Ichki energiya va ish” mavzusida yozgan bir soatlik ochiq dars ishlanmasi Mavzu: Ichki energiya va ish Darsning maqsadi


Download 67.5 Kb.
Sana19.10.2020
Hajmi67.5 Kb.
#134881
Bog'liq
ichki energiya va ish



O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Xorazm viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi Xiva shahar Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 11-son o’rta ta’lim maktabining fizika fani o’qituvchisi Vaisbek Atanazarovning “Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi” tanlovining viloyat bosqichida 9-sinflar uchun

Ichki energiya va ish”



mavzusida yozgan bir soatlik ochiq dars ishlanmasi

Mavzu: Ichki energiya va ish

Darsning maqsadi:

ta’limiy: o’quvchilarga ideal gazning ichki energiyasi molekulalar harakatining kinetic energiyasidan iboratligi hamda ichki energiya va gazning bajargan ishi orasidagi o’zaro bog’lanish haqida bilim berish orqali ularni ideal gaz parametrlarini to’g’ri baholashga o’rgatish;

tarbiyaviy: dars jarayonidagi bahs va munozaralar orqali o’quvchilarda bir-biriga nisbatan hurmat, muomala madaniyati va odob saqlash xususiyatlarini yanada yuksaltirish;

rivojlantiruvchi: o’quvchilarda jamoa bo’lib ishlash, vaziyatni to’g’ri baholash, muammoli vaziyatlarda to’g’ri qaror qabul qilish va o’z fikrini aniq va ravon bayon qilish qobiliyatlarini rivojlantirish orqali ulardagi insoniy fazilatlarini yanada yuksaltirish.



Dars turi: nazariy, bilim berish.

Darsda qo’llaniladigan jihozlar: darslik, doska, dars mavzusiga mos PowerPoint dasturida yaratilgan taqdimot, tarqatmalar.

Darsda qo’llaniladigan interfaol metodlar: aqliy hujum, guruhlarda ishlash, klaster, jadval-test.

Darsning texnologik xaritasi:

T/r

Darsning borishi

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

O’tgan mavzuni takrorlash

8 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

O’tilgan mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

Darsni yakunlash

7 daqiqa

Tashkiliy qism:

Salomlashish, sinf tozaligi va davomatini tekshirish, o’tgan dars mavzusini so’rash, yangi mavzuni e’lon qilish, o’quvchilarni guruhlarga bo’lib olish va guruh sardorlarini saylash. Guruhlar uchun shartli nomlar: “Beruniy”, “Ibn Sino”, “Al-Xorazmiy”, “Izoterma”, “Izobara”, “Izoxora”.



O’tgan mavzuni takrorlash:

O’tgan darslar davomida o’quvchilar molekulyar-kinetik nazariya asoslari, moddalar tuzilishi, ideal gazning asosiy parametrlari haqida o’rgangan bilimlarini guruhlarga topshiriq berish orqali tekshirib ko’ramiz. Bunda guruhlarda o’quvchilarning o’tgan darslar davomida fizik qonunlar ifodalari, formulalarni qanchalik yaxshi o’rganganini sinovdan o’tkazamiz.



T/r

Kattalik

Formula

1

Modda miqdori




2

Konsentratsiya




3

Ideal gaz bosimi




4

Ideal gaz molekulasining o’rtacha kinetik energiyasi




5

O’rtacha kvadratik tezlik




Topshiriqni bajarganiga qarab guruhlar rag’batlantiriladi.

Yangi mavzu bayoni:

Ma’lumki, moddaning ichki energiyasi uni tashkil qilgan zarrachalar – atom va molekulalarning xaotik harakat o’rtacha kinetik energiyalari va o’zaro ta’sir potensial energiyalari yig’indisiga teng. Ideal gaz molekulalarining o’zaro ta’sirlashmasligini hisobga oladigan bo’lsak, ideal gazning ichki energiyasi gaz molekulalarining kinetik energiyalari yig’indisiga teng:

U=NEk .

Ideal gaz molekulasining o’rtacha kinetik energiyasi

Ek=(3/2)kT ekanligidan,

U=(3/2)NkT ifoda kelib chiqadi.

Termodinamik nuqtayi nazardan ichki energiya moddaning ichki holatiga bog’liq bo’lib, temperatura va hajmorqali aniqlanadi.
Porshenli silindrga gaz qamab, porshenni harakatlantirish orqali gazning bosimi, hajmi va haroratini o’zgartirish mumkin. Bunda gaz porshenga quyidagicha kuch bilan ta’sir etadi:

F=pS


Bunda gaz porshenni ko’tarishda quyidagicha ish bajaradi:

A=FΔh

A=pSΔh


SΔh=ΔV ekanligidan,

A=pΔV .


Gaz ichki energiyasi o’zgarishi hisobiga ish bajaradi.

U1=U2+pΔV.

Gaz kengayganda musbat ish bajaradi va uning ichki energiyasi kamayadi. Siqilganda esa u manfiy ish bajarib, ichki energiyasi ortadi.

Masala: Porshenining yuzi 10 sm2 bo’lgan silindrga gaz qamalgan. Silindr porsheniga 100 N kuch ta’sir etib, gaz hajmini 25 sm3 ga kamaytirdi.Kuch olinganda, gaz kengayib, dastlabki hajmiga qaytdi. Kuch olingandan so’ng siqilgan gaz qancha ish bajargan?



Berilgan

Formula

Yechilishi

S=10 sm2=10-3 m2

F=100 N

ΔV=25 sm3=2.5*10-5 m3

Topish kerak:

A=?

A=p ΔV

p=F/S

A=F ΔV/S

A=100 N*2.5*10-5 m3/10-3 m2=
=2.5 N*m=2.5 J


O’tilgan mavzuni mustahkamlash:

O’tilgan mavzuni mavzuni mustahkamlash uchun jadval-test usulidan foydalanamiz. Bu o’quvchilarning barchasini individual baholash imkonini beradi:



T/r

Savol

Javob

1

Ichki energiya nima?




2

Ichki energiya formulasi




3

Termodinamik ish formulasi




4

Gaz musbat ish bajarsa …




5

Gaz manfiy ish bajarsa …




Microsoft PowerPoint dasturida yaratilgan taqdimotda jadval test javoblari ketma-ketligi beriladi:


A) ichki energiyasi ortadi.
B) A=pΔV .
C) molekulalarning kinetik va potensial energiyalari yig’indisi.
D) ichki energiyasi kamayadi.
E) U=(3/2)NkT

Darsni yakunlash va uyga vazifa berish:

Testlar va topshiriq yakunlariga ko’ra eng faol o’quvchilar aniqlanadi va rag’batlantiriladi. O’quvchilarga vazifa sifatida mavzuga doir mashqdagi masalalarni yechish topshiriladi.
Download 67.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling