If01. Butun son berilgan. Agar berilgan son musbat bo‘lsa, 1 ga oshirilsin, aks holda o‘zgartirilmasin. Hosil bo‘lgan sonnni ekranga chiqaruvchi dastur tuzilsin. If02
Download 92.93 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq3Masala IF (1)
If01. Butun son berilgan. Agar berilgan son musbat bo‘lsa, 1 ga oshirilsin, aks holda o‘zgartirilmasin. Hosil bo‘lgan sonnni ekranga chiqaruvchi dastur tuzilsin. If02. Butun son berilgan. Agar berilgan son musbat bo‘lsa, 1 ga oshiring, aks holda 2 ga kamaytiring. Hosil bo‘lgan sonnni ekranga chiqaruvchi dastur tuzilsin. If03. Butun son berilgan. Agar berilgan son musbat bo‘lsa, 1 ga oshiring, agar manfiy bo‘lsa 2 ga kamaytiring. Agar 0 ga teng bo‘lsa, 10 ga tenglashtiring. Hosil bo‘lgan sonni ekranga chiqaruvchi dastur tuzilsin. If04. Uchta butun son berilgan. Shu sonlar orasida nechta musbat son borligini aniqlovchi dastur tuzilsin. If05. Uchta butun son berilgan. Shu sonlar orasida nechta musbat va manfiy son borligini aniqlovchi dastur tuzilsin. If06. Ikkita butun son berilgan. Shu sonlarning kattasini aniqlovchi dastur tuzilsin. If07. Ikkita butun son berilgan. Shu sonlarning kichigini tartib raqamini aniqlovchi dastur tuzilsin. If08. Ikkita butun son berilgan. Shu sonlarning avval kattasini keyin kichigini ekranga chiqaruvchi dastur tuzilsin. If09. Ikkita A va B haqiqiy tipli o‘zgaruvchilar berilgan. Shu o‘zgaruvchilarning qiymatlarini shunday o‘zgartirish kerakki, A kichik qiymatga B katta qiymatga teng bo‘lsin. A va B larning yangi qiymatlari ekranga chiqarilsin. If10. Ikkita A va B butun tipli o‘zgaruvchilar berilgan. Agar ularning qiymatlari o‘zaro teng bo‘lmasa, har bir o‘zgaruvchiga bu qiymatlar kattasi ta’minlansin, agar o‘zaro teng bo‘lsa, o‘zgaruvchilarga 0 ta’minlansin. A va B ning yangi qiymatlari ekranga chiqarilsin. If11. Ikkita A va B butun tipli o‘zgaruvchilar berilgan. Agar ularning qiymatlari o‘zaro teng bo‘lmasa, har bir o‘zgaruvchiga bu qiymatlar yig‘indisi ta’minlansin, agar o‘zaro teng bo‘lsa, o‘zgaruvchilarga 0 ta’minlansin. A va B ning yangi qiymatlari ekranga chiqarilsin. Download 92.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling