. Manzilgohning 50 sm o'lchamdagi mudofaa devorlari hozirgi paytda 1 km masofada saqlanib qolgan. Devor qalinligi pastgi qismidan 7 metr. Ellin davriga kelib shahar ichkarisida 23 ga. maydonni egallagan kvadrat shakldagi maydon ichki mudofaa devori bilan o'rab olinadi. Qadimgi shahar xarobasining ichki qismida ikkita tepalik saqlanib qolgan. Ularda amalga oshirilgan qazishma ishlarida mudofaa devorlarida yassi-qavariq gishtlardan barpo qilingan ikkita tagkursining o'rni ekanligi ma'lum bo'lgan. Ularning tag qismida manzilgohning dastlabki madaniy qatlamlari aniqlanib, u erdan er to'la uy-joylarning o'rni aniqlangan. Ko'ktepa I bosqichiga oid bu uy-joylar mil.avv. X-VIII asrlar bilan belgilanadi.

Manzilgoh taraqqiyotining ikkinchi bosqichida (mil.avv. VIII-VII asrlar) manzilgohning mudofaa devori va tag kursi ustida barpo etilgan ikkita mahobatli imoratlar barpo etiladi. Arxeolog olim M.H.Isamiddinov ulardan birini saroy, ikkinchisini esa ibodatxona bo'lganligini taxmin qilgan. Bu davrda Ko'ktepa manzilgohi qadimgi shahar markazi aylanadi. U o'z davri yirik shahar markazlaridan biri Aleksandr Makedonskiy Sogdiyonaga yurish qilgan payda yozma manbalarida qayd qilingan mahalliy Sugd hukmdorining yozgi qarorgohi - Bazileya bo'lganligi shubhasiz.

Qazishmalar davomida qolda yasalib, sirtiga geometrik naqshlar solingan sopol buyumlari, tosh oroq, yorguchoq va boshqalar topilgan. Qolda yasalib, yorqin sirtiga geometrik naqshlar berish an'anasi Baqtriya va Margiyona uchun xos bo'lgan xususiyat. Sopol buyumlari cho'zinchoq (bankasimon) shakldan iborat.

O'tgan asrning oxirlarida amalga oshirilgan qazishmalar chogida Afrosiyobning xom gishtlardan barpo etilgan mil.avv. VI-V asrlarga oid muhofaza devori vayronalarining tag qismida Samarqandning ilk temir davri dastlabki mudofaa devori yuqorida keltirilgan Ko'ktepa devorlarini qurishda foydalanilgan yassi-qavariq gishtlardan barpo etilgan. M.H.Isamiddinov bu devor dastlabki muhofaza devori zichlangan tuproq (val) devordan iborat bo'lib, mil.avv. VIII-VII asrlarda uning ustida yassi-qavariq gishtlardan yangi devor barpo etiladi. Ushbu devor joylashgan madaniy qatlamdan sopol idish parchalari va tosh qurollar Ko'ktepa yodgorliginiki bilan aynan bir xil. Afrosiyob va Ko'ktepa stratigrafiyasi topilmalariga ko'ra VII-VI asrlarga oid yorqin fondagi silindr-konussimon shakldagi qolda yasalgan idishlarning almashinuv jarayonlari kechganligi aniq ko'rinadi.

Shunday qilib, umumiy maydoni 219 ga., shundan 19 ga. akropolni tashkil etgan Samarqand (Afrosiyob) manzilgoh so'nggi bronzaning oxiri va ilk temir davrining boshlarida dastlabki aholi tomonidan o'zlashtirilgan. Yodgorlikning eng quyi qatlamida ilk marotaba bu erga kirib kelgan aholi tomonidan barpo etilgan erto'la uy-joy imoratlari o'rin olgan. Ilk temir davri birinchi bosqichi oxirlaridan boshlab manzilgohlar erto'la uylardan er usti uylari bilan almasha boshlaydi. Ilk temir davri, ya'ni Yoz 2 bosqichiga kelib esa manzilgoh shahar darajasiga o'sib o'tadi. Sugd hududidadagi urbanizatsiya jarayonlari bevosita ichki ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va ma'lum darajada tashqi dunyo ta'siri natijasida davlatchilikning shakllanishi bilan tavsiflanadi. Vohadagi ikkinchi bir yirik shaharning o'rni Samarqanddan 30 km. shimoliy-garbida Chelak tumani hududida joylashgan Ko'ktepa yodgorligida arxeolog olim M.H.Isamiddinov arxeologik qazishma ishlari olib borgan. Yodgorlikning umumiy maydoni 100 ga. yaqin bo'lib, o'rganish jarayonida Afrosiyob bilan bir davrda shakllanganligi aniqlangan. Yodgorlikning bir qismi qishloq xojalik maqsadlarida erlarni o'zlashtirish jarayonida buzilib ketgan. Dastlab manzilgoh shakllangan qismi ikkinchi bosqichda mudofaa devori bilan muhofaza qilingan hududi 23 ga. maydonni tashkil etadi. Manzilgoh shakllangan ilk bosqichiga (Ko'ktepa 1) oid madaniy qatlamlarida erto'la shaklida uy-joy imoratlarining o'rin aniqlangan.

Manzilgoh faoliyatining ikkinchi (Koktepa 2) bosqichidan boshlab esa uy-joy imoratlari er ustida barpo qilina boshlaydi. Yodgorlikning muhofaza devorlari ham mana shu davrida barpo etiladi. Tadqiqotchi arxeolog olimlarning taxminlariga ko'ra baland tag kursidan iborat ark qismida joylashgan mahobatli imorat qoldiqlari saroy va undan janubi-garbda shahriston hududidagi boshqa bir tag kursi ustida bino qilingan imorat qoldiqi esa otashparastlar jamoasiga tegishli ibodatxona vazifasini bajargan. Demak, ilk temir davrining ikkinchi bosqichida Shimoliy Sogd hududi ikkinchi bir yirik shahar markazi paydo bo'ladiki, uni tadqiqotchi olimlar yunon yozma manba ma'lumotlarida qayd etilgan podsho qarorgohi Bazileya shahri bilan qiyoslashadi. Arxeologik tadqiqot natijalari shahar ellinlar davrida ham faoliyat yuritganligidan dalolat beradi.

Manzilgohning ilk bosqichiga oid sopol buyumlarining asosiy ko'pchilligi qolda yasalgan va ulardan bir qismining sirtiga naqshlar berilgan bo'lsa, keyingi bosqichda kulolchilik charxida yasaladi. Ko'ktepaning quyi qatlamidagi sopollarining 90 foizdan ortiqi qolda yasalgan.

Janubiy Sogdning ilk temir davri arxeologiyasi shakllanish xususiyati jihatdan o'zaro farq qiladigan ikkita vohalardan tashkil topgan. Birinchisi togoldi hududlarda Qashqadaryoning kichik irmoqlarida irrigatsiya inshootlarini barpo etish uchun qulay bo'lgan mikrovohalardan tashkil topgan Kesh vohasi va ikkinchisi daryo oqimining tekislik bo'ylab pasayib, irrigatsiya tizimini rivojlantirish imkonyatlari nisbatan yuqori bo'lgan cho'l hududidan iborat Naxshab vohasi hisoblanadi.

Kesh vohasida o'tgan asrning 50-yillaridan boshlab S.K.Kabanov, N.I.Krashennikova, A.S.Sagdullayev va O.N.Lushpenkolarning ilmiy tadqiqotlari amaliy natijasida ilk temir davri moddiy madaniyati o'rganilgan. Keshning ilk temir davri arxeologik yodgorliklari mikrovohalardan tashkil topgan kichik daryo o'zanlarida tarqalgan. A.S.Sagdullayev ulardan Sho'robsoy, Tanxozdaryo, Qizildaryo, Qayragoch kabilarni ajratib ko'rsatadi.

Mudofaa devoriga guvala va paxsadan qurilgan qismi taxminan mil.avv. IX-VII asrlarda asos solingan. Asosiy devor va burjlar keyingi davrda bunyod etiladi. Keyinchalik esa birinchi devorga tutash qilib, 1,6 m. Qalinlikda ikkinchi devor quriladi va umumiy qalinligi 3,5 metrga etadi. Uchinchi davrida 1,2 m. Qalinlikda yana bir qoshimcha devor quriliadi. Sogdiyonaliklar sugorma dehqonchilik hamda chorvachilik bilan shugullanganlar. Qashqadaryo vohasidan arpa, bugdoy, javdar hamda hayvon suyaklari topib tekshirilgan. Qashqadaryo vohasida topib tekshirilgan sopol idishlar ikki guruhga bo'linadi. Kulolchilik charxida yasalgan naqshsiz idishlar. Ular kosa, tovoq, xumchalardan iborat. Qolda ishlangan idishlar geometrik va egri chiziqlar bilan naqshlangan. Naqshli idishlar Qashqadaryoning togoldi hududlaridan ham topib tekshirilgan.

Keshda Qaynarsoy tizmasi buloqlari asosida shakllangan Shorobsoyning quyi oqimi hududlarida Uzunqir, Podayotoqtepa va Sangirtepa bir-biriga yaqin joylashgan yodgorliklardan iborat umumiy bo'lgan qadimgi shahar majmuasini tashkil etadi. Podayotoqtepa yodgorligi Shorobsoyning chap soxilida joylashgan bo'lib, bir tomondan Uzunqir yodgorligi 450 metr saqlanib qolgan qadimgi devorning o'rni bo'lib, bir necha qurilish bosqichlarini tashkil etadi. Uning eng quyidagisi guvaladan taxminan 4-5 metr chamasi qalinligida barpo qilingan devor 2-3 qator qalinlikda saqlanib qolgan. Keyingi bosqichda bu devor tekislanib, uning ustidan ahamoniylar davri o'lchamidagi xom gishtlardan qoshimcha devor bilan kuchaytiriladi. Shaharning muhofaza devorini tashkil etgan. O'z davrida 70 ga. dan iborat maydonni yarim aylana shaklda o'rab turgan Uzunqir shimoli-sharqiy va shimoli-harbiy tomonlardan Sho'robsoyga tutashgan. Uzunqirdan harbiy tomonda esa Podayotoqtepa yodgorligi joylashgan. Bu yodgorlikning mikro relefiga garbida daryo tomondan kiriladigan darvozaning o'rni mavjud. Yodgorlikda qisman amalga oshirilgan arxeologik qazishmalardan yuqorisida ahamoniylar davri moddiy madaniyati majmuasi aniqlangan. Uzunqir bilan Podayotoqtepa yodgorliklari oraligini dehqonchilikda foydalanilayotgan ochiq joy o'z davrida aholi uy-joy imoratlari bilan band bo'lganligi tabiiy.

Uzunqirdan janubda joylashgan boshqa bir Sangirtepa yodgorligining umumiy maydoni 3 ga. dan iborat bo'lib, muhofaza devorlari bilan o'rab olingan. Amalga oshirilgan qazishma ishlarida bir necha qurilish davri mavjud bo'lganligi aniqlangan. Eng quyi madaniy qatlamidan qolda sirtiga geometrik naqshlar berib ishlangan sopollar majmuasi o'rganilgan. Ular mil.avv. IX-VIII asrlarga oid. Keyingi davr madaniy qatlamidan mil.avv. VII-VI asrlarga oid me'moriy kompleks o'rin olgan. Qazishmalar jarayonida uning markaziy qismida katta xonaning o'rni ochilib, uning devori yonida supa joylashgan. Me'moriy majmua xonalaridan birida togri to'rtburchak shaklidagi kuchli kuygan olov mehrobining o'rni saqlanib qolgan. Xona bo'ylab ikki qator qilib parallel ravishda joylashgan diametri 20-30 sm., chuqurligi 50 sm. iborat aylana shakldagi chuqurchalar o'rin olgan. Ular qum aralash kullar bilan to'ldirilgan. Zardushtiylik dini odatlariga ko'ra ibodatxona mehrobida doimiy yonib turuvchi muqaddas olovdan xosil bo'lgan kullar ham muqaddas hisoblanib, ularni toza saqlash maqsadida maxsus chuqurchalarga ko'mish odat bo'lgan. Yoki ularning bir qismini ibodat uchun kelganlarga in'om qilingan. Mil.avv. I ming yillikning o'rtalariga kelib Sangirtepa yodgrligi tashqi tomondan muhofaza devori bilan o'rab olinadi.

Umuman, Uzunqir-Sangirtepa-Podayotoqtepa yodgorliklari Kesh vohasining ilk temir davri yirik shahar markazini tashkil etib, ulardan birinchisi shahar mudofaa devori, ikkinchisi ibodatxona, uchinchisi esa arki vazifasini o'tagan.

Qashqadaryoning o'rta oqimi hududini ishgol etgan qadimgi Naxshab o'lkasining Еrqorgon yodgorligida 1973 yildan buyon keng ko'lamdagi arxeologik qazishma ishlari olib boriladi. Bu yodgorlikning hozirgi payta ikki qator mudofaa devorlari uzun tepaliklar shaklida saqlanib qolgan. Ichki devori mil.avv. I ming yillikning o'rtalari barpo qilingan. Qadimgi shaharning barcha hududida bir necha katta-kichik tepaliklar o'rin olgan. 1999 yilda yodgorlikning antik davri kulolchilik mahallasi xarobalari o'rin olgan qismida amalga oshirilgan arxeologik qazishma ishlarida uning pastki qatlamidan shaharning paxsa va xom gishtlardan barpo qilingan mudofaa devorining o'rni aniqlangan. Mazkur devor ahamoniylar davri devori bilan parallel ravishda joylashgan bo'lib, tag qismida 5 metr qalinlikdan iborat. Bu erda qazishma ishlarini olib borgan arxeolog olim R.H.Suleymanovning ilmiy taxminlariga ko'ra sifatli sopol buyumlari tayyorlash uchun qulay bo'lgan ushbu mudofaa devorning soz tuprogi mil.avv. II asrda kulolllar mahallasining rivojlanishiga asos bo'lgan. Natijada besh asr davomida kulollar tomonida xom ashyo manbaiga aylangan devorning yuqori qismi yoq bo'lib ketgan, pastki qismi esa yuzlab metrga cho'zilgan kullolar mahallasi xarobalari tagida qolib ketgan.

Fargona vodiysida Chust madaniyati. O'rta Osiyoning qadimiy otroq dehqonchilik vohasi hisoblangan Fargona vodiysi yirik tarixiy-madaniy o'lkalaridan birini tashkil etgan. Hududiy jihatdan Sirdaryoning yuqori oqimi va uning irmoqlari hududida joylashgan bo'lib, janubdan Oloy va Turkiston, Sharqdan Fargona va Oto'ynoq hamda shimoldan Chotqol va Qurama toglari bilan o'rab olingan. Bu hudud chorvachilik va otroq dehqonchilik xojaliklarining shakllanishi uchun tabiiy-geografik jihatdan juda qulay bo'lgan.

O'lkada bu madaniyatga tegishli moddiy madaniyat namunalarini o'rganish o'tgan asrning 30-yillardan boshlangan. 1933-1934 yillarda B.A.Latnin Eylaton manzilgohini tekshirish ishlari davomida ilk marotaba bu madaniyatga oid bo'lgan naqshli sopollarni aniqlangan. Ularni keyinchalik 1939 yili KFK qurilishi jarayonida T.G.Oboldueva ham qayd etgan.

Naqshli sopollardan tashkil topgan madaniyat namunalari o'rganish ishlari o'tgan asrning 50-yillaridan boshlab jadallashadi. Pomir-Fargona kompleks ekspeditsiyasi (PFKE) tarkibida M.E.Voronec va V.I.Sprishevskiy 1950 yili keyinchalik Fargona vodiysida Chust nomi bilan yuritilishiga asos bo'lgan Chust shahridan shimolda naqshli sopollarga ega bo'lgan yodgorligini aniqlashib, V.I.Sprishevskiy 1953-1961 yillar davomida qazishma ishlarini olib boradi. 1952 yil Yu.A.Zadneprovskiy Fargonaning sharqiy qismidagi yodgorliklarda (Dalvarzintepa,) tadqiqot ishlarini boshlab, 60-70 yillar davomida keng qamrovli qazishma ishlarini amalga oshiradi. Shuningdek, 1974 yil RF FA AILB (Yu.A.Zadneprovskiy), 1982-1983 yillarda mazkur ekspeditsiya va O'zR FA AI (B.H.Matboboev) hamkorligidagi ilmiy ekspeditsiya vodiyning Qirgiziston respublikasi qismidagi yodgorliklarda tadqiqot ishlarini olib borishgan.

Chust madaniyatiga oid barcha turdagi arxeologik yodgorliklar o'ndan ortiq katta-kichik dehqonchilik mikrovohalarida tarqalgan. Ulardan nisbatan yiriklari O'zgan, Qorasuv, Tava-Koson, Qoradaryo-Ho'jabod mikrovohalari hisoblanadi. Ularda quyidagi shakldagi manzilgohlar o'rin olgan. Yirik manzilgohlar (Dalvarzintepa, Ashkol), o'rtacha manzilgohlar (Chust, Dehqon), kichik manzigohlar) vodiydagi mazkur davrlarga oid manzilgohlarning asosiy ko'pchillik qismi.

Birinchi turdagi manzilgohlar sitadel, uy-joy va xojalik imoratlar va ochiq maydonlardan tashkil topgan shahar hamda shahar atrofi qismlaridan iborat. Ularning dastlabki ikki qismi muhofaza devorlari bilan o'rab olingan. Bu turdagi manzilgoh sirasiga kiruvchi Dalvarzintepa yodgorligining umumiy maydoni 25 ga. dan iborat bo'lib, ark qismi taxminan 3 ga. ni tashkil etadi. Har ikkala qismi alohida muhofaza devorlari bilan o'ralgan bo'lib, qurilishda paxsa, xom gisht va zichlangan tuproqlar (val) dan iborat. Vallarning sirti odatda xom gishtlar bilan qoplangan. Shahar ichkarisida qazib o'rganilgan uy-joylar erto'la, er usti qurilish imoratlari va engil uylardan tashkil topgan. Uy-joy imoratlari asosan muhofaza devorlariga yaqin joylarda joylashgan. Shaharning o'rtasida ochiq joy qoldirilgan.

Ikkinchi turdagi manzilgohlar ikki qismdan iborat bo'lib, bunday yodgorliklar sirasiga Chust yodgorligini kiritish mumkin. Manzilgohning umumiy maydoni 4 ga. dan iborat bo'lib, shimoli-harbiy qismi (1,5 ga.) mudofaa devorlariga ega bo'lib, qolgan asosiy qismi muhofaza qilinmagan. Madaniy qatlamlari 0,4-3,5 m. tashkil etadi.

Kichik manzilgohlar bir-necha xonali uylaridan iborat. Ular dehqon jamoasining katta patriarxal oila a'zolari uy-joylarini tashkil etgan.

Chust madaniyatining shakllanishi masalasi borasida turli ilmiy qarashlar mavjud. Madaniyat tadqiqotchilari mahalliy Andronova madaniyati egalarining otroqlashuvi natijasida paydo bo'lgan, degan fikrni bildirishadi. Ayrim tadqiqotchilar (V.I.Sarianidi) esa O'rta Osiyoning janubidan kelgan aholi asos solgan, degan goyani ilgari suradilar. Keyingi payda O'rta Osiyoning naqshli sopollarga asoslangan madaniyati ildizlarini Sharqdan, ya'ni Sharqiy Turkistonning Tarim vohasi bilan (Sverchkov) boglashmoqda. Umuman, Chust madaniyatining ilk bosqichlariga oid yodgorliklar vodiyning Sharqiy qismida joylashgan bo'lsa, keyingi bosqichida vodiyning kengroq hududlariga tarqaladi. Shu nuqtai nazardan Tarim vohasidan kelganligi togrisidagi qarashlar haqiqatga yaqindek ko'rinadi.

Yu.A.Zadneprovskiyning O'sh manzilgohida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlari natijasida olingan radiokarbon tekshiruvlarida yodgorlikning quyi sanasi mil.av. XV-XIV asrlarni ko'rsatgan.

Chust madaniyati uylari dastlabki bosqichda erto'la va yarim erto'la, keyingi bosqichda esa er usti qurilishlaridan tashkil topgan. Sopol buyumlari qolda yasalib, asosiy ko'pchillik qismining sirtiga qizil angob surtilgan. Kam sonli sopollari oqish angob berilgan. Angob ustidan geometrik shaklli yorqin-jigardan tortib qora ranggacha bo'lgan boyoqlarda naqshlar solingan. Boshqa bir turli sopol buyumlarda angob va naqshlar uchramaydi. Sopol buyumlari xom ashyosi tarkibi yupqa idishlar yasash uchun yaxshi tindirilgan loydan yasalgan. Qalin devorli buyumlarni yasashda loyiga somon va shamot aralashtirilgan. Buyumlar shakli jihatdan sharsimon, konussimon bolgan.

Dehqonchilikda arpa, bugdoy va boshqa dukkakli o'simliklar etishtirganlar. Bu erda sugorma dehqonchilikka asoslanmagan, chorvachilikda qoramol, qoy, echki boqqanlar. Daryo va ko'l bo'ylarida yashagan xalqlar baliqchilik bilan ham shugullanganlar. Chustliklarda bronzaga ishlov berish, ulardan mehnat qurol-yaroglar tayyorlash yaxshi rivojlangan. Dalvarzintepa yodgorligidan mil.avv. IX asrga oid temir buyum namunasi topib o'rganilgan bo'lsada, Fargonaliklarda temir metallurgiyasi paydo bo'lgan, degan xulosa yasab bo'lmaydi. Toshdan Mehnat qurollari yasash o'z ahamiyatini yoqotmaydi. Chustliklarning sopol buyumlari qolda yasalgan. Ularda bu davrga oid kulolchilik charxi yasalgan sopol buyumlar uchraydi. Sopol buyumlarining tagi dumaloq shaklda bo'lib, ularning aksariyatining atrofiga turli naqshlar solingan. Naqshlarning asosiy qismi geometrik (romb, uchburchak) shakllardan iborat.

Chust madaniyatining davomi sifatida Fargona vodiysida Eylaton madaniyati (mil.avv. VII-IV asrlar) rivojlanadi. Eylaton madaniyatiga doir yodgorliklar Fargona vodiysining deyarli barcha hududlariga tarqalib, arxeologik jihatdan qayd etilgan. Eylaton manzilgohida nisbatan yaxshi o'rganilgan yodgorliklardan biri hisoblanadi. Manzilgoh uchburchak shaklda, mudofaa devorlari (eni 4 m) bilan o'ralgan. Mudofaa devorlari bir necha burjlarning o'rni aniqlangan. Manzigoh darvozasi burchaklarida ham burjlar mavjud. Manzilgohda uy-joy qoldiqlari ham aniqlangan. Qurilishda paxsa, xom gisht hamda guvaladan foydalanilganlar. Eylaton madaniyati sohiblari mashgulotining asosini arpa, bugdoy ekishga asoslangan sugorma dehqonchilik tashkil etgan. Guruch ham shu davrdan ekila boshlaganligi shubhasizdir. Chorvachilik ham o'z ahamiyatini yoqotmagan. Kichik tuyoqli chorva mollari qoramollarga nisbatan koproq boqilgan.

Eylaton sopol buyumlari dastlab qolda va keyinchalik kulolchilik charxida yasalgan. Temirdan buyumlar yasashlar keng tarqala boshlaydi. Bu davrda bronza ham o'z ahamiyatini yoqotmaydi, toqimachilik ham rivojlanadi.

Toshkent vohasida Burgulik madaniyati. Toshkent vohasining ilk temir davri moddiy madaniyati Burgulik madaniyati misolida yaxshi o'rganilgan. Bu madaniyatga oid dastlabki moddiy topilmalar 1940 yili A.I.Terenojkin tomonidan Ohangaron daryosining o'rta oqimida Burguliksoy yoqasidan topib o'rganilgan. Hozirgacha bu madaniyatga oid 20 dan ortiq manzilgohlar 50 ga yaqin uy-joylari ma'lum. Bu madaniyat xronologik davri A.I.Terenojkindan keyin dastlab H.Duke tomonidan o'z ilmiy tadqiqotlari natijalariga asosida mil.avv. IX-VII asrlar doirasida belgilangan.

Keyinchalik Yu.F.Buryakov va Dadaboevlar tomonidan Chirchiq vohasining o'rta oqimi hududlaridagi ayrim yodgorliklarda, xususan, Shoshtepaning quyi qismidagi erto'la uy-joylar asoslanib ushbu madaniyatning mil.avv. IV asrga qadar davom etganligi qayd etilib, ikki bosqichga ajratishgan:

Burgulik 1 mil.avv. IX-VII asrlar,

Burugulik 2 mil.avv. VI-IV asrlar.

M.I.Filanovich esa Shoshtepadagi Burgulik madaniyatiga oid erto'la uylarni mil.avv. IX-VIII asrlarga qadimiylashtirgan. S.R.Baratov mil.avv. XIII asrga qadimiylashtiradi.

Burgulik madaniyati sohiblarining manzilgohlari liman sugorish usuli uchun qulay bo'lgan kichik soylarning yuqorisidagi tekislik (terassa) larning soyga nishablagan qismida joylashgan. Bu madaniyatga oid manzilgohlaridan biri hozirgi Tuyaboqiz suv ambori hududida, Ohangaron daryosining ikkala soxilida joylashgan 30 ga erto'la uy-joylardan iborat. Keyinchilik Ohangaron va Chirchiq vohalaridagi ko'pgina manzilgohlarning quyi qatlamlaridan Burgulik madaniyatiga oid erto'la uylar aniqlandi. Shunday uylar Kanka, Shoshtepa, va boshqa yodgorliklarning quyi qatlamlarida uchrab, ushbu manzilgohlar ularning ustida shakllangan.

Burgulik madaniyatiga oid o'y-joylar hajmiga ko'ra yirik, o'rtacha va kichik uy-joylar o'lchamdagilari ajralib turadi. Yiriklari xom gishtdan ko'tarilgan loy devor orqali xonalarga ajratilgan. Ular aylana yoki cho'ziq shaklidagi erto'lalardan iborat. Uylarning eshigi daryo tomonga qaratib qurilgan.

Sun'iy sugorishning sodda usullari uchun qulay bo'lgan joylarida dehqonchilik bilan shugullangan. Sugorishda liman usuldan foydanishgan. Dehqonchilikda bugdoy, arpa ekishgan. Vohaning keng dashtlari va togoldi hududlari chorva uchun yaylov vazifasini o'tagan. Qaydab boqiladigan chorvochilik mavjud bo'lib, yirik va kichik tuyoqli chorva mollari boqilgan. Toshkent vohasining Chotqol-Qurama tog tizmalari turli ma'danlaga boyligi bilan boshqa hududlardan ajralib turadi. Xojalikning boshqa bir turi metallarga ishlov berish va ulardan mehnat qurollari, uy-ro'zgor buyumlari, qurol yaroglar yasash va zargarlik yaxshi rivojlangan. Hunarmandchilikning boshqa bir turi toqimachilik bo'lgan. Sopol idishlarning bir qismi mato qolipda ishlangan bo'lib, ularning ichki tomonida matoning izlari saqlanib qolgan.

Bu erda bronzadan yasalgan mehnat qurollari va qurol-yaroglari, oroq, pichoq, igna, bigiz, qoshiq, sovut, kamon oqi uchlaridan iborat. Bunday buyumlar shaklida ko'ra O'rta Osiyoning shimol hududlarida bir paytda rivojlangan madaniyatlariniki bilan oxshash. Sopol buyumlari qolda yasalgan tasmasimon va mato qoliplarda yasalgan. Sopollarining tagi dumoloq, qisman, ya'ni bir foizi jigar rangdagi naqshlar bilan bezatiladi. Sopol buyumlari xumlar, qozonlar, garshoksimon idishlar, kosalar, piyolalardan iborat. Ayrim qozonlarida tarnovsimon jumraklar uchraydi. Sopol buyumlari orasida chogdonlar ham uchraydi.

Ustrushona. O'rta Osiyoning yana bir muhim tarixiy madaniy viloyati bo'lgan Ustrushona o'lkasi Fargonadan janubi garb Sugd va Choch oraligida joylashgan bo'lib, ilk o'rta asrlar davri yozma manba ma'lumotlarida Ustrushona nomi bilan yuritilgan. U Turkiston tog tizimidan shimolda Ho'janddan Jizzaxgacha bo'lgan hududlardagi erlarni ishgol etadi. O'lkada mil.avv. VII-VI asrlarda dastlabki otroq dehqonchilik manzilgohlari shakllanadi. Manzilgohlardan qadimgisi va nisbatan yirigi Nurtepa hisoblanadi. Uning umumiy maydoni 18 ga. dan iborat bo'lib, ark va shahriston qismlaridan tashkil topgan. Ularning har ikkalasi mudofaa devorlari bilan muhofaza qilingan. Muhofaza devorining ikkita qurilish davri mavjud. Birinchi devor 4,25 m. Qalinlikdagi zichlangan tuproq (val) shaklida. Ikkinchi qurilish davrida ichki tomondan 2,5 m. Qalinlikda paxsa devor barpo etiladi. Ular orasida 1,4 m. yo'lakcha qoldirilgan. Ark qismi ham paxsadan 5,5 m. Qalinlikdagi muhofaza devorlari bilan o'rab olingan. Manzilgohning muhofaza devorlari mil.avv. VI-V asrlar barpo etilgan. mil.avv. IV asrda muhofaza devorlarida ta'mirlash ishlari olib borilib, paxsa devori ustidan xom gishtlardan (33x33x11 sm., 40x28x10, 43x33x11 sm.) yangi devor quriladi. Manzilgoh ichkarisida qurilish imoratlari tarqoq joylashgan. Dastlabki bosqichdagi uylari erto'la shakda. Amalga oshirilgan arxeologik qazishma ishlari natijasida ilk bosqichga oid 17,5 kv. m. Hajmdagi erto'la shaklli uy-joy imorati o'rganilgan. Keyingi bosqichga oid uy-joy imoratlari paxsa va xom gishtlardan barpo etilgan.

Ustrushonaning ikkinchi yirik shahar markazi hozirgi Ho'jand shahri o'rnida bo'lgan. Kohna shahar ikki qismdan iborat. Umumiy maydoni 20 ga., shundan ark 1 ga. dan iborat. Manzilgoh va ark qismi dastlab zichlangan tuproq (val) va keyin xom gishtlarda barpo etilgan muhofaza devorlariga ega bo'lib, atrofida xandaklarning o'rni saqlangan.

O'lkaning bu davrdagi yirik manzilgohlaridan biri hisoblangan O'ratepa shahri yaqinidagi Mugtepa yodgorligi muhim o'rin tutadi. Bu yodgorlikning maydoni 6 ga.ni tashkil etib, O'ratepa o'rnida mavjud bo'lgan qoshni shaharning ark qismini tashkil etgan bo'lishi mumkin. Ayrim tadqiqotchi olimlar bu yodgorlikni Kiropol shahri bilan qiyoslashga harakat qilishadi.

Ustrushonada mil.avv. VII asrlarda otroq dehqonchilik manzilgohlari shakllanib, ular o'rnida mil.avv. VI asrda shaharlar paydo bo'ladi. O'lkaning bu davrdagi qurilish-me'moriy an'analari O'rta Osiyoning janubiy hududlarinikidan keskin farq qiladi. Manzilgohlar muhofaza devorlarida burjlar va shinaklar uchramaydi.

Bu o'lkaning moddiy madaniyatida qo'shni Chust, Choch va Sugd vohalarining madaniy an'analari ta'sirida vujudga kelgan o'ziga xos madaniyatdan darak beradi. Sopol buyumlari dastlab qolda, keyiningi bosqichdan boshlab kulolchilik charxida yasaladi. Sopol buyumlari orasida naqshlilari ham uchraydi. Metallarga ishlov berish hunarmandchilik an'anasi ham tarqaldi. Aholining asosiy xojaligi sugorma dehqonchilik va chorvachilikdan iborat bo'lgan.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling