Ichki energiya va entalpiya


Download 14.65 Kb.
Sana18.06.2022
Hajmi14.65 Kb.
#764434
Bog'liq
Ichki energiya
mustaqil talim (3) (3) (1), Mehnat va uni o'qitish metodikasi, 5-sinf tarix pisa test, aniq fanlar uslub birlashmasi 2020-2021, lecture 12, lecture 12, lecture 12, lecture 12, lecture 12, lecture 12, lecture 12, lecture 12, lecture 12, lecture 12, Ma`lumotlar bazasi (LAB-3)

Ichki energiya va entalpiya.

Ichki energiya — jismning faqat ichki holatiga bogʻliq boʻlgan energiya; jismni tashkil etuvchi molekulalarining xaotik (tartibsiz) ilgarilanma va aylanma harakat kinetik energiyalari bilan molekulalarning oʻzaro taʼsirlashishi natijasida vujudga kelgan potensial energiyalari hamda mo-lekulalardagi atomlarning xaotik teb-ranma harakat kinetik va potensial energiyalarining umumiy yigʻindisiga teng

Texnikaviy termodinamikaning vazifalaridan kelib chiqib, modda mikrostrukturasi nuqtai nazaridan moddaning ichki energiyasi nimalardan iborat degan masalani ko‘rib chiqishning zaruriyati yo‘q. Hozirgi zamon fizikaviy dunyoqarashlarga ko‘ra moddaning ichki energiyasini shu modda molekulalarining (atomlar, ionlar, elektronlarning) kinetik va potentsial energiyalari yig‘indisidan iborat deb tasavvur etishimiz mumkin. Ichki energiya tushunchasini fanga 1850 yili V. Tomson kiritgan.

Entalpiya (yun. — isitaman) — termodinamikada — termodinamik tizimning holat funksiyalaridan biri (N). Qaytar izobarik jarayonda entalpiyaning oʻzgarishi tizimga berilgan (yoki tizimdan olingan) issiqlik miqdoriga teng . Shuning uchun entalpiya bosim oʻzgarmaydigan sharoitda sodir boʻluvchi fazalar almashuvlarida, kimyoviy reaksiyalar va boshqalarda isiqlik effektini ifodalaydi. Bosim oʻzgarmaydigan adiabatik jarayonlarda entalpiyaning qiymati ham oʻzgarmaydi. Baʼzan entalpiya issiqlik funksiyasi deb ataladi. Entalpiya termini gollandiyalik fizik X. Kamerling-Onnes tomonidan kiritilgan. Xalqaro birliklar tizimida entalpiya joul (J) larda ifodalanadi.


Shuni aytish mumkinki, entalpiya tizimning ichki energiyasiga teng va bosim bir xil tizimning hajmidan kattaroqdir. Tizim energiyasi, bosim va hajm holatning funktsiyalari ekanligini ko'rsak, entalpiya ham bo'ladi. Bu shuni anglatadiki, vaqti kelganda, bu ma'lum bir yakuniy dastlabki sharoitlarda yuz berishi mumkin, shunda o'zgaruvchi butun tizimni bir butun sifatida o'rganishga yordam beradi.

Entalpiya ham ichki energiyaga o‘xshab ekstentiv xossa ekanligi tushunarlidir: Entalpiya ham issiqlik, ish va ichki energiya o‘lchanadigan birliklarda o‘lchanadi. Entalpiya holat funktsiyalari (p,ѵ T, ) kattaliklarining kombinatsiyalaridan iborat bo‘lganligidan, binobarin entalpiya ham holat funktsiyasi bo‘ladi.


Download 14.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling