Ichki sekresiya bezlarining o‘ziga xos xususiyatlari Gormonlarning umumiy xossalari va ularning klassifikatsiyasi


Download 1.01 Mb.
bet4/4
Sana07.03.2020
Hajmi1.01 Mb.
1   2   3   4
Buyrak usti bezi juft bezdirdir. Bezlar po‘stloq va mag‘iz qavatlardan iborat. Po‘stloq qavatida: 1) glyukokortikoidlar (gidrokortizon, kortizon va kortikosteron), 2) mineralokortikoidlar (al’dosteron, dezoksikortikosteron), 3) jinsiy gormonlar (androgenlar, estrogenlar,progesteron) ishlab beradi.



Buyrak usti bezining mag‘iz qismida - adrenalin va noradrenalin hosil qiluvchi ikki xil xromaffin hujayralari bor. Odamda buyrak usti bezini shikastlanishi natijasida bezning gipofunksiyasi boshlanadi bu xolda bronza kasalligi yoki Addison og‘ir kasallikka olib keladi. Odamni terisi bronza tusga kiradi, ozib ketadi, tez charchaydi, muskullari bo‘shashib ketadi.



Jinsiy bezlarga - erkaklarning urug‘donlari, ayollarning tuxumdonlari kirib, aralash funksiyali bezlariga kiradi. Bezning sekret chiqarishi hisobiga erkak va ayollarning jinsiy hujayralari - spermatazoidlar va tuxum hujayralari hosil bo‘ladi. Bezning ishlab chiqaradigan garmonlari qonga tushadi. Birlamchi jinsiy alomatlarga jinsiy bezlar (urug‘don, tuxumdonlar) va jinsiy organlar (jinsiy a’zo prostata bezi, qin, bachadon tuxum yu’li) kiradi. Erkaklarni jinsiy garmonlari adrogenlar, ulardan testosteron bilan androsteron gormonlaridir. Odamning androgenlarga bo‘lgan kunlik extiyoji 5 mg, siydik bilan sutkasiga 3-10 mkg ajratadi. Androgenlar jinsiy hujayralarni (spermatazoidlar) normal etilishi uchun zarur androgenlar kam hosil bo‘lganida spermatazoidlar aktivligi va ularni щosil bo‘lishi kamayadi. Ayollar jinsiy garmoni - estrogenlar tuxumdon follikullarida щosil bo‘ladi. Estrogenlar follikula qobig‘iga sintezlanadi, estrogenga bo‘lgan sutkalik talab 0.25 mg va siydik orqali 16-36 mkg chiqariladi. Estrogenlar tuxum yo’li, bachadon, qinning o‘sishini kuchaytiradi, jinsiy reflekslarni yuzaga kelishiga sharoit yaratadi. Progesteron xomiladorlikni normal o‘sishini ta’minlaydi.

TEKSHIRISH SAVOLLARI

1. Odam organizmdagi bezlar klassifikasiyasi?

2. Gormonlar qanday xossalarga ega?

3. Ichki sekresiyasi bezlarining fiziologik roli nimada?

4. Gipofiz bezining old bo‘limi gormonlari?

5. qalqonsimon bez tuzilishi va gormonlari?

6. Ayrisimon bez gormoni va uning funksiyasi?

7. Insulin va Glyukagon gormonlar qaerda ishlab chiqarildi?

8. Buyrak usti bezi gormonlari va ularning vazifasi nimada?



Asosiy adabiyotlar ro’yxati

1. Rajamurodov Z.T., Rajabov A.L. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” T.: Tib. Kitob. 2010 y.

2. Nuriddinov.E.N. “Odam fiziologiyasi” T.: “A’loqachi” 2005 y.254-273 bet

3. Almatov K.T., Allamuratov.Sh.I. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” T.: Universitet. 2004 y.

4. Xudoyberdiev.R.E.,I.K.Axmedov. “Odam anatomiyasi” T.: “Ibn Sino” 1993 y.

5. Ahmedov.A. “Odam Anatomiyasi” T.: “Iqtisod moliya” 2007 y.



6. R.Boxodirov “Odam anatomiyasi” T.: “O‘zbekiston”, 2006 y.

  1. I.K.Axmedov “Atlas odam anatomiyasi”T.: “Uzb. Milliy ensiklopediyasi”1998y.

  2. Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - “An Introduction to Structure and FunctionThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com /209-220 р



Elektron ta’lim resurslari

  1. www.tdpu.uz

  2. www.pedagog.uz

  3. www.physiology.ru/handbooks.html

  4. www.curator.ru/e-books/b22.html



1 Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - “An Introduction to Structure and FunctionThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004

2 Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - “An Introduction to Structure and FunctionThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004 310-313

3 Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - “An Introduction to Structure and FunctionThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004 312


4 Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - “An Introduction to Structure and FunctionThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004 329-330


5 Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - “An Introduction to Structure and FunctionThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004 317b

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling